Mustaqil ta‟lim
Ushbu uslubiy qoʻllanma bakalavriat va magistrantlarning mustaqil ta'lim olishini tashkil etishga bag'ishlangan bo'lib, unda oliy ta'lim muassasasi ko'p qirrali va murakkab oʻquv tarbiya jarayoni ma'ruza uni tinglash va yozib olish; kitob va manbalar bilan ishlash; o'qilganlarni matnlashtirish (reja, tezis va annotatsiya tuzish, sitata, ko'chirma olish); seminar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlariga tayyorlanish; zachot va imtihonlarga tayyorlanish; yozma kurs va malakaviy bitiruv ishlarini rasmiylashtirish; aqliy mehnatni tashkil etish va rejalashtirish kabi asosiy bo'g'inlari boʻyicha uslubiy maslahatlar muhokama qilingan. Mazkur qoʻllanma oliy ta'lim muassasalari bakalavriyat va magistrantlari barobarida malaka oshirish institutlari tinglovchilari, ilmiy tadqiqotchilar uchun moʻljallangan.
Asosiy mavzular
- Mustaqil ta'lim olish texnologiyasi: Oliy ta'lim muassasasi ta'limi jarayonida ma'ruza oʻquv -bilish va tarbiya boʻyicha katta ahamiyatga ega. Ma'ruzada ilmiy, material qat'iy tizimda va ketma-ket bayon qilinadi. Ma'ruzaning bosma vositaga nisbatan ahamiyatliligi (ustunligi) shundaki, unda hammaga ma'lum bo'lgan ilmiy yutuqlar bilan bir qatorda hali matbuotda keng e'lon qilinmagan eng so'ngi tatqiqotlar va ixtirolar natijalari bayon qilinadi. Bundan tashqari ushbu materiallarni ma'ruzachi (lektor) jonli so'zi (muloqoti) orqali berilishi talabaga chuqur va samimiy ta'sir qilib nafaqat aqliy faoliyat, balki chuqur intellektual sezgilarni uyg'otadi. Ma'ruzada talaba koʻpchilik olimlarning jiddiy izlanishlari, koʻp yillik tadqiqotlari boʻlgan ilmiy muhitdan qimmatli materiallarni oladi. Ma'ruza talaba ongini rivojlantirishga katta ta'sir qiladi. Fikr (tafakkurning izchilligi mantiqiyligi), faktlar va isbotlarning oʻzaro nisbatan chuqur tahlil va umumlashtirish, xulosalarni aniq qiyoslash talaba ongini tarbiyalaydi va nutq madaniyatini oshiradi.
- Kitob mutolaasi va kitob bilan ishlash metodlari: Ma'ruza materiali kitob bilan darsliklar bilan va boshqa adabiy manbalarni o'qish jarayonida chuqurlashtiriladi, aniqlashtiriladi va kengaytiriladi. Shu bois talabalar oldida qanday kitoblarni o'qish va qanday tartibda o'qish kerak degan muhim masala turadi.
- Mutolaa qilingan materialni matnlashtirish: Asosiy va qoʻshimcha adabiyot mazmunini takror o'qigandan keyin uni yozib berish asqotadi. Adabiyot muallifi yozganining hammasini emas uning asosiy fikrlarini tanlab olishi joiz. Kitob ustida mustaqil ishlash jarayonida yozuvlarni takomillashtirish kitobxon ishining tobora murakkablashishi munosabati bilan yuzaga keladi. Ya'ni undan tayyor qoida va fakt (dalil) larni batafsil yozib olish bilan bir qatorda eng muhim qoida (holat) larni qisqa va mustaqil ifodalangan xulosalar chiqara olish ko'nikmasiga ega boʻlish talab qilinishi.
- Seminar mashg'ulotlariga tayyorgarlik koʻrish: Seminar mashg'ulotlarining maqsadi: talabaga predmetni oʻrganishni chuqurlashtirishda, individual ishda qiyin o'zlashtiriladigan qoida (jihat) larini tushunib olishda uni mustaqil fikrlashga o'rgatish, tahlil qilish va materialga tanqidiy yondashishga yordamlashishdan iborat. Seminar mashg'ulotlariga tayyorgarlik koʻrayotib talaba qator manbalar bilan ishlashiga to'g'ri keladi.
- Amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari: Asosiy nazariy fanlarni oʻrganish, odatda auditoriyalarda oʻtkaziladigan amaliy mashg'ulotlar orqali amalga oshiriladi. Amaliy mashg'ulotlarning vazifasi-amaliy masalalarni yechishning eng yaxshi metodlariga talabalarni ketma-ket o'rgatib borish, ularda nazariyani qo'llashning dastlabki ko'nikmalarini yaratishdan iborat. Amaliy mashg'ulotlar oʻrganilayotgan predmet bilan paralel ravishda olib boriladi; ularni, odatda, ma'ruzachi emas boshqa o'qituvchilar oʻtkazadilar.
- Laboratoriya ishlarini bajarish va hisobot tayyorlash: Odatda laboratoriya ishini talabalar brigada-brigada bo'lib bajarishadilar. Murakkab tadqiqotlarda ana shunday metod yagona va samarali boʻlib, bunda kuzatuvlar bir necha joyda olib boriladi. Brigadalarning faol a'zolari tashabbusni qo'lga olib, ulash (birlashtirish)larni amalga oshiradilar, yozuvlarni olib boradilar, passivlar esa ish ustida emas olingan natijalarni yozish bilan chegaralanadilar, xolos.
- Yozma kurs va malakaviy bitiruv ishlari: Kurs ishi mavzulari kabi malakaviy bitiruv ishi mavzulari ham nafaqat fakultetlar, balki har bir fakultet kafedralar bo'yicha ham turli- tuman boʻladi. Misol sifatida Samarqand davlat unversiteti fakultet va kafedralari boʻyicha o'z vaqtida talabalarga taqdim etilgan malakaviy bitiruv ishlar mavzularidan namunalar keltiramiz.
- Yozma kurs ishlari, yozma malakaviy bitiruv ishlarini tuzish, joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlariga tayyorgarlik koʻrish.: Malakaviy bitiruv ishini adabiy rasmiylashtirish kurs ishiga nisbatan talabadan yanada uzoq o'tirib ishlashni va sinchikovlikni talab qiladi. Matnni ko'p miqdordagi dalillar bilan yoki ayrim dalillarni juda to'liq tafsilotlar bayoni bilan to'ldirib yubormaslik kerak. Ayrim dalillar va misol (namuna) larni malakaviy bitiruv ishining ilovalarida alohida- alohida keltirish joiz.
- Talaba aqliy mehnatni tashkil etish: Mustaqil ish tashkil etishi lozim boʻlgan ma'lum sharoitlardagina muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin. Aqliy mehnat diqqat-e'tiborini talab qiladi, hamma tashqi chalg'itishlar chuqur o'ylab ishlashga xalaqit beradi. Ana shuning uchun ham shovqin, gaplashish boʻlmagan joyda ish joyini tashkil etish juda muhim. Aqliy mehnat uchun ish joyi katta ahamiyatga ega.
- Ishni rejalashtirish: Talaba oʻquv mashg'ulotlarini vaqt boʻyicha ham mazmuni boʻyicha ham rejalashtirish kerak. Mehnatni taqsimlash mustaqil faoliyat malakalari yetarli darajada rivojlanmagan kishilar uchun, ayniqsa, juda muhim. Mashg'ulotlarni shunday rejalashtirish kerakki, talaba hafta oy yoki hatto yil davomida har kuni va bir maromda shug'ullansin.
- Mexanika fanidan ma'naviy yo'naltirilgan mustaqil ishini tashkil etish bo'yicha ayrim namunalar: Ma'lumki, «Mexanika» kursining namunaviy o'quv dasturiga muvofiq ma'ruzalar, amaliy mashg'ulotlar va laboratoriya ishlari mavzularini oʻrganish ko'zda tutilgan (2-, 3-, 4-jadvallarda). Mazkur materiallarni ta'limning tarixiylik hamda politexnik prinsiplari asosida atroflicha tahlil qilish orqali biz talabalarni buyuk ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan boy ilmiy meros bilan tanishtirish uchun juda katta imkoniyatlar borligini namoyon qilishga muvaffaq boʻldik.
- Adabiyotlar ro'yxati: Ushbu adabiyotlar ro'yxati kitobda keltirilgan ilmiy manbalar, maqolalar va boshqa materiallar ro'yxatini o'z ichiga oladi, ular mustaqil ta'lim jarayonida foydali bo'ladi.