Odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Ushbu o'quv qo'llanma "Odam anatomiyasi va fiziologiyasi" fanidan tayyorlangan bo'lib, unda o'quv dasturi, ishchi fan dasturi va ta'lim texnologiyalari o'z aksini topgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtlarining jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Anatomiya va fiziologiya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, o’rganish usullari: Odam anatomiyasi fani haqida tushuncha, anatomiyaning o‘rganish usullari, anatomiya fanining rivojlanish tarixi, anatomiya atamalari. Fiziologiya, gistologiya, patologik anatomiya, sistematik anatomiya, topografik anatomiya haqida tushuncha berilgan. Shuningdek, hujayra haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Tayanch-harakatlanish tizimi: Tayanch-harakatlanish tizimining ahamiyati, suyaklarning shakllari, tuzilishi, kimyoviy tarkibi, fizik xossalari, birikishi, o’sishi, yoshga bog’liq xususiyatlari, odam va hayvonlar skeletidagi o’xshashlik. Skeletning vazifalari, muskullarning tuzilishi, tasniflanishi, taraqqiyoti, ko‘krak mushaklari, orqa mushaklari, qo'l va oyoq muskullari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Ichki organlar: Nafas a'zolari tizimi: Ichki organlar umumiy ta'rifi, tananing bo’yin, ko’krak va qorin bo’shlig’idagi organlari, nafas olish organlari, nafas olishning ahamiyati, nafas olish a'zolarining tuzilishi, burun bo'shlig'i, hiqildoq, kekirdak va bronxlar, o'pkalar haqida batafsil ma'lumot berilgan.
  • Ovqat hazm qilish a'zolari tizimi: Ovqat hazm qilish a'zolari tizimining tuzilishi, og'iz bo'shlig'ining tuzilishi, halqum va qizilo'ngachning tuzilishi, me'danining tuzilishi, ingichka ichakning tuzilishi, yo'g'on ichakning tuzilishi, jigarning tuzilishi, me'da osti bezining tuzilishi haqida ma'lumot berilgan.
  • Siydik – tanosil a'zolarining tuzilishi: Ayirishning ahamiyati, ayirish a'zolari tizimi, buyraklarning tuzilishi, siydik yo'lining tuzilishi, siydik pufagining tuzilishi haqida ma'lumot berilgan.
  • Yurak qon tomirlari sistemasi: Qon tomirlar sistemasi, qon tomirlarining tuzilishi, yurakning tuzilishi, yurak qismlari, klapanlar va qon aylanish doiralari haqida batafsil ma'lumot berilgan.
  • Bosh miya postlog'i: Bosh miya katta yarimsharlar postlog'i, bosh miya katta yarim sharlarining oq moddasi, ichki va tashqi ta'sirotlarni qabul qiluvchi analizatorlarning postlog'idagi markazlari, ikkinchi signal tizimi markazlari, analizatorlarning postlog'idagi taraqqiyoti haqida ma'lumot berilgan.
  • Nerv sistemasi: Nerv sistemasi haqida umumiy ma'lumot, neyronlarning tuzilishi, vegetativ nerv sistemasi, simpatik va parasimpatik nerv sistemasi haqida ma'lumot berilgan.
  • Sezgi a'zolari: Sezgi a'zolarining tuzilishi, ko'rish a'zosining taraqqiyoti, ko'rish analizatori, ko'zning tuzilishi, ko'z gavhari, yordamchi apparatlari, ko'zning nur sindiruvchi apparatlari, teri analizatorlari haqida ma'lumot berilgan.
  • Ichki sekret bezlari: Tashqi, ichki va aralash sekretor bezlar haqida umumiy tushuncha, ichki sekretor bezlarining ahamiyati, gipofiz va epifiz bezlari, qalqonsimon, qalqonoldi va ayrisimon bezlar, buyrak usti, me'da osti va jinsiy bezlar haqida ma'lumot berilgan.