Kataqo’rg’on va oqdaryo suv omborlari suvini loyqalik rejimi va ularni loyqalik darajasini qiyosiy baholash

Mazkur magistrlik dissertatsiya ishini bajarishdan maqsad Samarqand viloyatida joylashgan Kattaqo'rg'on va Oqdaryo suv omborlarining loyqa oqiziqlar rejimini oʻrganishdan iborat edi. Shu maqsadni koʻzlab qoʻyidagi masalalar bilan tanishib chiqildi va ilmiy-maliy xulosalar chiqarildi: 1. Samarqand viloyati suv omborlari joylashgan hududning oʻziga xos tabiiy geografik xususiyatlari oʻrganildi; 2. Suv omborlari joylashgan hududda amalga oshirilgan gidrologik kuzatish ma'lumotlari toʻplandi, birlamchi qayta ishlanib, tahlil qilindi; 3. Zarafshon havzasi suv omborlarining gidrologik rejimi: ularning suv sathi, harakterli suv sathlari Kattaqo'rg'on va Quyimozor suv omborlari misolida oʻrganildi; 4. Suv omborlari suv balansi asosiy elementlari dinamikasi, kanallar orqali quyiladigan va chiqib ketadigan oqim dinamikasi hamda suv omborlarida to'plangan suv miqdorining yillararo oʻzgarishi oʻrganilib, grafiklar chizildi; 5. Viloyat suv omborlarining sedimentatsiya balansi tenglamasi tuzildi va uning elementlari miqdoriy baholandi; 6. Samarqand viloyati quyilma va o'zan suv omborlarining tubida cho'kkan loyqa oqiziqlarning 99% daryo va kanalning hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlsa, 1% esa gidrometrik kuzatishlar olib borilmaydigan soylar hissasiga toʻgʻri kelganligi aniqlandi; 7. Oqdaryo o'zan suv ombori bo'lganligi uchun ham daryo suvining loyqaligi suv ombori suv loyqaligiga yaqin. Shuning uchun biz ushbu ishda interpolyatsiya usulidan foydalanib Oqdaryo suv ombori loyqaligini o'rgandik. 8. Kattaqo'rg'on suv omboridan 1991-2015 yillar davomida foydalanish natijasida uning hajmi loyqa oqiziqlar cho'kishi hisobiga qariyb, 20,06 mln m³ ga qisqargan. Bu raqam suv omborning toʻliq hajmiga nisbatan 2,5% ni tashkil etdi. 9. Viloyat suv omborlari suv sigʻimining oʻzgarishini prognozlash va ulardan samarali foydalanish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Asosiy mavzular

  • Kattaqoʻrgʻon va Oqdaryo suv omborlari loyqa oqiziqlari rejimi: Ushbu magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadi Kattaqo'rg'on va Oqdaryo suv omborlarining loyqa oqiziqlar rejimini o'rganishdir. Tadqiqot davomida ushbu omborlarning tabiiy-geografik xususiyatlari, gidrologik rejimi, suv balansi, loyqa oqiziqlarining kelib chiqishi, ularning miqdori va taqsimlanishi hamda suv omborlarining oʻzgarishini prognozlash boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish koʻzda tutilgan.
  • Samarqand viloyati suv omborlarining gidrologik tavsifi: Samarqand viloyatidagi suv omborlarining joylashuvi, tabiiy-geografik sharoiti, ularning gidrologik xususiyatlari, suv balansi va boshqa muhim masalalar oʻrganilgan. Jumladan, Kattaqoʻrgʻon, Oqdaryo, Qoratepa va Toʻsinsoy suv omborlarining gidrologik rejimi batafsil tahlil qilingan.
  • Suv omborlarining suv balansi va suv balansi elementlari dinamikasi: Ushbu bo'limda suv omborlarining suv balansi, uning asosiy elementlari, jumladan, suvning kirish va chiqish oqimlari, bug'lanish, filtratsiya kabi omillarning dinamikasi tahlil qilingan. Kattaqo'rg'on, Quyimozor, To'dako'l va Sho'rko'l suv omborlarining kanallar orqali quyiladigan va chiqib ketadigan oqim dinamikasi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan va grafiklar chizilgan.
  • Kattaqo'rg'on va Oqdaryo suv omborlarida loyqa oqiziqlarining cho'kishi va uni miqdoriy hamda qiyosiy baholash: Suv omborlarining sedimentatsiya balansini oʻrganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ushbu bo'limda Kattaqoʻrgʻon va Oqdaryo suv omborlarida loyqa oqiziqlarining choʻkishi, ularning miqdori va hajmini aniqlash hamda baholash usullari ko'rib chiqilgan. Kattaqoʻrgʻon suv omborining hajmi loyqa oqiziqlar choʻkishi hisobiga qariyb 20,06 mln m³ ga qisqargani aniqlangan.