Bioorganik kimyo

Ushbu kitob tibbiyot oliy o'quv yurtlarining 1-kurs talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, bioorganik kimyo fanining nazariy asoslari, muhim reaksiyalar mexanizmlari, organik kimyo qonuniyatlari, organik birikmalarning sinflanishi, kimyoviy xossalari, ularning biologik ahamiyatga ega bo'lgan xossalari va ular asosida olingan dorivor moddalar haqida ma'lumot beradi. Kitobda talabalar o'rganayotgan mavzularni chuqur o'zlashtirishlari uchun, mavzu bo'yicha yangi avlod testlari va vaziyatli masalalar tuzilgan. Talabalar mavzu bo'yicha amaliy ko'nikmalarni egallashlari uchun laboratoriya ishlari yo'riqnomasi keltirilgan. O'zlashtirish darajasini oshirish uchun mustaqil o'zlashtirish uchun savollar kiritilgan. Kitob o'zbek tili lotin grafikasida chop etilganligi bois kamchiliklardan holi bo'lmasligi mumkin.

Asosiy mavzular

  • Organik birikmalarning sinflanishi va fazoviy tuzilishi: Organik birikmalarning sinflanishi, nomlanishi, fazoviy tuzilishi, kislota va asos xossalari.
  • Uglevodorodlarning reaksion qobiliyati. Biologik faol birikmalar: Uglevodorodlarning reaksion qobiliyati, elektrofil va nukleofil o'rin olish, ajralish reaksiyalari. Karbonil birikmalar, aldegid va ketonlarning biologik ahamiyati. Biologik ahamiyatli karbon kislotalar va ularning hosilalari.
  • Asosiy metabolitlar va dorivor moddalarning muhim guruhlari: Modda almashinuvida ishtirok etadigan alifatik va aromatik geterofunksional birikmalar. Biologik faol geterotsiklik birikmalar.
  • Hayotiy muhim biopolimerlar: Aminokislotalar, peptidlar va oqsillar. Uglevodlar: monosaxaridlar, disaxaridlar va polisaxaridlar. Lipidlar va ularning tuzilishi, kimyoviy xossalari. Nuklein kislotalar: RNK va DNK. Vitaminlar, alkaloidlar va ularning biologik ahamiyati.