Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Guzalkent qo‘rg‘oni “Olti qaxramon” mahallasi hududida joylashgan “Ulug‘bek yulduzlari” milliy bog‘ majmuasini rejalashtirish va muhandisona obodonlashtirish

Ushbu hujjat Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Bugungi kunda shaharsozlikdagi asosiy muammolardan biri – koʻkalamzorlashtirish ishlarini ilmiy asosda tashkil etishdir. Aholi turar joylari, shaharlar, tumanlar, qishloq va posyolkalarni ko'kalamzorlashtirish – bu joylarni obodonlashtirishning asosiy vositalaridan boʻlib hisoblanadi. Ko'kalamzorlashtirish koʻlami aholi yashash madaniyatidan dalolat beradi. Oʻzbekiston kam oʻrmonli mamlakat, shu sababdan yashil oʻsimliklar bu erdagi tabiat koʻrinishini belgilaydi. Mamlakatimizda aholi yashash joylari, yoʻllar, irrigatsiya inshootlari, suv omborlarini koʻkalamzorlashtirish ishlari keng ko'lamda olib boriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlarida aholi yashash xududlarini obodonlashtirishga alohida e'tibor qaratiladi.
  • I-BOB. SHAHAR BOGʻLARI VA ISTIROHAT BOGʻLARI.: Istiroxat bogi deyiladi. Istiroxat boglari joylashish xududiga karab kuydagi guruxlarga bulinadi: A) SHaxar xududida joylashgan boglar. B)SHaxar xududidan tashkari joylashgan boglekar. V)Turarjoy doyrasida tashkarida joylashgan kishloklar-aro boglarga bulishadi. SHaxar xududidan tashkarida va kishloklar-aro joylashgan boglarga kuyidagi, ya'ni (Lesopark), urmon xujaligi, yodgorliklar bogi, zopovednik, milliy boglar va bunday tashkari davolanish va dam olish (sanatoriya va kurortlar) boglari kiradi. SHaxar axolisining usishi va shaxar xududining kengayishi, xamda transportlar sonining va sifatining usishi, shaxar axolisining shaxardan tashkarida dam olish ishtieki usadi, lekin shaxar axolisining xar kuni kiska vakt dam olishi uchun shaxar bogi va istiroxat boglari uz mavkeini saklab koladi.
  • 1.2 “OLTI QAXRAMON” MAHALLASI HUDUDIDAGI “ULUG'BEK YULDUZLARI” MILLIY BOGʻINI FAOLIYATIGA QARAB REJALASHTIRISH.: SHaxarsozlik tarixida yangi istiroxat bogi turi paydo buldi, ya'ni katta kukalamzorlashtirilgan massiv emas balki katta madaniy bilish olim tashkilotlari, siesiy-tarbiya ishlarini madaniy dam olish bilan birgalikda tashkillashtirish ishlari olib borildi. Istiroxat boglarida axolining dam olishi uchun eng kerakli bulgan binova inshoatlarni iloji boricha kam rejalashtirish kerak. Istiroxat bogida teatr, sirk, kinoteatr, konsert zali va sport zallari va boshka axoli kup keladigan kuni bilan ishlaydigan bino va inshootlarni rejalashtirish, tavsiya etilmaydi. Bu binolar shaxarlarda uz urni va vazifasi bor, shuning uchun bu binolarni shaxar eki rayon jamoa markazlarida joylashtirilsa juda yaxshi buladi.
  • 1.4 MAXSUS MAQSAD UCHUN MOʻLJALLANGAN ISTIROHAT BOG'LARI.: SHaxar axolisining xar-xil turda dam olib xordik chikarish talabani va istagani inobatga olib, shaxar xududidagi maxsus maksad uchun muljallangan istiroxat boglari ya'ni, sport bogi, bolalar bogi, kurgazmalar bogi, botanika, zoologiya bogi va yodgorliklar bogini rejalashtirib shaxar xududiga tashkil etish kerak. Maxsus maksad uchun muljallangan istiroxat boglarining yaxshi tarafi shundan iboratki, birinchi navbatda shaxar xududida kukalamzorlashtirilgan joyni tugri va foydali ravishda xar-xil mayda uchastkalarga bulmasdan foydalanadi, chunki bu boglarni faoliyat doiralariga taksimlaganda, faoliyati bir-biriga juda yakin bulganligi uchundir.
  • 1.6 “OLTI QAXRAMON” MAHALLASI HUDUDIDAGI “ULUG'BEK YULDUZLARI” MILLIY BOGʻINING SUV XAVZALARI.: Insoniyat eng kup samarali dam olishi uchun bog xududida joylashgan suv xavzalaridan tugri foydalangandagina yaʼne chumilish, kuesh va xavo vantasini kobul kilib, lodkalarda suzib, musobakada eki xavoskorlik bilan, balik ushlashda katnashini mumkin. Suv xavzalari ez kunlari istiroxat bog8iga k6elgan kishilarning70%-ni uziga tortadi, shu odamlarning 50-60% plyajda dam oladi (turtdan bir kismi chumiladi), 6%- lodkada suzadi,4%- balik ushlash va suv kirgogi buylab saexat kilish bilan band buladi.
  • 1.7 “OLTI QAXRAMON” MAHALLASI HUDUDIDAGI “ULUG'BEK YULDUZLARI” MILLIY BOGʻINING BOLALAR FAOLIYAT DOIRASINI REJALASHTIRISH: Bolalar istiroxat bogi shaxar yoki tuman axolisining talabani koidirish maksadida bog xududida joylashadigan inshootlar nomini, bog uchun ajratilgan joyning tabiiy er tuzilishi tasnifinii va bog xududi ulchamini bilish kerak. Tarbiyaviy va soglomlashtirish ishlari bolalarning yoshiga karab guruxlarga bulib tashkillashtiriladi. Bolalar istiroxat bogi shaxar va noxiya mikiyosidagi boglarga bulinadi. SHaxar mikiesidagi bolalar istiroxat bogi xududi 8-ga dan kam bulmagan sanitar gigienik tomonidan shart-sharoiti yaxshi bulgan kukalamzorlashtirilgan joyni uz ichiga oladi.
  • II-BOB. SHAHAR QURILISHIDA KOʻKALAMZOR MAYDONLARNING OʻRNI VA AHAMIYATI: Erdagi hayotni oʻsimliklarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Insonni o'rab turgan muhitning shakllanishida ularning ahamiyati juda yuqori va xilma-xildir, chunki oʻsimliklar sanitariya- gigienik vaziyatni yaxshilash xossalariga egadirlar. Oʻtkazilgan daraxtlar gamol kuchini, shovqinni pasaytiradi, issiqlik rejimini tartibga soladi, havoni changdan va zararli sanoat chiqindilaridan, patogen mikroorganizmlardan tozalaydi va uni namlantiradi. Koʻk oʻsimliklar shahar me'morchiligida muhim ahamiyatga ega. Ular shahar landshaftining boyitish koʻpincha esa shakllantirishning ajoyib vositasi boʻlib xizmat qiladi.
  • 2.2 OʻSIMLIKLARNING MIKROIQLIMGA TA'SIRI.: Daraxtlar shaharlar va boshqa aholi punktlarining mikroiqlimganig shakllanishiga katta ta'sir koʻrsatadi. Yilning turli vaqtlaridagi havo temperaturasi, atmosfera yog'inlari miqdori, havo va tuproq namligi, quyosh turishi balandligi va quyosh radiatsiyasining intensivligi va davomiyligini belgilovchi bulutli kunlar shamol rejimi, atmosfera bosimi – bularning hammasi birgalikda mazkur joyning iqlimini ifodalaydi. Relef, suv xavzalarining, ochiq masofalarning mavjudligiga, tuproqning, er osti suvlarining tavsifiga bog'liq holda ayrim tumanlardagi ob-havo koʻrsatkichlari mazkur joyning mikroiqlimini yaratib, ancha kata oʻzgarishi mumkin.
  • 2.3 SHOVQINGA QARSHI KURASHISHDA OʻSIMLIKLARNING AHAMIYATI.: Transport vositalari va sanoat korxonalarining ishlashi tufayli vujudga keladigan shahar shovqini insonlar salomatligiga katta zarar keltiradi. SHahardagi shovqin kommunal- maishiy va ishlab chiqarish xarakteridagi shovqinlar yig'indisidan tashkil topadi, shuningdektransport harakatida yuzaga keladigan shovqinlar boʻlib, ular insonga doim ta'sir qiladi. Kata shaharlarda ularning intensivligi yiladan – yilga ortib bormoqda. SHovqinga qarshi kurashishda vertikal birlashgan daraxtlar qatorlari samarali boʻlib, ular himoyalanayotgan ob'ektiga nisbatan toʻgʻri joylashishi lozim.
  • III-BOB. "OLTI QAXRAMON” MAHALASI HUDUDIDAGI “ULUG'BEK YULDUZLARI” MILLIY BOG'INI TIKKA REJALASHTIRISH: Hududni shaxarsozlik nuqtai nazaridan baholash, avvalombor, joyning tabiiy jarayonlar ta'sirida shakllangan tabiiy relef xususiyatlari va shakliga bogʻlikdir. Rel'efni o'rganish geomorfologiya fanining vazifasi boʻlib, bu fan rel'efning shakllanishi, vaqt va fazoda rivojlanishi (genezis)ni oʻrganadi. Tabiiy rel'ef erni litosfera deb ataluvchi qattiq qobig'i sirtining turli ko'rinishdagi oddiy va murakkab elementar shakllaridan iboratdir. Rel'efning asosiy shakllari tekisliklar va togʻliklardan iborat.
  • 3.2 TIKKA REJALASHTIRISH VA UNING VAZIFALARI: Vertikal rejalashtirish hududni qurilish, rejalash, qurish va obodonlashtirish talablaridan kelib chiqqan holda tabiiy rel'efni qayta shakllantirish, oʻzgartirish va moslashtirish ishlarini uzida mujassamlashtiradi. Hududni muxandislik tayyorlash ishlari vazifasi barcha talablardan kelib chiqqan holda rel'efning eng maqbul echimini topishdan iboratdir. Noqulay sharoitlar va jarayonlarni bartaraf etish bilan bog'lik tadbirlarda vertikal rejalashtirishning roli quyidagi holatlarda oʻrinlidir, xususan: a) bog' hududini kuchli yomg'irlar yoki suv manbalari ta'sirida suv bosishida hamda suv omborlari inshootlaridan Qishloq hududini himoya qilish hududni vertikal rejalashtirish vazifasiga kiruvchi dambalar qurish yoki hudud sathini ko'tarish evaziga amalga oshiriladi.
  • 3.3 LOYIHAVIY (QIZIL) GORIZONTALLAR USULI: Loyihaviy (qizil) gorizontallar usuli loyihalanayotgan rel'efni yangi, qizil gorizontallar deb ataluvchi chiziqlarda aks ettirishdir. Loyihalash jarayonida er sirtiga ruxsat etilgan nishabliklar berish bilan rel'efning yangi shakli yaratiladi. Loyihaviy gorizontallar usuli-maydon tarhi bilan vertikal rejalash loyihasini bitta chizmada koʻrsatish imkoniyatini beradi, ya'ni, ko'p sonli profillarni tuzish va loyihalashga o'rin qolmaydi.
  • IV-BOB. “OLTI QAXRAMON” MAHALASI HUDUDIDAGI “ULUG'BEK YULDUZLARI” MILLIY BOGʻINI MUHANDISLIK TARMOQLARI BILAN TA'MINLASH: Suv istemolchilarini suv bilan ta'minlash uchun loyixa asosida 1 ta kuduk kazish kuzda tutilgan. Bittasi ishchi, bittasi extiyot chorasi uchun. Suv bilan ta'minlash inshootining ish sxemasi kuyidagicha loyixalangan: Suv kudukdan nasos orkali filtrlanib, tozalangandan keyin bosim xosil kiluvchi sigimga bashnyaga kuyiladi. Bashnyadan suv qishloq xududiga kuvur tarmoklari orkali istemolchilarga utkazib beriladi. Bog'ni ichimlik suvi bilan ta'minlash rejasi aylanma xolda loyixalanadi.
  • 4.1 SUV MANBAI VA SUV TAʼΜΙΝΟΤΙ: Suv istemolchilarini suv bilan ta'minlash uchun loyixa asosida 1 ta kuduk kazish kuzda tutilgan. Bittasi ishchi, bittasi extiyot chorasi uchun. Bu kuduklar bogʻning shimoliy-garbida joylashgan. Suv bilan ta'minlash inshootining ish sxemasi kuyidagicha loyixalangan: Suv kudukdan nasos orkali filtrlanib, tozalangandan keyin bosim xosil kiluvchi sigimga bashnyaga kuyiladi. Bashnyadan suv qishloq xududiga kuvur tarmoklari orkali istemolchilarga utkazib beriladi.
  • 4.2 BOG'NI ICHIMLIK SUVI BILAN TA'MINLASH: Urgut tumanidagi Bog'ni ichimlik suvi bilan va chikindi suvlarni tashlash loyixasi kuydagilardan iborat. Avvaldan mavjud boʻlgan quduq va ichimlik suvi tarmoqlari loyihalanayotgan Bog' talablarini qondira olmaydi. SHuni xisobga olgan xolda yangi ichimlik suvi tarmoklari loyixasi bajarilishi kerak.
  • 4.3 ELEKTR TARMOKLARI MANBAI VA ELEKTR TARMOKLARI SXEMASI: Elektr tarmoklari manbai va elektr tarmoklari sxemasi qishloq elektr tarmoklari 35/10-kvt kuchlanishiga muljallangan. Loyixalangan elekr iste'molchilari elektr ta'minoti buyicha III-kategoriyali, madaniy maishiy binolar uchun 2 kategoriyalidir. KTPP-V 630-2 turdagi transformator podstansiyasi kabul kilindi kuvvati 400 KVA. Transformatorlarning joylashgan oʻrni va soni iste'molchilarning talab qilgan elektr energiyasiga, ularga tarqatuvchi tarmoqning qulayligiga bogʻliq.
  • 4.4 BOGʻ HUDUDINI YORITISH.: Yorug'likka boʻlgan munosabatga koʻra yog'och oʻsimliklar yorug'liksevar, salga chidamli va yarimsoyaga chidamli turlarga boʻlinadi. Yorug'liksevar daraxtlar – saksovul, oq akatsiya, albitsiya, qayin, tilog'och, botqoq kiporisi, Virjiniya mojjevilniki, yassi shoxli(biota), oddiy qarag'ay, platon Qrim qarag'aysi, Pensilvaniya yaseni, oddiy yasen, Yaponiya safarosi, oq tut, past boʻyli vyaz, klen, Gretsiya yongʻogʻi, qora terak, oddiy nok, eman, butalar- grebenshik (turli xili), ingichga bargli lox, qum akatsiya, kumushrang chingil, amarfa, laburnum, spireya (turli), chetan (ryabina). YArim soyaga chidamli daraxtlar- kumushrang lipa, lola daraxti, skushpiya, oddiy ryabina, cheremuxa, veymut qarag'ayi, yirik guli mognoliya, qora olxa, oddiy mojjevilnik; butalar- qor mevasi, sariq akatsiya, yapon bexisi, yumaloq bargli boyarishnik, magoniya va boshqalar.
  • V-BOB. HAYOT FAOLIYAT XAVFSIZLIGI VA MEHNAT MUHOFAZASI QISMI: Jismoniy mehnat jarayonida inson mehnat quroli yordamida biror-bir jismga ta'sir etish yo'li bilan uning shaklini va mohiyatini oʻzgartirishga erishadi. SHu mehnatning samarasi mehnat quroli va ishchining mohirligidan tashqari yana ish joyining harorati va yoritilganligi, ozoda va saranjomligi, havoning musaffoligi va shovqin-suronning yo'qligi va shunga o'xshash bir qator omillarga bogʻliqki, bularning hammasi birgalikda mehnat sharoitini ifodalaydi.
  • 5.1 QURILISHDA MEHNAT SHAROITI VA BAXTSIZ HODISALARNI TAHLIL QILISH USULLARI: Mehnat sharoiti deb, insonning mehnat davomida sog'ligiga va ish faoliyatiga ta'sir qila oladigan ishlab chiqarish omillari yigʻindisiga aytiladi. SHu mehnat sharoiti omillaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishda sodir boʻladigan baxtsiz hodisalarning sabablarini shartli ravishda oltita guruhga boʻlish tavsiya qilinadi. 1. Tashkiliy sabablarga xavfsizlik qoidalarini oʻrgatish va tushuntirishlarni o'z vaqtida oʻtkazilmaganligi qurilishda ishni tashkil qilish loyihalarining va texnik nazoratining yoʻqligi, ish joyining qoniqarsizligi, jomakorlarning hamda himoya vositalarining mehnat talabiga javob bera olmasligi va hokazolar kiradi.
  • 5.2 BAXTSIZ HODISALARNI RASMIYLASHTIRISH VA ULARNING SABABLARINI OʻRGANISH: Odatda, ishlab chiqarish bilan bog'liq hamma baxtsiz hodisalar kasaba uyushmasi tomonidan tekshirilib tasdiqlangandan so'ng rasmiylashtiriladi. Ishlab chiqarish bilan bog'liq boʻlgan baxtsiz hodisalar korxona hududida, undan tashqarida, ish vaqtida ishlash oldidan yoki ishdan keyin boʻlishidan qat'iy nazar tekshirilishi zarur. Baxtsiz hodisa natijasida agar ishchi bir yoki ikki kun mehnat qobiliyatini yo'qotgan bo'lsa, voqeani aniqlash lozim, lekin akt yozib rasmiylashtirish shart emas.
  • 5.3 QURILISHDA MEHNAT SHAROITI MUAMMOLARI: Xavfsizlik talab va qoidalariga rioya qilmaslikka, sanitariya va gigiena me'yorlarining, hamda mehnat intizomining buzilishi, ish joylari, jarohatlanishi, zaharlanish va kasb kasalliklarini kelib chiqishiga sabab bo'ladi. SHikastlanishga baxtsiz holat deyiladi. Baxtsiz hodisalar ishlab chiqarish bilan bog'langan va bogʻlanmagan boʻlishi mumkin. Ishlab chiaqrish bilan bog'langan hodisalarga quruvchining ish joyida yoki shu korxona bilan bog'liq ishlar bajarayotganda olgan shikastlanishlari kiradi.
  • VI-BOB. INTERNET MA'LUMOTLARI: SHaharlar - ijtimoiy-iqtisodiy funksiyasiga asosiy qismi noagrar faoliyat bilan san'at, fan, madaniyat, xizmat koʻrsatish va boshqaruv sohalarida shug'ullanuvchi aholining yuqori zichlikka ega boʻlgan, yirik aholi yashash punktidir. Shaharlar joylashuvning barcha turlari orasida suv oʻtkazgich, oqava suvlar, energo-ta'minot, yoʻllar va obodonlashtirishning boshqa turlari boʻyicha kapital sarflar va ekspluatatsiya chiqimlarining tejamliroq turi ekanligi bilan etakchilik ahamiyatiga ega.
  • XULOSA: Muhandisona obodonlashtirishning oldida turgan yana bir qiyinchilik-lardan biri qurilgan va rejalashtirilgan shaxar tabiatini muhofaza qilish ishlariga katta e'tibor beradi. SHunday qilib, shaxar xududini muhandisona obodonlashtirish yuqorida keltirilgan qisqacha asosiy maqsadi va vazifalaridan ko'rinib turibdiki, shaxarsozlikda eng kerakli oʻrinlardan birini kukalamzorlashshtirish egallaydi Istiroxat boglarini qurishda muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasi bilan bir qatorda yangi turdagi servis va elektron xizmatlar koʻrsatish ob'ektlarini barpo etish hamda ishga tushirish ham alohida e'tiborga loyiq masalalardandir.