Sport tibbiyoti. Massaj
Ushbu kitob "Sport tibbiyoti. Massaj" fanidan olingan bo'lib, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchi shaxslarning sog'lomligini saqlash, mustahkamlash va jismoniy ish qobiliyatini oshirishga qaratilgan. Kitobda sport tibbiyoti, uning tarixi, rivojlanishi, asosiy tushunchalar, salomatlik va kasalliklar, jismoniy rivojlanish, tanlash va saralash, sportchilarning me'yoriy va patologik holatlari, asab va nafas olish tizimlari, yurak qon tomir tizimi, jismoniy zo'riqish va uning oldini olish, massajning umumiy texnikasi, usullari, tibbiy jihatdan ahamiyati, shuningdek, dopingga qarshi nazorat va jins nazorati kabi muhim mavzular chuqur yoritilgan. Shuningdek, unda dorilardan foydalanish, tibbiy va jismoniy muolajalar, qo'llaniladigan uslublar va tibbiy nazorat choralari ham keng tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- SPORT TIBBIYOTI: Sport tibbiyoti – tibbiyotning alohida yo'nalishi bo'lib, o'z maqsadi, vazifalari, uslublari, nazariya va o'z muammolariga ega bo'lgan ilmiy-amaliy sohadir. O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni tibbiy ta'minlash maxsus tibbiy-jismoniy tarbiya xizmatlari (kabinetlar, dispanserlar) va sog'liqni saqlash organ-larining davolash-profilaktik muassasalari orqali territorial printsipda amalga oshiriladi. Sport tibbiyoti aholini davolash-profilaktik xizmatining asosiy qismi bo'libgina qolmay, insonning jismoniy tarbiya tizimidagi ajralmas bo'lagidir. Sport tibbiyotining maqsadi – jismoniy tarbiya va sportni har tomonlama rivojlanishi uchun insonning barkamol rivoj-lanishi, sog'lig'ini saqlash va uni mustahkamlash, Vatan himoya-sida va mehnatda yuqori jisoniy tayyorgarligini ta`minlashdir.
- SALOMATLIK VA KASALLIK: Salomatlik deganda, odam organizmining ichki va tashqi muhit omillariga muvozanat xolati, ya`ni organizmining shunday bir ahvoli tushuniladiki, bunda uning barcha funktsiyalari tashqi muhit bilan muvofiqlashtirilgan bo`ladi, hamda unda qandaydir kasalliklar tufayli bo`lgan o`zgarishlar kuzatilmaydi. Kasallik deb, organizm normal hayot faoliyatining buzilishiga aytiladi. Bu buzilish kasallik paydo qiluvchi ichki va tashqi ta`sirotlar natijasida yuzaga keladi. Bu ta`sirotlar esa organizmning moslashish qobiliyati, mehnat qilish va himoya kuchlirini chegaralab qo`yadi.
- JISMONIY RIVOJLANISH VA SPORTGA TANLASH: Jismoniy rivojlanish - bu organizmning morfologik va funktsional xususiyatlarining majmuasi bo`lib, u tananing vazni, zichligi va shaklini, bolalarda va o`smirlarda esa - o`sish jarayonlarini belgilaydi.Zamonaviy sportda bir necha yillar davomida yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda qobiliyatli bolalar va o`quvchilarni tanlash va saralash masalalariga katta ahamiyat beriladi.
- SPORTCHILAR ME'YOR VA PATOLOGIK XOLATLARIDA ASAB VA NAFAS OLISH TIZIMLARINING XOLATI: Sport tibbiyotida yurak-qon tomir tizimini tekshirishga katta ahamiyat beriladi, chunki yurak-qon tomir tizimi odam organizmining hayotiy zaruriy asosiy tizimidir. Yurak-nafas olish tizimi esa organizmning nafas olish tizimiga ta`sir etadi. Jismoniy mashqlar ta`sirida yurak va nafas olish tizimlarida o`zgarishlar sodir bo`ladi.
- TIBBIY PEDAGOGIK NAZORAT VA SURUNKALI JISMONIY ZO`RIQISH HOLATLARI: Tibbiy pedagogik nazorat deb, vrach va trener birgalikda trenirovka, jismoniy tarbiya darslarida yoki musobaqalar paytida o`tkaziladigan tekshirishlariga tushuniladi. Bunday nazorat yordamida jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ulla-nuvchilarning organizmiga jismoniy mashqlarning ko`rsatgan ta`siri baholanadi, organizmning funktsional jismoniy tayyorgarlik darajasi aniqlanadi va shu tekshirishlar asosida o`quv trenirovka jarayoni takomillashtiriladi.Surunkali jismoniy zo`riqish holatlari ham tahlil qilinadi.
- MASSAJNING RIVOJLANISH TARIXI VA USULLARI: Massaj usullarini o`ziga xosligi, massaj harakatlarining yo`nalishi-massaj tizimi deb ataladi. Massaj nazariyasi va amaliyotida ma`lum bo`lgan bir qancha: shved, rus, xitoy, turkiy (sharq) massaj tizimlari bor. Sport va tibbiyot sohasida rus, fin, shved massaj tizimlari ko`proq qo`llaniladi. Massaj umumiy va maxalliy bo`ladi. Umumiy massajda butun gavda maxalliy masajda gavdaning ayrim qismlari massaj qilinadi. Massaj silashdan boshlanadi, keyin ishqalashga o`tiladi, so`ngra uqalash, qoqish va yana silash bilan tugallanadi.
- SPORTCHILAR ORGANIZMINING ME'YOR VA PATOLOGIK XOLATLARIDA BA'ZI TIZIMLARNING XOLATI: Endokrin va nerv tizimi birgalikda tirik organizm faoliyatini boshqaruvchi tizimlardir. Organizmdagi biror protsess ular ishtirokisiz amalga oshmaydi. Bu tizimlardan birortasini asosiy deyish qiyin, chunki ikkala tizim ham bir-biri bilan uzviy bog’langan bo`lib, ular funktsiyasi buzilganda organizmda yaqqol o`zgarishlar yuz beradi. Endokrin tizimni ichki sekretsiya bezlari tashkil etadi.
- SPORTCHILAR ISH QOBILIYATINI OSHIRISHDA QO'LLANILADIGAN TIKLASH VOSITALARI: Zamonaviy sportda sportchining organizmi faoliyati va ish qobiliyatini oshirishda navbatdagi mashg’ulotlar to`liq tiklanmagan holatida o`tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Sport mashg’ulotlari jarayonidagi jadallashtirish va sport ish qobilyatini oshirishda qayta tiklash vositalarlini keng muntazam ravishda qo`llanilishiga katta ahamiyat beriladi. Zamonaviy sportga ta`luqli haddan tashqari fizik va ruhiy yuklanishlarda qayta tiklash vositalaridan oqilona foydalanish katta ahamiyatga egadir. Qayta tiklash vositalari uchta asosiy – pedagogik, psixologik va tibbiy guruhlarga bo`linadi.
- DOPINGGA QARSHI NAZORAT VA JINS NAZORATI: Rasmiy musobaqalarning (Mamlakat birinchiligi, Evropa, jahon birinchiliklari, Olimpiada o`yilari tibbiy ta`minotini uyushtirishda antidoping nazorat o`tkaziladi. Antidoping nazorati – bu maxsus tadbirlar tizimi bo`lib, musobaqa qatnashchilari tomonidan doping qabul qilinganligini aniqlab, doping qabul qilgan sportsmenlarga tegishli sanktsiya berishdir. Jins nazorati ham muhimdir.