Ўсимликшунослик фанидан лаборатория машғулотлари

Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma

Asosiy mavzular

  • URUG'SHUNOSLIK: Urug'shunoslik qishloq xo'jaligida ekib o'stiriladigan ekinlarning urug'i haqidagi fan hisoblanadi. Botanika va o'simlikshunoslikda "urug" atamasi bir xil ma'noni anglatmaydi. Botanika nuqtai nazaridan urug' urug'kurtakni qo'shaloq otalanishi natijasida paydo bo'ladi. U murtak, zaxira oziq moddalar va po'stdan iborat bo'ladi. O'simlikshunoslikda urug' deganda turli ekinlarning hosil olish uchun ekiladigan doni-mevasi tushuniladi. Ekish uchun haqiqiy urug'lari (dukkaklilar, krestgullilar, g'o'za, zig'ir), po'stli yoki yalong'och mevalari yoki uning qismlari (g'alladonlilar doni va g'allasimon o'tlar, kungaboqar, maxsar pistasi, grechixa va nashaning yong'oqchasi, qushtirnoq mevasi bo'lakchalari), hatto to'pmevalari (lavlagi, mushukquyruq boshoqchasi), tuganaklari (kartoshka, yer noki) hisoblanadi. Urug'larda o'simlikning biologik va xo'jalik xususiyatlari mujassamlashgan bo'lib bu xususiyatlar avlodga beriladi. Shuning uchun urug' ekilganda olinadigan hosilning miqdori va sifati unga bog'liq bo'ladi. Urug' sifati ahamiyatini dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi har bir odam yaxshi biladi. Urug'likning sifati uch guruhga ajratiladi: 1) urug'ning navdorlik sifatlari; 2) urug'ning ekish sifatlari; 3) urug'ning hosildorlik sifatlari. Urug'larning navdorlik sifati deganda ularning nav tozaligi tushuniladi. Davlat andozalari bo'yicha urug'ning nav tozaligi, urug'lik avlodi va boshqalar talablarga javob berishi kerak. Masalan, bug'doy urug'ining nav tozaligi 95 foizdan kam bo'lmasligi talab etiladi. Bu talab yaxshi hududlashtirilgan nav va duragaylarni ekish yuqori va sifatli hosilni ta'minlovchi muhim omil ekanligidan kelib chiqadi. Odatda, urug'ni nav tozaligi qancha yuqori bo'lsa nav yoki duragayning hosildorlik xususiyatlari shuncha yaxshi namoyon bo'ladi. Urug'larning ekish sifatlari, uni ekish uchun yaroqliligini tavsiflovchi xususiyatlarining yig'indisidir. Bu sifat ko'rsatkichlariga urug'ning turli chiqitlardan tozaligi, unuvchanligi, unish quvvati, kasallik hamda zararkunandalar sofligi, o'sish kuchi, 1000 ta urug' vazni va boshqalar kiradi. Ekiladigan urug'ni faqat ekish sifatlari hamda navdorligi yuqori bo'lib qolmasdan u yuqori hosil berish xususiyatiga ham ega bo'lishi kerak. Urug'ni hosildorlik xususiyati aniq ishlab chiqarish sharoitida ma'lum miqdorda hosil bera olish qobiliyatidir. Bu xususiyat nav (duragay)ning faqat ichki (irsiy) belgisigina bo'lib qolmay u o'simlik o'sgan sharoitga, parvarishlash, qayta ishlash va saqlash usullariga hamda urug'larning navdorligi va ekish sifatiga bog'liq bo'ladi. Urug'shunoslik fan sifatida urug'ni rivojlanishi va uning hayotida muhim omillarga bo'lgan talablarini, yuqori sifatli urug'lar tayyorlash yo'llari va ularni ekishga tayyorlashni hamda ekish materiali sifatlari va ularni aniqlash uslublarini o'rganadi. Urug'shunoslikning o'rganadigan fan ekiladigan urug'lar sifatini yaxshilash va o'zining izlanish uslubi ekish materiali sifatini baholash bo'lib, u alohida fan bo'lishi uchun qo'yiladigan talablarga to'la javob beradi. Bu fan o'simlikshunoslik bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ma'no jihatdan shu fanning bir qismidir. Urug'shunoslikning urug'chilikdan farqlamoq kerak. Urug'chilik navdor urug'larning ko'paytirish nav tozaligini saqlash va shunday urug'lar bilan xo'jalikni ta'minlash bilan shug'ullanadi.
  • 1-LABORATORIYA MASHG'ULOTI: MAVZU: URUG'LARNING EKISH SIFATLARINI ANIQLASH VA UCHUN NAMUNA OLISH Ishning maqsadi va vazifalari: 1. Tahlil qilinadigan urug' to'plamlarini tanlash. 2. Urug'lardan namuna olish. 3. Asosiy namunadan o'rtacha namunani ajratish. 4.O'rtacha namunani idishlarga joylashtirish, so'rg'ichlash va yorliq yopishtirish. 5. O'rtacha namuna olinganlik haqida dalolatnoma tuzish. Kerakli jihozlar va materiallar. Urug' namunalari, doska, bo'lgich, tarozi, g'alvirlar to'plami, namuna olish asboblari, qog'oz xaltachalar, bo'z xaltachalar, bankachalar, parafin, yorliq. Ishni bajarish tartibi. Urug'larni ekish sifatlari ya'ni tozaligini, unuvchanligini, 1000 dona urug' vaznini, namligini, zararkunandalar bilan zararlanganlik darajasini, kasalliklarga uchraganliklarini va boshqalarni aniqlash uchun urug'lardan namuna olinadi. Biror to'plamdagi urug'larning sifati o'sha to'plamdan o'rtacha namuna olish yo'li bilan aniqlanadi. O'rtacha namuna katta urug' to'plami xususiyatiarini tavsiflaydigan kichik urug' namunasidir. Namuna olinadigan urug' to'plami ma'lum biror ekinni navi, reproduksiya, ma'lum fizikaviy sifatiarga ega bo'lgan, ma'lum yilgi hosildan olingan muayyan og'irlik miqdoridagi urug'dir. Bularning hammasi urug' to'plamiga qo'shib beriladigan hujjatlarda tasdiqlangan bo'-ladi. Urug' to'plami katta bo'lsa, ayrim qismlarga, ya'ni nazorat birliklarga bo'linadi. Har xil ekinlar urug'ining to'plami tahlil uchun turli katta-kichiklikda olinadi (l-jadval, 1-ilova). Urug' to'plamining og'irligi ko'rsatilgan nazorat birlikdan ortiq bo'lsa, bu to'plam ikkita yoki undan ko'p nazorat birlikka bo'linadi va ularning har qaysisidan o'rtacha namuna olinadi. O'rtacha namuna urug' to'plami yoki nazorat birlikning turli joyidan (chuqurroqdan) olinadi. Namunalar naysimon va maxsus asboblar bilan qo'lda quyidagi miqdorda olinadi (1-rasm). Bizga ma'lumki urug'lar omborxonada qoplangan holda saqlanayotgan bo'lishi yoki omborxonada to'kib qo'yilgan uyumlar shaklida bo'lishi mumkin. Ba'zan vagonlarda va mashinalarda keltirilgan bo'lishi mumkin. Agar urug'lar qoplarda saqlanayotgan bo'lsa namunalar quyidagicha olinadi. 10 qopdan iborat urug' to'plamidan namuna har bir qopning uch joyidan - usti, o'rtasi, tagidan; 25 tagacha qopdan iborat to'plamdan har bir qopdan; 100 tagacha qopdan iborat to'plamdan har qaysi beshinchi qopdan va 100 tadan ko'p qopdan iborat to'plamdan namuna olish joyini navbatlashtirib har qaysi o'ninchi qopdan olinadi. Namuna olish uchun maxsus qop shchupi ishlatiladi. Yirik urug'li ekinlar va kam to'kiluvchan urug'lardan namuna qopning og'zini ochib, noksimon shchup bilan olinadi. Avtomashina va vagonlardan namunalar noksimon shchup bilan beshta har xil joydan va uchta chuqurlikdan, jami 15 taga yetkazib olinadi. Omborlarda noksimon shchup bilan besh joydan: burchaklardan, o'rtadan va 3 ta chuqurlikdan ya'ni yuzadan 10 sm chuqurlikdan, o'rtasidan va poldan 10 sm balandlikdan, jami 15 taga yetkazib olinadi. Nazorat birlikdan ortiq bo'lmaydigan urug' to'plami saqlanayotgan bo'lsa, bir nechta omborning har qaysisidan 15 tadan namuna olish kerak. Har qaysi nazorat birlikdan olingan namuna birga qo'shiladi va shu tariqa asosiy namuna hosil qilinadi. Nazorat birlikdan ortiq bo'lmaydigan urug' to'plami saqlanayotgan bo'lsa, bir nechta omborning har qaysisidan 15 tadan namuna olish kerak. Har qaysi nazorat birlikdan olingan namuna birga qo'shiladi va shu tariqa asosiy namuna hosil qilinadi. Namunalarni birga qo'shishdan avval ularning har biri alohida qog'oz yoki faner taxtalarga to'kilib, ko'rib chiqiladi. Namunalar iflosligi, rangi, hidi, namligi yoki boshqa belgilari bilan bir-biridan katta farq qilsa, ular birga qo'shilmasdan, to'plam ikkita yoki undan ko'p nazorat birliklarga ajratiladi va shularning harbiridan asosiy namuna tuziladi. Asosiy namunadan tahlil uchun o'rtacha namuna ajratiladi. O'rtacha namuna ikkita olinadi; birinchisi urug'ning tozaligini, unuvchanligini, 1000 donasining vaznini va boshqa sifatlarini aniqlash uchun ishlatilsa, ikkinchisi urug'ning namligi va zararkunandalar bilan nechog'lik zararlanganligini aniqlash uchun ishlatiladi. Tahlil uchun olinadigan o'rtacha namuna har xil og'irlikda bo'ladi. Ko'pgina g'allasimon ekinlar uchun olinadigan o'rtacha namunaning og'irligi 1000 g ga teng bo'lsa, o'tlar uchun 100-500 g ga teng bo'ladi. Asosiy namunadan o'rtacha namuna quyidagi tartibda olinadi. Asosiy namuna urug'lari stolga (faner, karton taxta ustiga) to'kilib, yaxshilab aralashtiriladi, so'ngra urug'lar chizg'ich bilan tekislanib, juda yirik urug'li ekinlar (yeryong'oq, burchoq, no'xat va boshqalar uchun) urug'i qalinligi 5 sm gacha keladigan kvadrat va qolgan ekinlarning qalinligi ko'pi bilan 1,5 sm keladigan kvadrat ko'rinishida yoyib qo'yiladi.
  • 2-LABORATORIYA MASHG'ULOTI: MAVZU: URUG'LARNING TOZALIGINI ANIQLASH Darsning maqsadi va vazifalari: 1. Urug'ning tahlili uchun o'rtacha namunadan ajratma tayyorlash. 2. Ajratmadan asosiy ekin urug'larini va chiqindilarni ajratish. 3. Chiqindilarni turlarga ajratish. 4. Olingan namunaga nisbatan toza urug' va chiqindilar foizini aniqlash. Kerakli jihozlar va materiallar. Urug' namunalari, doska, bo'lgich, tarozi va toshlar, g'alvirlar to'plami va ko'z zarrabini. Uslubiy ko'rsatmalar. Qishloq xo'jaligida ekiladigan ekinlarning urug'lari dalada yetishtiriladi. Urug'lik hosil yig'ishtirib olingandan keyin quritiladi va tozalanadi. Urug'lik hosil har qancha tozalansa ham u yoki bu darajada har xii aralashmalar bo'ladi. Bu aralashmalarni chiqindilar deyiladi. Chiqindilar ikki xil bo'ladi. A-o'lik chiqindilar; B-tirik chiqindilar. Urug'larda o'lik chiqindi (somon, xas-cho'p, tosh mayda kesakchalar va boshq.) va tirik chiqindi (begona o'tlar yoki boshqa ekinlaming yashovchan urug'i) aralashmalari bo'lishi mumkin. O'lik chiqindi keraksiz, ortiqcha yuk hisoblanib, urug'larning yaxshi saqlanishiga halal beradi. Tirik chiqindi dalani begona o't bosishiga va shu tariqa hosilning kamayib va uning sifati pasayib ketishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun urug'larning tozaligini aniqlash ularni tovar vazni sifatida baholashda ham, ekish materiali sifatida baholashda ham muhim ahamiyatga ega. Urug'larning tozaligi asosiy ekin urug'larining shu urug'lar aralashmasidagi barcha urug'larga nisbatan foiz hisobida olingan miqdoridir. Urug'larning tozaligi og'irligiga nisbatan foizlar bilan ifodalangan va alohida olingan ikkita namuna (ajratma)ga qarab aniqlanadi. Ajratma olishdan oldin urug'larning tozaligini tekshirish uchun mo'ljallangan o'rtacha namuna stol ustiga to'kilib, yaxshilab ko'rib chiqiladi. Yirik aralashmalar (tosh, yirik kesaklar, o'simliklar poyasining bo'lakchalari va boshqalar) hammasi terib olinib, tarozida tortiladi va ular o'rtacha namunaning og'irligiga nisbatan necha foizini tashkil etishi aniqlanadi. Aniqlangan yirik aralashmalar (urug'ning tozaligi) foizi tahlil qilinganda chiqadigan chiqindiga qo'shiladi. Masalan, o'rtacha urug' namunasidagi yirik aralashmalar 2,45 g bo'lsa, urug' namunasining og'irligi 1000 g bo'igani uchun shu namunadagi yirik aralashmalar foizi (2,45 x 100)/1000 = 0,24% Urug'larning tozaligini aniqlash uchun o'rtacha namunadan chuqurrog'idan o'ra usulida yoki bo'lgich yordamida ajratmalar olinadi. O'ra usuli qo'llaniladigan bo'lsa urug' namunasi stol ustiga to'kilib, yaxshilab aralashtiriladi va yirik aralashmalar olib tashlanib ularning o'rtacha namuna og'irligiga nisbatan foiz miqdori aniqlanadi. Shundan keyin urug'lar ko'pi bilan 1sm qalinlikda qilib to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyiladi, kurakcha bilan shaxmat tartibida 16 ta o'ra olinadi. Shu o'ra birga aralashtirilib, birinchi ajratma tuziladi. Ikkinchi ajratma ham 16 ta o'radan tuziladi, bu o'ralar boyagi to'g'ri to'rtburchakning o'zidan, birinchi o'ralar orasidan olinadi. Tahlil uchun ajratma bo'lgich yordamida quyidagicha olinadi: avval namuna yaxshi aralashishi uchun hammasi uch marta bo'lgichdan o'tkaziladi, so'ngra bu bo'lgichning o'zi bilan namuna yana bo'linadi va og'irligi jihatidan tahlil uchun olinadigan ajratmaga taxminan teng keladigan qismi qolguncha yarmi chiqarib tashlanaveradi. Olingan ajratmalar texnik tarozida belgilangan og'irlikkacha aniq qilib tortiladi. Ajratma belgilangan og'irlikdan ko'p kelsa, urug' tarozi pallasining turli joylaridan kurakcha bilan olinadi. Bordi-yu, ajratma yengilroq bo'lsa, namunaning turli joylaridan kerakli miqdorda urug' olib qo'shiladi. Ikkita parallel ajratmaning har biri tekis stol yoki buklanadigan taxta ustiga to'kiladi va shpatel yoki pinset bilan tozalanadi. Mayda aralashmalarni ajratish uchun lupa ishlatiladi. Bug'doy, javdar, arpa, suli, sholi, makkajo'xori, kungaboqar va lavlagi ajratmalari albatta elakdan o'tkaziladi. Bug'doy va arpa uchun ko'zi to'g'ri to'rtburchak shaklida yirikligi 2x20 mm keladigan elakdan foydalaniladi. Javdar bilan suli uchun ham ko'zi to'g'ri to'rtbutchak shaklida, ammo yirikligi 1,5x20 mm, makkajo'xori bilan kungaboqar uchun ko'zi 2,5x20 mm keladigan elak ishlatiladi. Ko'p urug'li qand lavlagi bilan xashaki lavlagi urug'larining namunasi ko'zi 2,5-20 mm bo'lgan elakdan qo'shimcha ravishda qaytadan o'tkaziladi. Aytib o'tilgan ekinlarning urug'i elakdan o'tkazilgandan keyin olingan ikkala ajratma taxta ustida alohida-alohida tekshiriladi va tahlil natijalari jamlanadi. Taxta ustidagi urug'lar asosiy ekin urug'lari va chiqitga chiqadigan turli aralashmalarga bo'linadi. Me'yorida rivojlangan o'simliklarning har qanday rangdagi urug'larning hammasi asosiy ekin urug'lari jumlasiga kiritiladi. Uncha yetilmagan urug'lar chunonchi, murtagi yetarlicha to'lishmagan, ildizchasi unib endi po'stini yorib chiqqan urug'lar va doni po'stli ekinlarning ochiq urug'i, murtagi qisman shikastlangan yoki endospermi yo bo'lmasa urug' pallasining yarrnidan ko'prog'i sinib ketgan urug'lar ana shunday me'yorli urug'lar jumlasiga kiradi. Elakdan o'tib ketgan mayda va puch urug'lar, ildizchasi po'stini yorib chiqib unib qolgan urug'lar, chirigan urug'lar, ezilgan va yorilgan urug'lar, yarmi yoki ko'prog'i singan urug'lar, begona o't va boshqa ekinlarning urug'i, qorakuya xaltachalari va ularning qismlari, shuningdek, qorakuya sporalari bor po'stlar, toshkuya boshoqchalari, tirik va o'lik zararkunandalar, urug' bo'lakchalari, tosh, kesak, poya, gul va to'pgullarning bo'lakchalari chiqindilar jumlasiga kiradi. Ajratib olingan chiqindilar kimyoviy stakanga solinib, ikkinchi o'nlik ishorasigacha aniqlik bilan tortiladi. Ma'lum darajada ahamiyatga ega bo'lgan ba'zi aralashmalar, masalan siniq yoki unib qolgan urug'lar, ayrim begona o'tlar, qorakuya xaltachalari va boshqalar alohida tortiladi. Olingan urug' og'irligidan chiqqan jami chiqindi og'irligini chegirib tashlash yo'li bilan toza urug'ning og'irligi aniqlanadi. Tortish natijalari tegishli yorliqqa yozib qo'yiladi.
  • 3-LABORATORIYA MASHG'ULOTI: MAVZU: URUG'LARNING UNUVCHANLIGINI ANIQLASH Darsning maqsadi va vazifalari 1. Undirish uchun urug' namunalarini ajratish. 2. Urug'larni undirish uchun o'stirish idishchalarini tayyorlash. 3. Urug'larni o'stirish idishchalariga ekish va urug'ni unuvchanligini Hamda unish quvvatini hisoblash. Kerakli jihozlar va materiallar. Urug' namunalari, tarozi, g'alvirlar to'plami, petri likopchalari, qum, filtr qog'oz, termostat. Uslubiy ko'rsatmalar Urug'larning unuvchanligi ekishga yaroqliligini belgilaydigan eng muhim xususiyatlaridan biridir. Urug'larning unuvchanligi ekinning ko'- chat qalinligiga, o'simliklarning bir yo'la qiyg'os rivojlanishi hamda boshqa belgilariga katta ta'sir ko'rsatadi. Tajribaxona sharoiti qulay bo'lganligidan urug'larning unuvchanligi daladagiga qaraganda doim yuqori bo'ladi. Shunday bo'lsa ham urug'larning tajribaxonada aniqlangan unuvchanligi ekishga yaroqlilik sifatlarini yetarlicha yaxshi ifodalaydi. Urug'larning unuvchanligi termostatda yoki shu maqsad uchun alohida ajratilgan va zarur harorat saqlab turilgan toza xonada aniqlanadi. Urug'larning unuvchanligini aniqlashda tozaligini aniqlash uchun olingan asosiy ekinlar urug'idan foydalaniladi. Ana shu urug'lardan tanlamasdan qatorasiga har biri 100 dona urug'dan iborat to'rtta namuna olinadi. Bu namunalar undirish uchun o'stirish idishchalariga terib qo'yiladi. Idishchalarning tagiga qum solish yoki toza suzgich qog'oz to'- shab qo'yish mumkin. Ko'zining diametri 1 mm keladigan elakdan o'tkazib oldindan tayyorlab qo'yilgan kvars qumi olinadi. U yaxshilab yuviladi va kasalliklarga qarshi yuqumsizlantirish uchun qizdiriladi. Qumni ikkinchi marta ishlatish mumkin, lekin buning uchun uni yana yuvish va qizdirish kerak. Urug'larni undirishdan oldin har doim xonani, termostat va o'stirish idishchalarini formalin eritmasi (bir qism 40 %li formalinga 8 qism suv qo'shib) bilan dezinfeksiya qilish zarur. Bitta namunadagi urug'larni undirish uchun o'stirish idishchasidagi qumni tekislab, namlash va urug'larni bir oz siyrak qilib tekis terib chiqish kerak. Shundan keyin terib qo'yilgan unig'lar yassiroq narsa bilan sekin bosib qumga botirib qo'yiladi. Urug'larni to'g'ri terish uchun maxsus markyor yoki schyotchik raskladchikdan foydalaniladi. Urug'lar suzgich (filtr) qog'ozda undiriladigan bo'lsa o'stirish vannasining tubiga yoyiladigan suzgich qog'oz namlanadi va urug'lar xuddi yuqoridagi tartibda terib chiqiladi. Har bir idishchaning ustiga oyna yopib qo'yiladi. Agar idishchalar ustma ust qo'yiladigan bo'lsa, faqat ustkisining og'zi oyna bilan yopiladi. Urug'larni undirish vaqtida o'stirish idishchasidagi qum to'la nam sig'imining 60% gacha, dukkakli o'simliklar uchun 80% gacha nam holda saqlanadi. Filtr qog'ozli o'stirish idishchasi qurib qolmasligi uchun doim me'yori bilan namlab turiladi. Har qaysi o'stirish idishchasiga namuna va proba raqami, urug'larning unib chiqish qobiliyati hamda unuvchanlikni aniqlash vaqti oddiy qora qalam bilan yozilgan yorliq solib qo'yiladi. Urug'lar termostatda yoki xonada undirilganda har blr ekin uchun belgilangan haroratni saqlab turish zarur, buning uchun harorat kuniga 3 maxal o'lchanadi. Bug'doy, javdar, arpa va suli doimiy harorat 20°C bo'lganda undiriladi. Makkajo'xori, oqjo'xori, tariq, sholini 20-30°C li o'zgaruvchan haroratda undirish zarur. Buning uchun dastlabki 6 soat mobaynida harorat 30°C atrofida, sutkaning qolgan 18 soati mobaynida 20°C atrofida saqlanadi. Urug'larning unib chiqish qobiliyati va unuvchanligi ma'lum kun oralatib ungan urug'larni sanab borish yo'li bilan aniqlanadi. Unib chiqish qobiliyati yuqori bo'lgan urug'lar qiyg'os unib chiqib, osimliklar bir vaqtda rivojlanib boradi va yetiladl. Urug'larning unib chiqish qobiliyati bilan unuvchanligi mazkur urug' uchun belgilangan kuliar ichida unib chiqqan urug'lar foizi bilan ifodalanadi, buning uchun avval urug'larning unib chiqish qobiliyati, keyin bir necha kun o'tkazib unuvchanligi aniqlanadi. Urug' undirish uchun zarur haroratli undirish muddati va talab etiladigan boshqa sharoitlar ilovalarda ko'rsatilgan (1- ilova). Ildizchalari me'yorli rivojlanayotgan, asosiy ildizchasining uzunligi urug'ning uzunligiga teng bo'lib qolgan urug'lar ungan hisoblanadi. Ayni vaqtda javdar, makkajo'xori, bug'doy o'simtasining bo'yi urug' bo'yining yarmiga teng bo'lishi kerak. Dukkakli (beda, sebarga va boshqa) o'simliklar urug'i orasida qattiq, ya'ni tosh urug'lar ham uchraydi, bunday urug'lar undirilganda bo'rtmaydi. Ular po'sti qalin bo'lganligi uchun unib chiqmaydi. Bunday urug'larning murtagi tirik bo'ladi, vaqt o'tishi bilan urug' po'sti yumshaganidan keyingina ular unib chiqadi. Shuning uchun bunday urug'lar alohida hisoblanadi va ungan urug'lar qatoriga qo'shiladi. Unmaydigan urug'lar faqat o'simta chiqaradi, ildizchasi esa sinash oxirigacha rivojlanmay qoladi. Rivojlansa ham nimjon yaroqsiz chirigan bo'ladi, ildizchasi boru lekin o'simtasi yo'q urug'lar ham unmaydigan urug' hisoblanadi. Chirigan urug'lar unib chiqsa alohida hisoblanadi. Urug'larning unuvch'lnligi va unib chiqish qobiliyati to'rtta parallel namunadan olingan o'rtacha raqam tariqasida hisoblab chiqiladi. Unish qobiliyati quyidagi formula yordamida aniqlanadi: X= A/B x 100 Bunda: A- unib chiqqan urug'lar soni B- tajriba uchun ekilgan urug'lar soni 1-takrorlanishda ekilgan 100 ta urug'dan 3 sutkadan keyin 6 ta, 2- takrorlanishda 4 ta, 3-takrorlanishda 5 ta, 4-takrorlanishda 7 ta urug' unib chiqmagan bo'lsa, unib chiqish qobiliyati (94+96+95+93) x 100 / 400 = 94,5%. 6 sutkadan keyin ungan maysalar soni 1-takrorlanishda 94+2=96, 2- takrorlanishda 96+1=97, 3-takrorlanishda 95+3=98, 4-takrorlanishda 93+4=97ta bo'ldi. Unuvchanlik: (96+97+98+97) x 100 / 400 = 97%.
  • 4-LABORATORIYA MASHG'ULOTI: MAVZU: URUG'NI O'SISH KUCHINI ANIQLASH Darsning maqsadi va vazifalari 1.Undirish uchun urug' namunalarini ajratish. 2.Urug'larni undirish uchun o'stirish idishchalarini tayyorlash. 3.Urug'larni o'stirish idishchalariga ekish va kuzatuvlar olib borish. 4.Ungan 10 kunlik maysalarning poya balandligi, barg soni va 100 ta maysa og'irligini aniqlash. Kerakli jihozlar va materiallar. Urug' namunalari, tarozi, chizg'ich, g'alvirlar to'plami, urug' undirish uchun shisha yoki sopol idishlar, qum, shisha plastinka chelak va suv. Uslubiy ko'rsatmalar O'sish kuchi o'simtalarning yer yuzasiga yorib chiqish va me'yorli maysa hosil qilish qobiliyatidir. O'sish kuchini aniq- lash uchun tekshiriladigan urug' va ekin miqdoriga yarasha ma'lum kattalikdagi shisha yoki sopol idish olinadi. Masalan, boshoqli don ekinlari uchun bu idishning bo'yi 20 sm, diametri 15 sm bo'lishi mumkin. Idish to'la nam sig'imining 60 %ga qadar nam qum bilan to'idiriladi. Q'umning yuzi tekis bo'lishi va tegishli ekin urug'lari dala sharoitida qanday chuqurlikka ekilsa, idish chetlaridan shu chuqurlikda pastda turishi kerak. Kuzgi bug'doy - 6sm, javdar, bahorgi bug'doy, suli, arpa, jo'xori, soya, loviya - 5 sm, makkajo'xori - 10 sm, tariq-2sm chuqurlikka ekiladi. So'ngra qum yuziga urug'larni joylab chiqib, ustidan yirik donador qum sepiladi (qum donalarining yirikligi 1 mm dan 1,25 mm gacha bo'lada). Idishning og'zi shisha plastinka bilan yopib qo'yilib, urg'lar uy haroratida undiriladi. Har bir urug' namunasi ikkita idishda undiriladi, boshoqli don ekinlari uchun har qaysi idishga 100 tadan (makkajo'xori, kungaboqar uchun 25 tadan) urug' ekiladi. Dastlabki o'simtalar bo'y cho'zib, shisha plastinkaga yetib qolgandan keyin plastinka idishdan olib qo'yiladi. 10-kunga kelib, unib chiqqan maysalar qum yuzi bilan baravar qilib qirqib olinib, sanab chiqiladi va tarozida tortiladi. Shundan keyin quruq qum qatlamini kavlab, yuzaga chiqmay qolgan o'simtalar, jumladan, kasallangan, zajflashib qolgan o'simtalar sanab chiqiladi. Bu tahlilni o'tkazish natijasida quyidagilarni: a)qum yuzasiga chiqqan sog'lom maysalar; b) unib, qum yuzasiga chiqolmagan o'simtalar; d) me'yorli ungan urug'lar; e)chirib ketgan urug'lar soni aniqlanadi. Kuzatuvlar va olingan natijalar 6- jadvalga yoziladi. Maysalarning foiz bilan ifodalangan o'rtacha soni va ularning 100 ta maysaga aylantirib, grammlarda hisoblangan og'irligi o'sish kuchining ko'rsatkichlari hisoblanadi. Tajribaxona tahlili ma'lumotlarini dala sharoitiga yaqinlashtirish uchun o'sish kuchini qumda aniqlamasdan, urug'lami dalaga ekib, dalada aniqlash ham mumkin. Bu holda tahlil qilish uslubi qumli idishlarda tahlil uslubi bilan bir xil bo'ladi. Olingan ma'lumotlar 7-jadvalga yoziladi.
  • 5-LABORATORIYA MASHG'ULOTI/: MAVZU: URUG'LARNING EKISHGA YAROQLILIGI NI ANIQLASH. Darsning maqsadi va vazifalari: 1. Urug'larning ekishga yaroqliligini aniqlash. 2. Ekish me'yoriga tuzatisb kiritish Uslubiy ko'rsatmalar Urug'larning ekishga yaroqliligini aniqlash. Urug'larning ekishga yaroqliligi deganda tekshirilayotgan namunadagi toza va shu bilan birga unuvchan urug'lar soni tushuniladi (2-ilova). Ekishga yaroqlilik-urug'lar sifatining eng muhim belgisi hisoblanadi. Ekishga yaroqlilikni bilgan holda urug'larning ekish me'yorini to'g'ri belgilash munim.
  • 6-LABORATORIYA MASHG'ULOTI: MAVZU: 1000 DONA URUG'NING VAZNINI ANIQLASH Darsning maqsadi va vazifalari: 1. Toza urug'lar ajratmasidan o'rtacha namuna tayyorlash. 2. Olingan namunalarni og'irligini belgilangan farq aniqligida hisoblash. 3. Lavlagi 1000 dona urug'ining vazni aniqlash. 4. Urug' nisbiy og'irligini aniqlash. Kerakli jihozlar va materiallar. Urug' namunalari, doska, tarozi, g'alvirlar to'plami, xaltachalar. Uslubiy ko'rsatmalar Urug'larning 1000 donasining vazni urug'ning xo'jalik nuqtayi nazardan qimmatli belgisi bo'lib hisoblanadi. Urug'larning yuqori sifat ko'rsatkichlaridan biri 1000 donasining grammlar bilan ifodalangan og'irligidir. 1000 dona urug' vaznining yuqori bo'lishi urug'larning yirikligini tarkibining tig'izligini va shu bilan birga oziq moddalar zaxirasining ancha ko'pligini bildiradi. 1000 dona urug'ning vazni quyidagicha aniqlanadi. Toza urug'lar ajratmasidan har biri 500 donadan iborat bir yo'la ikkita namuna olinib, ular 0,01 g gacha aniqlikda tortiladi. Ikkala namuna og'irligidagi farq 3 % dan ortiq bo'lmasa 1000 dona urug'ning, vazni shu namunalardan olingan o'rtacha arifmetik miqdor tariqasida yirik urug'li ekinlar urug'i uchun 0,1 g va mayda urug'li ekinlar urug'i uchun 0,001 g gacha aniqlik bilan hisoblab chiqiladi. Agar ikkala namuna og'irlikdagi farq 3% dan ortiq bo'lsa, uchinchi namuna olinadi va bir-biridan eng kam farq qiladigan namunaga qarab 1000 dona urug'ning vazni aniqlanadi. Lavlagi 1000 dona urug'ining vazni boshqacha yo'l bilan hisoblanadi. Urug'ning tozaligini tekshirishda g'alvirda qolib ketgan urug'lar tarozida tortilib, sanab chiqiladi va bitta urug'ning og'irligi aniqlanadi so'ngra shu urug'ning og'irligi 1000 ga ko'paytiriladi, chiqqan son 1000 ta urug'ning vaznini bildiradi. Ayrim hollarda urug'larning nisbiy og'irligini aniqlash mumkin, 1000 ta nisbiy quruq urug'ning og'irligi urug'larning nisbiy og'irligiga teng bo'ladi. Urug'larning nisbiy og'irligi: G=G x (16 x В)/100 formulaga muvofiq aniqlanadi. No Bu yerda, g - 1000 dona urug'ning nisbiy og'irligi; G-1000 dona urug'ning haqiqiy namlikdagi og'irligi; V- urug'larning namligi, % hisobida.
  • 7-LABORATORIYA MASHG'ULOTI: MAVZU: URUG'LARNING BIR XILLIGI (TEKISLILIGI)NI ANIQLASH. Darsning maqsadi va vazifalari: 1. Ekin turiga qarab urug' namunalarini tayyorlash. 2. Urug' namunalarini galvirlash orqali bir tekislik darajasini aniqlash. Kerakli jihozlar va materiallar. Urug' namunalari, doska, bo'lgich, tarozi, g'alvirlar to'plami, xaltachalar. Uslubiy ko'rsatmalar. Urug'larning bir tekis bo'lishi urug'lik don sifatining eng muhim ko'rsatkichidir. Urug'lar bir xilda tekis bo'lsa bir vaqtda qiyg'os unib, bir xii maysa chiqaradi, buning natijasida keyinchalik o'simliklar bir xilda rivojlanib, baravar yetiladi, bu esa hosilning ortishiga imkon beradi. Dala ekinlari navini tekshirishda tajriba ishlarida bir tekis urug'larni ekish o'sha tajribalarni zarur darajada aniqlik bilan olib borishni ta'minlaydi. Urug'larning yirik-maydaligi va shakli bir xil, tekis (saralangan) bo'lishi makkajo'xori, maxsar, qandlavlagi va yerni haydab ekiladigan boshqa ekinlar urug'ini har qaysi uyaga belgilangan miqdorda tashlab ekishga imkon beradi. Bu yagona qilishga o'rin qoldirmaydi va shu bilan birga ekinni parvarish qilishdagi mehnat sarfini ancha kamaytiradi. Pivo tayyorlash uchun ekiladigan arpa urug'lari bir tekis bo'lishi shart, chunki bunday urug'lar qiyg'os unib chiqqanda sifatli bo'ladi. Bug'doy, arpa, suli, javdar urug'larining bir tekisligi quyidagicha aniqlanadi. Toza urug'lardan yirik-maydaligiga qarab 100-500 g tortib olinib, ko'zi cho'ziq to'rtburchak shaklldagi bir nechta g'alvirdan o'tkaziladi. Oldinma-keyin olinadigan ikkita g'alvir ko'zlarining eni bir-biridan 0,2 mm farq qiladigan bo'lishi kerak. Don avval yirik ko'zli g'alvirdan, keyin o'rtacha va mayda ko'zli g'alvirdan o'tkaziladi. Shundan keyin, g'alvirlar alohida olinib, har qaysi g'alvirda qolgan urug'lar tortib ko'riladi. Ko'zning yilik-maydaligi bir-biriga yaqin bo'lgan qo'sh g'alviming qaysi birida eng ko'p urug' qolgan bo'lsa, shu urug'ning og'irligiga nisbatan necha foizni tashkil etishi hisoblab chiqiladi. Ana shu foiz urug'larning bir tekislik darajasini ifodalaydi.
  • 8-LABORATORIYA MASHG'ULOTI.: MAVZU: URUG'LARNINIG NAMLIGINI ANIQLASH. Darsning maqsadi va vazifalari: 1. Quritish yo'li bilan urug'larning namligini aniqlasb. 2. Urug'larning namligini elektr nam o'lchagichda aniqlash. Kerakli jihozlar va materiallar. Urug' namunalari, tarozi, byuks, eksikator, quritish shkafi, kelicha yoki elektr tegirmoni, qoshiqcha, elektr o'lchagich. Uslubiy ko'rsatmalar Oziq-ovqatga ishlatiladigan donning ham, ekishga mo'ljallangan urug'ning ham namligini aniqlash ularni saqlashda ahamiyatga ega. Donning namligi urug'lik sifatlarining muhim ko'rsatkichidir. Namlik quritkich shkafda doimiy haroratda yoki nam o'lchagichlarda aniqlanadi. Quritish yo'li bilan urug'larning namligini aniqlash. Og'zi berkitilib, muxrlangan idishdan keltirilgan o'rtacha urug' namunasi ochilib, boshqa idishga solinadi. Urug'larni boshqa idlshga bo'shatayotganda boshida, o'rtasida va oxirida yirik urg'li ekinlar (donli va dukkalali don ekinlar) uchun 50 g, mayda urug'li ekinlar (zig'ir, beda, sebarga va boshq.) uchun 20 g miqdorda namuna olinadi. Shundan keyin yirik urug'lar qo'lda yoki elektr tegirmonida maydalanib, mayda urug'lar maydalanmasdan quritiladi. Maydalangan urug' namunasining turli joyidan qoshiqcha bilan kichik namuna olib, avvaldan tortib tayyorlab qo'yilgan byuksga 5 g tortib solinadi. Har qaysi namunadan 5 g dan qilib ikki marta tortib olish kerak. Tarozida tortilib, ichiga urug' solingan byukslarning qopqog'i ham yonida turadi. Don va dukkakli don ekinlari urug'i 130°C da 40 minut, mayda urug'li o'tlar urug'i 180°C da 60 minut, moyli va texnik ekinlar urug'i 100- 105°C da 5 soat quritiladi. Quritkich shkafning harorati termoregulyator yordamida o'z-o'zidan boshqarilib turadi. Yuqorida ko'rsatilgan muddadlarda quritish tugallangandan keyin byukslar ichidagi urug' bilan birga shkafdan olinib darrov qopqog'i yopiladi va kalsiy xloridli eksikatorga qoyiladi. Byukslar eksikatorda sovugandan keyin 0,01 g gacha aniqlakda tortiladi. Birinchi marta tortish bilan ikkinchi marta tortish o'rtasidagi farq yo'qotilgan nam miqdorini ifodalaydi. Yo'qotilgan namning tortib olingan dastlabki urug' og'irligiga nisbatan foizlarda ifodalangan miqdori urug'ning namligi hisoblanadi. Olingan ikkita parallel urug' namunasi ko'rsatkichlar o'rtasidagi farq 0,4% dan oshmasligi kerak. Farq bundan ortiq bo'lsa, ishni takrorlash zarur. V=(a-b) x 100 / a Bunda: V-urug'ning namligi, % a-byuks bilan namunaga olingan urug'ning quritishdan oldingi og'irligi, g b-byuks bilan namunaga olingan urug'ning quritishdan keyingi og'irligi, g
  • 9-LABORATORIYA MASHG'ULOTI: MAVZU: URUG'NI EKISH ME'YORINI ANIQLASH Darsning maqsad va vazifalari: 1. Yoppasiga va tor qatorlab ekiladigan ekinlarni ekish me'yorini hisoblash 2. Keng qatorlab ekiladigan ekinlarni ekish me'yorini hisoblash. 3. Uyalab ekiladigan ekinlarni ekish me'yorini hisoblash Uslubiy ko'rsatmalar. G'alla ekinlarining ekisb me'yorini bisoblasb. Don ekinlari uchta asosiy usul bilan: yoppasiga qatorlab yoki tor qatorlab (bug'doy, arpa, suli, javdar, tariq, sholi, grechixa); keng qatorlab (tariq, grechixa); uyalab (makkajo'xori, oqjo'xori) ekiladi. Ekish usullariga va o'simliklarning tuzilish xususiyatlariga qarab ekish me'yori o'zgarib turadi. Biror hudud uchun belgilangan optimal ekish me'yorlari har gektariga mo'ljallangan urug'ning og'irligi miqdori (kg) hisobida yoki gektariga yo bo'lmasa bitta uyaga ekiladigan urug'ning soni hisobida ko'rsatiladi. Asosiy yoppasiga ekiladigan ekinlarning ekish me'yori million dona, keng qatorlab ekiladigan ekinlarda esa ekish me'yori bir gektarga ming dona hisobida yuritiladi. Lekin mln. dona bilan yuritilganda ham 1000 ta donning og'irligini hisoblab kg ga aylantiriladi. Ekish me'yorini urug'ning og'irligi bo'yicha hisoblashda uning ekishga yaroqliligini nazarda tutib, tuzatish kiritish zarur, ya'ni, urug'ing ekishga yaroqliligini hisobga olingan haqiqiy ekish me'yori tavsiya etilgan ekish me'yoridan bir oz ortiq bo'lib chiqadi. Ekish uchun faqat konditsion urug'lik yaroqli, shuning uchun ekishga yaroqlilik darajasi faqat shunday urug'lar uchungina beigilanadl. Ekishga yaramaydigan nokonditsion urug' uchun ekishga yaroqlilik yuzasidan tuzatish belgilanmasligi kerak. Ekish me'yori unuvchan urug'lar soni bilan ko'rsatilgan bo'lsa, bu sonni og'irlik bilan o'lchanadigan me'yorga aylantirish uchun urug'nmg ekishga yaroqliligidan tashqari, 1000 donasining vaznini ham bilish zarur. Masalan, kuzgi bug'doyning ekish me'yori gektariga 5 mln dona urug' deb belgilangan bo'lsa, ayni vaqtda shu urug'ning ekishga yaroqliligi 93%, 1000 donasining vazni 42 g bo'lsa og'irlik hisobidagi ekish me'yori gektariga (5mln x 42 x 100)/93=225,8 kg bo'lib chiqadi. Don ekinlari qator oralarini 13-15 sm dan qilib keng qatorlab ekilganda yoppasiga ekish uchun hisoblab chiqilgan ekish me'yorlari qator oralarining kengligiga va ekinning xususiyatlariga qarab o'zgaradi. Uyalab ekish me'yorini hisoblashda urug'ning ekishga yaroqliligi bilan og'irligidan tashqari, qatordagi uyalar orasining kengligi ham hisobga olinadi. Mana shu masofani hisobga olish gektariga joylahstiriladigan uyalar sonini hisoblab chiqishga imkon beradi. Faraz qilaylik, makkajo'xori 60x30-1 sxemada ekiladigan bo'lsin. Bunda har bir uyadagi o'simliklarning oziqlanish maydoni 60x30=1800 sm² yoki 0,18m² ni tashkil etadi. Bu holda bir gektar maydonda 55555 ta uya joylashadi (10000 m² / 0,18m² = 55555). Har bir uyaga 1 tadan urug' ekiladigan bo'lsa, 1 gektar maydonga ekish uchun 55555x1=55555 dona urug' kerak bo'ladi. Makkajo'xori urug'ining ekishga yaroqligi 92% va 1000 donasining vazni 320 g bo'lsa, ekish me'yori gektariga (55555 x 320 x 100)/92 x 1000=19,3 kg bo'ladi
  • 10-LABORATORIYA MASHG'ULOTI: MAVZU: MAYSALARNI TO'LA CHIQQANLIGINI VA O'SIMLIKLAR QALINLIGINI ANIQLASH Darsning maqsadi va vazifalari: 1. Yoppasiga ekiladigan ekinlarda maysalarning to'la chiqqanligi va o'simliklar qalinligni aniqlash. 2. Keng qatorlab ekiladigan ekinlarda maysalarning to'la chiqqanligi va o'simliklar qalinligni aniqlash. Uslubiy ko'rsatmalar. G'alla ekinlarini hosilini belgilab beradigan asosiy omillardan biri o'simliklar qalinligidir, ya'ni bir gektardagi o'simliklar sonidir. Shuning uchun ekinlarning sifatiga baho berishda o'simliklarning qalinligini yoki maydon birligiga to'g'ri keladigan o'simliklar sonini aniqlash katta ahahmiyatga ega. O'simliklarning qalinligi birinchi marta maysalar qiyg'os unib chiqqan bosqichda, tuplanishdan oldin aniqlanadi. Ana shunda maysalarni nechog'lik unganligini ya'ni ekishga yaroqli urug'larga nisbatan olganda unib chiqqan o'simliklar foizini aniqlashga imkoniyat yaratiladi. Maysalarning bexato chiqishi o'z navbatida, yerning nechog'lik to'g'ri va agrotexnikaviy jihatdan qanchalik yaxshi tayyorganligini, ekish muddati, meyorlariga va boshqalarga qanchalik amal qilganligini, shuningdek, tuqroq-iqlim sharoitning ta'sirini bildiradi. Yoppasiga ekilgan g'alla ekinlari maysalarining nechog'lik to'la chiqqanligi ishlab chiqarish yoki tajriba ekinlaridan har biri 1/4 m² kattalikda bo'ladigan 4 ta hisob maydonchasi ajratish yo'li bilan aniqlanadi. Tajribaning har bir variantida ikki qaytadan ana shunday maydonchalar olinadi. Dala katta va relyefi notekis bo'lsa, hisoblash maydonchalarining soni ko'paytiriladi. Hisoblash maydonchalari dalaning diagonali bo'ylab baravar oraliqlardan yoki ekinlar bir tekis bo'lgan joylarda ajratiladi. Hisoblash maydonchalaridagi maysalar soni sanalib, barcha maydonchalarga nisbatan o'rtacha miqdor topiladi va maysalarning nechog'lik bexato chiqqanligi aniqlanadi. Maysalarning bexato chiqqanligini hisoblash uchun shunday misol olib ko'ramiz. Gektariga 225 kg me'yor bilan bug'doy ekilgan, bug'doy urug'ining 1000 donasining vazni esa 42 g. Shunday qilib, 1m² dalaga 22,5 g yoki 535 dona urug' ekiladi. Mana shu urug'ning unuvchanligi 95% bo'l- sin, bunda 1 m² yerga 508 ta unuvchan urug' ekilgan bo'ladi. 2 Sanab chiqilganda 1/4 m² maydonda 118 ta 1 m² maydonda esa 472 ta maysa borligi ma'lum bo'ldi. Bunda maysalaming ekilgan unuvchan urug' soniga nisbatan bexatoligi (foizlar hisobida) (472 x 100)/508=92,9% gektariga 4 mln.720 ming tup bo'ldi. O'simliklar qalinligini keyin ham hisobga olib borish uchun ajratilgan hisoblash maydonchalari qoziq qoqib belgilab qo'yiladi. Mana shu maydonchalardagi o'simliklar vaqti-vaqti bilan sanab turiladi, bu o'simliklarning vegetatsiya davrida qay tariqa siyraklanib borayotganligini aniqlashga imkon beradi. O'simliklarning qalinligini so'ngi marta o'rim- yig'im oldidan hisoblab ko'rish kerak, shunda biologik hosilni aniqlash munim bo'ladi. Urug' keng qatorlab ekilgan dalalarda maysalarning to'la chiqqanligi yoki o'sirnliklarning qalinligi quyidagicha hisoblanadi. Dalaning turli joyidan har biri 10 m dan 10 qator ajratiladi. Har bir qatordagi o'simliklar sonini sanab chiqib, keyin barcha qatordagi o'simliklar soni jamlanadi. Qator oraliqlarining enini bilgan holda o'n metrli bir qator, keyin esa 10 qator qacha maydonni egallashi aniqlanadi. Ana shu maydonda hisoblab chiqilgan boyagi sondagi o'simliklar joylashgan bo'ladi, bundan gektardagi o'simliklar sonini aniqlash oson. Olingan ma'lumotlami quyidagi 10-jadvalga yozib borish mumkin. Bunday kuzatishlarni daladagi ekinlar ustida olib borish iloji bo'lmasa, talabalarga auditoriyada shu xildagi hisoblar uchun vazifa topshirish mumkin.
  • 11-LABORATORIYA MASHG'ULOTI.: MAVZU: BIOLOGIK HOSILNI VA UNING TARKIBINI ANIQLASH. Darsning maqsadi va vazifalari: 1. G'allasimon ekinlarni biologik hosilini aniqlash 2. Tariqsimon ekinlarni biologik hosilini aniqlash Uslubiy ko'rsatmalar. Yoppasiga ekiladigan g'alla ekinlarining biologik hosili o'rim-yig'im yaqinlashib qolganda aniqlanadi. Maydon birligidagi o'simliklar soni, ularning unimli tuplanishi, boshoq, ro'vakdagi donlar soni va 1000 donasining vazni biologik hosilning asosiy ko'rsatkichlari hisoblanadi. Amalda biologik hosilni aniqlash uchun dalaning turli joyidan 1 m² dan maydoncha ajratib, o'simlik namunalari olinadi, namuna o'simliklar soni uchastkaning katta-kichikligiga, o'simliklarning rivojlanish darajasiga va qalinligiga qarab har xil bo'ladi. Hosilning tarkibini aniqlash uchun maydon birligi (1 m²) dagi o'simliklar sonini, ularning umumiy va unumli tuplanishini, boshog'ining uzunligini; undagi boshoqchalar sonini, boshoqdagi donlar soni bilan vaznini va 1000 ta donning vaznini bilish kerak. So'ngra bu maʼlumotlar bir gektarga aylantiriladi. Hosil tarkibi quyidagicha aniqlanadi. O'simliklar o'sayotgan dalaning turli joyidan 1 m² maydoncha ajratilib, u yerdagi o'simliklar ildizi bilan kovlab olinadi va bir yoki ikki bog' qilib bog'lanadi va tegishli yozuvlar yozilgan yorliq osib qo'yiladi. Har bir bog'dagi o'simliklar, hamma poyalar va boshoqli (ro'vakli) poyalar sanab chiqiladi. O'simliklarning bo'yi o'lchanadi (25 ta o'simlikda). Shundan keyin o'sim- liklar ildizini kesib tashlab, bog' tarozida tortiladi. Bog'dan tanlamasdan 25 ta boshoq (ro'vak) uzib olinib, ularning uzunligi, boshoqdagi boshoqchalar soni, donining vazni aniqlanadi va shu ko'rsatkichning o'rtacha kattaligi topiladi. So'ngra bog'langan namuna o'simliklar yanchilib, doni tortib ko'riladi (25 ta boshoq yoki ro'vakdan olingan don bilan birga). 1000 ta donning vazni aniqlanadi. Ayrim namuna bog'lari tekshirib, olingan ma'lumotlar birlashtiriladi va mazkur dala tajriba paykali uchun o'rtacha ko'rsatkichlar chiqariladi va gektariga aylantirib hisoblanadi. Bu ko'rsatkichlarni quyidagi 11-jadvalga muvofiq yozib borish mumkin.