Ta’lim tarmoqlari va ulardan foydalanish

Ushbu tadqiqot ishida Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida “Informatika oʻqitish metodikasi” ta'lim yoʻnalishi talabalariga moʻljallangan oʻqitish tizimini Moodle platformasida yaratish va undan foydalanishning amaliy jihatlari, ya'ni Oʻzbekistonda masofaviy ta'limning rivojlanishi va uni tashkil etish texnologiyalari, Moodle tizimining imkoniyatlari va uning komponentlari, kurs yaratish va boshqarish uslublari atroflicha koʻrib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • O'QITISH TIZIMLARINING ROLI VA ULARNING UMUMIY TAVSIFI: Hukumatimiz tomonidan ta'limni axborot bilan ta'minlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish, oliy ta'lim muassasalari tizimini “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga binoan isloh qilish, bu borada tegishli davlat ta'lim standartlarini yaratish va joriy etish, ta'lim muassasalarini zarur darsliklar va adabiyotlar bilan ta'minlashga olimlar, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish, pedagog kadrlarni rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi ta'lim muassasalarida tayyorlash hamda malakasini oshirish kabi qator ishlar qilinmoqda. Shular qatoriga, texnika ta'lim muassasalarida dasturchilarni tayyorlashda «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini oʻqitish samaradorligini oshirish va oʻquv-uslubiy ta'minotini takomillashtirish masalalari ham kiradi.
  • MOODLE TIZIMIDA ELEKTRON MODULINI YARATISH USLUBIYOTI: Moodle (modulli obyektga yoʻnaltirilgan dinamik oʻquv muhiti) oʻzida tizimning bir nechta sinflarini birlashtiradi: Saytni boshqarish tizimi (CMS); Ta'limni boshqarish tizimi (LMS); Ta'limning virtual muhiti (VLE). Moodle ochiq kodli platforma (GNU Public License ga asoslanib) sifatida keng tarqalgan. Moodle tizimi SCORM 1.2 standartigi mos sertifikatga ega.
  • Kursni tahrirlash va yaratish: Administrator tomonidan kurs yaratilganidan va sizni oʻqituvchi qilib tayinlashganidan keyin, kursni oʻquv materiallari bilan to'ldirishingiz mumkin (aniqrog'i - zarur!). Kursni materiallar bilan to'ldirish va uni oʻzgartirish tahrirlash rejimida bajariladi (Boshqarish blokidagi Tahrirlash havolasi yoki navigasiya panelining chap burchagidagi Tahrirlash tugmasi). Tahrirlash rejimida quyidagi asboblarga (instrumentlarga) ruxsat berilgan: Tahrirlash - tugma resurs yoki kurs elementi tahrirlash rejimiga chaqiradi.