Odam fiziologiyasi fanidan laboratoriya mashg’ulotlari
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma dasturga asoslangan holda tuzilgan bo'lib, qoʻzgʻaluvchan toʻqimalar, asab tizimi, yurak va qon fiziologiysi, nafas olish, mushakllar fiziologiyasi, ovqat hazm qilish va modda almashinuvi, analizatorlar fiziologiyasi, oliy asab fiziologiyasi, endokrin tizim fiziologiyasiga oid mavzular boʻyicha laboratoriya mashg'ulotlari oʻz aksini topgan. Ushbu qoʻllanma "odam fiziologiyasi” kursini o'qiydigan biologiya (5140100), jismoniy madaniyat (5112000) talabalari uchun mo'ljallangan boʻlib, maktab, kollej va litsey biologiya o'qituvchilari hamda biolog mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
Asosiy mavzular
- Fiziologik tekshirishlarda qoʻllaniladigan asboblar: Umumiy fiziologiyani oʻrganishda talabalar turli xildagi apparat va asboblardan foydalanadilar. Ularni ilgari ximiya va fizika laboratoriya ishlarida ishlatganlar. Ayniqsa keyingi yillarda kompyuterlarni kirib kelishi talabalar hayotida inqilobiy oʻzgarishlar kiritdi. Lekin ba`zi apparat va asboblar esa maxsus fiziologik tekshirishlar uchun mo'ljallangan.
- Nerv-muskul preparati tayyorlash: Markaziy asab tizimi organizm barcha hujayra va to`qimalarning ishini boshqaradi. Asab tolalarini organizm boshqaruvidagi rolini mushak ishi boshqarilishida yaqqol kuzatish mumkin. Mushak va asabning fiziologik xossalarini oʻrganish uchun koʻpincha baqaning orqa oyoqlaridan tayyorlangan asab va mushak preparatidan foydalaniladi. Boldir mushagi va uni innervatsiya qiluvchi quymich asabi klassik asab-mushak preparati hisoblanadi.
- Asab tolasida qoʻzgʻalishni oʻtkazilish qonuniyatlari: Qoʻzgʻlishning asab tolasi orqali tarqalishi faqat uning anatomik va fiziologik yaxlitligi saqlangandagina sodir bo'ladi. Asab tolasi bog'lab qoyilsa, muzlatilsa yoki formakologik moddalar bilan ta`sirlansa, fiziologik butunligi va oʻtkazuvchanligi buziladi.
- Muskul qisqarishini yozib olish: Skelet mushak yakka qisqarishining yoyilgan egri chizig'ni yozish va tahlil qilish. Skelet mushagi qisqa vaqt davom etadigan yakka ta`sirlashga bir marta qisqarish bilan javob beradi. Mushakning yoyilgan bor qisqarishini tez aylanuvchi barabanli kimograf yoki fal-apparat yordamida yozib olish mumkin. Mushakning yoyilgan yakka qisqarishini 3 ta fazaga ajratish mumkin.
- Reflektor yoyi va refleks vaqtini tahlil qilish: Reflektor faoliyat chiqarish uchun qo`zgalishning bosib o`tgan yo`liga reflector yoy deyiladi. Umumiy ko`rinishda reflector yoy 5 ta qismdan iborat deb tasavvur qilish mumkin.
- Yurak ishiga elektrolitlar va gormonlarning ta`siri: Yurakni organizmdan ajratib olib, oziq moddali va kislorodli eritma bilan oziqlantirilib turilsa u bir necha soat qisqarib turadi. Yurakning bu xususiyati yurak avtomatiyasi deyiladi. Organizmda yurak avtomatiyasi ichki muhit o`zgarishiga qarab ikki asab va gumoral yo`l bilan boshqariladi.
- Qon tomirlar faoliyati va qon aylanishi: Qon tomirlar oqimining eng muhimlaridan biri bo`lib, uni o`rganish butun yurak-qon tomir tizimi funksiyasini bir butun holda o`rganish imkonini beradi. Biroq, qil tomirlarda qon oqimini kuzatish ma`lum metodik qiyinchiliklarni tug`diradi.
- Nafas jarayonlarini qayd qilish: Nafas olish istagini yengib, vaqt birligida nafasni to`xtatib turish qobiliyati odamlarda individualdir. U tashqi nafas apparatining ahvoliga va qon aylanish tizimiga bog`liqdir. Shuning uchun ham nafasni ixtiyoriy ravishda maksimal to`xtatib turish davomiyligi funksional sinov sifatida qoʻllanilishi mumkin.
- Tashqi nafas koʻrsatkichlarini aniqlash: Odam normal nafas olganda, o'pkaga 500-600 ml havo ki-radi va shuncha havo tashqariga chiqadi. Bu havo nafas olish havosi deyiladi. Normal nafas olingandan keyin, 1500 ml havo olish mumkin. Bu qo'shimcha havo deyiladi.
- Og'iz boʻshligʻida ovqat hazm boʻlishi: Ogʻiz boʻshligʻi ogʻiz dahlizi va haqiqiy ogʻiz bo`shlig`idan iborat bo`lib, bu yerda ovqat tishlar yordamida mexanik ravishda maydalanadi, so`lak bezlaridan ishlab chiqarilgan so`lak yordamida qisman parchalanadi, ovqat liqmasi so`lak bolan aralashadi.
- Me`dada ovqat hazm boʻlishi: Odam me`dasida bir kecha-kunduzda 2,0-2,51 shira ajraladi. Bu shira tinik rangsiz suyuqlik bo'lib, tarkibida 0,3-0,5% xlorid kislota bor, reaktsiyasi nordon pH 1,5-1,8. Me`da shirasidagi xlorid kislota oqsillarni denaturatsiya qiladi, ularning shishib boʻshashishini ta`minlaydi va pepsin ta`sirida keyinchalik parchalanishini engillashtiradi.
- Ovqat ratsionini va sutkalik ovqat ratsionini tuzish: Organizm oʻzining hayot faoliyati uchun zarur energiyani ovqat tarkibidagi oqsil, yogʻ va uglevodlardan oladi. Ovqat rasionlarini tuzish uchun ovqat mahsulotlari tarkibini, sifati va miqdorini aniq bilish zarur bo'ladi.
- Jadvallar boʻyicha asosiy almashinuvni aniqlash: Kishi nisbiy tinch holatda turganda, ya`ni hech qanday muskul ishi bajarmayotgan paytida, masalan, ertalab nahorda, xona harorati 20-22°S boʻlganda sarf qiladigan energiya miqdori asosiy almashinuv deb ataladi.
- Koʻrish analizatorlari: Koʻrish oʻtkirligi deb koʻzning ikkita nur chiqayotgan nuqtani alohida ko`rish qobiliyatiga aytiladi. Normal ko`z ikkita chiqarilayotgan nuqtani 1º burchak ostida alohida ko`rish qobiliyatiga ega.
- Eshituv organlari fiziologiyasi: Odam qulog`i 16 dan 20000 Gts gacha bo`lgan tovush to`lqinlarini qabul qilish qobiliyatiga ega. Quloq 1000-3000 Gts gacha bo`lgan tovush to`lqinlariga yuqori sezuvchanlik bo`lib, bu odam ovozi tebranishlari chegarasiga to`g`ri keladi.
- Faol diqqatni aniqlash: Teri - odam tanasini tashqaridan qoplagan a`zodir. U organizmni himoya qiladi va turli fiziologik faoliyatlarni bajaradi. Teri organizmni tashqi muhit bilan bog'lovchi juda katta retseptiv soha, organizmning issiq-sovuqqa javob reaksiyalari teridagi turli retseptorlar ishtirokida yuzaga chiqadi.
- Gormonlarning xossalarini aniqlash: Insulin oshqozon osti bezining endokrin (Langergans orolchalari) qismidagi b-hujayralari tomonidan ishlab chiqiladi. Garmon 2 zanjirdan tuzilgan polipeptid bo`lib, bitta zanjiri 21 ta boshqasi 30 ta aminokislotalar qoldig`ini o`zida saqlaydi.