Hovuz baliqchilik xo’jaliklari va ularda baliq yetishtirish

Ushbu bitiruv malakaviy ishida baliqchilik xoʻjaliklarining rivojlanishi va istiqbollari, karp va forel baliqlarini yetishtirishda asosiy qonun va qoidalar, ozuqa bazasi, mahsulot yetishtirishdagi asosiy texnologik jarayonlar naslchilik asoslari hamda karp va forel baliqlarini tez oʻsuvchi turlarini yetishtiriladigan turlari to'g'risidagi ma'lumotlar yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mamlakatimizda baliq mahsulotlarini ko'paytirish maqsadida, keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda respublikamiz baliqchiligining rivojlanishiga nazar soladigan bo'lsak, baliqchilik asosan ikki yo'nalishda amalga oshirilmoqda. Birinchisi, tabiiy suv havzalaridan (ko'l, daryo va boshqalar) baliq ovlash, ikkinchisi akvakultura, ya'ni inson tomonidan nazorat qilinadigan sharoitlarda baliq yetishtirishdir.
  • MUNDARIJA: Ushbu qismda kitobning boblari va ularning mazmuni keltirilgan.
  • I bob: O`zbekistonda hovuz baliqchiligining rivojlanishi va istiqbollari: Respublikamizda baliq mahsulotlariga bo`lgan talab va ehtiyojni amalga oshirish, xalqaro me`yorlar bo`yicha har bir kishiga yiliga o`rtacha 10-12 kg dan to`g`ri keladigan mahsulot yetishtirishni talab etadi. Buning uchun Respublikamizda yiliga baliq mahsulotlarini ishlab chiqarishni keskin oshirish va uning miqdorini 200.000 tonnaga yetkazish bo`yicha Qishloq va Suv Xo`jaligi Vazirligi tomonidan taraqqiyot konstepstiyasi ishlab chiqilgan. Bu dasturni hovuz baliqchiligini intensiv rivojlantirish hisobiga amalga oshirish ko`zda tutilgan.
  • 1.1. Hovuz baliqchilik xo`jaliklarining umumiy tuzilishi: Respublikamizda baliq va undan tayyorlaniladigan parhez oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talab aholi o`rtasida yildan-yilga oshib bormoqda. Bu ehtiyojni hal qilishda Respublikamizning kichik suv havzalaridan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Shu vaqtgacha bu ichki resurslardan foydalanish qoniqarli darajada emasligini qayd etish mumkin.
  • 1.2. Hovuzlar, ularning vazifalari va tuzilishi: Hovuz baliqlarni saqlash ya`ni ularni urchitish va o'stirish uchun ishlatiladigan murakkab suvli inshoot hisoblanadi. Hovuzda turli yoshdagi baliqlarni saqlash uchun barcha kerakli sharoitlar yaratilishi talab etiladi. Baliqchilik hovuzlari turli ko`rsatkichlari bo`yicha sinflanadi. Hovuzlar vazifasiga ko`ra asosiy 4 guruhga bo`linadi.
  • II bob: Karp balig'ini yetishtirish asoslari: Urg'ochi karp balig'ining qorni kattaygan, jinsiy teshikchalari shishinqiragan va oqimtir rangda bo'ladi. Ko'payish jarayonigacha erkak baliqlar urg'ochilaridan aloxida saqlanishi kerak. Erta bahorda baliqlarni ko'paytirishga moslashgan hovuzlar turli xil chiqindilar va toshlardan tozalanib yumshoq o'simlik ekiladi.
  • 2.1. Ona baliqlar to‘dasini shakllantirish: Baliqlarni yetishtirish uchun ko'p miqdorda yosh baliqlarni olmoq zarur. Buning uchun baliqlar ko'payishining oʻziga xos xususiyatlarini bilish lozim. Har qanday organizm ham urug'langan jinsiy hujayralardan rivoj topadi.
  • 2.2. Tovar (sotiladigan) baliqlarning yetishtirilishi: Oʻzbekistonda tovar (ya'ni sotiladigan) baliqlarni o'stirishi ikki yillik sikli qabul qilingan. Buning uchun qishni oʻtkazgan yosh baliqlarni semirtirish uchun hovuzga o'tkazishadi, u butun vegetatsion davr davomida o'stiriladi. Kuzda, baliq ho'jaligining hoʻjalik rejasiga muvofiq hovuzlardan baliqlar ovlanadi va sotishga jo'natiladi.
  • 2.3. Karp baliqlarining yetishtiriladigan turlari: Hozirgi davrgacha Oʻzbekistonda baliqchilar karp baliqlar oilasining vakillarini yetishtirib kelmoqdalar: bu baliq turi tez o'sadi, serpusht boʻladi va hovuzlarda boshlang'ich zanjir halqasini egallaydi. Bu baliqlar aholi uchun ommaviy ovqatlanish uchun ishlatiladigan baliq tarzida ko'paytiriladi.
  • III bob:Forel balig'ini yetishtirish asoslari: Sovuq suvli baliqchilik deganda to'liq yoki qisman sun'iy sharoitlarda harorati +18°C dan oshmagan suvda baliq ko'paytirish tushuniladi. Sovuq suvli baliqchilik ob'ektlari sovuq suvda o'sadi.
  • 3.1. Ona baliq toʻdasini hosil qilish amaliyoti: Baliq pitomniklarining ko'p yillik tajribaga ega daryo forelchilari ona to'dani 4-6 yoshli og'irligi 1000-3000 gramm bo'lgan urg'ochi baliqlardan va 3-5 yoshli og'irligi 600-1800 grammli erkak baliqlardan hosil qilishni xush ko'radi.
  • 3.2. Daryo forelini boqiladigan zotlari: Daryo foreli bugungi kunda atrof-muhit sharoitlari, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari turlicha bo'lgan mamlakatlarda, turli maqsadlarda yetishtirilmoqda.
  • IV bob. Kanal laqqa balig'ini ko'paytirish asoslari: Kanal laqqasi yoki mushuksimon laqqa (som-Ictalurus punctatus Raf) hozirgi kunda AQSHda tovar baliq yetishtirishda yetakchi o'rinlarni egallagan. Issiqsevar bu baliq turi keyinchalik bizning mamalakatimizda ham baliqchilik bilan shug'ullanuvchi xoʻjaliklarning asosiy mahsulotiga aylanishi mumkin.