Elementar matematika

Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Elementar matematika" kursi bo'yicha maktabgacha ta'lim bakalavriat yo'nalishining 1-kurs talabalari uchun mo'ljallangan. Unda elementar matematika fanining nazariy va amaliy asoslari, fanni o'qitishdan maqsad va vazifalari, talablar, boshqa fanlar bilan aloqasi, shuningdek, ko'rgazmali vositalar, jihozlar, metod va texnologiyalar hamda talabalarning mustaqil bilim egallashiga e'tibor qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Natural sonlar, to'rt arifmetik amal: Natural son tushunchasining paydo bo'lishi, natural sonlar qatori, ta'rifi, to'rt arifmetik amallar, ularning xossalari, amallar tartibi, qo'shish, ayirish, ko'paytirish, bo'lish amali komponentlari va natijalarining nomlanishi. Rim raqamlari, yig'indi va ayirmaning bo'linuvchanligi.
  • Bo'linish alomatlari, EKUB va EKUK: Bo'linish munosabatlari haqida tushuncha. Bo'linish belgilari (2,3,4,5,8,9,10,25). Tub va murakkab sonlar. Eratosten g'alviri, kanonik yoyilma. EKUB va EKUKni topish usullari, Evklid algoritmi.
  • Kasrlar haqida umumiy ma'lumotlar: Oddiy kasrlar, ularning xossalari, qisqartirish, qo'shish, ayirish, ko'paytirish, bo'lish. O'nli kasrlar, ularning xossalari va amallari. Oddiy kasrlarni o'nli va o'nli kasrlarni oddiy kasrlarga aylantirish. Noma'lum sonni ulushi bo'yicha topish.
  • Nisbat va proportsiyalar: Nisbat ta'rifi, proportsiyalar, ularning xossalari, o'rta arifmetik qiymat. Nisbiy va absolut xato. To'g'ri va teskari proportsiyalar. Miqdorlarni sonlarga nisbatan bo'lish.
  • Algebraik ifodalar, daraja va uning xossalari: Algebraik ifoda ta'rifi, amallar va ularni bajarish tartibi. Ratsional sonlar ustida amallar. Daraja ta'rifi va xossalari. Koeffisient. Algebraik yig'indi.
  • Ifodalarni soddalashtirish: Sonli tenglik va tengsizliklar xossalari. Birhad va ko'phadlar tushunchalari. O'xshash hadlarni ixchamlash. Qisqa ko'paytirish formulalari.
  • Tenglamalar va tengsizliklar: Bir o'zgaruvchili tenglamalar va tengsizliklar, ularni yechish. Ikki o'zgaruvchili tenglamalar sistemalari, ularni yechish usullari.
  • Kvadrat tenglamalar: Kvadrat tenglamalar ta'riflari, turlari, ularni yechish usullari, Viyet teoremasi. Kvadrat uchhadni ko'paytuvchilarga ajratish.
  • Geometriya asosiy tushunchalari: Planametriya bo'limi. To'g'ri chiziq, nur, kesma. Uchburchak, to'rtburchak, parallelogram, romb, kvadrat, trapeziyalar.