Ona tili (darslik)

Ushbu kitob O'zbek tilining fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, uslubiyat va tinish belgilarining ishlatilishi bo'yicha umumiy ma'lumot beradi. Har bir mavzu alohida ajratilib, o'zbek tili qonun-qoidalari asosida tushuntiriladi. Kitobda mavzularni mustahkamlash uchun test savollari ham keltirilgan. O'zbek tilining lug'at tarkibi, so'z yasalishi, ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish, yordamchi so'zlar, aloqador so'zlar guruhi, gap tuzilishi jihatdan turlari, nutq uslublari, tinish belgilari hamda ularning ishlatilishi kabi mavzular chuqur o'rganilgan. Kitobda taqdim etilgan ma'lumotlar talabalarga o'zbek tilining nazariy bilimlarini puxta egallashlariga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Til haqida umumiy ma'lumot: Tilning lug'aviy, grammatik, uslubiy me'yorlar adabiy tilning hamma ko'rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilarga oid me'yorlar adabiy tilning faqat yo'zaki shakli uchun xosdir.
  • Fonеtika: Fonetika tilshunoslikning bir bo'limi bo'lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo'lishi, turlari, o'zgarishi, urg'u, bo'g'in, ohang kabilar o'rganiladi. Fonetika grekcha phone so'zidan olingan bo'lib lug'aviy ma'nosi tovush demakdir.
  • Grafika (Yozuv): Grafika - bu yozuvning vositasi bo'lib, u yozuv degan ma'noni bildiradi. Grafik vositalarga harflar, belgilar va tinish belgilari kiradi.
  • Orfografiya(Imlo qoidalari): Orfografiya-grekcha orphos («to'g'ri») va grapho («yozaman») so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, «to'g'ri yozaman» degan ma'noni bildiradi. Imlo qoidalari orfografiyaning fonetik, morfologik, shakliy, an'anaviy va differentsiya tamoyillari asosida ishlab chiqilgan.
  • Leksikologiya: Leksikologiya o'zbek tili kursining lug'at tarkibi (leksikasi)ni o'rganadigan bo'limidir. Tilda mavjud bo'lgan barcha so'zlar va iboralar yig'indisi leksika deyiladi. Ular shu tilning lug'at boyligini tashkil etadi.
  • So'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari: Tildagi so'zlar shakl va ma'no xususiyatlariga ko'ra o'zaro turli munosabatda bo'ladi. So'zlarning ayrimlari shakl jihatdan, ayrimlari ma'no jihatdan, ba'zilari esa talaffuzi jihatdan o'xshash bo'ladi. SHu xususiyatlariga ko'ra so'zlar quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1.Omonim so'zlar. SHakli (yozilishi va aytilishi) bir xil, ma'nosi har xil so'zlar omonimlar deyiladi.
  • So`zning tarkibi(Morfеmika): So`zning tarkibiy qismlari ma’lum qonun-qoidalar asosida shakllanadi. SHuning uchun so`z tarkibini morfologik jihatdan o`rganish kerak.
  • So`z yasalishi: So`z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohalaridan biri bo`lib, u yangi ma’noli so`z yasalishi, so`z yasash usullari, so`z yasalishiga aloqador bo`lgan hodisalarni o`rganadi.
  • Mustaqil so`z turkumlari. Ot.: Predmetning nomini (keng ma’noda) bildiruvchi mustaqil so`z turkumiga ot deyiladi. Ot so`z turkumiga oid so`zlar kim? nima? kimlar? nimalar? savollaridan biriga javob beradi: o`qituvchi, xonanda, tilshunos – kim?, er, suv, non – nima? kabi.
  • Sifat: Predmetning doimiy, o`zgarmas belgisini ifodalaydigan so`zlar sifat deyiladi. Sifat mustaqil so`z turkumi sifatida uch xil belgiga ega: 1. Leksik-semantik belgi. Sifat belgi ma’nosini bildiradi. 2. Morfologik belgisi: Sifat qanday?, qanaqa?, qaysi? so`roqlaridan biriga javob bo`ladi. Sifat ifodalaydigan belgi tushunchasi keng bo`lib, ma’nosiga ko`ra bir necha guruhga ajratiladi: a) rang-tus ma’nosini bildiradigan sifatlar: oq, qizil, sariq, havo rang, kul rang, yashil, zangori;
  • Son: Predmetning miqdorini, sanog`ini, joylashish tartibini, ba’zan ish-harakatning bajarilish tartibini, miqdoriy belgisini bildiradigan mustaqil so`z turkumi son deyiladi. Son necha? nechanchi? nechta? qancha? kabi so`roqlardan biriga javob beradi.
  • Olmosh: Gap ichida ot, sifat, son, ravish, ba’zan so`z birikmasi va gap o`rnida qo`llana oladigan, aniq lug`aviy ma’noga ega bo`lmagan so`z turkumi olmosh deb ataladi: 1) ot o`rnida: Karim juda quvondi, chunki u o`z orzusiga erishgan edi. 2) sifat o`rnida: Kechagi kitobingni berib tur, men shu kitobdan misollar olmoqchiman.
  • Fe’l: SHaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so`zlar fe’l deyiladi. Masalan: Men olimlarga, ilohiyotchilarga, tarixshunoslarga hurmat ehtirom ko`rsatdim va e’zozladim. (A.Temur). Mehnat insonda ijodiy kuch uyg`otadi (Tafakkur jurnali).
  • Ravish: Harakat va holatning belgisini, belgining belgisini (sifat va ravishning), ba’zan predmetning (ot) belgisini bildiradigan mustaqil so`z turkumi ravish deyiladi. Masalan: Qutlug`jon tez orada o`zbekcha biyron-biyron gaplasha boshladi (O.). Ko`kday bepoyon, - z
  • Yordamchi so`zlar: Morfologik jihatdan o`zgarmaydi, gapda sintaktik vazifa bajarmaydi, yasalish xususiyatiga ega emas. Mustaqil lug`aviy ma’noga ega bo`lmay, gap bo`laklari va gaplarni o`zaro bog`lash, xilma-xil munosabatlarni ko`rsatish yoki ularga qo`shimcha ma’no qo`shishga xizmat qiladigan so`z turkumlari yordamchi so`z turkumlari deyiladi.
  • Alohida olingan so`zlar guruhi: Alomalar, gap bo`laklari bilan grammatik jihatdan bog`lanmaydigan so`zlar kirish so`z yoki kirish birikma deb yuritiladi. Kirish so`z, kirish birikma mazmunan butun bir gapga yoki uning biror bo`lagiga tegishli bo`ladi.
  • Sintaksis. So`z birikmasi: Sintaksisda o`rganiladigan asosiy sintaktik birlik gap hisoblanadi. Gap – kishilar nutqining kichik birligi bo`lib, u grammatik jihatdan tashkil qilingan, mazmun va intonatsiya jihatdan nisbiy tugallikka ega bo`lgan so`zlar bog`lamasi yoki yakka so`zdir. Aloqa birligi bo`lmish gap fikrni ifodalash va shakllantirish birligi hamdir. SHunga ko`ra gap kommunikativ (aloqa qilish) va kognitiv (fikr ifodalash) vazifalarini bajaradigan nutq birligi sanaladi.
  • Gap haqida ma'lumot: Gap ma’lum bir ma’no va grammatik xususiyatlarga ega bo`lgan so`zlar birlashmasidan tashkil topadi. SHuning uchun gaplar turlicha ajratiladi. Gap ma’no jihatdan ham nisbiy tugal bo`ladi.
  • Gap bo`laklari: Gap bo`laklarining gap tarkibidagi mavqei bir xil emas. Ba’zi gap bo`laklari gap qurilishida markaziy o`rinni egallaydi, bunday bo`laklarsiz fikr anglashilmaydi. Ayrim bo`laklar esa gap qurilishida asosiy rol o`ynamaydi, ularning ishtirokisiz ham bosh bo`laklar orqali fikr anglashilaveradi. SHunga ko`ra gap bo`laklari ikki turga ajratiladi: 1) bosh bo`laklar; 2) ikkinchi darajali bo`laklar.
  • Bosh bo`laklar: Bosh bo`laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi.
  • Ikkinchi darajali bo`laklar: Ikkinchi darajali bo`laklar gapning grammatik asosini tashkil qilmasdan, uni hajm jihatdan kengaytiradi yoki so`z birikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
  • Hol: Odatda fe’l bilan ifodalangan bo`lakka bitishuv yoki boshqaruv yo`li bilan bog`lanib, undan anglashilgan ish harakatning belgisini bildiradigan ikkinchi darajali bo`lakka hol deyiladi. Hol ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilishi bilan bog`liq bo`lgan o`rin, payt, sabab, maqsad, miqdor-daraja kabilarni bildiradi.
  • Uyushiq bo`lakli gaplar: Uyushiq bo`lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi birliklar ham qatnashadi. Ular uyushuvchilarni jamlab ko`rsatadigan so`z va so`z birliklari bo`lib, uyushiq bo`lakdan oldin yo keyin keladi. Uyushiq bo`lakdan oldin kelgan umumlashtiruvchilar odatda izoh talab qiladi.
  • Ajratilgan bo`laklar: Ajratilgan bo`laklar ma’lum qonun-qoidalarga asoslanadi. Ajratilgan bo`laklar gap tarkibida ayrim hollarda ajratilgan bo`laklar ham qatnashishi mumkin. Ajratilgan bo`laklar odatda o`zlari aloqador bo`lgan so`zlarning ma’nosini izohlab, bo`rttirib, aniqlashtirib keladi.