O’rta maktab tasviriy san’at darslarini o’qitishda kompyuter texnologiyalardan foydalanish

Mavzuning dolzarbligi: Bakalavr bitiruv malakaviy ishi “O'rta maktab tasviriy san'at darslarini o'qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish” bo'yicha bajarilgan. Bakalavr malakaviy bitiruv ishini mavzusini tanlashimda, uning mazmun-mohiyati, hozirgi kundagi ahamiyati va aktualligi, estetik tarbiya ishlarida va tasviriy san'at darslarida qo'llanma sifatida foydalana bo'ladigan aktual vazifalar yechimini topishni o'z oldimga maqsad qilib qo'yganman. "Ta'lim to'g'risida”gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da ko'zda tutilgan bosh maqsadlardan biri mustaqil va ijodiy fikrlovchi, jahon andozalariga mos keladigan raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir. Buning uchun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur. Borliqdagi narsalarning shakllari haqidagi bilimlarni berish; Natyurmort tuzilishini o'rganish Tadqiqot predmeti: umumiy o'rta maktabda tasviriy san'at rangtasvir, o'quv amaliyoti natyurmort, mashg'ulotlarida o'quvchilar natyurmortlarda ijod etishga o'rgatish metodikasini shakllantirishda axborot kompyuter texnologiyalaridan foydalanish. Bo'lajak umumiy o'rta va kasb – hunar ta'limi kollejlarining o'qituvchilari nafaqat fan asoslarini, balki ular eng zamonaviy ilg'or pedagogik texnologiyalarni egallagan bo'lishlari, o'zlarining pedagogik maxoratlarini to'xtovsiz oshirib borishlari talab etiladi. Bo'lg'usi o'qituvchilar tasviriy san'at o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiya kursi tugaganidan so'ng quyidagi bilimlarni egallagan bo'lishlari lozim:

Asosiy mavzular

  • Mundarija: Kirish, I bob. Oʻzbekistonda tasviriy sanʼatni oʻqitilishi, II bob. Tasviriy sanʼat taʼlimining maqsad va vazifalari, III bob. "Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish", IV.Xulosa, V.Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
  • Kirish: Jamiyatda yuksak ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir." Mustaqilikning dastlabki kunlaridan boshlab Respublikamizda xalq ta'limini tubdan isloh qilish, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari darajasiga olib chiqish masalasi kun tartibiga qo`yildi. Shu maqsadda 1992-yil iyulda “Ta'lim to`g`risida" gi qonun e'lon qilindi. Bu hujjatda ko`rsatilgan reja va tadbirlarni amaliyotga joriy etish davlat siyosatining ustivor yo`nalishi deb qaraldi. Natijada umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi barcha o`quv fanlari qatori «Umumta'lim maktablarida tasviriy san'at ta'limi kontseptsiyasi» ham tayyorlandi va u O`zbekiston xalq ta'limi vazirligi kollegiyasining 5- may 1993-yilgi 5-5 sonli qarori bilan tasdiqlandi. Mazkur kontseptsiyada qayd qilinganidek, uni tayyorlashda quyidagi omillar hisobga olingan edi: -mustaqil O`zbekiston sharoitidagi kelajak avlodni shakllantirishga bo`lgan zamonaviy talablar; -ta'lim-tarbiyani milliy madaniyat va san'at asosida amalga oshirishni kuchaytirish; -ta'lim-tarbiyani amalga oshirishda O`zbekiston Sharq mamlakati ekanligini hisobga olish va shu asosda badiiy ta'lim mazmuniga tegishli o`zgartirishlar kiritish; -maktabdagi badiiy ta'limni amalga oshirishda bolalarni fikrlashga, ishga ijodiy munosabatda bo`lishlikni kuchaytirish, ularni yuksak did va madaniyatli qilib shakllantirishga qaratish; -maktabda bolalarni tasviriy san'atdan bilim va malakalarni puxta egallashlariga qaratish, shu asosda tabaqalashtirilgan badiiy ta'limni joriy etish; -O`zbekiston maktablarida tasviriy san'at ta'limi mazmunini dunyo standartlari darajasiga olib chiqish.
  • Mavzuning dolzarbligi: Bakalavr bitiruv malakaviy ishi “O'rta maktab tasviriy san'at darslarini o'qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish” bo'yicha bajarilgan. Bakalavr malakaviy bitiruv ishini mavzusini tanlashimda, uning mazmun-mohiyati, hozirgi kundagi ahamiyati va aktualligi, estetik tarbiya ishlarida va tasviriy san'at darslarida qo'llanma sifatida foydalana bo'ladigan aktual vazifalar yechimini topishni o'z oldimga maqsad qilib qo'yganman.
  • TADQIQOT PREDMETI: umumiy o'rta maktabda tasviriy san'at rangtasvir, o'quv amaliyoti natyurmort, mashg'ulotlarida o'quvchilar natyurmortlarda ijod etishga o'rgatish metodikasini shakllantirishda axborot kompyuter texnologiyalaridan foydalanish.
  • TADQIQOT OBYEKTI: tasviriy san'atdan maxsus fanlarni o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta'lim taraqqiyotini harakatlanuvchi kuchi ekanligini ; zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tarixiy taraqqiyot bosqichlarini; xorijiy mamlakatlarda qo'llanib kelayotgan interfaol metodlarni; zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tasviriy san'at mashg'ulotlarida qo'llanish imkoniyatlarini; tasviriy san'at mashg'ulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qo'llash yo'llari va uning qonuniyatlarini; zamonaviy pedagogik texnologiya loyixasi va uning tarkibiy tuzilishini; o'quvchilarni bilim, malaka va ko'nikmalari, ijodiy ish natijalarini nazorat qilish va baholash;
  • BAJARILGAN ISHNING ASOSIY NATIJALARI: Bakalavr malakaviy ishimiz davomida ishimizning maqsadi va vazifalari, shuningdek uning amaliy zarurligini ko'rsatishga harakat qildik va qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya maktablarda o'quvchilarga tasviriy san'at darslarida o'yin-mashg'ulotlarni o'tkazish metodikasi, ularning san'atni sevishga o'rgatishda bu ishimiz yaxshi natija berganligiga erishdik.
  • TADQIQOT NATIJALARINING ILMIY JIHATDAN YANGILIK DARIAJASI: Bakalavr malakaviy bitiruv ishi referativ, metodik va amaliy xarakterga ega. - Tasviriy san'at darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash o'rganildi. - Tasviriy san'at darslarida pedagogik texnologiylalarni qo'llanishi amaliy ahamiyati o'rganib chiqildi.
  • TADQIQOT NATIJALARINING AMALIY AHAMIYATI VA TADBIQI: Tasviriy san'at mashg'ulotlari o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, ko'rganlarini, o'rganganlarini yodda saqlanishi, ijodiy tushunchalarini, badiiy did, estetik his-tuyg'ularini orttiradi. Tasviriy san'at bo'yicha mashg'ulotlar o'quvchilarning ijodiy qobiliyatining o'sishi, dunyoqarashining shakllanishiga yordam beradi, insonni har tomonlama takomillashtiradi va fikr doirasini kengaytirib, hayotni va borliqni bilish tushunchalarini rivojlantiradi, go'zallikka intiluvchan kayfiyat beradi.
  • BITIRUV MALAKAVIY ISHNING TUZILISHI: - kirish qismi, uchta bob, sakkizta paragrif, xulosa qismi, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati hamda ilovalardan iborat bo'lib, jami sahifani tashkil etadi.
  • I bob. O'zbekistonda tasviriy san'atni o'qitilishi: Tasviriy san'tning uch turi mavjud: 1. Rang tasvir 2. Haykaltaroshlik 3.Grafika Rang tasvir deb tekis yuzada turli rang va materiallar yordamida bajariladigan tasvirga aytiladi. Bu tur uchun asosan bo'yoqlar- moyli bo'yoq, akvarel, guash, tempera, shuningdek rangli qalamlar, ko'mir qalam, pastel, sous, sangina kabi badiiy materiallar bilan ishlash xarktelidir. Rang tasvir asarlari qog'oz, karton, mato, devor, oyna, yog'och kabi tekis yuzalrga ishlanadi. Rang tasvir asosini rasm tashkil etadi. Har qanday rang tasvir ichida, avvalo, uning rasmi ishlab olinadi. Unda kompozitsiya, nur va soya, rang asosiy o'rinni egallaydi. Rang tasvir asarlari bajarilish texnikasi jihatidan turli-tuman bo'lib, ular moy bo'yoqli, temperali, freskali, mozaikali, vitrajli, akvarelli, guashli, pastelli bo'lishi mumkin. Rang tasvirni quyidagi turlari mavjud: 1. Dastgohli rang tasvir, 2. Monumental (mahobatli) rang tasvir, 3. Minatyura (mo'jaz) rang tasvir, 4. Dekarativ (bezak) rang tasvir, 5. Teatr - dekarativ (bezak) rang tasviri. Dastgohli rang tasvir deyilganda, rassomlarning maxsus asbob - dastgoh (malbert) yordamida ishlaydigan suratlari tushuniladi. Dastgohli rang tasvir asarlari uncha katta bo'lmagan o'lchovda yuqorida qayd qilib o'tilganidek mato, karton, oyna, faner kabi tekis yuzali materiallarga bo'yoqlar bilan ishlanadi. Dastgohli rang tasvirda ko'pincha moyli va akvarel bo'yoqlar qo'llaniladi.
  • Manumentar rang tasvir: Manumentar rang tasvir atamasi monumental (mahobatli ) ya'ni katta o'lchovdagi rang tasvir ma'nosini anglatadi va bu turdagi asarlar ko'pncha binolarning ichki va tashqi devorlariga tempera bo'yoqlari bilan ishlanadi. Monumental tasvir asarlarining freska, mazaika, vitraj, panno, kabi turlari mavjud. Freskalar asosan bino devorlarining o'ziga, shuningdek, unga matolar yordamida ishlanadi. Mazaika - turli tabiiy va ikkilamchi materiallar - rangli oyna parchalari, toshlar, sintetik materiallardan bino devorlariga yoki tekis materiallar ustiga ishlanadi. Vitraj esa binolarning dereza, eshik, oynalri ustiga bo'yoqlar yordamida ishlanadi. Vitrajlar uy ichkarisi va tashqarisida ham bir xil ko'rinadi.
  • Minatyura rang tasviri: Minatyura (mo'jaz ) rang tasviri deyilganda bejirim, juda kichik, nozik san'at asarlari tushuniladi. Minatyura rang tasviri o'rta asrlaeda kitob bezagi bilan bog'liq holda rivoj topdi. U kitoblardagi bosh, yakuniy bezak, zarhalharf, ilyustrasiyalardan iborat bo'lgan. Rang tasvirning bu turi sharqda, shu qatori movarunnahrda katta shuxrat qozongan. Hozirda u mustaqqil san'at turi sifatida nafaqat kitoblarni, balki turli qutticha, tomosha qovoq kabilarni bezatishda ham keng qo'llanilmoqda. Shuningdek bu tur mustaqqil san'at sifatida yildan-yilga ommalashib bormoqda.
  • Dekorativ rang tasvir: Dekorativ rang tasvir asarlari mustaqil amaliy ahamiyatga ega bo'lib, u binolarning ichki va tshqi devorlarini bezatishda keng qo'llaniladi. Ular panno shaklida, shuningdek, qutticha, patnis sandiq, shkaflarni bezatishda qo'l keladi. Bino ichini bezatishda xizmat qiladigan naqshlar frizlar, namoyon kabi mayday elementlar ham dekarativ rang tasvirga kiradi. Teatr dekarativ rang tasviri spektakl dekoratsiyalari, unda ishlatiladigan grim, sahna jihozlari bilan bog'liq. Ular teatr rassomi tomonidan tayyorlanib spektakl mazmunini tamoshabinga keng va chuqurroq sindirishga yordam beradi. Bu bezaklarda rassomlar sahnaning yoritilishi va ranglarga alohida e'tibor qaratadilar. Spektakl bezaklari unga ifodalangan voqea sodir bo'layotgan joy, davr, muhit to'g'risida tomoshabin tasavvurlarini boyitadi, voqealarni idrok etishni osonlashtiradi va faollashtiradi.
  • Haykaltaroshlik: Haykaltaroshlik ham huddi rang tasvit kabi hayotiy voqea va hodisalarni turli uslub va tasvirlash texnikasi hamda materialaar yordamida ifodalaydi. Haykal taroshlikda tosh metal, gips, yog'och, vosk (mum), sim kabi materiallar keng qo'llaniladi. Haykaltartoshlik asarlari kesish, yopishtirish, ulash va o'yish, quyish orqali bajariladi. Haykallarning asosan ikki turi mavjud bo'lib, ularning birinchisi to'liq yumaloq haykallar, ikkinchisi esa relefli- bo'rtma haykallardir. Yumaloq haykallarni har tomondan ko'rish mumkin bo'lsa, relefli haykallarni faqat bir tomondan, ya'ni oldindan ko'rish kerak bo'ladi.
  • Grafika: Graflka "grafika "- lotincha so'z bo'lib "yozaman, chizaman " degan ma'noni bildiradi va tasviriy san'atning turlariidan biri hisoblanadi. Grafikaning turlaridan biri gravyuradir."gravyura" fransuzcha so'z bo'lib kesish ma'nosini bildiradi. Bunda rasmlar qattiq materiallarda chizish va keshish orqali bajariladi. Bu rasmlar qattiq materiallarga chizish va kesish orqali bajariladi.Bu rasmlar avvalo metal, yog'och, linoleum, tosh kabi materiallarda ishlanib, keyin undan qog'ozga ko'p tirajda ko'chiriladi. Metallda tayyorlanadigan gravyurani ofort, yog'ochdagisini ksilografiya, linoliumdagisini linogravyura, tosh orqali tayyorlanadiganini esa litografiya deb yuritaladi. Grafika asarlarining qo'llanish sohalari nihoyatda kengdir. Xususan, estampo, kitob illyustrasiyalari plakat, pochta markalri, gazata- jumal bezaklari karikaturalar, (hajviy rasmlar ) etiketka va o'rama (upakovka)lar, teat va kino afishalari, yo'l va tavar belgilari, tashkilot va muassasalarning ish blankalari shular jumlasidandir. Grafikaning uziga xos xususiyatlaridan y ana biri bu - uning katta o'lchamda bo'lmasligi va bo'yoqlar sonining chegaralanganligi hisoblanadi. Shuning uchun ham grafika asarlarida faqat chiziq yoki to'q rangli tasvir ishtirok etadi. Ba'zan grafik tasvirlar rangli bo'ladi.
  • Ayrim grafik asarlari: Ayrim grafik asarlari katta o'lchamda va ko'p nusxada tayyorlanadi hamda katta tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Bu plakatlardir. Grafika san'atida estamp ham katta o'rinni egallaydi. "estamp fransuzcha so'z bo'lib, shtamplash so'zini bildiradi. Estamp uchun shuni narsa xarakteliki, unga gravyura bosmadan chiqqandan so'ng rassom unga ba'zi bir tuzatishlar kiritadi va asar tagiga o'z imzosini qo'yadi.
  • Grafika texnikasi: Grafika texnikasining keng tarqalgan turlardan yana biri bu illyustrasiyalardir. Qadim-qadimda tasviriy san'at kitob bezagi bilan chambarchas bog'langan holda rivoj topgan. O'rta asrlarda sharq va g'arb mamlakatlarda yaratilgan kitoblarning deyarli ko'pchiligi naqshlar va rangli rasmlar bilan bezatilgan. Bu rasmlarda kitob mazmumi o'z aksini topar edi. Keyinchalik, kitob bosish dastgohlari ixtiro qilinganidan so'ng, ellyustrasilari kitoblarda yanada katta o'rin egallay boshladi. Illyustrasiyaning ahamiyati shundaki, birinchidan u kitobni bezakli chiroyli va yoqimli bo'lishiga yordam beradi, ikkinchidan adabiy obrazlar timsollarni aniq va jonli bo'lishiga, o'quvchining yodida yaxshi saqlanib qolishiga xizmat qiladi. Rassom bror bir adabiy asarga illyustrasiya ishlashga kirishishdan avval, mazkur asarni yaxshilab o'rganib chiqishi bilan bir qatorda, asardagi voqea sodir bo'layotgan davrga doir materiallarni ham to'plashi o'sha davr odamlarining madaniyati va turmushuni, mamlakat tabiatini bilib olishini kerak bo'ladi.
  • Karikatura: Karikatura ham grafikaning bir turi hisoblanadi. Unda hayotdagi ayrim salbiy hodisa va ko'rinishlar, shaxslar hajviy yoki hazil tarzda rasmlar orqali tanqidiy tasvirlanadi.
  • Grafikaning boshqa turlari: Grafikaning reklama, afisha, etiketka, o'rama kabi turlari ham keng tarqalgan. Gazeta, jurnal grafikasi shriftlar bilan bog'liq bo'lib amaliyotda keng qo'llaniladi.
  • Tasviriy san'tning janrlari: Tasviriy san'atda manzara, maishiy, natyurmort, portret, tarixiy, animal, (hayvonot olamiga oid) afsonaviy, dengiz navislik, nyu interyer janrlari mavjud.
  • Janrlar: Janr rassom nimani tasvirlayotganligiga qarab belgilanadi. Masalan, asarlarda odam rasmi ishlansa, ular "portret" tabiat va shahar ko'rinishlari tasvirlansa, "manzara", turmush va mehnat jarayonlari tasvirlansa "maishiy"janriga xos bo'ladi. Shuningdek tarixiy voqealarni tasvirlash tarixiy janr, hayvonlarni tasvirlash animal jam- deb yuritiladi. "Animal " janri lotincha anima so'zidan kelib chiqqan bo'lib hayvon ma'nosini anglatadi. "batal" janri esa fransuzcha batay so'zidan kelib chiqqan bo'lib, jang ma'nosini bildiradi. "Nyu" janri fransuzcha so'zidan kelib chiqqandir. Ayrim asarlar bir paytning o'zoda ikki va undan ortiq janrlarga mansub bo'lishi mumkin. Masalan, portret va nyu, dengiz navislik, interyer, manzara va hokazolar. Har bir janr o'z o'rnida yana bir qancha janrlarga bo'linishi mumkin. Masalan manzara janridan dengiz navislik, tarixiy janridan batal, manzara janridan interyer ajralib chiqqan.
  • Manzara janri: Manzara janri tasviriy san'atda tabiat, shahar industrial- sanoat, interyer ko'rinishlarining tasvirlanishi manzara janriga taalluqlidir. Manzara janridagi asarlarning ayrimlari bevosita tabiatning haqiqiy, ya'ni hayotiy ko'rinishini tasvirlasa, boshqalarida borliq ijodiy tarzda, xayolan ifodalangan bo'ladi. Ba'zan bu ikki hoi bir asarda kuzatilishi mumkin. Manzara janri ko'proq rang tasvirda, qisman grafika va haykaltaroshlikda qo'llaniladi.
  • Natyurmort janri: Natyurmort janri "naturmort" so'zi fransuzcha bo'lib jonsiz narsalar natura ma'nosini anglatadi. Bu janrdan asosan rang tasvir va grafika asarlari da keng qo'llaniladi.
  • Maishiy janr: Maishiy janr. Bu janrdagi asarlar kishilarning maishiy turmush tarsi, mehnati, kundalik hayoti bilan bog'liq bo'lib, ularda ko'proq oila maktab, dam olish, shaxsiy va ijtimoiy hayot jarayonlari aks ettiriladi. Maishiy janrdagi asarlar nafaqat hozirgi kun odamlarining balki o'tmishdagi kishilarning turmush tarzi va hayoti haqida ham keng ma'lumot beradi.
  • Portret janri: Portret janri "portret" fransuzcha portrarit so'zidan olingan bo'lib, kishilarning chexrasini xuddi o'ziga o'xshatib tasvirlash ma'nosini bildiradi. Portretda kishilar yakka, ikki kishi yoki bir guruh sifatida tasfirlanishi munkin.
  • Tarixiy janr: Tarixiy janr. Bu janrda insoniyat tarixidagi muhim voqealar va qahramonlar hayoti tarsvirlanadi. Rassom bronta tarixiy voqealar ko'rinishini tasvirlash uchun avvalo o'sha voqeaning boshqa tarixiy voqealar orasidagi o'rni va muhimligini aglab yetishi kerak bo'ladi so'ngra u o'sha voqea sodir bo'gan davr haqidagi adabiy manbalarni, tarixiy memorchilik obidalari hamda u yerdan topilgan arxeologik topilmalarni o'rganadi, ular asosida qoralama ranglamar yaratadi. Mavzuga aloqador tarixchilar bilan suhbatlashish voqea mazmunini hamda yaratiladigan asar detallarini aniqlashtirishga yordam beradi.
  • Batal janri: Batal janri. Bu janrdagi asarlarda rassomlar urush jarayonlarini zavq -shavq, ko'tarinkilik qahramonlik kabi tuyg'ular bilan ifodalashga harakat qiladilar.
  • Animal janr: Animal janr. Bu janrdagi asarlarga anima so'zidan kelib chiqqan bo'lib jonlashtirish demakdir. U tasviriy san'atning barcha turlarida mavjud.
  • Afsovaiy janr: Afsovaiy janr. Afsonaviy janrdagi tasviriy san'at asarlarda hayotda uchramaydigan, biroq xalq tomonidan xayolan o'ylab topilgan odam va hayvonlar, baliqlar, voqea hamda hodisalar tasvirlanadi.
  • Dengiz navislik: Dengiz navislik. (marinizm). Marina fransuzcha so'z bo'lib, dengiz ko'rinishi ma'nosini bildiradi.
  • 1.2§. Tasviriy san'atning mustaqillik yillarida rivojlanishi.: Oʻzbekiston tasviriy dastgoh san'ati juda qisqa vaqtda rivojlanib, katta yutuqlarga erishdi. Oʻzbekiston san'ati zafarli yo'lni bosib o'tdi. Respublikamiz rassomlari koʻpgina koʻrgazmalarda faol ishtirok etib, san'atimiz ta'sirchanligining ortib borayotganini namoyish etdilar. Bizning rassomlarimiz koʻpgina janrlarda ijod qilib kelmoqdalar, manzara, natyurmort, portret va boshqa. Natyurmortda bozorlarimizning to'lib toshgan noz-ne'matlarini, manzara janrida esa, o'lkamizning go'zalligini va bepoyonligini, oddiy tabiat koʻrinishidagi goʻzallikni to'laqonli ifodalashga harakat qilmoqlar. Shu bilan birga qadimdan qolgan butun dunyoga taniqli ajib me'morchilikning nodir yodgorliklarini oʻz asarlarida ko'rsatdilar. Portret janrida esa Vatanimizning ilg'or kishilarini, mehnatkash xalqni, shoir, rassom, musiqachilarni tasvirladilar. Bizning Oʻzbekiston Vatanimiz ajoyib iste'dodli rassom va haykaltaroshlarni yetkazib berdi. Bular ichida Iskandar Iskandarov, Chingiz Ahmarov, Malik Nabiev, Mannon Saidov, Damir Roʻziboev, Ilhom Jabborov, Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Alisher Mirzaev, Akmal Ikromjonov, Ne'mat Oʻakimov, Osimxon Vosixonov, Temur Sa'dullaev, G'ofur Abdurahmonovlar alohida mavqega ega. Oʻzbekiston xalq rassomi Alisher Mirzaev rangtasvir ustasi xalqimiz an'analariga, boy va sermazmun oʻtmish tasviriy san'at merosiga hurmat bilan qaraydi. Rassom oʻz xalqiga xos psixologik kechinmalarni chuqur tahlil qila oladi. Rassom ona-tabiat bag'rida oʻzbekona an'analarni, to'ylarni, beg'ubor oʻzbek bolalarini, lobar qizlarni, mushtipar onalar kabi obrazlarni aks ettira olishga muvaffaq boʻldi. Jumladan, “Toshkent - tinchlik va doʻstlik shahri” triptixi, “Bola xonada”, “Intizorlik”, “Yosh oila haqida qoʻshiq” kabi o'nlab asarlar moyboʻyoqda yaratilgan. Umuman rassom tabiat va jamiyatda bo'layotgan oʻzgarishlarni e'tiborsiz qoldirmaydi. Rassom rangtasvirlarga shunday jon bag'ishlaydiki, undagi goʻzallik sirlari odamlarni ezgulikka etaklaydi. Rassom asarlari bugungi kunda xalqimiz hurmatini qozonish bilan birga, koʻpgina xorijiy davlatlarda ham ma'lum va mashhurdir.
  • Bahodir Jalolov: Bahodir Jalolov ham Oʻzbekiston xalq rassomi boʻlib, zamonaviy rangtasvir san'ati rivojiga katta hissa qo'shib kelayotgan iste'dodli rassomlardan biridir. B.Jalolov tasviriy san'at borasidagi tahsilni davom ettirib, keyinchalik Ch.Ahmarov, R.Choriev, E.P.Melnikov, B.D.Korolyovlardan tasviriy san'at sirlarini oʻrgandi. Shu sababli ham u yaratgan portretlarda yuksak mahorat aniq koʻzga tashlanib turadi. Uning ijodidagi tuyg'ular uyg'unligi tomoshabinni oʻziga mahliyo etib qo'yadi. U portret san'atida koʻp yutuqlarga erishdi. Uning to'laqonli asarlarida oʻzbek xalqining sevimli farzandlari siymosi oʻz ifodasini topgan. U bir katta seriya portretlarni yaratadi, bular ichida akademiklar, rassom va boshqa taniqli odamlar obrazlari bor. B.Jalolov ijodida olam sirlari oʻzgacha talqin etiladi. Bunga, "Gul va Rayhon afsonasi", "Nido", "Baxt qushi”, "Abadiy va navqiron Xindiston", "XXI asr Madonnasi” kabi ko'plab asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Mustaqil Oʻzbekiston tarixiga bag'ishlangan Oʻzbekiston xalqlari tarixiy muzeyi devoriga ishlangan monumental ko'rinishdagi surat jiddiy va mazmunli tarixiy dalillar orqali salobatli tasvirlanishi bilan har qanday tomoshabin e'tiborini oʻziga jalb qila oladi. Polotnoni kuzatgan tomoshabin boy tarix sahifalariga ega boʻlgan oʻzbek xalqining buyuk va qudratli ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qiladi. B.Jalolov ijodi shu jihati bilan qadrlidir.
  • Xaykaltaroshlik san'ati: Xaykaltaroshlik san'atining oʻlkamiz hududidagi zamonaviy jihatlarini ijodkor Damir Ro'ziboev faoliyatida yaqqol qurish mumkin. Dastlab rangtasvir va grafika san'ati bilan shug'ullangan D.Ro'ziboev haykataroshlik olamiga asoan 60 yillarda kirib keldi. San'atkor ijodida shakl va hajmlarning oʻziga xosligini harakatlarni tabiiylik bilan tasvirlanishi, u tanlagan mavzularning rang-barang va keng qamrovligidan ham yaqqol sezish mumkin. Uning bir qancha haykallarida xalqimizning madaniy hayoti va ziyolilar qiyofasini aks ettirgan asarlariga duch kelamiz. Shu bilan birga u portret janrida ham ijod qiladi. San'atshunos olim R.Toqtash obrazi, rassom V.Savitskiy va Saida portretlarida zamondoshlarimiz obrazlari to'laqonli o'z ifodasini topgan. D.Ro'ziboev haykaltaroshlik san'atida katta bir maktabni oʻtab kelayotir. Uning izlanishlari rang-barang uslublarga boy.
  • San'atkor ijodida rangli haykaltaroshlik: Buni biz san'atkor ijodida rangli haykaltaroshlik san'atining yuzaga kelganligi orqali guvohi boʻlishimiz mumkin. Ro'ziboev haykallaridagi shakl va hajmlarga bo'yoq berish bilan ularning sehrli olamini yanada mo'jizali qila oladi. San'atkor bu bilan qoniqmasdan haykalda aks ettirilayotgan voqeani rangin sirlarini matolarda yanada to'ldiradi. Yana bir muhim tomoni D.Roʻziboevning izlanishlari kelajak muammolarini talqin qilishga qaratilgan. San'atkor ko'tarinki ruh bilan musiqa, rangtasvir asarlarini o'rganib, o'z haykallarida mujassamlashga intiladi. Haykaltaroshning ajoyib fazilatlaridan yana biri uning asarlarida hissiy mazmundorlik boyib borayotganligidadir. Ana shunday mazmundorlik orqali u inson ma'naviyatini tobora toʻlaroq qamrab ifodalashga harakat qiladi. Oʻzbekiston tasviriy san'ati tarixi jahon tasviriy san'ati tarixining ajralmas qismidir. O'zbekiston san'ati boy merosga ega. Hozirgi zamonda esa bizning rassomlarimiz va haykaltaroshlar butun dunyoga taniqli bo'lib qolgan. Dekorativ-amaliy san'atimiz esa qadim zamonlardan odamlarni zavqlantirib kelgan. Ustalarimiz ijodi nafaqatgina mustaqil Oʻzbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham oʻz obro‘- e'tiboriga ega.
  • 2.1§. O'rta maktabda tasviriy san'at mashg'ulotlarining maqsad va vazifalari.: 1.Tasviriy san`at darslarining o`ziga xos, maxsus vazifalari hisoblanib ular: borliqdagi va san`atdagi go`zalliklarni ko`ra bilish, idrok etish, tushinish va qadr- lashga o`rgatish; estetik va badiiy didni o`stirish; bolalar badiiy fikr doirasini kengaytirish; badiiy ijodiy qobiliyat va fantaziyani rivojlantirish; tasviriy san`at- ning nazariy asoslari (yorug', soya,rangshunoslik, perspektiva, kompazitsiya ) bilan tanishtirish; rasm ishlash, haykal yasash, badiiy qurish-yasash yuzasidan element- tlar, malakalar hosil qilish; kuzatuvchanlik, ko`rish xotirasi, chamalash qobiliyati, fazoviy va obrazli tasavvyrlarini, abstrakt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish; tas- viriy, amaliy me`morchilik san`at asarlarini tushungan holda o`qiy olishga o`rga- tish; san`atga nisbatan qiziqish uyg'otish uni qadrlashga, sevishga o`rgatish. 2.Tasviriy san`at darslarining qo`shimcha vazifalari,ular; borliqni, hayotni bilishga ko'maklashish; milliy g'urur va milliy istiqlol mafkurasini amalga oshi-rish; bolalarga axloqiy (vatanparvarlik, baynalminnal); mehnat, jismoniy tarbiyani amalga oshirish; bolalarni turli kasb va hunarga yo`llash.
  • Tasviriy san'at o'quv predmetining maqsadi va vazifalari: Tasviriy san'at o`quv predmetining maqsadi va vazifalari haqida to`xtal-ganda yana shuni qayd qilish lozimki, u maktabda o`qitiladigan deyarli barcha o`quv predmetlari bilan bog`lanadi va ular yuzasidan materiallarni o`zlashtirishga samarali ta`sir ko`rsatadi. Ayniqsa u o`qish, adabiyot, geografiya, tabiatshunoslik, biologiya, tarix, matematika, mehnat darslarida alohida ahamiyat kasb etadi. Tas- viriy san`at, hattoki, jismoniy tarbiya, kimyo, musiqa darslari uchun ham foydali- dir. Shuni ham qayd qilish lozimki tasviriy san`at estetik tarbiyani amalga oshirish- ga qaratilgan bo`lsada u axloqiy, mehnat, ekologik, jismoniy tarbiya darslari sama- radorligini oshirishga ham xizmat qiladi. Maktabda tasviriy san`at estetik tarbiyani amalga oshirishga yo`naltirilgan asosiy o`quv predmeti hisoblanib, u quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi: o`quvchilarning tabiat, san'at va hayotdagi go`zalliklarni idrok etishga o`rgatish: o`quvchilarning estetik didini tarbiyalash, go`zallikni baholay olish qobiliyati, haqiqiy go`zallikni xunuk voqea va narsalardan farqlay bilishga o`rgatish; shaxsning tasviriy-ijodiy faoliyatida o`zini ko`rsata bilishga, hatti-harakatini qo`llab-quvvatlash va hayotga go`zallik kiritish malakalarini o`stirish: bolalarning badiiy fikr doirasini kengaytirish va boshqalar.
  • 2.2§. O'rta maktab tasviriy san'at o'quvchilarning ta'lim-tarbiyasidagi roli va o'rni: Insoniyat ma'naviy madaniyatining tarkibiy qismi san'atdir. U musiqa, teatr, kino, badiiy adabiyot, xoreografiya, tasviriy va amaliy bezak san'ati kabi boshqa turlarini o'z ichiga oladi. San'atning har bir turi o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni aks ettirishda har xil vositalardan foydalanadi, masalan, adabiyot - so'zdan, musiqa - tovushlardan, tasviriy san'at - rang va chiziqlardan va hokazo. Shu bilan birga, har bir san'at turi o'z ichida yana xillarga va janrlarga bo'linadi. San'atni tushunish, uning kishilar hayotidagi rolini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi davomida keskin bahs, tortishuvlarga sabab bo'lib kelgan. San'atning eng qadimiy va keng tarqalgan turlaridan biri - tasviriy san'atdir. Odatda real borliqni badiiy obrazlarda, mavjud predmetlarni tabiiy shaklirri o'ziga o'xshatib umumlashtirib ifodalaydi hamda predmetlarning hajmi, o'zaro fazoviy joylashuvini va hokazolarda aks ettiradi. San'atkor o'z asarida voqea, hodisa, holatning ma'lum bir zumdagi ko'rinishini ifodalab, u tasvir orqali rivojini, mohiyatini ochib berishga intiladi, kishilarning ma'naviy qiyofasi, psixologik holati va boshqa fikrlarni ilgari suradi va tasavvur qiladi. Rassom biror shaxsni rasmini ishlar ekan, u hech vaqt uni faqat o'ziga o'xshatishga ishtilish bilan chegaralanmaydi. Rassom shu ishlayotgan tasvir orqali avvalo o'zining fikr va tuyg'ularini tomoshabinga yetkazishga harakat qiladi. Ishlamoqchi bo'lgan tasvirida avvalom bor g'oyasiga mos mavzu, syujet tanlaydi, voqea kompozitsiyasini quradi, shu yo'lda izlanadi, dastlab hayotni o'rganih, naturani kuzatib, eskizlar chizadi, etyudlar yaratadi. Rassomlik san'atida predmetlarning shakli, hajmi, rangi, ularning o'zaro muvozanatini to'g'ri ko'rsatishda rasmni aniq va to'g'ri ishlashning juda muhim ahamiyati bor. San'atkor o'z asarida real borliqda uchraydigan, balki inson fantaziyasi mahsuloti bo'lgan voqea va predinetlar ham aks ettirilishi, hayotda mavjud bo'lgan hodisalarning ayrim jihatlari o'zgartilib, bo'rttirib ko'rsatishi ham mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki, tasviriy san'at asarlari - msondagi ajoyib fazilat - borliqni bilish. uni o'rganish va sirlarini ochishga bo'lgan ehtiyojlarni qondirishga ta'sir ko'rsatadi.
  • Tasviriy san'atning ta'siri: Tasviriy san'at inson ongiga tezda ta'sir etib, unda ezgu hislar uyg'otadigan, kishini ruhlantirib, ma'naviy olamini boyitadigan san'at turlaridan biridir. Shu bilan birga, tasviriy san'at inson shaxsining shakllanishiga va kamolatiga yordam beradigan tarbiyachi hamdir. Pedagogika instituti va universitetlarining pedagogika va boshlang'ich ta'lim metodikasi fakultetiarida ta'lim oluvchi talabalar tasviriy san'atdan maxsus bilim va malakalarga ega bo'lishi o'quvchilarni badiiy-ijodiy qobiliyatlarini, badiiy didni, rang sezishni, fazoviy tasaVvurini, buyuk rassomlar asarlarini go'zaltiklarini ko'ra bilishga va ularni hissiy idrok etishga olib keladi. Tasviriy san'at o'qitish metodikasi bo'yicha to'la bilimlarga ega bo'lish, ayniqsa, O'zbekistonda va chet ellarda fanning o'qitish tarixi, o'quv fanning maqsad va vazifalari, ta'limning mazmuni, shakllar, usullari haqida chuqur bilimlarga ega bo'lish tasviriy san'at o'qituvchi faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, bugungi o'quvchi kelajakda ishchi, xizmatchi, dizayn- konstruktor, muhandis, shifokor, o'qituvchi, yurist yoki harbiy mutaxassis yoki biron bir sohani yaratuvchisi bo'ladilar. Ularni har biri uchun rasm chizish, undan foydalanish lozim bo'lacli. Hatto uy bekasi ham rasmni ko'ra olishi, tushunishi, bu zamonning eng zarur faoliyatidir. Hozirgi davrda har bir erkak zoti mashina haydashni, texnika bilan shug'ullanishiga, uy bekalarini esa dazmol, tikuv mashinasi, radio, televizor, kir yuvish mashinalari, muzlatgich. elektr plita, sut, qaymoq olish mashinalari kabi yuzlab texnik buyumlar bilan shug'ullanadilar. Ularga bu asbob-texnika vositalarini ishlatish va ularni sozlash uchun grafik bilim va malakalar darkor. Shu boisdan har bir kishi rasm chizishni, grafik tasvirlarini bilishi maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda har bir shaxsni grafik bilimga ega bo'lishi uning o'ziga ham, jamiyatga ham suvdek zarur. Shunga ko'ra fransuz faylasufi Didro, bundan qariyb 300 yillar avvaldanoq, - «Qaysi bir mamlakatda rasm chizishni o'qish-yozish kabi bilsalar edi, bu mamlakat barcha sohalarda har qanday mamlakatni quvib yetadi va ortda qoldiradi» - degan edi.
  • Rasm chizishni bilishning ahamiyati: Tarix shohidkim, jahonga mashhur geograflar, tarixchi, adabiyotchi, shoir, yozuvchilar, konstruktor va boshqa soha allomalari rasm chizishni juda yaxshi bilganlar. Shunga ko'ra Beruniy, Ibn Sino, Ulug'bek, Gyote, Gyugo, Anderson, Pushkin, Tagor, Mikluxo-Maklay, Mendeleyev, B.Zokirov kabi turli soha ijodkorlari rasm chizish bilan jiddiy shug'ullanib kelganlar. Xullas, har bir sohani ijodkori uchun rasm chizishni bilish unga katta ijodiy imkoniyat va ozuqa beradi. Agar har bir o'qituvchi rasm chizishni bilganda edi, ular dars berishda yuksak samaralarga erishardi, dars mashg'ulotlarini o'zlashtirish ham o'quvchi uchun juda oson va yengll bo'lardi, hatto o'zlashtirmovchi o'quvchini bo'llshi ancha qiyin bo'lardi. Shularga ko'ra bugungi maktab o'quvchilariga badiiy bilim va malaka berishga katta e'tibor berilmoqda. Rasm chizishni o'rganish uchun alohida iqtidor, iste'dod kerakmi?! Agar astoydil istasa, har kim, qobiliyatidan qat'i nazar savodli chizishga o'rgana oladi. Chizishni o'rganish, savodli yozish yoki maktab matematika kursini o'zlashtirishga qaraganda murakkab emas. Faqat intilish va asosiysi - yaxshi iroda, rasm istalgan kash, istalgan mashg'ulot egasiga zarurligini tushunish kerak. Chizishni bilgan san'atning barcha turlarini tushunadi, unga avval odatiy ko'ringanlarning barchasida go'zallikni ko'ra biladi: uning fikrlash doirasi keng, ma'naviy dunyosi boy, u qiziqarli va shodon hayot kechiradi. Chizishni billsh ko'pchilikka: geograf, botanik, geolog, arxitektor, uchuvchi va boshqalarga amaliy jihatdan ham kerak. Masalan, II jahon urushi qahramonlaridan biri - 62 fashist samolyotini urib tushirgan (o'zi biror marta hatto yaralanmagan uchuvchi Ivan Nikitovich Kojedub havo jangi texnikasida unga rasm chizish malakalari ko'maklashganini ta'kidlagan. Rasm chizish tufayli unda snaypercha ko'z o'tkirligi, idrok tezligi va reaksiya tezligi rivojlangan. Axir rassom harakatlanayotgan predmetni nafaqat tez ilg'aydi, balki uni tez chizadi ham. Kojedub dushmanlaridan reaksiya tezligi va aniqligida ustun va shu sababli g'alaba qilar edi. Muhandis, pedagog, jarroh, astronom ishida rasm chizish foyda bermaydimi.
  • 3.1§. Maktabda tasviriy san'atni o'qitishning nazariy va metodik asoslari.: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1999 yil 16-avgust qaro-riga ko`ra 1999-2000 o`quv yilidan boshlab umuman o`rta ta`lim maktablarida barcha fanlar qatori tasviriy san`at ta`lim bo`yicha ham davlat ta'lim standartlari joriy etildi. Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqilishi avallo O`zbekistonning mustaqilligi, uning jahon hamjamiyatiga faol kirib borayotganligi bilan bog`landi. Hozirda har bir fan bo`yicha, shu qatori badiiy-estetik turkumdagi fanlardan davlat ta'lim standartlarining yaratilishi, uni hukumat tomonidan tasdiqlanishi katta ilmiy va ahamiyatga ega bo`lgan voqeadi. Mazkur standartlar O`zbekiston tarixida birinchi bor yaratilishi bo`lib, u respublikamiz maktablarida ta`limni yuqori ilmiy-metodik asosda tashkil etish hamda uni jahon standartlari darajasiga olib ciqishga sharoit yaratadi. Standart tomonidan qo`yilgan talablarni to`g`ri va benuqson bajarish uchun imkon berishi bilan bir qatorda, amaliyotda qo`llanib kelayotgan dastur, darslik va metodik qo`llanmalardagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish imkonini ham beradi. Shuningdek, u maktablarda ta`lim ishlarini nazorat qiluvchi tashkilotlar uchun ham asosiy hujjat vasifasini o`taydi. Davlat standartiga ko`ra tasviriy san`at ta`limi mazmuni boshlang'ich sinf- larda quyidagi to`rt yo`nalishda bayon etilgan: 1. Borliqni idrok etish. 2. Badiiy qurish- yasash. 3. Naturaga qarab tasvirlash. 4. Kompazitsion faoliyat. Beshinchi - ettinchi sinflarda esa u quyidagi uch yo`nalishda o`z aksimi topgan: 1. San'atshunoslik asoslari. 2. Naturaga qarab tasvirlash. 3. Kompazitsion faoliyat. Mazkur yo`nalishlar bo`yicha tasviriy san`at o`quv predmetini o`qitishda har bir o`qituvchi asosiy e`tiborni nimalarga qaratilishini bilib olishi kerak bo`ladi. Tasviriy san'atni o`qitishda o`qituvchining e`tibor berishi lozim bo`lgan asosiy jihatlar quyidagilardan iborat : 1. O`quvchilar ni borliqdagi (tevarak-atrofdagi) va san'at asarlaridagi nafosatni ko`rishga, idrok etishga va undan zavqlanishga hamda qadrlashni o`rgatish : 2. Bolalarni ijobiy, abstrakt, mantiqiy fikrlashga, ayniqsa ijodiy qobili- yatlari va fantaziyalarini o`stirishga yo`naltirish : 3. Tasviriy, amaliy, me`morchilik san`atlari yuzasidan nazariy, biroq umumiy, elementlar bilimlar berish. 4. O`quvchilarga kuzatuvchanlik, ko`z xotirasi, chamalash, fazoviy tasavvur kabi shaxs uchun muhim bo`lgan sifatlarni o`stirish. 5. Rasm va naqsh, haykal ishlash yuzasidan tasviriy malakalarini o`stirish. 6. Estetik his-hayajonni tarbiyalash va rivojlantirish. 7. San`atga qiziqishini o`stirish va muhabbatni tarbiyalash.
  • 3.3§ Rangtasvirda natyurmort ishlash uchun axborot kompyuter texnologiyalaridan foydalanish.: Ilm- fan, texnika taraqqiyoti va jamiyatimiz hayotida yuz bergan tub yangilanishlar, shuningdek, oʻquv axborotlarining mutassil ravishda ortib borayotganligi ta'lim jarayoniga yangicha munosabatda boʻlishni taqoza etmoqda. "Ta'lim to'g'risida”gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga binoan ta'limning yangi modelining yaratilishi oʻqitishining zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asosan tashkil etish shu kunnning dolzarb masalasiga aylandi. Bugungi kunga kelib ta'lim tizimi katta rivojlanish yo'lini bosib o'tmoqda. Ta'lim tizimida komputer texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda. Kompyuter texnologiyalari ta'lim, fan va ishlab chiqarishning barcha sohalarini qamr ab oladi. Komyuter grafikasidan ta'lim tizimining barcha jabhalarida keng foydalanilmoqda. Fanlardan elektron darslik, koʻrgazmali qurollar ishlab chiqish yo'lga qo'yilib o'qituvchilar foydalanmoqdalar. Lekin qishloq joylarda ahvol qanday? o'qituvchilar kompyuterda nima ishlar bajarmoqda, dars mashg'ulotlarida kompyuterdan foydalanmoqdalarmi? Bunga sharoitlar yetrlimi? Degan savol tug'iladi albatta... Tasviriy san'at mashg'ulotlarida rasm chizish, kompozitsiya yaratish, chizgan rasmlar dezaynini oʻzgartirish, naqshlarni bosqichlar asosida chizishda kompyuterdan keng foydalanish mumkin. Ayniqsa dekorativ amaliy san'atga oid mashg'ulotlarni oʻtkazishda islimiy va girix naqshlarini chizishda kompyuter grafikasidan foydalanish ishning natijadorligini oshiradi. Amaliy bezak san'atining turli bezak sohalarida va memorchilik san'atida kompyuter grafikasi dasturlaridan keng foydalanish mumkin. Hozirgi kunda maktab chizmachilik dasturiga kompyuter grafikasidan foydalanish kiritilgan boʻlib, o'quvchilar kompyuterda to'g'ri chiziq chizish, tekis shakllarni chizish, grafik koʻrinishdagi shakllarni chizish, detall koʻrinishlarni chizish, detalning fazoviy holatini hamda uning shaklini qisman oʻzgartirishni o'rganmoqdalar. Bu o'quvchilarning fanga boʻlgan qiziqishini oshiradi va oʻquvchilarning yangiliklar yaratishga boʻlgan iqtidorini shakllantiradi. Tasviriy san'at mashg'ulotlarini 7 sinfda tashkil etishda kompyuter grafikasidan foydalanib rasm chizish mashg'ulotlari dasturiga kiritilsa yaxshi natija berar edi. Chunki maktab dasturida 8 – 9 sinfda tasviriy san'at oʻtilmaydi. 8 – 9 sinflarda chizmachilik darslari olib boriladi. Chizmachilik fanidan 9 - sinfda oʻquvchilar kompyuter grafikasidan qisman foydalanish imkoniga ega boʻladilar. Agar 6 – 7 sinfda o'quvchilar kompyuter grafikasida rasm chizishni oʻrgansalar natijada chizmachilik darsidagi chizmalarni bajarishga qiynalmaydilar va kollejga borganida bemalol kompyuter grafikasidan foydalana oladilar.
  • Mavzu: Kompyutr yordamida tekis va hajmli shakllar tasvirini yasash: Darsning maqsadi: a. Ta'limiy: O'quvchilarda kompyuterning grafik imkoniyatlaridan foydalangan holda grafik tasvirlar yasash ko'nikmasini hosil qilish. b). Tarbiyaviy: Oʻquvchilarning kompyutr grafikasidan foydalanishda geginek va estetik tarbiya berish v). Rivojlantiruvchi: Oʻquvchilarning chizmalarni kompyuter yordamida tasvirlash malakasini oshirish.
  • 3.4§. Tasviriy san'atda Adobe Photoshop va Corel Draw grafik muharriridan foydalanish: Adobe Photoshop dasturi Adobe Systems firmasi tomonidan yaratilgan ko'p funkstiyali grafik muharrir bo'lib, uning yordamida asosan rastrli tasvirlar hosil qilinadi va qayta ishlanadi. Adobe Photoshop dasturining birinchi varianti (versiyasi) 1987 yili Michiganuniversiteti talabasi Tomas Noll tomonidan yaratilgan. U bu dasturni "Display" deb nomlagan. 1988 yili uni “ImagePro" deb qayta nomladi. 1988 yilning sentyabr oyi sanasida Adobe Systems firmasi bu dasturni mualliflik maqomini Tomas Nollda qoldirish sharti bilan sotib oladi va 1989 yili unga "Photoshop" nomini beradi. 1990 yili Photoshop 1.0 versiyasi ishlab chiqildi. 2003 yil oktyabr oyida bu dastur Adobe Systems firmasining “Creative Suite" amaliy dasturlar paketi tarkibiga kiritilib, Photoshop CS nomi bilan nomlana boshladi. Shundan beri Photoshop CS3, Photoshop CS4, Photoshop CS5 versiyalari va 2012 yilning may oyida Photoshop CS6 versiyasi ishlab chiqildi. Adobe Systems kompaniyasi ruhsati bilan AQShning Koliforniya shtati "Mountain -Veiw" shahridagi kompyuter tarixi muzeyi o'zining saytiga Photoshop grafik muharririning birinchi (1.0.1) versiyasini kodini joylashtirgan. U arxiv ko'rinishida bo'lib, u 179 ta fayldan yoki 128 ming ta dastur qatoridan tashkil etgan. Uning 2/3 qismi Paskal dasturlash tilida yozilgan. Adobe PhotoShop dasturi rastrli tasvirlarni qayta ishlashga mo'ljallangan grafik muharrir dasturlar ichida "de-fakto" standarti maqomiga ega bo'lgan dastur hisoblanadi. Bu dasturning boshqa dasturlardan asosiy ustunligi unda tasvirlarni qayta ishlash qatlamlar prinstipiga asoslanganligi va qo'shimcha dasturiy modullar (Plug-in) tizimini qo'shish imkoniyati mavjudligidadir. Qatlam Adobe PhotoShop dasturining bazaviy elementi hisoblanadi. Qatlamni shaffof oynaga qiyoslash mumkin. Masalan tasvirni bir necha bo'laklarga bo'lib, har bir bo'lakni alohida oynaga chizib, so'ng bu oynalarni birlashtirilsa tasvir butun holda ko'rinadi. Adobe Photoshop dasturida tasvirlar kamida bitta qatlamga joylashadi. Qatlamlar soni yuqoridan chegaralanmaydi. Tasvirlarni qatlam prinstipi asosida yaratilishi ularni tahrirlashda engillik tug'diradi. Qo'shimcha modullar prinstipi grafik muharrir imkoniyatini kengaytiradi. Ular tasvirlarni har xil usullar bilan qayta ishlash imkonini beradi. Hozirda juda ko'p kompaniyalar, firmalar tasvirlar ustida murakkab amallar bajarishga mo'ljallangan modullar yaratish bilan shug'ullanadi. Bu modullarni Adobe PhotoShop dasturiga qo'shish hech kanday qiyinchilik tug'dirmaydi. Ularni dasturning maxsus papkasiga nusxa olib ko'chirilsa etarli bo'ladi. Bundan tashqari Adobe PhotoShop grafik muharririda asosiy e'tibor kompyuter grafikasining texnologiyalariga qaratiladi, ya'ni undagi tasvirlarni tahrir qilish usullari tasvirni imkon qadar asliga o'xshatishga xizmat qiladi. Adobe PhotoShop dasturidagi mavjud vositalar yordamida osongina tasvirlarni "maskalash” (tasvir qismini berkitish), bo'yash, kesish, tasvirni yoki uning biror qismini parametrlarini o'zgartirish va boshqa shu kabi amallarni bajarish mumkin. Adobe PhotoShop dasturini ishga tushirish WINDOWS operasion tizimida dasturlarni ishga tushirish standarti kabi amalga oshiriladi. Dastur ishga tushganda ekranda uning oynasi paydo bo'ladi. Bu oyna odatda foydalanuvchi interfeysi deb ataladi. Foydalanuvchi interfeysi quyidagi elementlardan tashkil topgan: A) Menyular satri. Bu satrda grafik muharrirning barcha buyruqlari bajaradigan vazifalariga yaqin qilib guruhlarga ajratilgan va ochiluvchi menyular ko'rinishida keltirilgan. Menyudagi ba'zi buyruqlar qatorida <<>> ko'riniidagi belgi mavjud bo'lsa, u bu buyruqga menyu osti bog'langan ekanligini anglatadi. B) Aktiv instrument parametrlari paneli satri. Bu satr yordamida tasvirlar yaratishda va tahrirlashda ishlatiladigan instrumentlarning parametrlarini ko'rish va kerak bo'lganda o'zgartirish mumkin. C) Instrumentlar paneli satri. Instrumentlar panelidagi tugmalarning o'ng quyi qismida uchburchak shaklidagi qora belgi mavjud bo'lsa, bu tugmaga bir necha instrumentlar bog'langan bo'ladi. Bu instrumentlar yordamida tasvirlar hosil qilish, ularni ajratib olish, tahrirlash, ko'chirish va hokazo amallar bajariladi. D) Tasvir oynasi satri. Bu satr biror bir tasvir fayli tashkil etilsa yoki ochilsa paydo bo'ladi. Bu oynaning atrofi, ya'ni yuqori va yon chap tomoni lineyka bilan o'ralgan. O'ng qismida “Okno" menyusi yordamida ochilgan har xil oynalar joylashadi. Quyi qismida holatlar satri joylashgan bo'ladi. E) Tasvir maydoni – bu tasvir chizish uchun ajratilgan maydon. Uning katta kichikligi tasvir fayli ochiladigan paytda ko'rsatiladi. Masalan: 300x400 kabi. F) Navigator oynasi – bu tasvir oynasining kichiklashtirilgan holati bo'lib, u katta masshtabli tasvirni kerakli joyini ko'rsatish uchun xizmat qiladi. G) Ranglar paneli bu panel yordamida tasvir chizishda uning foni va chizish-bo'yash uchun rang tanlashda ishlatiladi. H) "Istoriya" (tarix) oynasi tasvir ustida bajarilgan barcha amallar bu oynada tasvirlanadi. Asosan tasvir ustida bajarilgan amallarni bekor qilishda ishlatiladi. Buning uchun bu oynada keltirilgan amal nomi o'chirib tashlanadi. I) "Sloi" (qatlamlar) oynasi – bo' oyna yordamida qatlamlar ustida amallar bajariladi. Masalan, kerak bo'lmagan qatlam o'chiriladi, yangi qatlam tashkil qilinadi, qatlamlarni joylashish ketma ketligi o'zgartiriladi va hokazo. Bu Photoshop dasturi oynasi elementlari haqida qisqacha ma'lumot. Ular haqida batafsilroq maʼlumotlarni yana amaliy darslarda beriladi. PhotoShop dasturida har bir tashkil etiladigan fayl hujjat o'zining o'lchamiga ega bo'lishi lozim. Fayl o'lchami tasvirni eni va bo'yi o'lchamlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Masalan, shaxsiy tashrif qog'ozi (vizitnaya kartochka) tasviri yaratiladigan bo'lsa uning standart o'lchami eni 9sm, bo'yi 5sm bo'ladi va shunga ko'ra fayl hujjatning o'lchami eni 9 sm, buyi 5 sm qilib olinadi. Yangi fayl tashkil etish "Fayl (File) menyusining "Novыy" (New) buyrug'i yordamida bajariladi. Bu buyruq berilganda ekranda “Noviy
  • CorelDraw grafik muxarriri: Zamonaviy vektorli grafika – bu juda ko'p imkoniyatli kuchli instrumentlar to'plamidan iborat grafika bo'lib, uning yordamida ixtiyoriy ko'rgazmali tasvirlar yaratish imkoniyati mavjuddir. Hozirda vektorli grafika bilan rastrli grafika orasidagi chegara yo'qolib bormoqda. Kecha faqat rastrli grafika elementlari bilan yaratiladigan tasvirlarni bugun vektorli grafika instrumentlari bilan yaratish mumkin bo'ldi. Vektorli grafikada ish olib boradigan ko'plab dasturiy ta'minotlar mavjud bo'lib, ular ichida Adobe Illustrator 9, Expression 2, Deneba Canvas 8 va CorelDraw kabi dasturlar hozirgi kundagi eng mashxur dasturlar hisoblanadi. Vektorli grafika bu vektorli tasvirlar yaratish, qayta ishlash va ularni saqlash usullarini o'rganuvchi kompyuter grafikasining bir bo'limi hisoblanadi. Tugun nuqtalar deb ataluvchi ikki nuqta bilan chegaralangan chiziq elementar chiziq deb ataladi va bu elementar chiziq vektorli grafikaning asosiy elementi bo'lib xizmat qiladi. Vektorli grafikada har qanday elementar chiziq tugun nuqtalar va segmentlardan tashkil topadi. Vektorli grafikada har bir ob'ekt elementar chiziqlar yordamida hosil qilinadi. Masalan to'g'ri to'rtburchak 4ta elementar chiziqni birlashtirish asosida hosil qilinadi. Vektorli tasvirlar deb – tuzilishi jihatidan murakkabroq bo'lgan va har xil ko'rinishga ega bo'lgan geometrik ob'ektlar to'plamiga aytiladi. Bunday ob'ektlarga misol tariqasida to'g'ri to'rtburchaklarni, aylanalarni, ellipslarni, ko'p burchaklarni, kesmalarni va chiziqlarni keltirish mumkin. Vektorli grafikanining xarakterli xususiyatlaridan biri undagi har bir ob'ekt uchun ularni tashqi ko'rinishlarini o'zgartirish imkonini beradigan boshqarish parametrlari mavjud. Vektorli tasvirlarni xotiradan joy egalashi, ya'ni o'lchami nuqtali tasvirlar o'lchamiga qaraganda ancha kichik bo'ladi. Bundan tashqari vektorli tasvirlarni nuqtali tasvirlarga aylantirish foydalanuvchi ishtirokisiz, amaliy dastur tomonidan amalga oshiriladi. Lekin nuqtali tasvirlarni vektorli tasvirga aylantirish foydalanuvchidan katta mahorat talab qiladi. Corel firmasi tomonidan 1999 yilning may oyida ishlab chiqilgan CorelDraw amaliy dasturlar paketi hozirgi kunda ilyustrativ (ko'rgazmali) grafika yaratish bo'yicha eng oldingi dasturiy mahsuloti hisoblanadi. U o'zining qisqa tarixi mobaynida vektorli grafikaning boshlang'ich darajasidan to professional darajasigacha etib keldi. Hozirda u bosmaxona (poligrafiya) grafikasi, Web grafika va reklama sohalarida keng qo'lamda ishlatilmoqda.
  • CorelDraw amaliy dasturlar paketi: CorelDraw amaliy dasturlar paketining barcha oxirgi versiyalari CorelGraphics SuiteXN nomi bilan yuritilib, uning tarkibiga bir qancha amaliy dasturlar kiradi. Masalan CorelDraw Graphics SuiteX6 paketiga quyidagilar kiradi. 1. CorelDRAW X6 – vektorli tasvirlar yaratish dasturi 2. PHOTO-PAINT X6 – rastrli grafikalarni qayta ishlash dasturi; 3. Corel PowerTRACE X6 – rastrli tasvirlarni vektorli tasvirlarga o'tkazish dasturi; 4. Corel CAPTURE X6 – ekrandagi tasvirlarni qabul qilish dasturi; 5. Corel R.A.V.E. – animastion tasvirlar yaratish dasturi. 6. Corel CONNECT X6 – tasvirlarni Internetdan yoki local diskdan qidirish dasturi; 7. PhotoZoom Pro 2** - tasvirlarni kattalashtirib berish moduli. 8. ConceptShare™ (ENGLISH) – Internetda jamao shaklida ishlash dasturi. CorelDraw amaliy dasturi – integrastiyalashgan va ob'ektga mo'ljallangan dasturiy paket hisoblanib, ilyustrativ grafika bilan ishlash imkonini beradi. Ilyustrativ grafika bu mashina grafikasining bir tarmog'i bo'lib, yaqin davrdan beri alohida avtonom yunalish sifatida rivojlanmoqda. Ilyustrativ grafika o'z ichiga rasmlarni, reklama e'lonlarini, posterlarni, zastavkalarni, chizmalarni va boshqa baddiy rassomlik mahsulotlarini oladi. Ilyustrativ grafika ob'ektlari boshqa grafik ob'ektlaridan o'zining birlamchiligi bilan farqlanadi. Ya'ni ilyustrativ grafika ob'ektlari boshqa grafik ob'ektlar kabi oldindan berilgan qiymatlarga ko'ra rassom yoki dizayner ishtirokisiz avtomatik ravishda tuzila olmaydi. Integrastiyalashganlik - tushunchasi shuni anglatadiki, CorelDraw tarkibiga ilyustrativ grafikaga tegishli turli masalalarni echishga mo'ljallangan bir qancha dasturlar kiradi va ular o'zaro osongina ma'lumot almashish, bir yoki bir necha berilganlar ustida amallar bajarish hossalariga ega. Boshqacha qilib aytganda CorelDraw ko'p funkstionallik hossasiga ega bo'lgan dasturlar paketi bo'lib, undagi dasturlar bir butun bo'lib integrastiyalashish xususiyatiga egadir.
  • IV.Xulosa: Maktablarda tasviriy san'at o`quv predmetining maqsadi barkamol, komil insonni ayniqsa, badiiy madaniyatini shakllantirishdir. Tasviriy san`atda, borliqni aks ettirish o`z-o`zidan paydo bo`lmadi. U inson paydo bo`lishi bilan shakllanib taraqqiy eta boshladi. O`rta asrga kelib o`zining eng yuqori cho`qqisini namoyon qildi. Evropa bu borada dynyo svilizatsiyasiga o`ziga xos o`ringa ega. Zamonasining eng buyuk tasviriy san`at arboblarini yetishtirib berdi va shularning mehnati natijasida shakllandi. Tasviriy san'at o`quv predmeti har bir inson uchun zarur bo`lgan badiiy madaniyatga doir elementar bilim va malakalar beradi. Chunki, har bir o`quvchi kelajakda qaysi sohada ishlashidan qat'iy nazar u ishdan tashqari vaqtlarida dam olishi, hordiq chiqarishi, ish vaqtida sarflangan quvvatini tiklashi kerak bo`ladi. Bunga u yuksak badiiy saviyada ishlangan san'at asarlari bilan muzey, ko`rgazmalar va boshqa joylarda tanishish, ularni idrok etish, ulardan zavqlanish orqali erishadi. Shuningdek, ko`pchilik o`quvchilar o`zlarining kelajak hayotlarida ma'lum miqdorda rasm ishlashlariga to`g`ri keladi. Rasm chizishni bilish, faqat rassomlar, dizaynerlar, meʼmorlar uchungina emas, u o`qituvchilar, injenerlar, mediklar, quruvchilar, agronomlar, harbiylar, olimlar uchun ham zarurdir. Kelajak avlodlarimiz bo`lgan bolalar ongini, tafakkurini boyitish, tasviriy san'at shaydolarini shakllantirishdek, buyuk maqsad sari intiladigan, zamonamiz tayanchlarini, yetuk shaxslarni yetishtirib berishdek mas`uliyatli vazifaga o`z hissamni qo`shganimdan mamnunman. O`z bilim va zakovatlarini, namoyon qila olishlariga iymonimiz komildir.