Davolash maskani axborot tizimida tibbiy muolajalar hisobini yuritish tizim osti loyihasini yaratish
Ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi davolash maskani axborot tizimida tibbiy muolajalar hisobini yuritish tizimini yaratish texnik topshirig'ini tayyorlashdan iborat. Ishda dasturiy ta'minotni loyihalash bosqichlari, usullari, talablari, ER modeli, ma'lumotlar ombori va jadvallarining tuzilishi hamda o'zaro bog'liqligi atroflicha o'rganilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni joriy qilishning ahamiyati, qonunchilik bazasi va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma'lumot berilgan.
- I. BOB. DASTURIY TAMINOTNI LOYIHALASH: Dasturiy ta'minotni loyihalash bosqichlari, natijalari, metodlari, texnik topshiriqqa qo'yiladigan talablar va dasturiy ta'minot yaratishning zamonaviy yondashuvlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- II. BOB. DAVOLASH MASKANI AXBOROT TIZIMIDA TIBBIY MUOLAJALAR HISOBINI YURITISH TIZIMI DASTURIY TAMINOT YARATISH TEXNIK TOPSHIRIG'I: Ushbu bobda loyiha ma'lumotlari, dasturiy ta'minotga qo'yiladigan talablar, batafsil ish rejasi, ER modeli va ma'lumotlar ombori jadvallari keltirilgan.
- XOTIMA: Loyiha amalga oshirish uchun zarur bilim va ma'lumotlarga ega bo'lish, dasturiy ta'minot yaratishda dastlabki talablarni qo'yish va loyihalash bosqichlari, usullari, talablari, ER modeli hamda ma'lumotlar ombori haqida umumiy tushunchalar berilgan.