Orientatsiyali magnitli fazaviy o’tish va modulyatsiyalangan magnitli tuzilmalar

Ushbu kitobda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish komitetining Buxoro viloyati hududiy innovasiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi tomonidan tayyorlangan va Buxoro Davlat universiteti tomonidan chop etilgan.“Orientatsiyali magnitli fazaviy o‘tishlar va modulyatsiyalangan magnitli tuzilmalar” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish komitetining Buxoro viloyati hududiy innovasiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi, Buxoro Davlat universiteti nashriyotida 2014-yilda chop etilgan. Ushbu kitobda asosiy urg‘u modulyastiyalangan magnitli strukturalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan fazaviy o‘tishlar, ya’ni orientatsiyali fazaviy o‘tishlar mavzusiga qaratilgan. Mualliflar ushbu murakkab va qiziqarli sohani talabalarga va tadqiqotchilarga tushunarli qilib bayon qilishga harakat qilishgan. Zamonaviy fizika va texnikaning dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan bu soha haqidagi ma’lumotlar, jumladan, nazariy qismlar, tajribaviy natijalar va ularning tahlili kitobda keng yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • FAZAVIY O’TISHLAR VA ORIYENTATSIYALI FAZAVIY O’TISHLAR: Bu bobda fazaviy o‘tishlar, jumladan I tur va II tur fazaviy o‘tishlar, magnit xossalari, atomlararo o‘zaro ta’sirlar, Izing va Geyzenberg modellari, kristall maydoni va magnitlanish jarayonlari haqida umumiy ma’lumotlar berilgan.
  • SHAFFOF FERROMAGNETIKLAR VA KUCHSIZ FERROMAGNETIZM: Bobda shaffof ferromagnetiklar va ularning qo‘llanilishi, shuningdek, kuchsiz ferromagnitizm hodisasi, uning sabablari va namunalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
  • MODULYATSIYALANGAN MAGNITLI STRUKTURALAR VA ULARNI TAJRIBADA KUZATISH: Uchinchi bobda modulyastiyalangan magnitli strukturalarni ifodalovchi modellar, ularni kuzatish usullari va tadqiqot natijalari ko‘rib chiqilgan. Bu bobda, xususan, FeBO3 va boshqa moddalar misolida domen strukturalari, fazaviy o‘tishlar va ularga ta’sir etuvchi omillar haqida so‘z boradi.