Vokal (xor) jamoalari bilan ishlash uslubiyoti

Ushbu oʻquv-uslubiy majmua «Vokal (xor) jamoalari bilan ishlash uslubiyoti» fani boʻyicha yaratilgan boʻlib, unda mazkur fanning namunaviy va ishchi dasturlari, maʼruzali, amaliy mashgʻulotlarning mavzulari, fan boʻyicha glossariy, baholash mezonlari, taʼlim texnologiyalari, oʻquv materiallari, qoʻllanma va darsliklar roʻyxati hamda majmuaga taalluqli barcha materiallarning elektron shakllari jamlangan. Mazkur oʻquv-uslubiy majmua Xalq ijodiyoti (turlar boʻyicha) bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular

  • Xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti: Bu fanning maqsadi talabalarga vokal-xor jamoalari bilan ishlash uslubiyotining eng yaxshi namunalariga moslangan bilimlar berish, dunyoqarashlarini kengaytirish, boyitish va olgan bilim va ko‘nikmalarini amalda qo‘llashdan iboratdir. Fanning asosiy vazifalari – vokal-xor jamoalarini tashkil qilish, vokal-xor jamoalari bilan ishlash, ularga repertuar tanlash, vokal-xor asari namunalari asosida talabada xor yozuvlarini farqlay olish ko‘nikmalarini hosil qilish, jamoa bilan amalda bu ko‘nikma va bilimlarni ijodiy qo‘llab, havaskor ijrochilarda nozik did, badiiy ijrochilik mahoratini tarbiyalay olishdan iboratdir.
  • Xor san’ati ijrochiligining asosiy yo‘llari: Havaskorlik xor jamoalarini tashkil qilishi, aralash xorlar bilan ishlash uslubiyoti (vokal, soz ustida ishlash, kontsert va repertuar muammosi), o‘smir yoshlar xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti, ovoz xususiyatlari, soz bo‘yicha ishlash, nafas olish uslublari, bolalar xor jamoalari (o‘rta va katta xorlar bilan ishlashi tug‘risida), bolalar xorini tashkil qilish va ishlash usullari (kichik yoshdagi bolalar bilan ishlash uslubiyoti), xorda nafas olish, ovoz mashqlari, xorga musiqa savodini berish, O‘zbekiston professional va havaskor vokal-xor jamoalarining faoliyati.
  • Xor ijrochilik janrlari: Jo‘rsiz asarlar janri, yirik (syuita, kantata, oratoriya) shaklidagi xor asarlar janri, xor – qo‘shiq janri, opera janri va shu janrlarda yaratgan kompozitorlarning ijodiyoti va yozgan asarlarining mazmuni, taxlili.
  • Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar: Havaskor xori ishini rejalashtirish va tashkil qilish yo‘l-yo‘riqlari, havaskor xorida ta’lim-tarbiya ishlari, xorda ijodiy va g‘oyaviy tarbiya ishlari, xor asarlarini o‘zlashtirish, xorda ansamblga erishish, xavaskor xor ijodiyoti, xorda solfedjio saboqlari, radio va televideniye xorini eshitish, o‘zbek davlat akademik xor kapellasini eshitish, bolalar “Bulbulcha” xorini eshitish, urush va mehnat faxriylari xalq xorini eshitish, havaskor xor jamoalarida repertuar tanlash va asar o‘rganish usullari, havaskor xorda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, xor rahbarining dirijyorlik ijodiyoti, xor rahbarining tashkilotchilik vazifalari, yosh dirijyorga maslaxatlar.
  • Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni: Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari seminar, amaliy va referat ishi shakllarida o‘tkaziladi quyidagi amamaqsadlarga xizmat qilishini lozim “Vokal xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti” fani bo‘yicha o‘zgashtirilayotgan musiqiy asarlar misolida amaliy topshiriqlar berib borish.
  • Xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti» fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni.: «Xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti» fani bo‘yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi. Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi: joriy nazorat (JN), oraliq nazorat (ON), yakuniy nazorat (YAN).
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari: O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlsrini saqlash va ulardan foydalanish tо‘g‘risida”gi Qonuni (2001 y.). O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tо‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi 2009 yil 9 oktabrdagi О‘RQ-228-son Qonuni.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va qarorlari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyun «Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlar tо‘hrisida»gi Farmoni. «Xalq sо‘zi» gazetasi, 2005 yil 15 iyun, 114 (3659).
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari: “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi qarori (2010 yil №222). “Nomoddiy madaniy meros muhofazasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash tо‘g‘risida” gi qarori (2011 yil №47).
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari: I.A.Karimov. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishdir. - «О‘zbekiston», 2004.-32 b. I.A.Karimov. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi. -T., «О‘zbekiston», 2005.-64 b. I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” T. Ma’naviyat 2008-1760 b. I.A.Karimov. “Eng asosiy mezon-xayot xaqiqatni aks ettirish I.A.Karimov Toshkent О‘zbekiston 2009-24 b. I.A.Karimov. “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi О‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yо‘llari va choralari” T. О‘zbekiston 2009-56 b.
  • O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari meyoriy -huquqiy xujjatlari: Nomoddiy madaniy meros obyektlarining rо‘yxatini yuritish tо‘g‘risidagi nizom. Nomoddiy madaniy meros obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan о‘tkazish tartibi tо‘g‘risidagi nizom.
  • Asosiy adabiyotlar: Ye.A.Gudkova. O‘zbek xor adabiyoti. O’quv qo’llanma- T.,1975 y. Sh.R.Ro‘ziyev. Xorshunoslik, O’quv qo’llanma -Toshkent 1987 y. N.Sharafiyeva. Xorshunoslik ., O’quv qo’llanma -Toshkent, 1987 y. Sh.R.Ro‘ziyev. Xavaskorlik xori bilan ishlash metodikasi , O’qituvchi nashriyoti, O’quv qo’llanma- Toshkent 1993 y. Q.T.Mirzayev. Kichik bolalar xori bilan ishlash metodikasi. O’quv qo’llanma Toshkent, 2000 y. N.A.Baxritdinova. O‘zbekiston bolalar xor madaniyati. O’quv qo’llanma Toshkent, 2002 y. A.X.Jabbarov. O‘zbekiston bastakori va musiqashunoslari. O’quv qo’llanma Toshkent 2004 y. N.Sharafiyeva. Xor sinfi. O`quv qo’llanma- Musiqa. 2005 y. Q.T. Mirzayev. Xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti. Darslik- Toshkent. 2008 y. Q.T. Mirzayev. Bolalar xori bilan ishlash uslubiyoti. O’quv qo’llanma Toshkent . 2010-2011 y.
  • Qo‘shimcha adabiyotlar: B.Pekker. O‘zbek operasi. O’quv qo’llanma –Moskva, 1963 y. L.X.Jumayeva, N.A.Baxritdinova. O‘zbek xor adabiyoti. O’quv qo’llanma Toshkent, 1987 y.
  • Internet saytlari: www.artist.uz, www.ziyonet.uz, www.edu.uz, www.jazz.ru.
  • Bolalar xorini tashkil qilish va ishlash uslublari (kichik yoshdagi bolalar xori bilan ishlash uslubiyoti): Bolalar xor jamoasini tashkil etish xususiyatlari. Bolalar ovozining yosh xususiyatlari. Kichkintoylar xoriga qabul qilish shart-sharoitlari. Bolalarda xonandalik malakalarini shakllantirish. Asosiy atama va tushunchalar: Bolalar ovozi, falset, ovoz va eshituv orasidagi koordinatsiya, ovoz paylari. Adabiyotlar ro‘yxati: Mirzayev Q.T, M.M.To‘rayeva «Kichik bolalar xori bilan ishlash uslubiyoti». Toshkent, 2000y. Baxritdinova. N.A «O‘zbekiston bolalar xor madaniyati» Toshkent, 2002.
  • O‘rta va katta yoshdagi bolalar xorlari bilan ishlash uslubiyoti: O‘rta va katta yoshdagi bolalar ovozi rivoji xususiyatlari. O‘rta va katta yoshdagi bolalar xori bilan ishlash metodlari. O‘rta va katta yoshdagi bolalar xorida repertuarning badiiy- tarbiyaviy masalalari. O‘rta va katta yoshdagi bolalar xorida musiqa savodi masalalari.
  • O‘smir yoshdagi bolalar xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti”, (ovoz xususiyatlari, soz bo‘yicha ishlash, nafas olish uslublari va boshqalar): O‘smirlar ovozini tarbiyalash va rivojlantirish. Ovoz xususiyatlari. Soz bo‘yicha ishlash. Nafas olish ustida ishlash.
  • Xorda nafas olish, ovoz mashqlari.: Nafas olish yollari. Tovush hosil qilish. Vokal xor mashqlari.
  • Aralash xorlar bilan ishlash uslubiyoti: Aralash xor. To‘liqsiz aralash xor va to‘liq aralash xor. Aralash xor odatda to‘rt ovozlikdan iborat bo‘ladi. Lekin bundan ham ko‘p ovozga mo‘ljallangan xor partiyalari ham uchraydi. Divizi tufayli aralash xor olti va o‘n ikki ovozli ifodaga ega bo‘lishi mumkin.
  • Xorni joylashtirish va xorda ovozlarni bo‘lish: Bolalar xorini joylashtirish. Ikki ovozli xorlarda odatda: Diskantlar11-sopranolar Alt12lar Dirijor. Yoki aksincha Altlar Diskantlar-sopranolar Dirijor tartibida joylashadi. Uch ovozli xorlarda: Sopranolar-diskant 1 Sopranolar-diskant 2 Alt Dirijor. To‘rt ovozli xorlarda: Sopranolar-Diskant 1 Alt 1 Sopranolar-Diskant 2 Alt 2 Dirijor.
  • O‘zbekistondagi professional va havaskor vokal-xor jamoalarining faoliyati: S.A.Valenkov (1906-1969), A.S.Sultonov (1928-2002), M.B.Polonskiy (1928), V.F.Kaltman (1925-1984), I.M.Ponomaryov (1925), A.F.Vinejnev (1910-1967), M.SH.Azimov (1929-2006), SH.YO.Yormatov (1939).
  • KURS ISHLARI MAVZULARI: Havaskor xor jamoalarida musiqa savodxonligini tarkib toptirish ustida ishlash. Havaskor xor jamoalari tashkil etish muammolari. Badiiy jamoalarda repertuar mezonlari. Zamonaviy bolalar vokal jamoalarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari. Zamonaviy kompozitorlar ijodida bolalar uchun qo‘shiqlarning o‘rni. Yoshlar ma’naviy tarbiyasida zamonaviy qo‘shiqlarning ahamiyati. SH.Yormatovning ijodiy portreti. N.Norho‘jayev – bolalarning sevimli kompozitori. M. Burhonov – O‘zbekistonda a kapella janrining asoschisi. M.Bafoyevning xor ijodi. Havaskor xor jamoalarida vokal-xor malakalari ustida ishlash xususiyatlari. B.H.Umidjonov – xor san’atining yirik namoyondasi. 1990–2010 yillarda yaratilgan xor asarlari mavzulari ko‘lami. Ko‘povozli kuylashni shakllantirish metodlari.”Bulbulcha” xori va uning O‘zbekiston madaniyatidagi o‘rni. O‘zbekistonda xor san’atining rivojlanish yoli. Keksa avlod kompozitorlarining xor asarlarida ijrochilik xususiyatlari. O‘zbekiston kompozitorlari ijodida bolalar xor asarlari. F.Alimov ijodida xor asarlari. Zamonaviy O‘zbekiston kompozitorlari ijodida xor asarlarining o‘rni.