Vokal ansambli
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua “Vokal ansambli” fani bo‘yicha yaratilgan bo‘lib, unda mazkur fanning namunaviy va ishchi dasturlari, yakka (amaliy) mashg‘ulotlarning mavzulari, fan bo‘yicha testlar, glossariy, baholash mezonlari, ta’lim texnologiyalari, o‘quv qo‘llanma va darslik hamda majmuaga ta’lluqli barcha materiallarning elektron shakllari jamlangan. Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Xalq ijodiyoti (turlar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
Asosiy mavzular
- O‘quv dasturi: Fanining o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashning 201__ yil “___” dagi “___” – sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan. Fanning o‘quv dasturi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ishlab chiqildi.
- Ishchi dasturi: Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Badiiy o‘quv-uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (201__ yil “__”_________dagi “__” – sonli bayonnoma).
- Ta’lim texnologiyasi: O‘qituvchi: O‘rgatilayotgan asarning umumiy diapozoni ma`lumot beriladi. Ovoz partiyalarida asar qisqa vaqt ichida barcha talaba tomonidan o‘zlashtirishiga erishadi. Ijrodagi ovoz zo‘riqishlari to‘g‘rilanib, bartaraf etib boriladi. Ovoz rezanatorlaridan aktiv va to‘g‘ri foydalanilayotganligi nazorat qilinadi. Talabalarning mahoratini rivojlantirib, ijroning sifati yaxshilanadi. Mashg‘ulot davomida talabalarning faolligi oshiradi va qiziqish uyg‘otadi. Dars yakunida talabani baholaydi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishadi. Talaba: Ansambl bo‘lib ijro etish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Fortepiano bilan ijro etganda chalinayotgan asarning garmoniyasini eshitadi. Har bir ovoz o‘z partiyasini kuylashga, ovoz rezanatoridan va to‘g‘ri nafas olish va undan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Ansambl ijrosida badiiylik rivojlanadi, eslab qolish qobiliyati kuchayadi. Ijro etish jarayonidagi xatoliklarini eshitishni o‘rganadi.
- Masalalar, mashqlar to‘plami: Vokal ansambli mashqlarining asosiy maqsadlari ovozni shakllantirish, diapazonni kengaytirish, nafas olishni to‘g‘rilash, soflik, ovoz registrlari chegaralarini tekislash va boshqalar. Mashqlar qo‘shiq ijro etish texnikasini takomillashtirishga qaratilgan.
- Testlar: Fan bo‘yicha talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni. “Vokal ansambli” fani bo‘yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy hamda yakuniy nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
- Nazorat uchun savollar JN.ON.YAN: JN nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy nazorat uchun esa yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi. Talabaning semestrda JN turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakuniy joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig‘indisi 55 baldan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.
- Tarkatma materiallari: “Vokal ansambli” fanidan amaliy mashg‘ulotlar davomida yuqorida keltirilgan barcha asarlarning nota matnlari tarqatma material hisoblanadi hamda bevosita mashg‘ulot davomida foydalaniladi.
- Glossariy: Ansambl (frants.ensemble) – ikki va undan ortiq ijrochilarning birgalikda ijrosining uyg‘unligi, jo‘rovozlik. Aktsent (lot. accentus) - urg‘u. Alteratsiya (lot. alteratio) – tovush balandligini yarim yoki butun tonga o‘zgartirish.
- Adabiyotlar ro‘yxati: Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati: I.A. Karimov. “Erishgan marralarimizni mustahkamlab, isloxotlar yo‘lida izchil borish – asosiy vazifadir.” T., ”O‘zbekiston”, 2004 y. I.A. Karimov. ”O‘zbekiston demokratik taraqqiyotning yangi bosqichida.” T.,”O‘zbekiston”, 2005 y.
- Tayanch konspekt: Vokal ansambli – ansambl ijrosidagi tarkibiy qismlarning uyg‘unligi va ohangdoshligidir. Vokal ansambli ansambli xususiy va umumiy bo‘ladi. Xususiy ansambl - bu har bir guruhning muttasilligidir.
- Xorijiy manbalar: Pesni dlya estradnix vokalnix ansambley s soprovojdeniyem, i bez soprovojdeniY. Fortepiano sostavitel Y. Dubravin. Leningrad. 1978 g. Spoyemte druzY. Vipusk 1. M. 1980 g.