Raqs
Ushbu o'quv qo'llanma O'zbek milliy raqs san'atini o'rganish uchun tayyorlangan bo'lib, unda O'zbekiston xoreografiya san'atining tarixi, asosiy maktablari (Farg'ona, Buxoro, Xorazm), mashhur raqslari va ularning harakatlari, ijro uslublari batafsil yoritilgan. Kitobda milliy raqs merosini asrash, targ'ib qilish va kelajak avlodga yetkazish maqsad qilib qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
Asosiy mavzular
- Nazariy qism: Bu qismda O'zbek raqs san'ati tarixi, sahna sxemasi va shartli belgilar, Farg'ona, Buxoro va Xorazm raqs maktablarining o'ziga xos xususiyatlari, asosiy harakatlari, qo'l va oyoq holatlari, salomlar va ularning turlari bilan tanishish mumkin.
- Amaliy qism. Merosiy raqslarning bayoni: Bu qismda O'zbek milliy raqslarining eng mashhur namunalaridan biri bo'lgan "Bayot", "Pilla", "Paxta", "Janon", "Gulsara", "Farg'ona ruboiysi" raqslarining harakatlari va musiqalari batafsil bayon etilgan. Har bir raqsning o'ziga xos uslubi, libosi va ijro texnikasi ham ko'rsatib o'tilgan.
- Test savollari: Kitob oxirida raqs san'ati yuzasidan o'rganilgan bilimlarni mustahkamlash uchun test savollari keltirilgan.
- Glossariy: Raqsga oid asosiy atamalar va tushunchalar izohlangan.
- Xulosa: Raqs san'atining O'zbek milliy madaniyatidagi o'rni va ahamiyati haqida umumlashtirilgan fikrlar bayon etilgan.