Xalq og‘zaki ijodida epik formula va baxshining ijro mahorati
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti oʻzbek xalq ijodining eng yirik janrlaridan biri boʻlgan dostonlardagi barqaror epik formulalar va ularning ijro mahorati mavzusiga bagʻishlangan. Unda epik formulalarning oʻziga xos xususiyatlari, ularning vazifasi, tasnifi, turli dostonlarda namoyon boʻlishi va baxshining ijro mahoratini belgilashdagi oʻrni atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda oʻzbek folklorshunos olimlarining ilmiy qarashlaridan foydalanilgan holda, epik formulalarning tarixiy ildizlari, ijtimoiy-madaniy ahamiyati ham koʻrsatib berilgan. Kitobda «Alpomish», «Goʻroʻgʻli», «Ravshan», «Malika ayyor» kabi dostonlardagi epik formulalarning oʻziga xos jihatlari koʻrib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining oʻziga xosligi: Oʻzbek folklorining eng yirik janrlaridan biri boʻlgan dostonlardir. Oʻzbek xalq baxshilaridan yuz ellikdan koʻproq sujetga boʻlingan toʻrt yuzdan ortiq doston yozib olingan. Bu dostonlar nihoyatda koʻp tarmoqli va koʻp mavzuli boʻlib, uzoq asrlar davomida yaratilgan va turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda kuylanib kelingan.
- Barqaror epik formulalar va ularning dostonlarda namoyon boʻlishi: Barqaror epik formulalar har bir janrda oʻziga xso tarzda namoyon boʻladi. Ayniqsa, epik formula ishqiy sarguzasht, ya'ni romanik dostonlarda oʻziga xso tarzda namoyon boʻladi. Ma'lumki, romanik dostonlar klassik epos namunasi hisoblanadilar.
- Epik formulaning asar strukturasida tutgan oʻrni: Xalq eposi matni klishelangan xarakterga ega. Bu esa turli vaziyatlar, holatlar tasvirida bir xillikni-universallikni keltirib chiqaradi. Folklorshunoslikda turli vaziyat va holatlar tasviridagi ana shu birxillik-universallik tipik o'rinlar deb yuritiladi.
- Epik formulaning qiyosiy talqini: Xalq epik she'riyati izchil vazndoshlik xususiyatiga ega. Tadqiqotchilarning qayd etishlaricha, turkiy xalqlar, shu jumladan, oʻzbek xalq epik she'riyati vazn tuzilishi jihatidan qisqa va uzun she'r kabi tiplarga boʻlinadil.