Кимёвий инжиниринг учун ахборот технологиялари
“Kimyoviy injiniring uchun axborot texnologiyalari” fanidan ma’ruza matnlari 1-qism.
Asosiy mavzular
- 1 modul. KIMYO INJINIRING UCHUN AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TUSHUNCHASI VA MOHIYATI: Ushbu modulda kimyo injiniringi uchun axborot texnologiyalari fanini o`qitishning modul tizimidan foydalangan holda rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi ilg’or ta`lim texnologiyalari, ularni qo`llash bo`yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Ushbu tavsiyalar ma`ruza mashg’ulotlari texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari, o`quv maqsadlari asosidagi muhim belgilaridan iborat ta`lim texnologiyalari qoidalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
- 2 modul. MS EXCEL DASTURINI KIMYO INJINIRINGDA QO’LLASH: Ushbu modulda Excel elektron jadvalining ishchi oynasi, menyu bo’limlari, MS Excel elektron jadvali va listlarni boshqarish, funktsiyalar masteri bilan ishlash, diogrammalar, grafiklar tuzish va boshqa shu kabi imkoniyatlardan foydalanish ko’rib chiqilgan. Kundalik hayotimizda har-xil ma’lumotlarni va hisob-kitoblarni turli jadvallar ko`rinishida taqdim qilinishini ko`p ko`rganmiz. Bu holatda barcha ma`lumotlar jadval kataklarida tartib bilan berildi. Bu shakldagi jadvallarni MS Word matn muharririda chizib, unga turli ma`lumotlar joylashtirgach, jadval shaklidagi elektron hujjat vujudga keladi. Endi ushbu elektron hujjat faylini bir kompyuterdan boshqasiga olib o`tish, kerakli nusxada chop etish, kompyuter tarmoqlari orqali boshqa joylarga jo`natish mumkin bo`ladi. Agar ma`lumotni o`zgartirishga to`g`ri kelsa, elektron hujjat fayli MS Word matn muharririda ochiladi va kerakli o`zgartirishlar amalga oshiriladi. Bu jadvallarda hisob-kitob natijalari saqlanadi. Hozirgi kunda ma`lumotlarni jadval shaklida saqlovchi va ularda avtomatik ravishda hisob-kitob ishlarini bajaruvchi maxsus dasturlar yaratilgan bo`lib, ular elektron jadvallar deyiladi.
- 3 mavzu. MS Excel asoslari: Ushbu mavzu MS Excel asoslariga bagʻishlangan boʻlib, unda formulalar kiritish va ulardan foydalanish, trigonometric, statistic, arifmetik, mantiqiy funktsiyalar bilan ishlash, VBA (Visual Basic For Applications) imkoniyatlaridan foydalanish kabi mavzular yoritilgan.
- 4 mavzu. MS Excel elektron jadvali yordamida misollar echish: Ushbu mavzu MS Excelda Solver imkoniyatlarini o’rganish va kimyo texnologiyasi masalalarini yechishda MS Excelda Solver imkoniyatlarini o’rganishga qaratilgan. Ishlab chiqarish ish jarayoni faoliyati natijalarini nazorat qilish va hisobga olish bilan bog’liq ko`plab turli masalalarni echishda elektron jadvallardan keng foydalaniladi. Mutaxassis o`z ish faoliyati davomida ishlab chiqarish jarayonidagi juda ko`plab tahliliy masalalarni hal qilishga to`g’ri keladi va ular tahlili natijasida bir qancha yechimlar vujudga kelishi mumkin. Bu yechimlar orasidan eng yaxshisi va eng samaralisini tanlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Odatda, bunday yechim optimal deb ataladi. “Optimal” - lotincha |optimus” so`zidan olingan bo`lib, eng yaxshi (mavjud imkoniyatlar doirasida undan yaxshisi yo`q), eng ma`qul, eng samarali kabi ma`nolarni anglatadi. Optimal yechimni izlash masalasi keng ko`lamli bo`lib, matematikada avvalo ekstremal (maksimal yoki minimal) masalalar deb ataluvchi sohani qamrab oladi. Bunday masalalarning optimal yechimlarini aniqlashda Excel elektron jadvali qo`llanilib, undagi Solver – yechimlarni qidirish dasturlari paketidan foydalaniladi.
- 5 mavzu. Algoritmlash asoslari. Algoritm turlari va xossalari: Ushbu mavzu kompyuterda masalalarni yechish bosqichlari, algoritm tushunchasi va uning xossalari, algoritm turlari, chiziqli hisoblash jarayonlarini algoritmlash, algoritmlarga qo’yiladigan talablar, algoritmlarni ta’riflash usullari, masalalarni algoritmlash va dasturlash asoslari kabi mavzularni o’z ichiga oladi. Kompyuterda masalalarni yechish dasturlarini yaratish jarayonida nazariy va amaliy nuqtai nazardan algoritmlash, dasturlash va kompyuterlarni qo’llash bilan bog’liq bo’lgan bilimlar kerak bo’ladi. Bu yerda asosiy maqsad masalani qo’yish, masalaning yechish algoritmini tuzish, algoritmi mashina dasturi ko’rinishida amalga oshirish, dasturning to’g’riligini tekshirish (algoritmni samaradorligini ko’rsatish) va dasturni foydalanishga topshirishdan iborat.
- 6 mavzu. C++ algoritmik tili. Kirish: Ushbu mavzu dasturlash, dasturning boshlang`ich va ishchi matnlari, Assembler tili, yuqori darajali dasturlash tili kabi mavzularni o`z ichiga oladi. Dasturlash – bu kompyuter tushunadigan maxsus til alfaviti, belgilari va imlo qoidalari asosida yaratilgan matni dastur deyiladi. Dastur ikki xil tavsiflanadi. Algoritmning kompyuter tushunadigan maxsus til yordamida yaratilgan matni boshlang`ich dastur, kompyuterga taqdim qilingan boshlang`ich dastur asosida yaratilgan maxsus belgili matn ishchi dastur deyiladi. Kompyuter faqat ishchi dasturni taniydi va u bilan ishlaydi. Biz dasturning boshlang`ich va ishchi matnlarini umumiy holda dastur deb ataymiz.
- 7 mavzu. Asosiy ma’lumot turlari: Ushbu mavzu o’zgaruvchilar, o’zgarmaslar, arifmetik amallar, kiritish va natija, muammoni yechimi va boshqalar kabi mavzularni o`z ichiga oladi. Identifikatorlar Dasturlash tillarida identifikator tushunchasi mavjud bo‘lib, u dasturda obyektlarni nomlash uchun ishlatiladi. Masalan: axc, alfa. Identifikator deb harf, raqam va maxsus belgilar ketma-ketligidan iborat bo’lib, birinchi belgisi harf yoki maxsus belgi bilan yozilgan ixtiyoriy uzunlikdagi nomga aytiladi.
- 8 mavzu. Operatorlar va standart funksiyalar: Ushbu mavzu if operatori, sonlarni va qatorlarni solishtirish, birdan ortiq tanlovlar, muammo yechimi: diogrammalar, biriktirilgan o’tishlar, muammo yechimi: kiruvchi ma’lumotni tasdiqlash, operatorlar va o’zgaruvchilar kabi mavzularni o`z ichiga oladi. Tarmoqlanuvchi dastur tuzilmasi if operatori bilan boshlanadi. if operatori shartni tekshirish (masalan, ikki o`zgaruvchi tengmi) va uning natijasiga bog`liq ravishda dasturni bajarilish tartibini o`zgartirish imkonini beradi.
- 9 mavzu. C++ dasturlash tizimida takrorlnuvchi jarayonlarni dasturlash: Ushbu mavzu takrorlash (tsikl) operatorlari, ularning turli shakllari (parametrli, shartni oldin va shartni keyin tekshiruvchi operatorlar), takrorlnuvchi strukturali dasturlar, funksiyalarni joriy qilish, parametrni o’tkazish, qaytish qiymatlari, qaytish qiymatlarsiz funksiyalar, muammo yechimi: qayta ishlatiladigan funksiyalar, muammo yechimi: bosqichma bosqich detallashtirish, o’zgaruvchini aniqlash maydoni va global o’zgaruvchilar, izohlar parametri, funksiyalar kabi mavzularni o’z ichiga oladi. Takrorlash (tsikl) operatorlari dasturning har qanday tuzilishida tarmoqlanish va takrorlanish to`plamining kombinatsiyasidan iborat bo`ladi. Agar takrorlash sharti noto`g`ri bo`lsa, undan keyingi ifoda yoki blok tushirib qoldiriladi. Agar shart to`g`ri bo`lsa navbatdagi ifoda bajariladi.