Источниковедение
Ushbu kitob Oʻzbekistonning qadimiy, oʻrta asrlar, yangi va eng yangi davrlari tarixini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etuvchi yozma manbalar, xususan, saroy xronikalari, davlat hujjatlari, tarixiy-geografik asarlar, sayohatnoma va yo'zma yodgorliklar haqida keng qamrovli ma'lumot beradi. Kitobda manbashunoslik nazariyasi, tarixiy manbalarni tasniflash va tahlil qilish metodlari, shuningdek, turli davrlarda yozilgan manbalarning xususiyatlari chuqur tahlil qilingan. Xususan, o'rta osiyo xalqlari, Amir Temur va temuriylar davri, Xivao'zbekiston, Buxoro, Qo'qon xonliklari va sovet davri hamda mustaqillik davri tarixiga oid yozma manbalar atroflicha o'rganilgan.
Asosiy mavzular
- Manbashunoslik nazariyasi: Manbashunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari, tarixiy manbalarni tasniflash va tahlil qilish metodlari.
- Oʻrta Osiyoning qadimiy tarixiga oid yozma manbalar: «Avesta», qadimgi yunon va rim manbalari, qadimgi Xitoy manbalari.
- Oʻrta Osiyoning oʻrta asrlar tarixiga oid yozma manbalar: Xitoy, arab va fors manbalari, folklor manbalari, yozma yodgorliklar.
- Amir Temur va Temuriylar davri tarixiga oid yozma manbalar: Xronikalar, tarixiy-geografik va biografik asarlar, yozishmalar.
- Oʻrta Osiyoning xonliklar davri tarixiga oid yozma manbalar: Buxoro, Xiva, Qo'qon xonliklari davridagi tarixiy-geografik, xronologik, biografik, davlat hujjatlari.
- Rus va Yevropa sayyohlari va elchilarining xotiralari: O'rta Osiyo safarlari haqidagi yozma manbalar.
- Oʻzbekistonning yangi va eng yangi tarixiga oid yozma manbalar: Mustaqillik davri davlat hujjatlari, matbuot, me'moriy yodgorliklar, shaxsiy arxivlar.