Конус ёйилма суғориладиган тупроқларнинг геокимёвий тадқиқотлар методикаси

Ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanma tuproqshunoslik, agrokimyo va agrotuproqshunoslik, biologiya, geografiya, ekologiya va tabiatdan foydalanish, fermer xoʻjaligini tashkil qilish va yuritish, kasb taʼlimi: agronomiya yoʻnalishlari talabalari, soha mutaxassislari hamda ilmiy-tadqiqotchilari uchun yozilgan. Qoʻllanmada Fargʻona viloyatining janubiy qismidagi Soʻx konus yoyilmasida sugʻoriladigan tuproqlarning geokimyoviy xususiyatlari, geokimyoviy jarayonlar, biogeokimyoviy provinsiyalar, agroirrigatsion qatlamlar, tuproqlarni shoʻrlanish jarayonlari hamda mikroelementlarning migratsiyasi va konsentratsiyasi oʻrganilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Tabiiy va antropogen omillar ta'sirida shakllangan geokimyoviy landshaftlar tuproqlarining genetik qatlamlarida, onalik jinslarida tipomorf makro- va mikroelementlarning qayta taqsimlanishi va migratsiya qobiliyati, elementlar assotsiatsiyasi, geokimyoviy baryerlarning shakllanishi tuproqlarning aniq qatlamlari va tuproq hosil boʻlish jarayoni bilan bogʻliqligi haqida ma'lumot beradi.
  • Tadqiqot obyekti va predmetini tanlash: Fargʻona viloyatining janubiy-gʻarbiy qismidagi Soʻx daryosi konus yoyilmasida shakllangan choʻl mintaqasi va boʻz tuproqlar mintaqasida sugʻoriladigan tuproqlar tanlangan. Tadqiqot obyektini tadqiq qilishda tuproq-sxematik elektron xaritadan foydalaniladi va unga koʻra tadqiqot oʻtkazilgan hududning choʻl mintaqasi va boʻz tuproqlar kamarida tuproq tiplari va tipchalari aniqlanadi.
  • Tadqiqot usullarini tanlash: Tadqiqotlarda asosiy usul tariqasida V.V.Dokuchayevning morfogenetik usulidan foydalaniladi. Bundan tashqari M.A.Glazovskaya (1981) va A.I.Perelmanlarning (1975) pedogeokimyoviy yondashuv usullari ham qoʻllaniladi. Tuproq-geokimyoviy xossa va xususiyatlarini tadqiq etish maqsadida yopiq landshaft-geokimyoviy tizim ishlanadi.
  • Tuproq morfologiyasi va mexanik tarkibini tadqiq etish: Soʻx daryosi sohillarida tik mintaqaviylikka asosan shakllangan toʻq tusli, tipik, och tusli boʻz tuproqlar keng tarqalgan. Soʻx konus yoyilmasining choʻl qismida sugʻoriladigan sur tusli qoʻngʻir, oʻtloqi saz va saz tartibotli shoʻrxoklar shakllangan. Tuproqlarning mexanik tarkibi, ularning onalik jinslariga bogʻliq boʻlib, elyuvial yotqiziqlar, lyoss va lyossimon jinslar, tosh-shagʻalli, chang jinslarda oʻz ifodasini topgan boʻladi.
  • Boʻz tuproqlar kamari va choʻl mintaqa tuproqlarining suvda eruvchi tuzlari geokimyosini tadqiq etish: Sizot suvlari oqmas yoki deyarli oqmas choʻllarning tuproqlari va sizot suvlarida galogeokimyoviy jarayonlar sodir boʻladi. Choʻl mintaqasi, xususan Markaziy Fargʻonada, konus yoyilmalarda galogenez asosiy landshaft shakllantiruvchi jarayon hisoblanadi.
  • Singdirilgan kationlar tarkibi va xususiyatlarini tadqiq etish: Tuproq potensiali, energetik konstantalariga bogʻliq ravishda kechadi. Ca++ va Na+ kationlarining ion radiuslari deyarli bir xil, ya'ni 0,100 nm atrofida, shuning uchun ular tuproq singdirish kompleksi (TSK) da oʻzaro erkin bir-birlarini almashtira oladi.
  • Boʻz tuproqlar va konus yoyilmalar tuproqlarining agrokimyoviy tavsifini berish: Boʻz tuproqlarning boshqa tipchalarida ham shu kabi qonuniyat nisbatan kuchsizroq koʻrinishda qaytariladi. Gumusni bu kabi taqsimoti boʻz tuproqlarga xos xususiyat hisoblanadi. Xuddi shu kabi olingan natija isbotlanadi.
  • Konus yoyilma tuproqlarida biomikroelementlar geokimyosini oʻrganish: Ushbu mavzuni tadqiq etish Gʻ.Yuldashev, D.Xoldarov ishlari, ya'ni geokimyoviy tadqiqotlar metodikasi asosida olib boriladi va ayrim oʻzgartirishlar kiritiladi.
  • Biomikroelementlarning radial va lateral geokimyoviy tabaqalanishi: Masalan, toʻq tusli boʻz tuproqlarning gumusli qatlamida tuproq hosil qiluvchi jinslariga nisbatan Mn>Zn>Cu>B>Mo yoʻnalishda miqdori oshadi va radial tabaqalanish koeffitsiyenti (Kr) ularda 1,1-2,8 ni tashkil qiladi.
  • Biomikroelementlarning biologik singdirish koeffitsiyenti qatorini tuzish: Yuqorida keltirilgan usullarda hisoblaganda sug'oriladigan boʻz tuproqlarda oʻsadigan bug'doyning biologik singdirish koeffitsiyentlari quyidagicha koʻrsatkichlarni tashkil qiladi, ya'ni: molibden 0,43-0,50; mis 0,2-0,3; ruh 0,2-0,4; bor 0,17-0,2; marganets 0,03-0,04.
  • Fe, K, Na, Ba larning lito- va pedogeokimyoviy xususiyatlariga tavsif berish: Litosfera va tuproq klarki Fe, K, Na, Ba lar uchun bir muncha yuqori boʻlib, temir uchun 4,65%, kaliy va natriylar uchun esa 2,5, bariy elementining bu sohadagi koʻrsatkichi 6,5-10-2% ni tashkil qiladi.
  • Pedogeokimyoviy baryerlarni ajratish, ularni tadqiq etish: Arid iqlim mintaqasining geokimyoviy provinsiyalarida kimyoviy elementlarning konsentratsiyalanishi va tarqalish taqsimotida kislorodli, gleyli, ikkiyoqlama karbonat-gipsli, bugʻlanuvchi va boshqa pedogeokimyoviy baryerlar muhim ahamiyat kasb etadi.
  • Konus yoyilma mintaqa tuproqlarida mikroelementlar spektrini tuzish: Oʻrganilgan tuproqlar uchun keltirilgan ma'lumotlar, ularda stronsiy, xrom, seziy, skandiy miqdorini gafniy, tantal, surma, kadmiy, mishyaklarga nasbatan koʻpligidan dalolat beradi.
  • Konus yoyilmada radioaktiv elementlar spektri va undan foydalnish: Kist A.A. (1987) maʼlumotlariga koʻra lantan va lantanoidlar, tabiiy radioaktiv elementlar boʻlib, tuproqlarda amaliy jihatdan oʻrganilmagan. Shuni ta'kidlashimiz lozimki, bu elementlar uchun sug'oriladigan tuproqlarga fon va boshqa koʻrsatkichlar ham ishlanmagan.
  • Tavsiya etilgan adabiyotlar roʻyxati: Kitobda foydalanilgan adabiyotlar keltirilgan.