Биоэкология

Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan. Farg‘ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Ekologiya kafedrasi tomonidan tayyorlangan "Bioekologiya" fanidan ma’ruza materiallari. Kitobda O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, o’simliklarning hayotiy shakllari va ekologik morfologiyasi, atmosfera, tuproq ekologik omillari, undan keyin esa o‘simliklar qoplamiga inson ta’sirining aspektlari, O‘zbekiston "Qizil kitobi"ga kirgan va kiritilishi lozim bo‘lgan o‘simlik turlari hamda muhofazaga muhtoj o‘simlik turlari haqida ma’lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish. O’simliklar ekologiyasining rivojlanish tarixi, maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va metodlari.: Ushbu mavzu o’simliklar ekologiyasi fanining rivojlanish tarixi, unga hissa qo‘shgan olimlar, boshqa fanlar bilan bog’liqligi va metodlari haqida ma’lumot beradi. O’simliklar ekologiyasining rivojlanishida qadim zamonlardan to hozirgi kunga qadar bo‘lgan tarixiy davrlar, olimlarning xizmatlari, rivojlanishning asosiy bosqichlari va metodlar hamda ushbu fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan mashhur olimlar haqida batafsil ma’lumot berilgan.
  • Yorug’likning o’simliklar hayotidagi ahamiyati. Yorug’lik va fotosintez.: Ushbu mavzu o’simliklar uchun yorug’likning ahamiyati, yorug’lik energiyasining o’lchov birliklari, to’g’ri va tarqoq holda tushadigan yorug’likning o’simliklarga ta’siri va ularning yorug’lik rejimiga moslashishi, yorug’lik va fotosintezning o’zaro bog’liqligi, yorug’likka nisbatan o’simliklarning guruxlarga bo’linishi haqida ma’lumot beradi.
  • Orografik omillarning o’simliklar qoplamiga ta’siri: Orografik omillar o’simliklar qoplamiga ta’sirini, jumladan ekspozitsiya, yonbag’irlarning qiyaligi, relef shakllarining xilma-xilligi va ularning o’simliklar tarqalishiga ta’sirini o’rganadi.
  • Biotik omillar: Ushbu mavzu biotik omillar va ularning o’simliklarga ta’sirini, jumladan, o’simliklarning o’simliklarga ta’siri, hayvonlarning o’simliklarga ta’siri, mikroorganizmlarning o’simliklarga ta’siri hamda ularning o’zaro ta’siri kabi masalalarni o’z ichiga oladi.
  • Atmosfera havosining ekologik ahamiyati: Atmosfera havosi o’simliklar uchun muhim ahamiyatga ega. Mavzu atmosfera, uning tarkibiy qismlari, jumladan CO2, O2, azot, kislorodlarning o’simliklar hayoti uchun ahamiyati hamda ularning o’zaro munosabatini o’rganishga bag’ishlangan.
  • O’simliklar hayotiy shakllari va ekologik morfologiyasining ba’zi masalalari: Ushbu mavzu o’simliklar turlarida C va N balansini, hayotiy forma tushunchasi, uning tarixi, asosiy shakllari hamda ularning evolyutsiyasini o’rganadi.
  • O’zbekiston "Qizil kitobi" ga kiritilgan va kiritilishi lozim bo‘lgan o’simliklar.: Mavzu O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob va yo’qolib borayotgan, inson muhofazasiga muhtoj o’simlik turlari haqida ma’lumot beradi.
  • O’simliklar ekologiyasi va atrof-muhitni muhofaza qilish: Mavzu ekologik krizis, eroziya, demagrafik omil, biosfera, atrof-muhitni muhofaza qilish masalari va biologik xilma-xillikni asrash kabi masalalarni o’z ichiga oladi.