Shaxs ma’naviy kamolotida estetik did va ehtiyojning o’rni
Ushbu bitiruv malakaviy ishining maqsadi estetik did ma'lum ma'naviy muhitda shakllanishi, shunday ekan, ushbu muhit qanchalik axloqiylikka, mehr-oqibat hamda go'zallik, nafosatga moyil bo'lsa, estetik did shunchalik oson va tez shakllanib, yuksalib borishi mumkinligini har tomonlama o'rganish lozim. Ishning ilmiy yangiligi yangi adabiyotlar va matbuot materiallariga tayangan holda ilmiy metodologiya asosida muammo va yutuqlarini tahlil etishda ko'rinadi. Bugunngi kunda shaxs estetikasi masalasi, didi va ehtiyoji muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida mavzu kompleks tarzda, bitiruv malakaviy ish darajasida o'rganildi. Shuningdek, BMI mavzusining amaliy ahamiyati unda keltirilgan ma'lumotlardan shu soha fanlarini o'qitishda va ilmiy seminarlarida foydalanish mumkin.
Asosiy mavzular
- Kirish: O'zbekistonimiz demografik xususiyatiga ko'ra yoshlar mamlakati hisoblanadi. Hozirgi globallashgan zamonda barcha yangilikka, o'zgarishlarga qarab intilmoqda. Yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so'z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog'liq. Bu o'zgarishlarni hammadan ham ko'proq his etadigan kim - yoshlar. Yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda oʻzligini ham unutmasin. Ma'naviyat poydevori baquvvat bo`lmasa xalqi va vatani, o`z shaxsi uchun qanday xulosaga olib kelishi hammamizga ma`lum. Ma'naviyat inson uchun moddiy ehtiyoj ham zarurat ham emas, lekin moddiy ehtiyojlarni ham, siyosiy munosabatlarni ham mo'tadil bir meyorda ushlab turadigan buyuk qudrat. Jamiyat hayotida ma'naviyatga e'tibor susaysa hamma sohada ham o'pirilishlar yuz berishi, hayotiy mezonlarga putur yetishi mumkin.
- Mavzuning dolzarbligi: Ma'naviyat insondagi yaratuvchilik qudratidir, insonda ana shu qudratni shakllantirish va harakatga keltirishda shaxs estetik didi va ehtiyojlarining ta'sirini, unda bo'layotgan salbiy illatlarning oldini olish usul va vositalarni izlash, takomillashtirish vazifasi doimo o'z dolzarbligini yo'qotmaydi.
- Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Estetik did ma'lum ma'naviy muhitda shakllanadi, shunday ekan, ushbu muhit qanchalik axloqiylikka, mehr-oqibat hamda go'zallik, nafosatga moyil bo'lsa, estetik did shunchalik oson va tez shakllanib, yuksalib borishi mumkinligini har tomonlama o'rganish lozim.
- Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: 1. Ma`naviyat tushunchasining mohiyatini o`rganish 2. Estetik did tushunchasining mohiyatini o`rganish; 3. Estetik didning oʻziga xos xususiyati va ijtimoiy muhitdagi o`rnini ko`rsatish; 4. Estetik did va madaniyat shakllanishi bosqichlarini o`rganish; 5. Estetik did va ma`naviyat munosabatlarini aniqlash; 6. Estetik didga ommaviy madaniyatning salbiy ta'sirlarni ko`rsatish; 7. Shaxs manaviy kamolatiga salbiy ta'sirini oldini olish muammolarini ko`rsatish.
- Mavzuning o`rganilganlik darajasi: Mamlakatimizda ushbu tanlangan mavzu yuzasidan yaxlit, kompleks tadqiqotlar olib borilmagan bo'lsada unga bevosita aloqador bo'lgan bir qator ishlar mavjud. Mavzuning u yoki bu bo'limlari taniqli olimlarimiz, jumladan E. Yusupov, S.Otamuratov, J.Ramatov, S.Xusanov, A.Erkayev, B.Ziyomuhammadov E.Umarov, R.Karimov, Abdulla Sher, Bahodir Husanov, Z.Umararov, va boshqalar tomonidan o'raganilgan.
- Ishning ilmiy yangiligi: Mavzuda ma'naviyat insonning ruhiyati bilan bog'liqligi va uning mazmun mohiyatini o'rganilgan. Estetik did tushunchasining mohiyatini bir qator tariflar asosida bayon etilgan. Shuningdek, estetik didning oʻziga xos xususiyati va ijtimoiy muhitdagi o`rni, did va madaniyat shakllanishi bosqichlari, ma'naviyat bilan dialektik aloqadorligi, ommaviy madaniyatning estetik didga salbiy ta'siri va ularni oldini olish muammolari atroflicha yoritilgan.
- Bitiruv malakaviy ishining ob`ekti: SHaxs ma'naviy kamolotida estetik did va ehtiyojning o'rnini o'rganish ishning ob'ekti vazifasini bajaradi.
- Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Estetik qadriyatlarning muayyan zamon, ijtimoiy hayot, umummilliy, umuminsoniy madaniy daraja, insonning fikr-muloxazalari, xulq-atvori, xatti-harakatlari, moddiy va ma'naviy ijodkorligi orqali namoyon bo'lishi va unga salbiy ta'sir etadigan omillarning mohiyatini o'rganish tashkil etadi.
- Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati: Ishning ilmiy yangiligi yangi adabiyotlar va matbuot materiallariga tayangan holda ilmiy metodologiya asosida muammo va yutuqlarini tahlil etishda ko'rinadi. Bugunngi kunda shaxs estetikasi masalasi, didi va ehtiyoji muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida mavzu kompleks tarzda, bitiruv malakaviy ish darajasida o'rganildi. Shuningdek, BMI mavzusining amaliy ahamiyati unda keltirilgan ma'lumotlardan shu soha fanlarini o'qitishda va ilmiy seminarlarida foydalanish mumkin.
- Malakaviy ishning tuzulishi: Kirish, ikki bob, to'rt bo`lim, xulosa hamda adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
- I BOB: INSON MA'NAVIY KAMOLOTI RIVOJLANISHIDA SHAXS ESTETIK DIDINING TA'SIRI: Ma'naviyat insonning ruhiyati bilan bog'liq. Inson ruhiyati, albatta, tashqi ta'sirlar natijasida o'zgarib turadi. Insonning iqtisodiy ahvoli, jamiyatda tutgan o'rni va mavqei uning ma'naviyatiga ta'sir qilmay qolmaydi. Ammo, baribir, ma'naviyat o'z mustaqil yo'nalishiga ega. Ma'naviyat moddiy olamda mavjud, undan tashqarida emas. Ammo uning o'ziga xosligi shundaki, kelib chiqish manbasi ham, oldiga qo'ygan maqsadi ham bu foniy dunyo bilan cheklanmaydi, boqiylik, abadiyat bilan tutashadi. Ma'naviyat inson uchun moddiy ehtiyoj ham zarurat ham emas, lekin moddiy ehtiyojlarni ham, siyosiy munosabatlarni ham mo'tadil bir meyorda ushlab turadigan buyuk qudrat. Jamiyat hayotida ma'naviyatga e'tibor susaysa hamma sohada ham o'pirilishlar yuz berishi, hayotiy mezonlarga putur yetishi mumkin. Ma'naviyat, avvalo, insonning o'z mohiyati oldidagi mas'ulligidir.
- 1.1 SHaxs hayotida ma`naviy kamolot va uning asosiy jihatlari: Ma'naviyat insonning ruhiyati bilan bog'liq. Inson ruhiyati, albatta, tashqi ta'sirlar natijasida o'zgarib turadi. Insonning iqtisodiy ahvoli, jamiyatda tutgan o'rni va mavqei uning ma'naviyatiga ta'sir qilmay qolmaydi. Ammo, baribir, ma'naviyat o'z mustaqil yo'nalishiga ega. Masalan, inson qanchalik boy, o'ziga to'q bo'lsa, shunchalik uning ma'naviy kamoloti yuqori yoki, aksincha, past bo'ladi, desak, har ikki hukmda ham yangilishib qolamiz. Ma'naviyat moddiy olamda mavjud, undan tashqarida emas. Ammo uning o'ziga xosligi shundaki, kelib chiqish manbasi ham, oldiga qo'ygan maqsadi ham bu foniy dunyo bilan cheklanmaydi, boqiylik, abadiyat bilan tutashadi. Ma'naviyat inson uchun moddiy ehtiyoj ham zarurat ham emas, lekin moddiy ehtiyojlarni ham, siyosiy munosabatlarni ham mo'tadil bir meyorda ushlab turadigan buyuk qudrat. Jamiyat hayotida ma'naviyatga e'tibor susaysa hamma sohada ham o'pirilishlar yuz berishi, hayotiy mezonlarga putur yetishi mumkin. Ma'naviyat, avvalo, insonning o'z mohiyati oldidagi mas'uliyatidir.
- 1.2 Estetik did tushunchasi va uning oʻziga xos xususiyati: Voqelikka estetik munosabat estetik ongni vujudga keltiradi. Lekin u voqelikni inson sezgi organlariga ta'sir etishi natijasida paydo boʻladigan passiv oqibat bo'lmasdan, voqelikka aks ta'sir etib uni oʻzgartirib yuborishdek faol kuchga ham egadir. Estetik faoliyatning oliy shakli boʻlgan san'at insonning voqelikka boʻlgan hissiy munosabatlarining hamda bu voqelikni goʻzallik qonuniyatlari asosida idrok etishning eng muhim shakli hisoblanadi. San'atda insonning voqelikka boʻlgan estetik munosabati toʻla va har tomonlama, keng ko'lamda o'z ifodasini topadi. Lekin insonning voqelikka boʻlgan estetik munosabati faqat san'atdagina namoyon boʻlib qolmasdan, balki tabiat, jamiyat va ijtimoiy hayotning turlicha voqea va hodisalaridan estetik ta'sirlanish jarayonida paydo boʻladi va shakllanib boradi. Estetika voqelikni inson tomonidan go'zallik qonuniyatlari asosida estetik Idrok etish va oʻzgartirish haqidagi fandir. Lekin voqelikni inson tomonidan estetik idrok etilishida san'at oʻziga xos alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki biror narsa biz uchun go'zal yoki xunuk koʻringani uchun go'zal yoki xunuk boʻlmasdan, aslida oʻzi goʻzal yoki xunuk boʻlishi mumkin. Haqiqatan ham, hamma gap borliqda, voqelikning oʻzida. Estetik xususiyat voqelikning tub mag'zida, mohiyatida mavjud boʻladi. Biz shu xususiyatlarni kashf qilamiz, ulardan oziqlanamiz.
- Estetik did: Estetik ongning muhim tarkibiy qismlardan biri boʻlib, his-tuyg'u va tafakkur birligi, inson oʻzligini ifodalovchi bahodir. Bir vaqtning oʻzida ham bizning bahomiz, ham bizga berilgan baho boʻlib, estetika fani tadqiqot doirasining eng murakkab va qiziqarli muammolaridan hisoblanadi. Estetik didga ega boʻlgan inson atrof-muhitni go'zallik va xunuklik, ulug'vorlik va tubanlik, fojiaviylik va kulgililik kabi mezoniy tushunchalari orqali ko'zdan kechiradi. Yuksak estetik didga ega boʻlishi oʻzinigina emas, atrofdagilarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
- Estetik did - insonning koʻp asrlik mehnat faoliyati natijasida shakllanadi va individual va ijtimoiy xarakter kasb etadi.: Estetik did - insonning koʻp asrlik mehnat faoliyati natijasida shakllanadi va individual va ijtimoiy xarakter kasb etadi. Estetik did insonning yurish-turishida, fikr yuritishida, xarakterida, u yuzaga keltirgan moddiy va ma'naviy boyliklar, badiiy ijodiyot mahsullarida va atrof- muhitga estetik munosabatlarida yuzaga keladi, shakllanib boradi.
- Did estetik anglashning eng muhim unsuridir.: Did estetik anglashning eng muhim unsuridir. Shu nuqtai nazardan estetik did tarbiyasi inson kamolotida muhim o'rin tutadi. Did shunchaki baho emas, narsa-hodisa estetik xususiyatlarini chuqur idrok etish orqali yuzaga keladigan xulosadir. Ammo did yagona, mutlaq estetik hodisa emas, u muayyan nisbiylik tabiatiga ega. Estetik did har kimda har xil boʻlib, unda subʼyektiv mushohada kuchli.
- Estetik didning pastligi tufayli ayrim yoshlar Yevropa ommaviy madaniyatiga koʻr - koʻrona ergasha boshlaydi.: Estetik didning pastligi tufayli ayrim yoshlar Yevropa ommaviy madaniyatiga koʻr - koʻrona ergasha boshlaydi. Natijada bunday harakat bora-bora xunuk oqibatlarga olib kelishi mumkin. Demak, estetik didning shakllanishi shunchaki arzimas narsa emas, balki inson hissiyotining, yashashining tub maqsadlaridan biridir.
- Estetik didning shaklanishi, albatta davrning xarakteri bilan ham bogʻliq.: Estetik didning shaklanishi, albatta davrning xarakteri bilan ham bogʻliq. Har bir davlat o'z talabiga mos holda estetik didning yangidan-yangi normalarini vujudga keltiradi. Bu yangi normalar esa o'z navbatida barcha kishilar tomonidan oʻzlashtirilguncha ancha vaqt o'tadi. Bizning davrimiz ham shu jihatdan o'z xususiyatiga ega. Davrimiz murakkab, shunga koʻra estetik tarbiyaning shakllanishi ham silliq, oson kechmaydi. Inson hayoti iqtisodiy omillar bilan shunchalik bog'lanib qolganki, ma'naviy omillar uchun imkoniyat bir qadar qisqarib ketayotgandik, inson shaxsi davrning keskin harakati qarshisida oʻz ma'naviy xususiyatlarini ozmi-koʻpmi mahrum boʻlayotganday tuyulmoqda. Inson qanchalik iqtisodiy omillar bilan band boʻlmasin, ishlab chiqarish uni qamrab olmasin, baribir u istasa ma'naviy omillarga ehtiyoj ham seza oladi, ma'naviy boyish uchun vaqt ham topa oladi. Zero, inson ehtiyojlari cheksiz boʻlganidek, uning shakllanish, oʻz qobiliyat va tafakkurini namoyon qilishi cheksizdir.. Estetik did ma'lum ma'naviy muhitda shakllanadi. Ma'naviy muhit qanchalik axloqiylikka, mehr-oqibatga hamma go'zallikka, nafosatga moyil boʻlsa, estetik did shunchalik oson va tez shakllanib, yuksaladi. Aksincha ma'naviy muhit inson qadr-qimmatiga qanchalik befarq boʻlib, dagʻallik va qoʻpollikka moyil boʻlsa,estetik did shunchalik qashshoq, rivojlanmagan boʻladi. Shunday qilib did shakllanishida jamiyatda qaror topgan ma'naviy -axloqiy muhit katta rol o'ynaydi. Ma'naviy muhit yaxshi boʻlsa. Ta'lim va tarbiya, jumladan estetik didni tarbiyalash samarali kechadi. Estetik kamolot ma'naviy hayotning eng nozik, shu bilan birga murakkab ko'rinishlaridan biri hisoblanadi. Inson shaxsiyatida estetik didning shaklanishi asta-sekinlik bilan davom etadigan jarayon hisoblanadi.
- II BOB: OMMAVIY MADANIYATNING SHAXS MA'NAVIYATIGA SALBIY TA'SIRI VA UNI BARTARAF ETISHNING AHAMIYATI: Oʻzbekistonda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg'un qabul qilish, ma'naviy va axloqiy fazilatlarga yangicha munosabatlar, an'analar shakllandi. Ayni paytda, jamiyatni demokratlashtirish jarayonida turli ma'naviy va axloqiy qadriyatlarga zid boʻlgan «ommaviy madaniyat» deb atalmish ma'naviy tahdidi ham kelib chiqdi. Bu tahdid avvalo jamiyatning ma'naviy-mafkuraviy omillariga xuruj qilmoqda. Hozirgi davrga kelib «ommaviy madaniyat» rivojlangan mamlakatlar va ayniqsa, rivojlanish jarayonida boʻlgan milliy davlatchilikka jiddiy xavf sola boshladi.
- 2.1.Ommaviy madaniyat tushunchasining turlicha talqin qilinishi.: Aksariyat madaniyatga doir nazariyotchilar va tarixchilar «ommaviy madaniyat»ni alohida olingan ijtimoiy fenomen sifatida kelib chiqishini uncha uzoq davr bilan bog'lamaydilar. Jumladan, YE.P. Smolskayaning koʻrsatishicha, ommaviy madaniyat bir necha ming yillik tarixga ega boʻlgan voqelik emas. Unga qarama-qarshi oʻlaroq AQSH sotsiologi D.Uayt fikricha, ommaviy madaniyatning dastlabki unsurlari sifatida minglab tomoshabinlarni oʻziga jalb etgan Rim gladiatorlari oʻrtasidagi janglarni keltirish mumkin. Mashhur olim A. Adorno fikricha esa, ommaviy madaniyatning hozirgi ko'rinishining ba'zi unsurlari XVII-XVIII asrlarda Angliyada kapitalizmning rivojlanishi bilan bog'liqdir. U shunga ishonadiki, o'sha davrda yozilgan romanlar (Defo, Richardson) asosan bozor uchun mo'ljallangan boʻlib, ular asosan tijorat maqsadlarini koʻzlagan edi.
- 2.2 Shaxs estetik did va ehtiyojlarini shakllanishiga ommaviy madaniyatningning salbiy ta'sirini oldini olish yo`llari: «Tarbiya qancha mukammal boʻlsa, xalq shuncha baxtli yashaydi», deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal boʻlishi uchun esa bu masalada boʻshliq paydo boʻlishiga mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, «ommaviy madaniyat» kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzot asrlar davomida amal qilib kelgan e'tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur yetkazmoqda” deb ta'kidlaydi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev¹. Ma`naviyat inson ruhiy kamolotining muhim mezoni, millat abadiyligini va mamlakat taraqqiyotini ta`minlashdagi ustuvor omil hisoblanadi. Ma`naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi, chunki, ma`naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy - siyosiy barqarorlik vujudga keladi hamda mamlakat va millat taraqqiy etadi. Xalqimiz adolat, tinchlik, axil qo`shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab asrab kelmoqda. O`zbekistonni yangilanishining oliy maqsadi ana shu an'analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag`ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligini qaror toptirish va har bir kishini kamol topishi uchun zarur shart - sharoitlar yaratishdir.