Muborak gazni qayta ishlash zavodining suv yumshatish jarayonlarini takomillashtirish

Ushbu bitiruv malakaviy ishi O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan 5310100 -

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan kuchli huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish, ijtimoiy – iqtisodiy sohani izchil taraqqiy ettirish, iqtisodiyotni barqaror sur'atlar bilan rivojlantirishdagi amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va modernizatsiya yo'lini qat'iyat bilan davom ettirish yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan bosh maqsad qilib belgilab berildi. Ana shu buyuk maqsad sari Respublikamizda keng ko'lamli islohotlar olib borilmoqda va makroiqtisodiy barqarorlik ta'minlandi, aholining turmush darajasini yuksaltirish, Oʻzbekiston dunyo bozoridagi oʻz pozitsiyasini mustahkamlashiga erishildi. Har qanday mamlakatning barqaror rivojlanishida yoqilg'i-energiya resurslarining iste'moli hal qiluvchi omil hisoblanadi. Chunki har bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun ma'lum miqdorda energiya sarf qilinadi, ya'ni har birlik miqdordagi mahsulotni tannarxi ham bevosita energiya (issiqlik va elektr energiya) iste'moliga bog'liq boʻladi. Shu sababli mustaqillik yillarida davlatimiz rahbari rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan yangilanish va oʻzgarishlar sanoat tarmoqlariga "Yashil iqtisodiyot tizimini joriy qilish, innovatsion taraqqiyotni jadallashtirish, tabiiy yoqilg'i-energiya resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgani bilan butun dunyo jamoatchiligini e'tiborini tortmoqda. Oʻzbekiston energetikasida mustaqillikning dastlabki yillaridanoq islohotlar oʻtkazishga kirishildi va yoqilg'i energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish orqali respublikamiz iqtisodiyotini barcha sohalarini hamda aholini energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash Oʻzbekiston energetika siyosatining bosh maqsadi etib belgilandi. Chunki energetika mustaqilligiga erishish va energiya xavfsizligini ta'minlash ham mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda poydevor boʻlib xizmat qiladi.
  • Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik yillarida energetikada yurtboshimiz I.A.Karimov tashabbusi va rahnamoligida islohotlar oʻtkazildi, ishlab chiqarish korxonalari rekonstruksiya qilindi va issiqlik elektr stansiyalarining asosiy qurilmalari texnologik yangilandi hamda modernizatsiya qilindi. Bu islohotlar hozirgi kunda ham davom ettirilmoqda. Islohotlarning pirovard natijasida Oʻzbekistonda qudratli, zamonaviy va mustaqil energetika bazasi yaratildi. Mamlakatimizda energetika tizimida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilashga qaratilgan strategik loyihalar amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan eng yirik loyihalar: 1) 2001 yilda Sho'rtan-gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Korxonada 3,5 mlrd. m³ gazni qayta ishlab, 100 ming tonna suyultirilgan gaz, 125 ming tonna polietilen granulasi, 100 ming tonna gaz kondensati, 2,5 ming tonna oltingugurt granulasi ishlab chiqariladi. 2) 2004 yilda Markaziy Osiyoda eng katta quvvatli energoblokka ega boʻlgan Tallimarjon IES ishga tushirildi (800 MVt quvvatli). 3) Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (1997 yil). 4) "SHoʻrtannefgaz” propan-butan aralashmasi 5 quvvati (2012 yil). 5) Navoiy IES negizida BGQ barpo etildi (2012 yilda 478 mVt). 6) Dehqonobod kaliyli oʻgʻitlar zavodi (2007 yil) (Xitoy). Bu sohada 2012 yilda qurilishi bitkazilgan Navoiy issiqlik elektr stansiyasida quvvati 478 MVt boʻlgan bug'-gaz qurilmasini imkoniyatlarini keltirish mumkin. Ushbu loyihani amaliyotga tadbiq etilishi natijasida elektr energiyasini ishlab chiqarishda shartli yoqilgʻini sarfini 1,8 marta kamaytirishga, har yili 400 million kubometr tabiiy gazni tejalashiga erishiladi. Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida ham quvvati 900 MVt boʻlgan bug'-gazli qurilmalarni loyihalash ishlari strategik
  • Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi: Muborak gazni qayta ishlash zavodi texnik suvni yumshatish jarayonlarini takomillashtirish bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi xisoblanadi.
  • Vazifalari: -Texnik suvni yumshatish jarayonlarini zamonaviy usullarini o'rganish va taqqoslash. -Texnik suvni yumshatish jarayonlarini tadqiqot qilish va samarali usullarini tanlash. -Muborak gazni qayta ishlash zavodida texnik suv ta'minoti bo'limini tutgan o'rni. -Suv ta'minoti bo'limida texnik suvni tozalash jarayonlarini o'rganish va xisoblash.
  • Bitiruv malakaviy ishi mavzusi ob'ekti: Muborak gazni qayta ishlash zavodi (Texnik suv ta'minoti).
  • Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati: Yirik ishlab chiqarish, sanoat korxonalarida texnik suvni yumshatish jarayonlarini tadqiqot qilish va suv yumshatish usulini ishlab chiqish energetikada istiqbolli yo'nalish bo'lib, bu usulni joriy etish muhim ahamiyatga ega. Texnik suv ta'minotini takomillashtirish, suv yumshatish usuluni ishlab chiqish natijasida energetik qurilmalarning ishlash muddatini 1.1-1.7 % ga oshirish mumkin. Texnik suvni termik tozalash davomida zarur bo'lgan issiqlik energiyasi sutkasiga 12-18 kjoulga kamayadi. Ushbu ko'rsatgich oyiga 360-540 kjoulga yetadi. Demak 15-17 % organik yoqilg'ini tejash mumkin. Bundan tashqari bug' ta'minoti bo'limidagi qozon qurilmasining FIK 0.7-0.9 % oshishiga olib keladi.
  • 1-BOB. MUBORAK GAZNI QAYTA ISHLASH ZAVODI SUV TA'MINOTI BO'LIMINING TAXLILI.: Kimyo sanoatida suv yirik miqdorda qoʻllaniladi. Alohida kimyoviy ishlab chiqarishda suv bir sutkada 1 mln. m³ miqdorni tashkil etadi. Suv aylanmasi kimyoviy ishlab chiqarishni muhim elementlar bilan ta'minlaydi, ya'ni: - qimmatbaho xossalarga ega boʻlishi (yuqori issiqlik sig'imiga, kichik qovushoqlikka, past qaynash temperaturasiga ega boʻlish); - arzon va yengil (ajratib olish va tozalash xarajatlari kam); - zaharli emas; - ishlab chiqarishda qoʻllash va transportlash qulay. Kimyo sanoatida suv quyidagi yoʻnalishlarda qoʻllaniladi: 1.Texnologiya maqsadlarda : - qattiq, suyuq, gaz koʻrinishli moddalarni eritish uchun; - muhitda fizik va mexanik jarayonlarni amalga oshirish uchun (flotatsiya, qattiq materiallarni transportlash); - gazlar uchun yuvuvchi suyuqlik; - turli moddalarni absorbenti yoki ekstragenti sifatida. 2.Issiqlik tashuvchi sifatida, isitish jarayonida, sovutgich sifatida, qurilmani sovutish uchun; 3.Turli kimyoviy mahsulot ishlab chiqarish uchun reagent va xom ashyo sifatida (masalan, suv, atsetilen, sulfat va azot kislota). Okean va dengiz suvlari kimyoviy moddalarni qazib olish uchun xom ashyo manbai hisoblanadi. Sanoatda ulardan natriy, magniy xlor, brom, yod kabi mahsulotlar ajratib olinadi. Masalan: okean suvlaridan: kaliy 3,8 • 10-2, vanadiy 5 • 10-8, oltin 4 .10-10 kumush 5 • 109, uran 2 • 10-7 kabi elementlar miqdorini ajratib olish mumkin. Kimyo va neftkimyo sanoatida suvdan ratsional foydalanish uchun suv aylanish siklidan foydalaniladi. Kimyoviy ishlab chiqarishda suv aylanmasi uchta sxema koʻrinishida qo'llaniladi: - suv qizdiriladi, hamda jo'natilishdan oldin basseynda sovutiladi; - suv ifloslanadi hamda joʻnatilishdan oldin maxsus qurilmada tozalanadi; - suv qizdiriladi va ifloslanadi, bu usuldagi suv aylanmasida birinchi va ikkinchi usul birgalikda olib boriladi.
  • Suv aylanmasi effektivlik kriteriysi: Suv aylanmasi effektivlik kriteriysi suvdan foydalanish koeffitsiyenti orqali aniqlanadi: КФ = Vz - V SB / V3 Bu yerda: - Vz va V SB manbadan toza suvni olish miqdori va oqova suvni suv yig'imiga tashlanish miqdori.
  • Suvning sifati: Sanoat suvi tarkibidagi zararli aralashmalar ta'siri uning kimyoviy tabiatiga, konsentratsiyasiga, dispers holatiga, suvdan foydalanadigan aniq ishlab chiqarish texnologiyasiga bog'liq. Suvda bor boʻlgan moddalar chin eritma (tuzlar, gazlar, ba'zi organik birikmalar), kolloid holatda (alyuminiy va temirsilikati, ba'zi gidrooksidlar, kremniy kislotasi, lignin koʻrinishdagi organik birikmalar), ogʻirlik holatida (loy tuproq, qum va ohak zarrachalari) boʻladi. Suvda erigan moddalar qizdirish natijasida qurilma devoriga qoplanadi va qurilmani yemirilishiga sabab boʻladi. Kolloid aralashmalari suvning ko'piklanishiga, elektrolizyor diafragmasini zararlanishiga olib keladi. Qoʻpol dispers aralashmalar truba quvurini ifloslaydi, natijada ish unumdorligi pasayadi, uning berkilib qolishiga sabab boʻladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishga beriladigan suv dastlab tayyorlanadi. Suvni tayyorlash deb, tabiiy suv tarkibidan ishlab chiqarish uchun zararli boʻlgan aralashmalarni chiqarib tashlash jarayoniga aytiladi. Suvni tayyorlash jarayoniga: yoritish, yumshatish, degazatsiyalash, ba'zi hollarda tuzsizlantirish, ichimlik suvini zararsizlantirish kabilar kiradi.
  • Suvni yoritish: Suvni yoritish choʻktirish va gʻovaksimon material orqali filtrlash natijasida amalga oshiriladi. Kolloid aralashmalarni koagulyatsiyalash va suv tarkibidagi bo'yalgan moddalarni absorbsiyalash maqsadida muhitga alyuminiy sulfat va temir elektrolitlari qoʻshiladi. Suvni zararsizlantirish suvga xlor ta'sir ettirish yoki ozonlash orqali amalga oshiriladi. Degazatsiya - kimyoviy usul bilan suvdan erigan gazlar chiqarib olinadi, ya'ni gazlar kimyoviy reagentlar yordamida yuttiriladi, masalan, uglerod oksidi boʻlganda: SO2 + Sa(ON)2 → SaSO, +N2O Yoki fizikaviy usul bilan havoda ba'zan vakuumda termik deaeratsiyalanadi. Tuzsizlantirish suvni tozaligi oʻta qattiq talab etilgan ishlab chiqarishda qoʻllaniladi, masalan, yarimoʻtkazgichli material olishda, kimyoviy toza reaktivlar ishlab chiqarishda, farmatsevtika preparatlarni olishda tuzsizlantirish jarayoni amalga oshiriladi. Suvni tuzsizlantirish ion almashinish, distillash, elektroliz usullari orqali olib boriladi. Ion almashinish usuli ba'zi qattiq jismlar eritmadan ionlarni xuddi shunday ishorali boshqa ionlarga ekvivalent miqsorda almashib yutishiga asoslangan.
  • Suvni tuzsizlantirish uchun elektrodializator sxemasi: Suvni tuzsizlantirish uchun elektrodializator sxemasi quyidagicha: 1.5 - rasm. Elektrodializator sxemasi. 1- elektrodlar; 2- kationli membrana; 3- anionli membrana; 4- ichki kamera. 5- tashqi kamera.
  • Yumshatish jarayoni: Texnologiya suvini tayyorlash jarayonlaridan biri yumshatish usuli hisoblanadi. Yumshatish jarayoni deb, turli fizikaviy, kimyoviy, fizik-kimyoviy usullar orqali Ca2+ va Mg2+ ionlar miqdorini kamaytirish, ya'ni qattiqlikni pasaytirishga aytiladi. Fizikaviy usulda suv qaynaguncha qizdiriladi, natijada kalsiy va magniy gidrokarbonatlar karbonat koʻrinishida choʻkmaga tushadi: Ca(NCO3)2 = CaCO3 +N2O + CO2 Bu usul bilan vaqtinchalik qattiqlik ajratiladi. Yumshatishning kimyoviy usuli fosfatli va ohaksodali boʻlib, suvga natriy uch fosfat yoki kalsiy gidroksid va
  • Suvni tozalash usullari: Qattiqligining katta ta'siri bordir.Suv tozalash amaliyotida suvni yumshatishning quyidagi asosiy usullaridan foydalaniladi. Termik usul-suvni temperaturasini koʻtarib uning tarkibidan erkin karbonat kislotasini ajralib ikki atomli kalsiy va magniy mollekulalarining parchalanishi tashkil etishga asoslangan. Ca(HCO3)2 CACO= CO+2 H+2O, CACO3 (ohak) suvda qiyin eriydigan modda boʻlganligi sababli tezda cho'kindiga tushadi va uni ajratib olish mumkin boʻladi. MgCO3 esa suvda oson erishi tufayli suv uzoq qaynatilgandan keyingina cho'kindiga tushadi. Suvning qattiqligi vaqtincha xususiyatga ega boʻlganda uni yumshatishda termik usulni qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Reagent yoki ohakli – soda usuli- suvga soda yoki ohak bilan ishlov berib suvni yumshatishga asoslangan.Suvga soda yoki ohak eritmasi holida qoʻshiladi Ca(OH)2 + Ca(HCO3)2 = 2CaCO3 2H+2O Bunda suvning karbonat qattiqligi kamaytiriladi.Umumiy qattiqlikni kamaytirish uchun suvga soda qoʻshiladi. MgSO4 Ca(OH)+2 Mg(OH)=2 CaSO+4, CaSO4 Na+2CO3 CaCO=3 Na+2SO4, 1.8 - 2.5 mg.ekv/l gacha kamaytirilishi mumkin. Odatda SaCO=Bu usul bilan suvning qattiqligi K 3 cho'kindisi suvdan uni tindirish va filtratsiyalashdan oldin yo'qotilishi kerak. Shuning uchun yer usti suvlarini yumshatish tindirishdan oldin oʻtkaziladi. Qishloq suv ta'minotida bu usul nisbatdan kam qoʻllaniladi. Kationit (ionalmashinuv) usuli. Ushbu usul bilan suvni yumshatish bosimli kationit moslamalar yordamida amalga oshiriladi. Bosimli kationit moslamasi (filtri) ichiga quvurli drenaj sistemasi oʻrnatilgan havzani eslatadi. Suv moslamaga maxsus voronka orqali uzatiladi. Filtrning drenaj quvurlari ustiga 2-3 m qalinligida kationit qatlami joylashtiriladi. Bu usuldan foydalanishda suv qattiqligi qancha katta boʻlsa kationit qatlami shuncha qalin boʻlib filtrlash tezligi esa shuncha kamroq bo'ladi.
  • Kationit filtri (ionalmashinuv usuli): 1.6-rasm. Kationit filtri (ionalmashinuv usuli). 1, 4, 5, 6, 8, 9 – zadvijkalar, 3 – yuvish baki 2 – voronka 7 – drenaj Bu usul suvdagi kaltsiy va magniy kationlarini kationit filtrida mavjud bo'lgan natriy (Na) yoki vodorod (H) kationlariga almashishi jarayoniga asoslangan. Na – kationlariga almashganda jarayon Na – kationitlanish deyilsa, H – ga almashganda H – kationitlanish deyiladi. Yumshatilgan suv drenaj yordamida yig'ilib rezervuarga olib boriladi. Suvni yumshatish filtrning almashinish qobiliyati tugagunga qadar davom etadi. Almashinish qobiliyati tugagandan so'ng filtrni regeneratsiyasi boshlanadi (qayta quvvatga keltirish).Regeneratsiyadan oldin teskari yoʻnalishda koʻtarilayotgan suv oqimi yordamida kationit zarralarining oʻzaro zichligi kamaytiriladi. Bu maqsadda beriladigan suvning sarfi 3-4 l/s m² ni tashkil etadi. Kationit zarrachalarini oʻzaro zichligini kamaytirish 15 minut davomida oʻtkaziladi. So'ngra natriy kationit filtriga voronka orqali 5-10% li osh
  • Natriy-kationitli filtrni hisoblash uchun texnologik qiymatlari.: Kiritilgan suvni hisoblash uchun, kiritilgan suv va quruq moddaning qiymatlari berilgan. Jadvalda natriy-kationitli filtrni hisoblash uchun asosiy qiymatlari keltirilgan. Jadvaldan ko'rinib turibdiki filtrlangan suvning tezligi birinchi va ikkinchi pog'onada xar xildir. Kationitning almashitirish sig'imini pasaytirishda mumkin bo'lgan filtrning tezligi 5 m/soat boʻlishi tavsiya etilmaydi. Quyidagi jadvalda birinchi va ikkinchi pog'onadagi natriy -kationitli filtrga kiritilgan suvning qiymatlari ruhsat etilgan tezlik qiymatlari keltirilgan (50 m/soat gacha).(Kationit qatlamining ruxsat etilgan balandligi -1.5gacha)
  • Kationitning regeneratsiya samaradorlik koeffitsiyenti.: Kationitning regeneratsiya samaradorlik koeffitsiyenti. Xisoblab topish uchun jadvaldagi ma'lumotlar keltirilgan: Kationit regeneratsiya tuzi solishtirma sarfi almashinish layoqati g/g-ekv (jadv.2) 0.62 0.64 0.67 0.69 0.72 0.74 0.75 0.77 0.78 0.80 0.81 100 110 120 130 140 150 160 170 180 190 200 Kationit regeneratsiya tuzi solishtirma sarfi almashinish layoqati g/g-ekv (jadv.2) 230 240 250 260 270 280 290 300 310 320 330 de de 0.84 0.85 0.87 0.87 0.88 0.89 0.90 0.91 0.92 0.92 0.92
  • Kation almashinish layoqatini pasaytirish koeffitsiyenti.: Kation almashinish layoqatini pasaytirish koeffitsiyenti. S²Na/Jo BNa S²Na/Jo BNa 0.01 0.93 0.0 0.84 0.02 0.92 0.1 0.83 0.03 0.91 0.2 0.8 0.04 0.89 0.3 0.77 0.05 0.88 0.4 0.73 0.06 0.87 0.5 0.7 0.07 0.86 0.6 0.69 0.08 0.85 0.7 0.68 S²Na/Jo BNa 1 0.65 2 0.62 3 0.60 4 0.57 5 0.54 6 0.53 7 0.52 8 0.52
  • Tayyorlangan suvga talab ushbu formula bilan hisoblanadi.: Tayyorlangan suvga talab ushbu formula bilan hisoblanadi. G∑ = nk Dmax (1.2 αο.ν. + R/100), [t/s] nk - ishlayotgan qozon va qozon qozon agregatining soni (4,5,6); 1.2 D max - qozonning ishlab chiqish unumdorligi (10 t/s); - zahira kofefitsiyenti Regeneratsiya quruq kationiti (sulfougol yoqi yarimtozalangan sintetik kationit, markasi KU-2) kundalik va sutkasiga bir marta amaliyotda amalga oshiriladi. Qo'llanilish davri Z = 24 ga teng Kationit almashinish kerakli hajmi quyidagi formuladan hisoblanadi. V = G2 Z Jo / YEN, [m³] Bitta filtrning yuzasi: F = V/nh, [m²] nf- birinchi pogʻonali ishchi filtrning soni; h-yuklanadigan kationitli filtrnigng balandligi, m. Natriy-kationitli filtrning diametrini tanlash uchun hisoblash. Df = √ 4F/π, [m] Jadvalda besh xil markali va diametrli filtr tanlangan. Ishlab chiqarish sanoatiga yaqin qiymatlar xisoblangan. Filtrning shartli koʻrsatkichlari Nomlanishi Birinchi pogʻona FIPa 1 FIPa 1 FIPa 1 -0.7-0.6- -1.0-0.6- 1.5-0.6- Na Na Na Ikkinchi pogʻona FIPaII - 1.0-0.6 FIPa II - 1.5-0.6
  • Filtrning diametri va yuzasi: Filtrning diametri 0.7 1.0 1.5 1.0 1.5 D f, m Filtrning yuzasi F, m² 0.38 0.8 1.77 0.8 1.78 Kationit 2 2 2 1.5 1.5 qatlamining balandligi h, m Kationitning xajmi V, m³ 0.77 1.6 3.54 1.2 2.66 Keyin filtr ko'ndalang kesim yuzasini tanlash lozim 2 F = πD²f/4, [m] Filtrning minimal tezligi quyidagi formuladan tekshiriladi W min = G/(nf F), [m/s] Shundan keyin filtrning maksimal tezligi amalga oshiriladi va tekshiriladi, ko'tarilishi mumkin bo'lgan qiymatlar jadvalda koʻrsatilgan. Bu yerda (nf-1)- filtr soni, ish toʻxtalgandan so'ng filtr regeneratsiya qilinadi. Regeneratsiya davri aniqlangandan soʻng birinchi pogʻona filtri tanlanadi. Z = F hnf Ep Na /GJ。, [soat] Filtrni sutkasiga regeneratsiya qilish soni np = 24 / z + (1.5-2) Soatiga 1.5-2 - marta regeneratsiya operatsiyasi amalga oshiriladi Barcha filtrlar sutka davomida necha marta regeneratsiya qilinadi Σ np = nf np
  • III. Ikki pogʻonali natriy-kationitli filtrning tekshirilgan hisobi.: III.Ikki pogʻonali natriy-kationitli filtrning tekshirilgan hisobi. Ikki pogʻonali filtrning tezligi W = G/Fvt nyt, [m/soat] Fvt i nvt - ikki pogʻonali filtr kesimi va ikki pogʻonali filtrga filtr soni tegishli Regeneratsiya soati va davrini aniqlash. Z = Fvt h nvt EpNa /0.1 G, [soat] birinchi pogʻonali filtrdan keyingi suvning umumiy qattiqligi-0.1 Regeneratsiya soati va davrini aniqlash sutka tarkibi nsut.= Zvt/24, [sut.] Birinchi pog'onali natriy-kationitli filtrning ishi to'xtatilsa, ikkinchi pogʻonali filtrda regeneratsiya operatsiyasi oʻz vaqtida amalga oshiriladi. IV. Filtrni regeneratsiya qilish uchun reagent sarfini, filtrni tanlash va aralashma uchun reagentni bir maromda berish hisobi. a) Bir pogʻonali bitta natriy-kationitli filtrni regeneratsiya qilish uchun (osh tuzi) reagentining sarfi. g1st. = Ep Nah Fd / 1000, [kg] d - 2-jadvalda osh tuzining solishtirma sarfi keltirilgan. Sutkasiga osh tuzining sarfi QIst. = g1st. np², [kg]
  • b) Ikki pogʻonali bitta natriy-kationitli filtrni regeneratsiya qilish uchun (NaCI) reagentining sarfi.: b) Ikki pogʻonali bitta natriy-kationitli filtrni regeneratsiya qilish uchun (NaCI) reagentining sarfi. gIIst. = Ep Nah Fvt dvt / 1000, [kg] dvt - Ikkinchi pogʻonali filtr uchun NaCI solishtirma sarfi 2-jadvalda keltirilgan. Sutkasiga osh tuzining sarfi IIst g = glist/nsut, [kg] v) aralashma uchun osh tuzli, bir maromli filtrni tanlash. Tuzli aralashmaning kerakli hajmi VNaCI Q 100/1000 cp, [m³] Q = QIst. + Qlist - maksimal tuz sarfi, S - Bir marta regeneratsiya uchun zarur miqdor, kg; aralashmadagi NaCI konsentratsiyasi ρ - Doimiy qabul qilishi 10% yoki 25 [kg tuz/kg aralashma] %; belgilangan qiymat 1.4 kg/m³. Tuzli aralashmani hajmini oʻlchash Vm = 1.25 VNaCI Filtrning qabul qilingan tezligi 20 m/soat. 5-jadval boʻyicha aniq o'lchamli tuzaralashtirgichni tanlash.
  • II. ATROF-MUHIT MUHOFAZASI.: Bugungi kunda fan va texnologiyalar jadal suratlarda rivojlanmoqda. Ayniqsa mustaqillik yillarda yirik ishlab chiqarish korxonalari barpo etildi. Ma'lumki barcha ishlab chiqarish va sanoat korxonalarining talabi, tabiiy energiya resurslari bilan qoplanadi. Ushbu xolat o'z navbatida tabiiy energiya resurslariga bo'lgan talabning keskin ortishiga sabab bo'lmoqda. Dunyo olimlarining fikriga qaraganda tabiiy energiya resurslarining zaxirasi tobora kamayib ketmoqda. Shu sababli keyingi yilllarda ularni tejash, ekologik xavfsiz boʻlgan yangi texnologiyalarni ishlab chiqish zaruriyatini vujudga keltirmoqda. Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan "Jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi, Oʻzbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari” asarida korxonalarni modernizatsiya qilish, energiya tejaydigan yangi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha asosiy yoʻnalishlar belgilab berildi. Oʻzbekistonning issiqlik energetikasi oʻzining yoqilg'i – energetika resurslari bazasida faoliyat yuritmoqda. Yirik issiqlik elektr stansiyalari tomonidan respublikamiz sanoati, transport, qishloq xoʻjaligi, suv xoʻjaligi va boshqa sohalari elektr va issiqlik energiya bilan ta'minlanmoqda. Ularning umumiy energotizim quvvatidagi ulushi 87 foizni tashkil etadi. IElarda 150 dan 800 ming kilovattgacha quvvatga ega boʻlgan 30 ta energoblok oʻrnatilgan. Iqtisodiyotni yanada mustahkamlash va xalqning turmush darajasini yanada oshirish Energetika sohasini yanada takomillashtirish va uning uzluksiz ishlashiga bog'liq. Muborak Issiqlik Elektr markazi ham viloyatimiz sanoatida yetakchi oʻringa ega boʻlgan korxonadir. Prezidentimiz I. A. Karimov tomonidan 2001 yilda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Energetikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish toʻgʻrisida
  • Yirik ishlab chiqarish korxonalarida maxsulotni qayta ishlash jarayonida...: Yirik ishlab chiqarish korxonlalarida maxsulotni qayta ishlash jarayonida, yuqori xaroratli va bosimli suv bug'i talab qilinadi. Yuqori bosimli suv bug'ini xosil qilishda juda ko'p miqdorda yoqilg'i sarflanadi. Yuqori bosimli bug'ni xosil qilish mobaynida juda ko'p miqdorda texnik suvga extiyoj kuzatiladi. Mavjud xolat asosan daryo va dengiz suv xavzalaridagi suvlar bilan qoplanadi. Bizga ma'lumki dunyoning 3/2 qismi suvlikdan iborat. Biroq yirik energetik komplekslar va sanoat korxonalarining talabini qondirish uchun, kimyoviy tarkibi talab darajasida bo'lgan ta'minot suvi kerak bo'ladi. Kimyoviy tarkibi toza bo'lgan ta'minot suvida ishlovchi qurilmalarning ishlash jarayoni talab darajasida bo'ladi. Bunga misol tariqasida vohamizdagi sanoat korxonalaridan biri Muborak gazni qayta ishlash zavodida gaz tarkibidagi turli aralashmalarni (asosan oltingugurt) ni tozalash maqsadida yuqori bosimli va xaroratli bug' ishlatiladi. Ushbu sanoat korxonasini asosan ishchi maxsulot bilan yonma-yon korxona "Muborak IEM" OAJ ta'minlaydi. Bundan tashqari qo'shimcha ta'minot sifatida MGQIZ ning o'zida xam bug' ta'minoti bo'limi faoliyat olib boradi. Muborak gazni qayta ishlash zavodining bug' ta'minlash bo'limi (15-tsex) da 11 ta bug' qozoni o'rnatilgan bo'lib, asosan yuqori bosimli bug'ni tabiiy yoqilg'i hisobiga ishlab chiqaradi. Bizga ma'lumki organik tabiiy yoqilg'i yonganda atrof-muhitga zaxarli gazlarni ajralib chiqishi kuzatiladi. Bu esa tutun gazlarining atmosferaga ta'sirini kuchayishiga olib keladi. Atmosferaga chiqayotgan zararli chiqindilar miqdorini kamaytirish bugungi kunda eng dolzarb masala xisoblanadi. Texnik suvni yumshatish usulini ishlab chiqishning ekologik foydali tomoni quyidagilar: • Atrof-muhitga iflos suvlar tashlanishi kamayadi; • Yuqori bosimli va xaroratli suv bug'ini ishlab chiqarish uchun yoqiladigan gaz, ko'mir miqdori kamayadi, hosil bo'ladigan is gazi va boshqa zararli moddalar miqdori pasayadi; • Atmosfera havosiga metan (issiqxona gazi) tarqalishi kamayadi; • Daraxtlar va boshqa o'simliklar saqlab qolinadi, atrof-muhitdagi havo tozalanadi.
  • III. MEHNAT MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI.: O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, biogaz va bioo'g'it olish korxonasiga er ajratish sanitariya me'yorlari quyidagicha: O'zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya shifokori tomonidan 2008 yilda tasdiqlangan 0246-08-sonli «Санитарное норм И правила по охране атмосферного воздуха населеннх мест Республике Узбекистан» sanitariya me'yorlari va qoidalari (SanPIN)ga asosan, quvvati yiliga 40 tonnadan ortiq chiqindilarni qayta ishlashga mo'ljallangan korxona sanitariya himoya mintaqasining masofasi 1000 metr, agar quvvati 40 tonnadan kam bo'lsa, 500 metr deb belgilangan. korxonaning ehtiyoji uchun davlat standarti texnik shartlarini ishlab chiqish masalasi sog'liqni saqlash vazirligining vakolatiga kirmasligi, lekin ushbu hujjatda atmosfera havosi, tuproq va er osti suvlarini chiqindilardan muhofaza qilinishini ta'minlash chora-tadbirlari ko'zda tutilishi shart. Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri, ishchilarga xavfsiz ish sharoitini yaratib berishdan iboratdir xavfsiz ish sharoitini yaratib berishdan iboratdir. Xavsiz ish sharoiti, yani, mehnat xavfsizligi bu ishlab chiqarish sharoitida ishchilarga barcha xavfli va zararli faktorlar ta'siri bartaraf etilgan mehnat sharoiti holatidir. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar ishlab chiqarish sharoitida ko'pgina fizik va kimyoviy faktorlar ta'sirida yuz beradi. Bunday jarohatlanishlarning oldini olish bu murakkab kompleks muammo bo'lib, birinchi navbatta mashina va mexanizmlarni loyixalash bosqichida xavfsizlik talablariga katta etibor berishni talab etadi. Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta'minlash asosan quyidagi tadbirlar yordamida amalga oshiriladi. a). Texnikalarni xavfsizlik talablari asosida loyixalash va tayyorlash;
  • Xavfdan himoyalanishning muhandis-texnik vositalardan foydalanish: b). Xavfdan himoyalanishning muhandis-texnik vositalardan foydalanish; v). Xavfsiz texnologik jarayonlarni tadbiq etish; g). Ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo'yicha malakali o'qitish; d). Xavfsiz ish joyi va ish sharoitini tashkillashtirish. Yuqorida ta'kidlangan tadbirlar amalda kompleks holda qo'llaniladigan ijobiy natijalarga to'liqroq erishiladi. Vaholanki, ushbu tadbirlarni ishlab chiqish, birinchi navbatta xavfning turini, uning kelib chiqish sabablarini o'rganishni talab etadi. Xavfning turi va keliv chiqish sabablariga bog'liq holda xavfli faktorlardan himoyalanish usullari ikki xil: aktiv va passiv turlarga bo'linadi. Aktiv himoya xavfli faktorlarni hosil bo'lishini yoki uning ta'sir darajasini kamaytirishga yo'naltirilgan bo'ladi. Passiv himoya xavfli faktorlarni insonga ta'sirini bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmuidan iborat bo'lib, u shuni tashkil etish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalardan foydalanish yo'llari orqali amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalar jumlasiga tormoz qurilmalari signalizatsiya, masofadan boshqarish jihozlari saqlash qurilmalari, to'siqlar va blokrofkalash moslamalari kiradi. Tormoz qurilmalari harakatlanadigan mashinalar yoki ularning qismlarini tez to'xtatish, yurish tezligini sekinlatish, bir joyda qo'zg'almay turishini ta'minlash hamda ko'tarilgan yuklarni o'z holicha to'yinib ketishini oldini olish maqsadida ishlatiladi. Ko'pgina mashina va mexanizmlarning ishchi a'zolari katta massaga va yuqori aylanish tizimiga egaligi sababli, o'z enertsiyasi hisobiga uzoq vaqt aylanishi va bu ishchilar uchun xavf keltirib chiqarish mumkin shu sababli, ishchining jarohatlanish xavfi darajasi birinchi navbatda tormoz qurilmamalarining ishga tushish vaqtiga bog'liq bo'ladi. Kutilmagan xavfli vaziyatlar vaqtida harakatlanayotgan mashinani avariyaviy to'liq to'xtatish vaqtini quyidagicha aniqlash mumkin:
  • IV. IQTISODIY QISM.: Iqtisodiy effektivlik kimyoviy ishlab chiqarishni takomillashtirishning muhim ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy effektivlik mahsulot ishlab chiqaradigan korxonaning texnologik qurilma quvvatiga hamda texnologik jarayon amalga oshiriladigan texnikaviy va ilmiy darajaga bog'liq. Kimyoviy ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy darajasi texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar yigʻindisi orqali aniqlanadi. Bu koʻrsatkichlarga xom ashyo va energiyaning sarf koeffitsiyentlari, xom ashyoning hosil boʻlish darajasi va tayyor mahsulot chiqimi, jarayon unumdorligi, qurilmaning ish uzluksizligi, mahsulot sifati, mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi kabilar kiradi. Ishlab chiqarishni texnik iqtisodiy ko'rsatkichlari korxona holatini xarakterlovchi bir qator faktorlarga bog'liq, ya'ni korxonani o'sishi (fizik koʻrsatkich va ma'naviy eskirish), qurilmani texnik holati, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish darajasi, kadrlar kvalifikatsiyasi, mehnatni tashkil etish darajasi, qo'llaniladigan texnologiyani zamonaviyligi (ilgʻorligi). Texnik iqtisodiy ko'rsatkichlari korxonani belgilangan nomenklatura va sifat darajasida, buyurtmachi talabini (GOST, OST, TU) qondiradigan va berilgan miqdorda mahsulot ishlab chiqarish qulayligini aks ettiradi. Ular berilgan korxonani iqtisodiy foydaliligini tashkil etish, uning rentabelligi, bir xil yoʻnalishli turli korxonalar samaradorligini taqqoslash kriteriylari hisoblanadi. Texnik iqtisodiy ko'rsatkichlari korxonaning hozirgi holatini baholash, korxonaning texnik bazasini yangilash hamda uni planlashtirish uchun qoʻllaniladi. Sarf koeffitsiyenti deganda tayyor mahsulot hajmi yoki korxonaning birlik massasini har bir ko'rinishiga sarflanadigan energiya yoki xom ashyo miqdoriga aytiladi. Xom ashyo boʻyicha sarf koeffitsiyenti t/t, km³/t, nm³/ nm³; energiya boʻyicha KVT- s/t, kVt-s/nm³ larda ifodalanadi. Tayyor mahsulot chiqimi - mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan xom ashyo massasini olingan mahsulot massasiga nisbati orqali ifodalanadi.
  • Mahsulot chiqimi va aylanish darajasi: Quyidagi sxema A V asosida boradigan bir bosqichli jarayon uchun chiqim teng: η Β = m B / m A Agar jarayon negizida aniq tenglama asosida boradigan kimyoviy reaksiya yotsa, u holda ko'p bosqichli jarayon sxemasi A V bo'yicha jarayonning umumiy chiqimi har bir bosqich chiqimining tabiatiga teng: Qaytmas reaksiya chiqimi amaliy jihatdan olingan massani nazariy stexiometrik tenglama massasiga nisbati orqali aniqlanadi: η = M Ao (amal) / m B(nazar) qaytar reaksiya chiqimi amaliy jihatdan olingan mahsulot massasini ishlab chiqarishda olinishi mumkin boʻlgan maksimal mahsulot miqdoriga boʻlgan nisbat orqali aniqlanadi. Aylanish darajasi (konversiya) deganda ma'lum vaqt oralig'ida kimyoviy aylanishda bo'lgan hom ashyo massasini uning boshlang'ich massasiga boʻlgan nisbatiga (tao) tushuniladi: XA = m Ao - ma αττ / ma 00
  • Selektivlik va unumdorlik: Selektivlik deb butun mahsulot massasini jarayonda olingan mahsulotning umumiy massasiga yoki ma'lum vaqt τ oralig'ida aylangan xom ashyo massasiga boʻlgan nisbatga aytiladi. Selektivlik jarayonning bir yunalishida xom ashyodan bir nechta soʻnggi mahsulot hosil boʻlishi bilan xarakxerlanadi. Agar jarayon quyidagi sxema boʻyicha borsa: A -> B -> L Bu yerda: V - butun mahsulot boʻlib, V mahsulot boʻyicha selektivlik: mB δβ = mB - MD yoki mB δβ= mao - mατ Unumdorlik deb ishlab chiqarilgan butun mahsulot miqdori yoki birlik vaqt ichida qayta ishlangan xom ashyo miqdoriga aytiladi: m = π / τ Bu yerda t birlik vaqt ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori. Unumdorlik ishlab chiqarish hajmiga bogʻliq holda kg/s, t /s, nm³/ sutka, t/yil bilan ifodalanadi. Qurilma intensivligi deb qurilmaning ishchi qismi (uning reaksion hajmi yoki ko'ndalang kesimi 5¹) oʻlchamini xarakterlaydigan birlik qiymatga kiritilgan unumdorlikka aytiladi:
  • XULOSA: Bizga ma'lumki yirik energetik komplekslarda ishchi jism yoki issiqlik tashuvchi sifatida suvdan keng foydalaniladi. Chunki suvning fizik va kimyoviy xosslari boshqa ishchi jism, issiqlik tashuvchinikiga qaraganda ancha yaxshi xisoblanadi. Shunday ekan yirik energetik kompleks va ishlab chiqarish korxonalarida keng foydalaniladi. Ma'lumotlarga asosan er yuzasining 3/2 qismini suv tashkil qiladi. Lekin iste'molga yaroqli miqdori juda kam. Agar mavjud suvlardan belgilangan tartibda texnik maqsadda foydalanilmasa, bir qator muammolarni vujudga keltiradi. Shu sababli mavjud vujudga keladigan muammolarni oldini olish maqsadida, texnikada suvdan foydalanish belgilangan tartibda amalga oshirish maqsadga muvofiq sanaladi. Yirik energetik komplekslarda (issiqlik elektr stansiya, issiqlik elektr markazi) larda, ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan suvga qo'yiladigan talab quyidagicha. Tarkibi jixatdan toza, ishqoriyligi, tuzlilik miqdori, qattiqligi belgilangan normalar asosida bo'lishi qat'iy talab etiladi. Issiqlik elektr stansiyalarda (suv) birlamchi ta'minot suvi va suv bug'i sifatida ishlatiladi. Odatda ishlatiladigan suv norma bo'yicha tayyorlanishi uchun ikki xil usulda ya'ni, kimyoviy va termik tozalanadi. Suvni kimyoviy va termik usulda tozalash stansiyaning maxsus bo'limlarida amalga oshiriladi. Issiqlik elektr stansiyalarida maxsuv suv isitish va suv bug'i ishlab chiqaruvchi qozonlar ta'minot suvining asosiy iste'molchisi xisoblanadi. Texnik suv dastlab maxsus suv xavzalaridan maxsus suv saqlash omborlariga yig'iladi. So'ngra suvni kimyoviy tozalash (SKT) bo'limiga uzatiladi. Uzatilgan suv ta'lab darajasida maxsus suv va bug' qozonlariga beriladi. Ushbu jarayonda xam uzatilayotgan suvning umumiy qattiqligi, tuzlilik miqdori, ishqoriyligi alohida e'tiborga olinadi. Bajarilgan bitiruv malakaviy ishida xam aynan, ishlatilayotgan suvning umumiy qattiqligini kamaytirish va yumshatish bo'yicha, xozirda faoliyat ko'rsatayotgan Muborak gazni qayta ishlash zavodining bug' taminoti bo'limida ta'minot suvini yumshatish bo'yicha qator ishlar amalga oshirilgan. Ushbu ishni amalga oshirishda quyidagi asosiy ishlar muxim vazifa etib belgilab olindi. - Muborak gazni qayta ishlash zavodi suv tayyorlash bo'limida texnik suvni yumshatish jarayonlarini tadqiqot qilish. - Muborak gazni qayta ishlash zavodi texnik suv ta'minoti bo'limining taxlili. Belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi asosiy ishlar bajarilgan. 1-Muborak gazni qayta ishlash zavodida texnik suv ta'minoti bo'limini tutgan o'rni. 2-Texnik suv ta'minoti bo'limida suvni tozalash jarayonlarini o'rganish va xisoblash. 3-Texnik suv yumshatish jarayonlarini zamonaviy usullarini o'rganish va taqqoslash. 4-Texnik suv yumshatish jarayonlarini tadqiqot qilish va samarali usullarini tanlash. Xulosa qilib aytganda, Muborak gazni qayta ishlash zavodida texnik suvni yumshatish jarayonlarini tadqiq qilish, ishlab chiqarishda suv tayyorlash bo'limidagi asosiy qurilmalarning ishlash davomiyligi uzayishiga erishiladi. Bundan tashqari, qurilmada xosil bo'layotgan qasmoq qatlamlar, ular natijasida issiqlik almashinish jarayonining sustlashuvi, quvurlarda bosimning keskin oshib ketishini oldi olinadi. Umumiy xolatda ishlab chiqarish korxonasidagi bug' ta'minoti bo'limining ishlab chiqarish samaradorligi oshishiga erishiladi. Texnik suvni yumshatish bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida suvni yumshatish uchun ikki pog'onali natriy-kationitli filtrlarni maxsus konstruktiv almashishini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin.