Metrologiya va standartlashtirish

Ushbu kitob Toshkent Kimyo-Texnologiya Instituti tomonidan tayyorlangan va «Metrologiya va standartlashtirish» faniga oid laboratoriya ishlarini bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni o'z ichiga oladi. Unda metrologiya asoslari, oʻlchash vositalari, ularning xatoliklari, oʻlchash natijalarini qayta ishlash usullari, xatoliklarni korreksiyalash, elektron ossillograflar, elektr oʻlchov oʻzgartgichlari va shtrix kodlarni oʻrganish hamda hisoblash kabi mavzular chuqur yoritilgan. Kitobda nazariy maʼlumotlar, amaliy mashqlar, nazorat savollari va adabiyotlar roʻyxati keltirilgan boʻlib, talabalarning ushbu fanni chuqurroq oʻzlashtirishlari uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular

  • 1-LABORATORIYA ISHI. Xalqaro “SI” oʻlchash tizimi birligini qoʻllash: Ushbu laboratoriya ishida talabalarning “SI” oʻlchashlar birligi tizimida turli oʻlchash ishlarida amaliy qoʻllash malakasini oshirishga qaratilgan. Unda xalqaro oʻlchashlar birligi tizimi "SI" bilan tanishish, oʻlchov vositalari parametrlari boʻyicha tasnifini oʻrganish, berilgan kattaliklarning oʻlchov birligi boʻyicha tahlili va ularni xalqaro oʻlchashlar birligi tizimi “SI” ga oʻtkazish kabi mavzular oʻrganiladi.
  • 2-LABORATORIYA ISHI. Oʻlchov vositasining mutlaq, nisbiy va keltirilgan xatoligini topish: Ushbu laboratoriya ishida talabalarning oʻlchash va ularning xatoliklari to'g'risida nazariy bilimlarini mustahkamlash va ularni amaliy qoʻllash malakasini oshirishga qaratilgan. Unda oʻlchov vositasining mutlaq, nisbiy va keltirilgan xatoligini topish, xatolikni formula yordamida hisoblab taopish kabi masalalar oʻrganiladi.
  • 3-LABORATORIYA ISHI. OʻLchash natijalarini qayta ishlash: Ushbu laboratoriya ishining maqsadi, asosan, oʻlchash natijalarini qayta ishlash usullarini oʻrganish, oʻlchash natijasini oʻlchanadigan kattalikning haqiqiy qiymatiga qanchalik yaqin eqanligini aniqlash yoki uning oʻzgarish ehtimolini topish, o'lchashda hosil boʻladigan xatolikning xarakterini aniqlash va tekshirishdan iborat.
  • 4-LABORATORIYA ISHI. Oʻlchash xatoliklarini korreksiyalash usullarini oʻrganish: Ushbu laboratoriya ishi kunduzgi shakildagi talabalar uchun mo'ljallangan boʻlib, "Metrologiya va standartlashtirish" va "Metrologiya, standartlashtirish sertifikatlashtirish" fanlarining laboratoriya mashg'ulotlarida foydalanish uchun mo'ljallangan. Unda oʻlchash vositalariga aniqlik klassini berish maqsadida qiyoslashlarni bajarish tamoyilini oʻrganish va test oʻzgartirishlari asosida oʻlchash xatoliklarini tuzatish usullarini tadqiqot qilish oʻrganiladi.
  • 5-LABORATORIYA ISHI. Elektron ossillograflarni o'rganish: Ossillografik qurilmalar qurish prinsipini o'rganish, elektron ossillografni struktur-funksional sxemasini va elektrik signallar vaqt va ampiituda parametrlarini o'lchash ossilografik usullarini o'rganish hamda bilvosita o'lchash xatoliklarini aniqlash maqsadida o'lchash ma'lumotiga ishlov berish prinsipini o'rganish ushbu laboratoriya ishining asosiy maqsadlaridir.
  • 6-LABORATORIYA ISHI. Elektr o'lchov o'zgartgichlarini o'rganish: Ushbu laboratoriya ishida elektr o'lchov o'zgartgichlarini o'rganish ko'zda tutilgan. Kompyuter dasturi Delphi 3 integrallovchi rnuhit negizida amalga oshirilgan. Dasturda amaliyotda oichov vositalarini qurish uchun foydalaniJadigan fizik jarayonlarning turli xil elektr o'lchash o'zgartirgichlari (detektorlari)ning matematik modeli ko'rsatilgan.
  • 7-LABORATORIYA ISHI. Shtrix kodlarni oʻrganish va xisoblash: Ushbu laboratoriya ishida talablarga shtrix kodlarni o'rgatish va xisoblash usullarini oʻrgatishdan iborat. Shtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo'lib, bu chiziqlarning oʻlchamlari standartlashtirilgan. Shtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida o'qishga mo'ljallangan.