Ekologiya
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari, xalqaro konvensiyalar va
Asosiy mavzular
- Kirish: O'zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi qonunining 4-moddasiga milliy talim tizimida ekologik o'quvning majburiylik printsipi kiritilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2008-2012 yillarda O'zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to'g'risida”gi 212-sonli qarorida esa uzluksiz ekologik talim tizimini rivojlantirish masalasi qo'yilgan. Shularga binoan 2010 yilning dekabr oyida qabul qilingan Oliy va o'rta maxsus talim hamda Xalq talimi vazirliklari tomonidan BMTning Barqaror rivojlanish uchun talim dasturiga binoan 2011-2012 o'quv yilida oliy talim muassasalarida tegishli bakalavriat yo'nalishlari bo'yicha ekologiya, tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish sohasiga oid o'quv-uslubiy majmualarni takomillashtirish va amalga joriy etish vazifasi kiritilgan.
- Yashash muhitlari va ekologik omillar: Muhit tevarak - atrofdagi o'zaro bog'lanishlardagi shart - sharoitlar va tasirlar majmuidir. Soddaroq qilib aytganimizda, organizmlarni o'rab olgan barcha omillar yig'indisini tushunamiz. Odatda tabiiy va suniy muhitlar mavjud. Tabiiy muhitni suv, quyosh, shamol, havo, er, o'simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi. Suniy muhit inson tamonidan yaratilgan bo'lib, bunda insonning mexnat maxsuli yotadi. Tabiiy va suniy muhitlar bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Ularning bog'liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. Tirik organizmlarning hayoti o'zgarmagan shart - sharoitlar va tasirlar barqaror holatida muvozanat o'zgarmaydi, aksincha, muhitning shart - sharoitlari va tasirlari buzilganda ekologik muvozanatsiz holat kelib chiqadi.
- Populyaciyalar ekologiyasi va jamoa (biocenozlar): «Populyatsiya» - bu tur ichidagi organizmlar guruhi bo'lib, u malum chegaralangan erda hayotiy jamoaning rivojlanayotgan qismini egallab turadi. «Populyatsiya» lotincha «rorulus» so'zidan olingan bo'lib, xalq, aholi degan manoni anglatadi. Ekologiyada populyatsiya deb - birgalikda umumiy maydonni egallaydigan hamda o'zaro bir biriga tasir qiladigan, bitta turga tegishli bo'lgan individlar yig'indisiga aytiladi. Populyatsiyaga xos xususiyatlardan biri - o'zini son jihatdan boshqarishidir. Tug'ilish va nobud bo'lish (o'lim) orasidagi muvofiqlik populyatsiya sonining boshqarilishi deyiladi. Populyatsiyadagi organizmlar soni omillar tasirida o'zgarib turadi. Populyaiiya sonining kamayishiga o'limning ko'payishi na hosildorlikning kamayishi tasir qiladi. Boshqarishning yana bir shakli - populyatsiyada zichlikning oshishi kuzatilganda bo'ladi. Zichlik meyrdan oshib ketsa, ovqat etishmasa populyatsiyada o'z - o'zini boshqarish va shu orqali populyatsiyalarni boshqarish ro'y beradi.
- Atmosfera ifloslanishi va uning oqibatlari: Atmosfera h'avosi insonni wrab turuvchi muhitning muh'im komponentlaridan va tabiatning zaruriy resurslaridan h’isoblanadi. Haroratning wzgarishiga qarab atmosfera bir necha kobig' (sfera) lardan iboratdir. Erga birikib turuvchi qismi troposfera deyiladi. Troposferada atmosferaning 75% suv bug'i va mayda suv zarrachalari qorishmalarininng asosiy qismi joylashgandir. Troposferaning yuqorigi chegarasi tropopauza deyiladi. Troposfera erdan wrtacha 11 km balandlikda joylashgan. Undan 50 km balandlikgacha stratosfera joylashgan. Engil h'avo oqimlari, kambulutlik va haroratning 25 km gacha wzgarmasligi stratosferaga xos xususiyatdir. Undan yuqorida h’arorat kwtarilib borib stratopauza darajasiga kelganda nolgacha tushadi. Stratopauzadan swng mezosfera keladi. Unda h'arorat pasayib borib yuqorigi chegarasi (mezopauza)ga etganda minus 85 - 90 gacha tushadi. Undan swng (90 km dan 450 km gacha) termosfera joylashgan. Termosferada meteoritlarning asosiy qismi ënib ketadi va quëshdan kelaëtgan kosmik nurlanish yutiladi. Atmosferaning ionlashgan qismi ionosfera 50 - 60 km balandlikdan boshlab atmosferaning yuqorigi chegarasigacha boradi.
- Tuproqning ifloslanishi va uning turlari: Tuproqning shwrlanish va botqoqlanishi qishloq xwjaligida., Ayniqsa eng qimmatli texnika ekinlarni ekiladigan respublikalarda, shu jumladan Wzbekisionda kwpgina zarar keltiradi. Shwrxok tuproqlarning tarkibida oziq birikmalaridan boshqa suvda oson eriydigan h'ar xil zararli tuzlar bwladi. Tuzlarning miqdori tuproqda 3 foizdan kwp bwlsa, unga shwrxok deyiladi. Bu tuproqlarda kwpchilik wsimliklarning wsishi uchun qulay sharoit bwlmaydi. Tuproqning shwrlanishga shamol orqali dengiz ëki kwl soxilidagi tuzli twzonlarning uchirilib kelishi h'am sabab bwlishi mumkin.
- Barqaror rivojlanish va ekologik ta'lim tarbiya: Barqaror rivojlanish deganda hozirgi avlodlar hayotiy ehtiyojlarini kelgusi avlodlar ehtiyojlarini qondirishga zarar etkazmasdan amalga oshiriladigan rivojlanish tushuniladi. Barqaror rivojlanish mazmun bo'yicha ekologik rivojlanish tushunchasiga juda ham yaqindir. 1960-yillar oxirida rivojlangan g'arb mamlakatlarda atrof muhitning ifloslanishiga qarshi kuchli jamoatchilik harakati vujudga kelgan, dastlabki ekologik qonunlar qabul qilingan, mingga yaqin ekologiya va rivojlanish masalalari bilan shug'ullanadigan tashkilotlar tuzildi. 1968 yili 10 ta davlatdan 30 kishidan iborat fan, madaniyat, maorif, biznes vakillari «Rim klubi» deb nomlangan nodavlat tashkilotini tuzishdi. Klub azolari insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab ahvolini muhokama qilish va inqirozdan chiqish yo'llarini o'rganishni asosiy maqsad deb belgiladilar.
- Ekologiya va xalqaro hamkorlik: O'zbekiston Respublikasining 1992 yili 2 martda BMTga teng huquqli azo bo'lishi ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik uchun ham keng yo'l ochib berdi. Birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish katta ahamiyaga egadir. Ayniqsa, Orol va Orolbo'yidagi ekologik muammolar Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro tashkilotlarning diqqat markazida bo'lib, ushbu yo'nalishda turli tadbirlar o'tkazildi va amalga oshirilmoqda. Orolbo'yi aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taminlash, ularga tibbiy yordam ko'rsatish hamkorlikning asosiy masalalaridan hisoblanadi. Jahon Banki, Evropada havfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXXT) va boshqalar O'zbekistondagi ekologik muammolarni hal qilish ishiga katta hissa qo'shmoqdalar. O'zbekistondagi Ekologiya va salomatlik fondi- "Ekosan", nodavlat tashkilotlari ekologik muammolarni hal qilishda, xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish ishiga o'z hissasini qo'shmoqda.