MS WORD 2016 mustaqil o’rganish uchun. (1-qism).
Ushbu o‘quv-metodik qo‘llanma, oliy ta’lim muassasasi talabalari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari hamda Ms Word dasturida ishlashga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan. Kitobda Ms Word 2016 matn protsessoriga doir mavzular oddiy, sodda va ommabop tarzda aks etgan bo‘lib, u mazkur dasturni mustaqil ravishda o‘zlashtirishda qo‘l keladi.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Dasturning ishlash jarayoni bilan umumiy tanishuv, Dastur ichida harakatlanish, Hujjat ichida harakatlanish.
- HUJJATLARNI YARATISH VA SAQLASH: Yangi hujjat yaratish, Hujjatni dasturga import qilish, Hujjatni saqlash.
- HUJJATLARNI BOSIB CHIQARISH: Bosib chiqarmoqchi bo‘lgan hujjatimizni oldindan ko‘rish, Tezkor bosib chiqarish, Bosib chiqarish sozlamalari.
- MATNNI TAHRIR QILISH VA KO‘RINISHGA ISHLOV BERISH: Yozuvni tanlash, Yozuv formatini o‘zgartirish, Topish va almashtirish, Bekor qilish va oldinga qaytarish, Ko‘chirish va joylashtirish, Yozuv formati belgilari.
- ABZATSLAR BILAN ISHLASH: Xat boshi, Abzatsning sahifa bo‘ylab joylashishi, Qatorlar orasida masofa, Tabulyatsiya.
- SAHIFA SOZLAMALARI: Hoshiya, Sahifaning yo‘nalishini tanlash, Sahifani raqamlash, Qo‘rg‘oz hajmi, Orqa fonni o‘zgartirish, Belgi qo‘yish.
- HUJJATNI TEKSHIRISH: Orfografiya, Avtoalmashtirish va imlo.
- ISH MAYDONINI SOZLASH: Dastur sozlamalarini moslash, Saqlash va odatiy sozlamalar, Tezkor o‘tish panelini sozlash.
- RO‘YXATLAR BILAN ISHLASH: Ro‘yxatni markerlash, Ro‘yxatni raqamlash, Ro‘yxatni tahrir qilish.