WEB dasturlash
Ushbu uslubiy ko'rsatma O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Namangan Muhandislik-Qurilish Instituti «Energetika sanoatni axborotlashtirish» fakulteti «Informatika va AT» kafedrasi tomonidan tayyorlangan bo'lib, «Web dasturlash» fanidan tajriba ishlarini bajarish uchun mo'ljallangan. Unda tajriba ishlarini bajarish namunalari va topshiriqlar berilgan. Ko'rsatma na'munaviy o'quv dasturi asosida tuzilgan.
Asosiy mavzular
- 1-tajriba ishi: Ushbu mavzu PHP va JQuery bilan ishlash, JQuery kutubxonasini saytga bog'lash va JQueryda hodisalar bilan tanishishga bag'ishlangan. Unda Yashirish va ko'rsatish, Matnni yashirish, Focus va Blur, Hover hodisasi, Mouseleave hodisasi kabi amaliy misollar keltirilgan.
- 2-tajriba ishi: Ushbu mavzu internet magazin uchun MySQL ma'lumotlar omborini yaratish, foydalanuvchilar yaratish va ularga huquqlar berish, MB jadvallarini yaratish va taxrirlashga bag'ishlangan. MySQL MBBT ning asosiy operatorlari, CREATE TABLE operatori, foydalanuvchilarni yaratish va ularga huquqlar berish kabi mavzular yoritilgan.
- 3-tajriba ishi: Ushbu mavzu internet magazin uchun MySQL so'rovlari bilan ishlovchi PHP buyruqlari bilan tanishish, mysql_connect va mysql_db_select operatorlari bilan ishlash, PHP sahifasi orqali ma'lumotlar bazasiga so'rovlarni tashkil etish hamda mysql_query operatori imkoniyatlari bilan tanishishga bag'ishlangan.
- 4-tajriba ishi: Ushbu mavzu internet magazin sayti ma'lumotlar bazasida so'rovlarni tashkil etish, INSERT, UPDATE va DELETE so'rovlari bilan ishlash, internet magazin sayti formasi ma'lumotlarini ma'lumotlar ombori jadvaliga saqlash hamda MB jadvali ma'lumotlarini veb sahifada chop etishga bag'ishlangan.
- 5-TAJRIBA ISHI: Ushbu mavzu Wordpress CMSni lokal serverga o'rnatish va Wordpress CMS admin paneli bilan tanishishga bag'ishlangan. Unda Wordpress CMSni lokal serverga o'rnatish va admin paneli bilan ishlash bo'yicha ko'nikma va malakalarni hosil qilish o'rgatiladi.
- 6-TAJRIBA ISHI: Ushbu mavzu Wordpress CMSda temalar o'rnatish va sozlashga bag'ishlangan. Talabalarda Wordpress CMSda temalar o'rnatish va sozlash malakalarini hosil qilish ko'zda tutilgan.
- 7-TAJRIBA ISHI: Ushbu mavzu Wordpress CMSda vidjetlarni sozlash, menyu yaratish va sozlashga bag'ishlangan. Talabalarda Wordpress CMSda vidjetlarni sozlash, menyu yaratish va sozlash bo'yicha malaka va ko'nikmalarni hosil qilish ko'zda tutilgan.
- 8-TAJRIBA ISHI: Ushbu mavzu Wordpress CMSda rubrikalar, sahifalar yaratish va Wordpress CMSda maqolalar qo'shish va ularga murojaatlar quyishga bag'ishlangan. Talabalarda Wordpress CMSda rubrikalar, sahifalar hamda maqolalarni yaratish va ularga murojaatlar quyish bo'yicha malaka va ko'nikmalarni hosil qilish ko'zda tutilgan.