To’raqo’rg’on shahri Namangan ko’chasidagi yengil avtomobil shinalariga servis xizmat ko’rsatish ustaxonasini tashkil etish

Ushbu diplom loyihasi To'raqo'rg'on shahri Namangan ko'chasida yengil avtomobil shinalariga servis xizmat ko'rsatish ustaxonasini tashkil etish mavzusiga bag'ishlangan. Loyihada avtomobil shinalarini ta'mirlash va vulkanizatsiya ishlarini tashkil etish, texnologik jarayonlar, iqtisodiy hisob-kitoblar, mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhitni himoya qilish masalalari batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining avtomobil transportini rivojlantirish bo'yicha qarorlari va so'ngi yillardagi ishlar tahlili, hamda loyiha mavzusining dolzarbligi asoslanadi.
  • Umumiy qism: Avtomobil shinalarining texnik holatini qisqacha tavsifi va loyiha mavzusining asoslanishi keltirilgan.
  • Hisob-texnologik qism: Ustaxona quvvatini hisoblash, yillik ish hajmini aniqlash, jihozlarni tanlash, maydon hisobi va texnologik jarayonlar bayon etilgan.
  • Tashkiliy qism: Shinalarni ta'mirlash va vulkanizatsiya ustaxonalaridagi ishlarni tashkil etish, texnologik xarita tuzish va ustaxonani rejalashtirish masalalari yoritilgan.
  • Iqtisodiy qism: Ishlab chiqarish tannarxi, daromad, foyda va rentabellik hisobi, ishchilarning ish haqi fondi, materiallar sarfi va boshqa xarajatlar aniqlangan.
  • Mehnat muhofazasi va atrof-muhitni himoya qilish qismi: Mehnat sharoitini tashkil etish, xavfsizlik texnikasi va atrof-muhitni himoya qilish choralari ko'rsatilgan.
  • Xulosa: Loyiha natijalari, tavsiya etilgan ishlar va ular bo'yicha xulosalar keltirilgan.