Электрон кутубхона реляцион маълумотлар базаси лойиҳасини қуриш

Ushbu diplom ishi mavzusiga muvofiq

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Axborot asrida, axborotlashgan jamiyatda dunyoni harakatlantiruvchi asosiy kuch axborot ekani hech kimga sir emas. Axborot, energiya, vazn, bo`shliq va vaqtni bir butun holda batafsil o`rganish hozirgi vaqtda inson hayotining barcha jabhalarida muhim ahamiyatga ega bo`lib kelmoqda. Ayniqsa, mavjud axborotlarni Internet tarmog'i orqali foydalanuvchilarga yetkazib berish hozirgi kunda eng muhim yo'nalishlardan biri hisoblanadi.
  • MA'LUMOTLAR BAZASI RELYATSION MODELI LOYIHASINI QURISH TAMOYILLARI: Hozirgi kunda insonning ish faoliyatida MB da kerakli ma`lumotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim ahamiyatga ega. Sababi: jamiyatning qaysi jabhasiga nazar solmaylik kerakli ma`lumotlarni olish uchun MB ga murojaat qilishga to`g`ri kelishini ko`ramiz. Demak, MB ni yaratish va undan foydalanishni tashkil qilish, axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Shuning uchun, MB ni yaratishga e`tibor qaratilmoqda. Amaliyotda MB lar asosan chegaralangan predmet soha uchun yaratiladi. Shu sababli, bir tashkilot uchun bir qancha MB lar yaratilishi mumkin. Predmet sohasi bu boshqarishni tashkil qilish va uni avtomatlashtirish maqsadida o`rganilishi lozim bo`lgan ob`ektiv dunyoning ma`lum bir qismidir.
  • "ELEKTRON KUTUBXONA” MB RELYATSION MODELI LOYIHASINI QURISH: Har qanday jiddiy MB ning yaratilishi uning loyihasini tuzishdan boshlanadi. MB ni loyihalashtirishda predmet sohasi tahlil qilinadi va barcha foydalanuvchilar talablari o`rganib chiqiladi. Odatda, MB ni loyihalash vazifasi bir kishiga yoki guruhga yuklatiladi. Ularga buyurtmachi tomonidan asosiy ish jarayonlarini tushunadigan va qiymatlarga kompyuter orqali ishlov berish haqida tushunchaga ega bo`lgan xodim biriktiriladi. MB loyihalovchisining asosiy vazifasi ob`ektlar va ularni tavsiflovchi parametrlarni tanlash, ma`lumotlar orasidagi bog`liqliklarni o`rnatishdan iborat.
  • HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI: Bizning mamlakatimizda uzoq vaqt davomida tabiatdan foydalanish bepul bo'lgan. Korxonalar yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishgan, atrof muhitni ifloslantirganlar va buning uchun hech qanday to'lov to'lamaganlar. Faqatgina atrof muhitning juda kuchli ifloslanishi kuzatilgan ayrim hollarda korxonalar jarima to'lash bilan cheklanganlar. Tabiatdan xo'jasizlarcha foydalanish ekologik inqiroz vaziyatlari vujudga kelishining asosiy sababi hisoblanadi. Tabiiy resurslarni qidirish, qazib olish va atrof-muhitni muhofaza qilish xarajatlari davlatning zimmasida bo'lgan.