Dinshunoslik

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Termiz Davlat Universitetining Tarix fakulteti Falsafa kafedrasi tomonidan tayyorlangan ushbu oʻquv-uslubiy majmua “Dinshunoslik” fanidan talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, kitobda mamlakatimizda din va davlat munosabatlari, Markaziy Osiyo dinlari, islom taʼlimoti va mazhablariga oid dinshunoslik bilan bogʻliq mavzular yoritilgan. Shuningdek, tinchlikka rahna solayotgan missionerlik, prozelitizm, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash yoʻllari, turli g‘oyalarni ilgari surayotgan diniy harakatlar va sektalarning faoliyatlari, kibermakonda kechayotgan diniy jarayonlar bilan bog‘liq masalalar ochib berilgan. Kitob oliy taʼlim tizimining “Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” blokidagi “Dinshunoslik” fanini o‘qitishda o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.

Asosiy mavzular

  • Dinshunoslik faniga kirish: Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari, Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi, Dinning jamiyatdagi funksiyalari, Dinlarni tasniflash, Dinshunoslikning yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti.
  • O‘zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati: Davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning tiplari, O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlanishi, O‘zbekistonda davlat va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar.
  • Markaziy Osiyo dinlari: Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlari: shomonlik, tangrichilik, moniylik, Zardushtiylikning teologik tizimi, Buxoro yahudiylari jamoasi tarixi, Markaziy Osiyoda buddaviylik va Xristianlik.
  • Islom ta’limoti asoslari: Kalom ilmi. Kalom maktabi vakillari, Moturidiylik va ash’ariylik, Moturidiylik kalom maktabi vakillari, Islomda imon masalasi.
  • Islomdagi mazhablar va yo‘nalishlar: Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi, Fiqhiy mazhablarning paydo bo‘lishi, Imom Abu Hanifa va hanafiylik mazhabi, Mazhabsizlik va uning oqibatlari.
  • Missionerlik va prozelitizm: tarix va bugun, targ‘ibot usullari: Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati, Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi, Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari, Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari.
  • Diniy ekstremizm va terrorizm: mafkura va amaliyot, qarshi kurash strategiyasi: Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun-mohiyati, Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari, Islom niqobidagi ekstremizmning g‘oyaviy ildizlari, O‘zbekiston Respublikasida diniy ekstremizm va terrorizm xavfini oldini olishning huquqiy asoslari.
  • Yangi diniy harakatlar va sektalar: Dunyoning konfessional manzarasi, Soxta xristianlik harakatlari, Xalqaro Krishnani anglash jamiyati, Islom dini doirasida yuzadagi diniy harakat va oqimlar, O‘zbekistonda faoliyati aniqlangan norasmiy diniy jamoalar.
  • Kibermakonda din omili: Kibermakon tushunchasi va uning mazmun-mohiyati, Axborot urushi va uning mazmuni, Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlarning namoyon bo‘lish shakllari, Yoshlarni internet va ijtimoiy tarmoqlardagi axborot xurujlaridan asrashning dolzarb masalalari.