Fizik - kolloid kimyo va tahlil usullari
Ushbu o'quv-uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 201 yil 20-oktyabrdagi 267-sonli buyrug‘i (buyrug‘ning 1-ilovasi) tasdiqlangan "Fizik kolloid kimyo va tahlil usullari" fani dasturi asosida tayyorlangan. Majmua «Fizik-kolloid kimyo va tahlil usullari» fanining dolzarbligini, uning oliy kasbiy ta'limdagi o‘rnini, fanning vazifasi, maqsadi, rivojlanish tarixini, asosiy tushunchalarini, nazariy va amaliy mashg'ulotlarini, laboratoriya ishlarini, mustaqil ta'lim mavzularini o'z ichiga oladi. Kitobda fiziko-kimyoviy hodisalar, dispers sistemalar, kolloid kimyo, YuMB, ularning xossalari, nazariyalari va amaliy qo'llanilish sohalari yoritilgan. Shuningdek, kitobda tajribalarni bajarish bo'yicha yo'riqnomalar, nazorat savollari va laboratoriya ishlari uchun materiallar berilgan.
Asosiy mavzular
- Fizik-kolloid kimyo va tahlil usullari faniga kirish: Fanining vazifasi, maqsadi, rivojlanish tarixi. Dispers sistemalarning sinflanishi.
- Sirt hodisalari: Sirt (sath) hodisalar. Sirt taranglik tushunchasi va adsorbsiya.
- Qattiq jism yuzasida gazlarni va suyuqlik bug‘larining adsorbsiyalanishi: Adsorbsiya jarayonini o‘rganish nazariyalari.
- Sirtning ho‘llanishi, ho‘llanishning miqdoriy ifodasi. Adgeziya va koageziya: Adgeziya va koageziya.
- Dispers sistemalarning xossalari: Kolloid sistemalarning olinish usullari va tozalash yo‘llari.
- Kolloid eritmalarning molekulyar-kinetik xossalari: Molekulyar kinetik nazariya, Broun harakati, diffuziya, osmos hodisalari, Broun harakati, kolloidlarning diffuziyasi, kolloidlarning osmotik bosimi, kolloidlarda sedimentatsiya hodisasi.
- Kolloid eritmalarning optik xossalari: Kolloid eritmalarda yorug‘likning tarqalishi. Tindal-Faradey effekti. Ultramikroskop va elektron mikroskop ishlash prinsiplari, rentgenografiya, elektronografiya metodlari.
- Kolloid sistemalarning elektrokinetik xossalari: Elektrokinetik hodisalar haqida tushuncha. Elektroosmos va elektroforez.
- Qo‘sh elektr qavat tuzilishi haqida nazariyalar: Qo‘sh elektr qavat tuzilishi haqidagi nazariyalar.
- Kolloid zarrachalarning tuzilishi: Mitsella. Mitsellaning tuzilishi.
- Kolloid sistemalarning barqarorligi va koagulyasiya: Kolloid sistemalarning barqarorligi va koagulyasiya.
- Mikrogeterogen dispers sistemalar: Emulsiyalar. Ularning xossalari.
- Sirt faol moddalar: Sirt faol moddalarning xossalari.
- Yuqori molekulali birikmalar (YUMB): Yuqori molekulali birikmalar (YUMB), ularning erish mexanizmi, YUMB eritmasining osmotik bosimi, Yuqori molekulyar elektrolitlar.
- Dispers sistemalarning reologik xossalari: Qovushqoqlik, gellar va iviqlar. Tiksotropiya va sinerezis hodisalari.