Xorijda maktabgacha ta`lim

Ushbu kitobda dunyoning yetakchi davlatlarining ta'lim tizimlari, jumladan Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya va Belgiya kabi davlatlarning maktabgacha, boshlang'ich, o'rta va oliy ta'lim tizimlari, shuningdek, kasbiy ta'lim va ilm-fan sohalaridagi yutuqlari chuqur tahlil qilingan. Kitobda ta'limning zamonaviy shakllari, innovatsion texnologiyalar, o'qitish metodlari, shaxsni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar hamda ta'lim tizimlarining o'ziga xos xususiyatlari keng yoritilgan. Har bir mamlakat ta'lim tizimining afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, rivojlanish tendensiyalari ham bayon etilgan. Ushbu kitob O'zbekistonning ta'lim tizimini jahon andozalari darajasiga ko'tarish yo'lida xorijiy tajribalardan foydalanishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Xorijda maktabgacha ta'lim fanining predmeti. Jahon mamlakatlari ta'limi taraqqiyotining ayrim masalalari: Xorijda maktabgacha ta'lim fanining maqsadi, rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimining oʻziga xosliklari, zamonaviy ta'lim va innovasion texnologiyalar sohasidagi ilg'or xorijiy tajribalar (blended learning, mahorat darslari, vebinar, evristik metodlar), zamonaviy ta'limda tyutor, supervizor, fasilitator, edvayzer va moderatorlik faoliyati, shuningdek, xorij ta'lim tajribasida differensial, integrativ va masofaviy ta'lim masalalari tahlil qilingan.
  • Germaniyada ta'lim-tarbiya jarayonlari ning o'ziga xos xususiyatlari. Polshada ta`lim tizimi: Germaniya maktabgasha tarbiya va maktab ta`limi, hunar-texnika ta`limi, oliy ta`lim va xalq universitetlari, shuningdek Polsha ta'lim muassasalarining zamonaviy tizimi batafsil yoritilgan.
  • Fransiyada ta'lim siyosatining olib borilishi: Fransiya ta'lim tizimining o'ziga xos xususiyatlari, maktabgacha ta'lim va uning mazmuni, o'rta va oliy ta'lim, sirtqi ta'lim va kadrlar bilan ta'minlanish masalalari ko'rib chiqilgan.
  • Buyuk Britaniya va Shveytsariya ta'limi tizimi. Belgiya ta'lim tizimining o'ziga xos xususiyatlari: Buyuk Britaniya ta'limining xususiyatlari, Shveytsariyada maktabgacha, boshlang'ish va o'rta ta'lim, Belgiya ta'lim tizimining tuzilishi va o'ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan.
  • Yaponiya ta'lim tizimi va unga dahldor masalalarning olib borilishi: Yaponiya ta'lim tizimining xususiyatlari, maktabgacha va boshlang'ich ta'lim, oʻrta va katta maktab ta'lim tizimi, Yaponiya oliy ta'lim va ilmiy faoliyat, 'Dzyuku' ta'lim tizimi va uning muammolari hamda rejalar atroflicha yoritilgan.
  • Koreya va Xitoyda ta'lim-tarbiya jarayonlari: Koreya ta'limining xususiyatlari, Janubiy Koreyada maktabgasha ta'lim, Xitoyda ta'lim tizimining tarkibi va kasbiy ta'lim masalalari ko'rib chiqilgan.
  • Amerika Qo'shma Shtatlarida ta'lim tizimining tuzilishi va o'ziga xos tomonlari: AQSh ta'lim tizimining tarkibi, maktabgasha va boshlang'ish ta'lim, o'rta va oliy ta'limning o'ziga xosligi hamda o'qituvshilar tayyorlash va malaka oshirish masalalari tahlil qilingan.
  • Rossiyada ta'lim tizimi va turlari: Rossiyada ta'lim tizimining tuzilishi, maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim tizimi, oliy ta'lim va undan keyingi o'qish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasidagi xalqaro aloqalari va uning ahamiyati yoritilgan.