Servis xizmati

Ushbu o'quv-uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Termiz Davlat universiteti, Kimyo va texnologiya fakulteti, Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi tomonidan tayyorlangan bo'lib, 5112100 – Mehnat ta’limi yo’nalishi II-kurs talabalari uchun mo'ljallangan. «Servis xizmati» (Gazlamashunoslik moduli bo'yicha) fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu. Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari va gazlama ishlab chiqarish texnologiyasi: Mazkur fanni o’qitish to’qimachilik mahsulotlarining sifatini aniqlashda katta yordam beradi, chunki, tikuvchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayonida tolalar, iplar, kalava iplar, gazlamalar, trikotaj va noto’qima materiallar, mo’ynalar, bezak materiallari, furnitura hamda galantereya mahsulotlarining xossalarini va ishlatilishini, tikuv mashinalarining jihozlari, tikuv sexlari, tikuvchilik jihozlarining turlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Gazlamalarning turlarini ta’riflashda, ularning tola tarkibi, badiiy bezash jihati, qaysi buyumlarda ishlatilishi va boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha tasniflari bayon etilgan. Gazlamalarni ishlab chiqarish hajmi bo’yicha eng salmoqli bo’lgan ip gazlamalar to’g’risidagi ma’lumotlar kengroq yoritilgan. Ayniqsa, ommabop gazlamalar-chit, surup va satinlarning turlari, sirt zichliklari, nimalarga ishlatilishini ta’riflash bilan birga, ayollar uchun ko’ylakbop yupqa gazlamalardan «maya», «batist», «vual» va boshqalar to’g’risida ham qisqacha ma’lumotlar keltirilgan. SHoyi gazlamalarni ishlab chiqarishda tabiiy tolalardan tashqari kimyoviy tola, iplar va ularning aralash xillari qo’shib ishlatilishi alohida qayd etilgan. Bu bobda shunungdek, gazlamalarning asosiy xossalarini ta’riflash, ularni aniqlash usullari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan birga, ayrim xossalariga qo’yiladigan talablar ham bayon etilgan
  • 2-Mavzu:Gazlamalarning klassifikasiyalanishi .O’simliklardan olinadigan tolalar va ularning olinishi.: Gazlamaning tashqi ko’rinishi, xossalari va nimaga ishlatilishi, uning tuzilishiga hamda fizik-mexanik xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. To’qimaning tuzilishiga: to’qimani hosil qiladigan yigirilgan ip yoki iplar; tanda va arqoq zichligi; o’rilish turi va dastgohini taxtlash ko’rsatkichlari ta’sir qiladi. Gazlamalar nafaqat zichligi bilan balki o’rilishi bilan ham ahamiyatlidir. Gazlama o’rilishlari har xil bo’lib, uning tuzilishi va xossalarini belgilaydi. Gazlamaning ung qismidagi naqshlar, sirtining tavsiflari, ko’ndalang, bo’ylama va diogonal yo’nalishdagi yo’llarining bo’lishi, tovlanishi tanda va arqoq iplarining o’rilish xiliga bog’liq. Gazlamaning o’rilishi, uning pishiqligiga, cho’ziluvchanligiga, qalinligiga, titiluvchanligiga, bikrligiga, kirishuvchanligiga, namlab ishlov berish jarayonida o’lchamlarining qisqarishiga yoki kengayishiga va boshqa qator xossalariga ta’sir qiladi. SHuning uchun gazlamalardan kiyimlarni modellash, bichish va tikishda o’rilishdan hosil bo’ladigan naqshlarni hisobga olinadi. Gazlamalarning o’rilishi, o’zining tuzilishiga ko’ra 4 ta sinfga ajraladi: oddiy (silliq) urilish, mayda naqshli o’rilish, murakkab o’rilish va yirik naqshli o’rilishlarga. Gazlamalarning o’rilishini katak qog’ozlarda yaqqol namoyish etish mumkin. Buning uchun kataklarning tik qatorlarida gazlamaning tanda iplari, ko’ndalang qatorlarida esa arqoq iplari deb hisoblash qabul qilingan. Har bir katak arqoq va tanda iplarining kesishuvidan iborat bo’lib, yopilish (perekritie) deb ataladi. YOpilish tushunchasi ham ikki turda bo’lib, agar gazlamaning o’ngiga tanda ipi chiqsa, tanda bilan yopilish chiziqlar bilan ifodalanganda yopilish joyi shtrixlanadi. Agar gazlama o’ngiga arqoq ipi chiqsa arqoq bilan yopilish deb ataladi va chiziqlar bilan ifodalanganda shtrixlanmasdan oq rangda qoladi. Materialshunoslik bu amaliy fan bo’lib, (manteriallarni yoki to’qimachilik mahsulotlarini) tuzilishini, hususiyatini va sifatini aniqlaydigan fandir. Bundan tashqari ishlab chiqariladigan mahsulotlarni olinishi tehnologiyasi haqida umumiy ma’lumotlarni beradi. Materiallarga yoki to’qimachilik mahsulotlariga tolalar va ulardan ishlab chiqariladigan har xil gazlamalar (matolar, to’qimalar, trikotaj buyumlari, attorlik buyumlari, paxtasimon mahsulotlar) va boshqalar kiradi.
  • 3-Mavzu: O’simliklardan va hayvonlardan olinadigan tolalarning turkumlanishi.: Tabiiy ipak, xom ipak,tola gigroskopligi,qaynatilgan ipak,pilla. Kalava ip,assortiment,organik tolalar, ip gazlama,elementar tolalar,texnik tolalar, lub tolalar,koska tolalar. Paxta etishtiruvchi davlatlar Ýzbekiston, Misr, Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston, Turkiya, Avstraliya, Argentina, Braziliyadir. Bu davlatlarning paxta tolasi dunyo bo’yicha ishlab chiqariladigan paxta tolasining 80 foizini tashkil etadi. ( 3 - jadval). Paxta etishtiruvchi davlatlarda ishlab chihariladigan paxta tolasining miqdori yillar bo’yicha*)
  • 4-Mavzu: Kimyoviy tolali gazlamalarning turkumlanishi va olinishi.: Sun’iy tola va iplarni olysh texnologiyasi va ularning xossalari. Sintetik tolalar va iplarni olish texnologiyasi. Shisha tola va metall iplar. Viskoza tola va iplari olish. Kup tonnali kimyoviy tolalar ishlab chikarish viskoza usuli bilan boshlangan. Bu usulda tola olish birinchi bulib 1893 yilda amalga oshirilgan bulib, uni yaratish Kross, Bivan va Bidllarga taalukdidir. Tabiiy tolali materiallarning tankisligi, viskoza tolaning fizika-mexanikaviy va sanitariya-gigiena xususiyatlarining konikarli darajada ekanligi, shuningdek xom ashyoning mavjudligi (egoch sellyuloza, UYUVCHI natriy, uglerod (1V)-sul’fid, sul’fat kislota) viskoza tola ishlab chikarishning keskin rivojlantirishiga asos buldi. Birinchi bulib ksng mikyosida ipagi deb atalgan ip ishlab chikarish rejalandi. 1930 yilga kslib paxta va jun turidagi (uxshash) shtapel’ tolalar ishlab chikarish yulga kuyildi. 1940 yilga kelib esa avtomabil’ sanoatining gurillab usishi tufayli, viskoza kord ipini ishlab chikarish uzlashtirildi. Bu ip, undan oldin keng kullanilgan, paxta kordidan ancha ijobiy xususiyatlarga ega bulib chikdi. Viskoza tola va iplarni ishlab chikarilishining asta-sekin rivojlanishi va ularning sifatini yaxshilanib borishi, ekalogiya masalalarini muvaffakiyatli xal etilishi, ya’ni okar suv va xavo xavzasiga ishlab chikarish jarayonida ajralib chikadigan zararli moddalarning kam utishi bilan xarakterlanadi (1.43-rasm). Viskoza tolani olish jarayoni kuyidagi asosiy boskichlardan iborat: - ishkorda eruvchan ksantogenat xosil kilishi bilan sellyulozani eritmani xolatiga; - mexanik aralashmalar va gellardan (erimagan zarrachalardan) tozalash; - olingan eritmani xavo gaz pufakchalaridan tozalash; - fil’erani juda mayda nozik teshikchalari, orkali polimer eritmasini bosim orkali koagulasiyalash vannaga utkazish; - kimyoviy moddalar ta’sir etib ksantogenatdan sellyuloza tolani olish, (ksantogenatni gidrolizlash); - xosil kilingan tolani oltingugurt birikmalari va tuzlardan yuvib tozalash,
  • 5-mavzu:Gazlamalar o’rilishi,sarja,satin,yirik gulli o’rilish turlaridan namunalar tayyorlash.: Gazlamaning o’rilishi, uning pishiqligiga, cho’ziluvchanligiga, qalinligiga, titiluvchanligiga, bikrligiga, kirishuvchanligiga, namlab ishlov berish jarayonida o’lchamlarining qisqarishiga yoki kengayishiga va boshqa qator xossalariga ta’sir qiladi. SHuning uchun gazlamalardan kiyimlarni modellash, bichish va tikishda o’rilishdan hosil bo’ladigan naqshlarni hisobga olinadi. Gazlamalarning o’rilishi, o’zining tuzilishiga ko’ra 4 ta sinfga ajraladi: oddiy (silliq) urilish, mayda naqshli o’rilish, murakkab o’rilish va yirik naqshli o’rilishlarga. Gazlamalarning o’rilishini katak qog’ozlarda yaqqol namoyish etish mumkin. Buning uchun kataklarning tik qatorlarida gazlamaning tanda iplari, ko’ndalang qatorlarida esa arqoq iplari deb hisoblash qabul qilingan. Har bir katak arqoq va tanda iplarining kesishuvidan iborat bo’lib, yopilish (perekritie) deb ataladi. YOpilish tushunchasi ham ikki turda bo’lib, agar gazlamaning o’ngiga tanda ipi chiqsa, tanda bilan yopilish chiziqlar bilan ifodalanganda yopilish joyi shtrixlanadi. Agar gazlama o’ngiga arqoq ipi chiqsa arqoq bilan yopilish deb ataladi va chiziqlar bilan ifodalanganda shtrixlanmasdan oq rangda qoladi. Gazlamaning o’rilishlarini katak qog’ozdagi ifodalanishlarini yoki gazlama namunalari tahlil etilganda, gazlama sirtida barcha yo’nalishlar bo’yicha takrorlanadigan naqshlarni ko’rish mumkin. Har bir naqshning takrorlanib kelishini to’quvchilikda rapport, deb ataladi. Demak, gazlamalarning tashkil qiluvchi iplari arqoq va tanda iplaridan iborat ekan, rapport ham tanda va arqoq iplari bo’yicha alohida izohlanadi. Tanda iplari bo’yicha gazlama o’rilishining takrorlanishlarini tanda rapporti, arqoq iplari bo’yicha gazlama o’rilishlarining takrorlanishi arqoq rapporti deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda tanda rapportida gazlama o’rilishidagi naqshning takrorlanishida ishtirok etayotgan tanda iplari soni, arqoq rapportida gazlama o’rilishidagi naqshning takrorlanishida ishtirok etayotgan arqoq iplarining sonini bildiradi. Gazlamalarning o’rilishini katak qog’ozlarda ifodalanganda, o’rilishish rapporti chizmaning pastki chap burchagida kvadrat yoki rapportning katta kichikligiga qarab to’g’ri to’rtburchak holida ko’rsatiladi.
  • 6-Mavzu: Noto’qima gazlamalar.Trikotaj mahsulotlar.: Noto’qima matolar ishlab chiqarishdai tarixiga oid qisqacha ma’lumotlar. 1970 yilga qadar Mustaqil davlatlar hamdo’stligiga kiruvchi respublikalarda «To’qimachilik sanoatining noto’qima matolari» degan ibora qo’llanilgan. 1970 yilga kelib, 16430-70 raqamli Davlat andozasiga ko’ra «To’qimachilik matolari. Noto’qima. Iboralar va ta’riflar» nomli hujjat tasdiqlangan. SHuni aytish joizki, «Noto’qima» degan ibora matoning tuzilishini ifodalamasdan yoki uning chuqur fizikaviy ma’nosini izoxlamasdan, balki shunday deb atash qabul qilingan. CHunki trikotaj, o’rilgan-to’rsimon matolar ham tuzilishiga ko’ra noto’qima matodir. To’qimachilik sanoatida noto’qima matolar ishlab chiqarish tarmog’i nisbatan yosh tarmoqdir. Birinchi bo’lib qo’lda bajariladigan ishlar pimalar, namat, kiygiz va shunga o’xshash mahsulotlarni sanoat usulida ishlab chiqarishga qo’llanila boshlangan. Hozirda kiygiz-namatsimon mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarida barcha asosiy texnologiya jarayonlar avtomatlashtirilgan va mexanizasiyalashtirilgan. XX asrning 30 yillarida rus mutaxassislari M.I.Dmitriev va M.I.Bondarenkolar tomonidan birinchi bo’lib elimlangan usulda noto’qima mato ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan. Bu matolar xozirda sanoatda ishlab chiqariladigan elimlangan noto’qima matolardir. 1935 yili Moskvada noto’qima matolar ishlab chiqarishni yangi usuli – tolalar ignalar yordamida bir-biriga biriktirib, mato olishning dastlabki usuli yaratildi va bu usul o’zining samaraliligi tufayli dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlariga tezlik bilan tarqaldi. Noto’qima matolar ishlab chikarish texnologiyasiga dunyoning eng rivojlangan yirik mamalakatlari keng e’tibor qaratdi. SHu jumladan AQSH, YAponiya, Pol’sha, Rumo‘niya, Germaniya, CHexiya va hokazolar. 1946 yili AQSHda noto’qima matolarning tukli turini yaratish bo’yicha faol ishlar olib borildi va 1950 yilga kelib, «Tafting» turidagi noto’qima mato olishga erishildi. «Tafting» usulining mazmuni – tanda ipiga qo’shimcha iplar qadash asosida sirtida xalkasimon tuk hosil qilishdir. XX asrning 50-yillari boshida Germaniyada tanda va arqoq iplarini ustma-ust qo’yilgan holda bo’ylamasiga to’qiydigan trikotaj usulida, ularni bir-biriga mahkamlash asosida olinadigan noto’qima matolar ishlab chiqarildi. Bu vaqtgacha tolalar o’ramasini bo’ylamasiga to’qiydigan trikotaj usulida, ularni qavish yo’li bilan olinadigan «Vatin» noto’qima matosi ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Vatin matosini
  • 7-amaliy mashg’ulot: Gazlamaning o’rilishi, uning pishiqligiga, cho’ziluvchanligiga, qalinligiga, titiluvchanligiga, bikrligiga, kirishuvchanligiga, namlab ishlov berish jarayonida o’lchamlarining qisqarishiga yoki kengayishiga va boshqa qator xossalariga ta’sir qiladi. SHuning uchun gazlamalardan kiyimlarni modellash, bichish va tikishda o’rilishdan hosil bo’ladigan naqshlarni hisobga olinadi. Gazlamalarning o’rilishi, o’zining tuzilishiga ko’ra 4 ta sinfga ajraladi: oddiy (silliq) urilish, mayda naqshli o’rilish, murakkab o’rilish va yirik naqshli o’rilishlarga. Gazlamalarning o’rilishini katak qog’ozlarda yaqqol namoyish etish mumkin. Buning uchun kataklarning tik qatorlarida gazlamaning tanda iplari, ko’ndalang qatorlarida esa arqoq iplari deb hisoblash qabul qilingan. Har bir katak arqoq va tanda iplarining kesishuvidan iborat bo’lib, yopilish (perekritie) deb ataladi. YOpilish tushunchasi ham ikki turda bo’lib, agar gazlamaning o’ngiga tanda ipi chiqsa, tanda bilan yopilish chiziqlar bilan ifodalanganda yopilish joyi shtrixlanadi. Agar gazlama o’ngiga arqoq ipi chiqsa arqoq bilan yopilish deb ataladi va chiziqlar bilan ifodalanganda shtrixlanmasdan oq rangda qoladi. Gazlamaning o’rilishlarini katak qog’ozdagi ifodalanishlarini yoki gazlama namunalari tahlil etilganda, gazlama sirtida barcha yo’nalishlar bo’yicha takrorlanadigan naqshlarni ko’rish mumkin. Har bir naqshning takrorlanib kelishini to’quvchilikda rapport, deb ataladi. Demak, gazlamalarning tashkil qiluvchi iplari arqoq va tanda iplaridan iborat ekan, rapport ham tanda va arqoq iplari bo’yicha alohida izohlanadi. Tanda iplari bo’yicha gazlama o’rilishining takrorlanishlarini tanda rapporti, arqoq iplari bo’yicha gazlama o’rilishlarining takrorlanishi arqoq rapporti deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda tanda rapportida gazlama o’rilishidagi naqshning takrorlanishida ishtirok etayotgan tanda iplari soni, arqoq rapportida gazlama o’rilishidagi naqshning takrorlanishida ishtirok etayotgan arqoq iplarining sonini bildiradi. Gazlamalarning o’rilishini katak qog’ozlarda ifodalanganda, o’rilishish rapporti chizmaning pastki chap burchagida kvadrat yoki rapportning katta kichikligiga qarab to’g’ri to’rtburchak holida ko’rsatiladi.
  • 8-amaliy mashg’ulot: Gazlamalarning tolali tarkibini to’g’ri aniqlash juda muhim ahamiyatga ega. Gazlamaning tola tarkibi modellash, loyihalash, bichish va tikishda hisobga olinishi zarur. Gazlamalarning tashqi ko’rinishi, qayishqoqligi, qirqishga qarshiligi, titiluvchanligi, cho’ziluvchanligi, dazmollanuvchanligi, ho’llash-dazmollash rejimlari, uning tola tarkibiga bog’liq bo’ladi. Masalan, agar lavsanli jun gazlamalar juda ho’llangan latta qo’yib, 200 0S gacha qizdirilgan dazmol bilan dazmollansa, ayrim joylari kirishadi va ketmaydigan dog’lar paydo bo’ladi. Kapron gazlamalarga juda qizib ketgan dazmol tegishi bilanoq ular eri6 ketadi. Asetat tolali gazlamalarga juda qizigan dazmol tekkanda ketishi qiyin bo’lgan yaltiroq joylar paydo bo’lishi mumkin. Gazlamalarning tola tarkibini va shu gazlamani hosil qiladigan tolalarning kimyoviy xossalarini hisobga olish lozim; chunonchi, agar asetat tolali gazlamalardan dog’larni ketkazish uchun aseton ishlatil sa, ketmaydigan boshqa dog’lar paydo bo’lishi, gazlama qisman yoki butunlay erishi mumkin. Gazlamalarning to’zishiga sabab bo’lgan ayrim omil yoki omillar kompleksi, uning ishqalanishga, yuvish va kimyoviy tozalashga chidamliligi, ko’p takrorlanadigan cho’zilish va bukilishlarga pishiqlishi, yorurg’lik ta’siriga chidamliligi laboratoriyada aniqlanadi. Materiallarni har xil muhitda va turli haroratlarda cho’zilishga, relaksasiyaga (o’lchamlarini tiklashga) moyilligini har tomonlama tekshirish uchun elektron uskuna - strografdan foidalaniladi. Kiyimlik materiallarning yangi xillari - sun’iy charm va mo’yna, plyonka materiallar va qoplamalarni sinashga katta ahamiyat beriladi. MIRS rusumidagi uskuna sun’iy charm va plyonka materiallarning ezilish va bukilishlarda emirilishga chidamliligini aniqlash uchun, VNIIK rusumidagi uskuna sun’iy charmning ishqalanishga chidamliligini aniqlash uchun ishlatiladi. UMI-6O-3 uskunasi mo’ynadagi tukli qatlamning ishqalanishga chidamliligini aniqlash uchun mo’ljallangan. Gazlama va trikotaj polotnolarning ishqalanishga chidamliligini har xil uskunalarda aniqlash mumkin. Lekin hamma uskunalarning ishlash tartibi bir xil, ya’ni sinaladigan material mayda tishli metall sirtlar, jilvir toshlar, gazlamalar va hokazolarga ishqalab ko’riladi. Bunda gazlamaning ishqala nishga chidamliligi, sinalayotgan material teshilgunga qadar ishqalanganda ishqalovchi sirtning aylanishlar soniga qarab (aylanishlar soni uskunada ko’rinib turadi) yoki uskuna ma’lum marta aylangandan so’ng material pishiqligining pasayishiga qarab aniqlanadi. Materiallarni emirmay turib sinashning akustik metodi ishlab chiqiilgan. Bu metod ultra tovushning so’nishi materialning to’zish darajasiga bog’liqligiga asoslangan. GAZLAMALARNING FIZIK XOSSALARI Gazlamalarning fizik (gigienik) xossalariga gigroskopikligi, havo o’tkazuvchanligi, bug’ o’tkazuvchanligi, suv o’tkazmasligi, ho’llanuvchanligi, chang oluvchanligi, elektrlanuvchanligi va boshqa xossalari kiradi. Fizik xossalariga quyiladigan talablar gazlamalarning vazifasi bilan belgilanadi va ularning tola tarkibi, to’zishi va pardoziga bog’liq bo’ladi. Gugroskoplik gazlamaning atrof muxitdan (havodan) nam shimish xususiyatini belgilaydi (3.18-rasm). Gigroskopiklik (Wg foiz) havoning nisbiy namligi 100 foiz va harorati 20 ± 2 oS bo’lganda materialning namligi. Wg ? 100(M100 – Mq)kMq Bu erda: M100 - havoning namligi 100 foiz bulganda 4 soat tutib turilgan material namunasining vazni, g; Mq - absolyut quruq namuna vazni, g.
  • 9-Mavzu: Gazlamalarda uchraydigan nuqsonlar,ularni aniqlash .Gazlamaning nuqsonlari: To’quvchilik nuqsonlari. Ip uzilganda va stanok mexanizmlarining sozlanishi buzilganda to’quvchilik nuqsonlari kelib chiqadi. Bunday nuqsonlar gazlama va tikuvshilik buyumlarining sifatiga ( sortiga) ta’sir qiladi. Tikuvchilik buyumlarining ko’rinib turadigan detallaridagi to’quvchilik nuqsonlari buyumning so’rtini pasaytirishi, xatto brakka olib kelishi mumkin. SHuning uchun bichish paytida bunday nuqsonlar hisobga olinadi. (3.22-rasm). Iplarning yo’g’onlanishi - gazlamada chiziqiy zichligi asosiy fonining chiziqiy zichligidan yuqoriroq bo’lgan tanda yoki arqoq iplarning bo’lishi. Maxalliy yo’g’onlashish – kalta-kalta uchastkalarda tanda yoki arqoq iplarning yo’g’onlashishi. Ajralib turadigan ip – tanda yoki arqoq iplarning qo’shni iplardan tarangligi, buramdorligi, rangi yoki kesimining shakli bilan farq qilishi. Siyraklik – bir yoki bir nechta tanda iplarning bo’lmasligi. Prolyot – gazlamaning butun eni bo’yicha yoki ma’lum joylarida bir yoki bir nechta arqoq iplarning bo’lmasligi. Qo’sh iplilik – bitta tanda yoki arqoq ipi o’rniga ikki yoki bir necha ip o’rilib qolishi va boshqa iplardan keskin ajralib turishi. Podnirki – arqoq iplarning tanda iplari bilan o’rilishmay osilib qolishi natijasida qisqa uchastkalarda o’rilishning buzilishi. Tandaning solqilligi – tanda ipining arqoq ipi bilan o’rilishmay osilib qolishi. Podpletina – gazlamaning qisqa-qisqa joylarida tanda va arqoq iplarning noto’g’ri o’rilishi shu jumladan qator iplarning uzilishi. Gulning buzilishi – tandaning remiskaga yoki jokkard mashina ko’zlariga yo bo’lmasa, berdoga noto’g’ri o’tkazilishi natijasida gazlama guli o’rilishining buzilishi. Tandadagi yo’l-yo’llik – gazlama uzinligi bo’yicha uning boshqa yuzalaridan iplarning chiziqiy zichligi, tarangligi bilan farq qiladigan yo’llar. Arqoqdagi yo’l-yo’llik – gazlamaning butun eni bo’yicha iplarning chiziqiy zichligi yoki rangi jihatidan farq qilishi natijasida hosil bo’ladigan yo’llar. Zaboina - gazlamaning arqoq bo’yicha o’ta zichligi tufayli gazlamaning eni bo’yicha hosil bo’ladigan yo’llar. Arqoqning qalinlashishi – ip kalava oxirida paket tarzida bo’shalib, shu holda gazlamaga o’rilishi tufayli gazlamada kalta-kalta qalin joylar hosil bo’lishi. Arqoq ipi yaxshi taranglanmaganligi oqibatida arqoq halqalari, buram halqalari hosil bo’lashi.
  • 10-Mavzu: Noto’qima gazlamalardan namunalar tayyorlash: Kiyimlarga qo’llaniluvchi noto’qima matolar xuddi gazlama yoki trikotaj matolarning sirti singari bo’lishligi zarur, chunki noto’qima matolar gazlama va trikotaj matolarning o’rnini bosuvchi mato hisoblanadi. Masalan, ayollarning ko’ylagi, koftasi, erkaklarning ko’ylagi uchun ishlatiluvchi noto’qima matolar yupqa va engil; kostyum, kurtka va pal’tolarga ko’llaniladiganlari esa nisbatan og’ir, zich, bikr va kalin, jun matolarga o’xshash yumshoq bo’ladi. Noto’qima matolar chiduxoba, duxoba, baxmal ko’rinishida, turli xildagi rangli va naqshli hamda chipor ko’rinishlarda ishlab chiqariladi. Noto’qima matolarning kiyimlarga ishlatiladigan turining katta miqdorini to’qish-tikish usulida ishlab chiqariladigan noto’qima matolar tashkil qiladi. Bu turdagi noto’qima matodan bolalar kiyimi, ayollarning ko’ylagi va xalati, suzishda ishlatiladigan kostyumlar, erkaklar ko’ylagi, pal’to hamda sport kostyumlari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Pardozlanishiga ko’ra oqartirilgan, sidirg’a rangli, gul bosilgan, hamda ustki qismi paxmoq holda ishlab chiqariladi. Noto’qima matolarning turlarini ko’paytirish, ularning sifatini yaxshilash uchun turli xildagi pardozlashlar qo’llaniladi. Masalan, noto’qima matolarning elastik xususiyatini oshirish uchun 25-30 foizli natriy ishqori eritmasida ishlov beriladi. Bunday ishlov berish noto’qima matolarning qoldiq deformasiyasini ham kamaytiradi. Noto’qima matolarning sirtida pilling hosil bo’lishini yo’qotish uchun alanga yordamida ishlov beriladi yoki SKS-30 hamda SVK-1 turidagi lateks bilan ishlov beriladi. Pilling miqdorini kamaytirishning yana bir usuli noto’qima matolarni ishlab chiqarish jarayonida qavish uchun ishlatiluvchi ipning tarangligini oshirishdir. Noto’qima matolarning gijim bo’lmasligini hamda kirishuvchanligini kamaytirish maxsus eritmalar yordamida kengaytiruvchi-qurituvchi mashinalarda ishlov beriladi. YUqori molekulali birikmalarning yordamida 5-7 daqiqa davomida, hamda 140-150 0S haroratda ishlov berilgandan so’ng to’qish-tikish usulida olingan noto’qima matoning kirishuvchanligi 15-20 foizdan 5 foizgacha kamayadi. Tolalar o’ramasini qavish usulida olinuvchi noto’qima matolar, o’zining tolali tarkibiga ko’ra ikki xil bo’lib, ulardan birinchisi bir xil turdagi tolalardir. Bir xil tolalardan ishlab chiqariladigan noto’qima matolar asosan tarkibi faqat paxtadan, viskozadan yoki jun kabi shunga o’xshash tolalarning o’zidangina ishlab chiqariladi. Agar tarkibi ikki yoki undan ortiq bo’lgan turdagi tolalardan olingan o’ramidan ishlab chiqarilgan noto’qima matolarga aytiladi. Bu holda tolalar aralashmasi paxta-viskoza kapron; nitron-viskoza-jun; jun-viskoza-kapron; jun-lavsan-kapron va hokazo tariqasida bo’lishi mumkin. Tolalar o’ramasining to’qiladigan qismiga bo’ylamasiga to’qiluvchi trikotaj usulida to’qilib, sukno, triko, zanjir, atlas, sharme va ularning almashinishidan tashkil topgan o’rilishlar qo’llanilinadi. Triko o’rilishida olingan noto’qima mato, o’zining fizikaviy va mexanikaviy xususiyatiga ko’ra ichki kiyimlar uchun qo’llaniluvchi trikotaj matolariga juda yaqindir.
  • 11-Mavzu:Kimyoviy tolali gazlamalar va ularning olinishi.: Kimyoviy tolalar olishda turli-tuman sintetik polimerlardan foydalaniladi, tolalarning xossalarini o’zgartirish esa polimerlarning fizika va kimyoviy o’zgarishiga bog’lik bo’ladi. Monomerlarni qayta ishlash orqali olingan polimerdan sintetik tolalar ishlab chiqarish texnologiyasi asosida xilma-xil xususiyatli tola olish imkoni tug’iladi. Masalan, monomsrlardan juda pishiq, turli transport vositalarining g’ildiraklar uchun pokrishkalar tayyorlashda ishlatiladigan kord ipdan tortib, ko’rkam va nafis to’qimachilik mahsulotlar ishlab chiqarishga yaroqli, nihoyatda mayin tola va iplar olish mumkim. Kimyoviy tolalarning mikroskop ostida kurinishi 1.40- rasmda berilgan. Kimyogarlarni ilmiy - tadqiqot ishlari natijasida paxta va junga nisbatan ancha pishik va turli xoccara ega bo’lgan ip va tolalar yaratildi. Ayniqsa kimyoviy va tabiiy tolalar aralashmasidan to’qilgan to’qimachilik mahsulotlari sof toladan to’qilgan mahsulotlardan o’zlarining ijobiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Agar jun tolaga 20-30 % kimyoviy tola qo’shilsa, undan to’qilgan trikotaj pishiqligi ikki marta ortadi, paxta tolasiga 40-45 % lavsan tola qo’shilsa olingan gazlama engil, g’ijimlanmaydigan, pishik, ishqalanishga chidamli va hokazo ijobiy xossalarni namoyon etadi. Sintetik tolalarning ko’pchiligi nihoyatda mayin va pishiq bo’ladi. Bunday tolalardan tayyorlangan buyumlar g’ijimlanmaydi, ularni dazmollamasa ham bo’ladi. burmalari va taxtlari yuvilgandan keyin ham saqlanib qoladi, kam kirlanadi, bo’yalgan buyumlarni rangi mustahkam bo’ladi, kuyosh nuri va namlik ta’sirida (yuvilganda) aynimaydi, ob-havo, kuyosh ta’siriga chidamli, chirimaydi.