Oна тили ва адабиёт

Ushbu o’quv-uslubiy majmua «Ona tili va adabiyot» fanining «Sintaksis» qismi bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun mo’ljallangan. Unda gapning tuzilishi, gap bo’laklari, jumla, gap- kommunikativ (aloqa) birlik sifatida, gapning ikkinchi darajali bo’laklari, ularning turlari, uyushiq bo’laklar, gapning ajratilgan bo’laklari, ajratilgan bo’laklarning turlari, shaxsi aniq, shaxsi noma’lum, shaxsi umumlashgan, shaxssiz, atov gaplar kabi mavzular nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, kitobda turli ijodkorlarning tarjimai holi, hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar ham berilgan.

Asosiy mavzular

  • Sintaksisga kirish: Grammatika terminining qisqacha tarixi. Grammatikaning o’rganish ob’ektlari. Grammatikaning umumiy xususiyati. Grammatikaning tarkibiy qismlari. Sintaksisning maqsad va vazifalari. Grammatikaning ikki qismdan-morfologiya va sintaksisdan iborat ekanligi to’g’risida tushuncha hosil qilish.
  • So’z birikmasi: So’z birikmasining ta’rifi va tasnifi. So’z birikmasining tarkibiy qismlari: tobе va hokim komponеntlar haqida ma’lumot. So’z birikmasi va unga o’xshash hodisalar: turg’un birikmalar, iboralar, qo’shma so’zlar, analitik shakllar, gapning o’zaro qiyosiy tavsifi.
  • Gap. Gap- kommunikativ (aloqa) birlik sifatida: Gapning tuzilishi, gap bo’laklari, gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari, gapning grammatik shaxs, zamon, modallik katеgoriyalari. So’roq gap, buyruq gap, undov gap.
  • Gapning ikkinchi darajali bo’laklari: Aniqlovchi va uning turlari. To’ldiruvchi va uning turlari. Hol va uning turlari. Ajratilgan bo’laklar.
  • Gapning uyushiq bo’laklari; uyushiq bo’lakli gaplarda tinish belgilarini ishlatilishi: Uyushiq bo’laklarning sеmantik-sintaktik xususiyatlari. Uyushiq bo’laklar, ularning turlari va tinish belgilarining ishlatilishi.
  • Gapning ajratilgan bo’laklari, ajratilgan bo’laklarning turlari: Ajratilgan bo’laklar, ularning turlari. Ajratilgan aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol.
  • Bir bosh bo‘lakli gaplar: Bir bosh bo’lakli gaplarning turlari: shaxsi aniq gap, shaxsi noma’lum gap, shaxsi umumlashgan gap, shaxssiz gap, atov gap.