Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 martdagi “Yangi o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmani tavsiya etish to‘g‘risida”gi № 107 sonli buyrug‘i asosida tayyorlandi. Mazkur Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari fanidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 25 avgustdagi № 355-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan fanning o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan 5320900-Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (yigirilgan ip ishlab chiqarish; to’qima) yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kirish. Metrologiya fanining rivojlanishi va ahamiyati: O‘lchov birliklarining yuzaga kelishi, O’zbekiston Respublikasining metrologik ta’minotining asosiy vazifalari, o’lchashning turlari va uslublari, to’qimachilik va yengil sanoat korxonalarida o’lchash asboblarining metrologik xususiyati, standartlashtirishning turlari va bosqichlari, chigitli paxta, paxta tolasi, to’qimachilik gazmollari, trikotaj mahsulotlari uchun ishlatiladigan standartlar, sertifikatlashtirishning meyoriy ta’minoti, mahsulot ishlab chiqarish va sifat sistemalari, sertifikatlashtirish tashkilotlari, sertifikatlashtirish tashkilotlarini akkreditlashtirish, ekspert-auditorlar, to’qimachilik mahsulotlari sifatini nazorat qilish va boshqarish bilan tanishtiradi.
- O‘zbekiston respublikasi metrologik xizmati: Metrologik xizmat bo’yicha O’zstandart Agentligining asosiy vazifalari, O’zstandart Agentligining ilmiy asosi, O’zstandart Agentligining texnikaviy asosi, O’zstandart Agentligi boshchilik qiladigan davlat metrologik xizmati, metrologiya bo’yicha Davlat boshqarish faoliyati.
- Metrologiya sohasida ishlatiladigan birliklar, o’lchash vositalari va standart namunalari ustidan tekshiruv nazoratini olib borish: Metrologik tekshiruv va nazoratning asosiy vazifalari, O’zstandart Agentligi o’lchash vositalarini qiyoslash, metrologik attestasiyalash va sinash, Milliy etalonlar markazi, O’lchash vositalarini qiyoslash tartibi va qoidalariga talablar O’zDSt 8.003:2005 «O’z O’Dt. O’lchash vositalarini qiyoslash. Asosiy nizomlar»
- Tekshirish turlari, o’lchash vositalarini metrologik attestasiyalash, qiyoslash va kalibrlash tizimi: Metrologik tekshirish, Davlat metrologik tekshiruvi turlari, o’lchash vositalarini metrologik attestasiyalashning asosiy vazifalari, davlat metrologik xizmati idoralari, ekspluatasiyada turgan va saqlanayotgan o’lchov vositalari uchun navbatdan tashqari qiyoslash
- Fizikaviy kattaliklarning birliklar tizimi: Fizikaviy kattaliklarning birliklar tizimining rivojlanishi, O’lchovlarni, vositalarni va o’lchash usullarini yaratishda Markaziy Osiyoda, ya’ni Bog’dodda «Baytul hikma» («Donishmandlar uyi»)ning buyuk olimlari Al-Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Ibn-Sino, Abu-Rayhon Beruniylar ijodi, Gauss tizimi birliklari
- SI Xalqaro birliklar tizimining rivojlanishi: XI-Bosh konferensiyasi “SI” tizimini qabul qilish, SI tizimining afzalliklari, SI tizimidan tashqari bo’lgan birliklar, SI tizimi bilan barobar ishlatilishi mumkin bo’lgan birliklar, maxsus sohada ishlatilishi mumkin bo’lgan birliklar
- To’qimachilik materialshunosligida SI tizimi birliklarining qo’llanilishi: To’qimachilik materialshunosligida qo’llaniluvchi birliklar, zichlik,solishtirma va hajmiy og’irlik, tola va iplarning chiziqiy zichligi, to’qimachilik materiallarining solishtirma og’irligi modda tuzilishiga, makromolekulalarning joylashish zichligiga bog’liq muhim tuzilishlar
- O’lchashning turlari va usullari: O’lchashning turlari va uslublari, fizik o’lchovlarni o’lchash uslublari, statik va dinamik o’lchash, o’lchash ishlarida ishlatiladigan asbob-uskunalarning turlari, o’lchash vositalari xususiyatlari bo’yicha turlar, o’lchash vositalarining avtomatlashtirilgan darajasi, o’lchashning aksiomalari
- O’lchash vositalari va ularning metrologik xususiyati: To’qimachilik va yengil sanoat sohasidagi sinash asboblarining asosiy metrologik ko’rsatkichlari, o’lchash xatoliklari va ularning turlari, o’lchash asboblarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan xatolik turlari, ehtimollik koeffisienti
- O’zbekiston respublikasi standartlashtirish Davlat tizimi: O’zbekiston Respublikasining standartlashtirish Davlat tizimining asosiy qonun-qoidalari, standartlarning turlari, standartlashtirishning asosiy maqsad va vazifalari, Halqaro, davlat, tarmoq, millatlararo, respublika va h.k. standartlari, to’qimachilik sanoati korxonalarida standartlashtirishning turlari, texnik shart standarti, tajriba uslubi, o’lchash asboblarining tekshirish uslubi
- Standartlashtirishning asosiy qonun-qoidalari: Standartlashtirishning asosiy qonun-qoidalari, standartlash-tirish ishlarini tashkil etish, standartlashtirish sohasida meyoriy hujjatlarning toifalari, standartlarni ishlab chiqish va uni tasdiqlash
- Standartlar va o’lchov vositalari ustidan davlat nazorati: Standartlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazish, standartlashtirish loyihasini ishlab chiqish, standartni ishlab chiqish tartibi
- Standartni tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazish: Standartni tasdiqlash ishlari, standartni davlat ro’yxatidan o’tkazish, standart loyihasiga tushuntirish xatining tuzilishi, bayoni, rasmiylashtirilishi va mazmuni, standartni joriy qilishning texnik-iqtisodiy samaradorligi
- Texnikaviy shartlarning loyihalarini ishlab chiqish: O’zbekiston Respublikasi texnikaviy shartlarning loyihalari va ularga kiritiladigan o’zgartirishlar, texnikaviy shartlarning tuzilishi, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi, texnikaviy shartlar loyihasini kelishib olish, texnikaviy shartlarning amal qilish muddati
- Korxona standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazish, standartlar va texnikaviy shartlar bilan ta’minlash tartibi: Korxona standartlarini ishlab chiqish, korxona standartlarini tasdiqlash, korxona standartlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, standartlar va texnikaviy shartlar bilan ta’minlash tartibi
- Sertifikatlashtirishning ahamiyati: Mahsulotni sertifikasiyadan o’tkazishning ahamiyati, standartlashtirish va sertifikasiyalashtirish bo’yicha huquqiy savdo va qonuniy bog’lanishlar, O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrdagi “Mahsulot va xizmat sertifikatsiyasi to’g’risidagi” qonuni,
- Mahsulotni sinash va sertifikatlashtirish: Standartlashtirsh, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish sohalari, sifat bo’yicha raqobatbardoshlikni ta’minlash, sertifikasiyalashtirish tartibi, muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi faoliyatini bekor qilish va to’xtatib qo’yish
- Sertifikatlashtirish haqida ma’lumot: Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazining asosiy vazifasi, mahsulot birligini sertifikasiyalashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar, majburiy sertifikasiyalashtirish ishlarining davlat tomonidan moliyaviy ta’minoti
- O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish idoralari: Sinov laboratoriyalarini (markazlarini) va sertifikatsiyalashtirish idoralarini akkreditasiya qilish bilan bog’liq sarf, sertifikasiyalash masalalarining aniq bajarilishini ta’minlovchi tashkiliy tizimning mavjudligi, sertifikasiyalashni o’tkazishga muvofiq keluvchi sifat tizimi, mahsulot va sinash usullari uchun me’yoriy va texnikaviy hujjatlar fondlarining mavjudligi
- Iste’molchilar huquqini himoya qilish to’g’risidagi qonun: Tovar, iste’molchi, tayyorlovchi, tovar xavfsizligi, tovar kamchiligi, kafolatli muddat, xizmat muddati, saqlanish muddati, kassa cheki, tovar cheki
- Sertifikatlashtirish tizimining asosiy ko’rinishi: Muvofiqlik sertifikati, sertifikatlashtirish, majburiy sertifikatlashtirish, ekspert-auditorlar, me’yoriy hujjat, Milliy idora, akkreditlashtirilgan
- Sertifikatlashtirish sxemalari: Sertifikasiyalashtirish tizimlari, sertifikasiyalashtirish sxemalari, sertifikatlashtirish tashkilotlari, inspeksiya nazoratining asosiy vazifasi, bog’liqsizlikning asosiy turlari, muvofiqlik belgisining belgilanishi
- Sertifikatlashtirishda tekshiruvchan nazorat va sertifikasiyalashtirish natijalari haqida ma’lumot: Bog’liqsizlikning asosiy turlari, inspeksiya nazoratining asosiy vazifasi, muvofiqlik belgisining belgilanishi, muoviqlik belgisining kodi, sifat tizimida muvofiqlik sertifikatini qo’llanilish huquqi, mahsulotni sertifikasiyalashtirish natijalari haqida nashr etish
- Sinov laboratoriyasini akkreditlashtirish: O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish Milliy tizimi, akkreditlash attestati, sinov laboratoriyasini akkreditlash va ularni tekshiruvchan nazoratni amalga oshirish, akkreditlashtirilgan sinov laboratoriyasining vazifalari va huquqlari
- Xorijiy davlatlarda sertifikatlashtirish amaliyoti: Mahsulot, jarayon, xizmatlarning xavfsizligini nazorat qilish, standartlashtirish bo’yicha Fransuz uyushmasining natijalari, muvofiqlikni baholash doirasi, sinov laboratoriyalarini akkreditlashtirish bo’yicha Xalqaro konferensiya
- SHtrixli kod: SHtrixli kod, shtrixli kodlashtirish, tovar almashish, skaner, yorug’ maydon, davlat reestri, mahsulotning shtrixli kodi