Tibbiy kimyo. 1-qism. Bioanorganik kimyo

Ushbu darslik tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, unda kimyoning asosiy tushunchalari, atomlar tuzilishi, molekulalar, kimyoviy bogʻlanishlar, D.I. Mendeleyevning davriy qonuni, yadro kimyosi, radioaktivlik, biogen va noorganogen elementlar, ularning organizmdagi ahamiyati, eritmalarning kolligativ xossalari, osmos hodisasi, bufer sistemalari, kompleks birikmalar, analitik kimyo, titrimetrik analiz usullari, elektrokimyo, sirt hodisalari, dispers sistemalar, kolloid eritmalar, kimyoviy reaksiyalar tezligi, termodinamika va boshqa koʻplab mavzularni oʻz ichiga oladi. Darslik tibbiyotga oid misollar bilan boyitilgan.

Asosiy mavzular

  • Bioanorganik kimyo: Kimyoning asosiy tushunchalari va qonunlari, materiya va energiya, atom – molekular ta’limot, kimyoviy formulalar, oʻlchov birliklari, kimyoviy reaksiyalar tezligi, termodinamika va Gess qonuni.
  • Atom tuzilishi. Molekula tuzilishi. Kimyoviy bogʻlanishlar turlari. D.I.Mendeleyevning davriy qonuni: Atom tuzilishi, atom yadrolarining tarkibi, izotoplar, elektron qobiqlar, molekula tuzilishi, kimyoviy bogʻlanishlar, kompleks birikmalar va D.I.Mendeleyevning davriy qonuni.
  • Yadro kimyosi: Yadro reaksiyalari, radioaktiv izotoplar, radiatsiyaning biologik ta’siri, radioaktivlikni tibbiyotda ishlatilishi.
  • Biogen elementlar kimyosi: Biogen elementlar, ularning sinflanishi, organizmdagi ahamiyati, taqsimlanishi va vazifalari, bioelementlarning oʻzaro ta’siri, biomotallarning tibbiyotda qoʻllanilishi.
  • Noorganogen elementlar: Noorganogen elementlarning organizmdagi ta’siri, ularning tibbiyotda qoʻllanilishi.
  • Analitik kimyo: Sifat analizi usullari, analitik reaksiyalar, eritmalar, titrlash usullari, kompleksoneometriya va boshqa mavzular.
  • Kislota –asosli titrlash usuli: Kislota-asosli indikatorlar, titrlash egri chizigʻi, alkalimetriya, atsidimetriya usullari.
  • Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari: Eritmalar, ularning hosil boʻlishi, elektrolitlar va noelektrolitlar, eruvchanlik va uning omillari.
  • Eritmalarning kolligativ xossalari. Osmos hodisasi: Osmos hodisasi va osmotik bosim, bufer sistemalar, qondagi bufer sistemalar.
  • Kompleks birikmalar: Kompleks birikmalar, ularning sinflanishi, eritmalaridagi muvozanat.
  • Analitik kimyo. Miqdoriy analizga kirish: Titrimetrik analizga kirish, titrimetrik analiz usullari, jihozlar, kislota-asosli titrlash va unda qoʻllaniladigan usullar.
  • Oksidimetriya usullari: Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, biologik sistemalarda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, oksidimetrik titrlash usullari.
  • Ichki kompleks birikmalar. Kompleksonometriya usuli: Ichki kompleks birikmalar, ularning tuzilishi va hosil boʻlishi, kompleksonometriya usuli.
  • Kimyoviy termodinamika: Organizmda energiya va modda almashinuvi, energiya, termodinamikaning qonunlari, termodinamik potensiallar, Gess qonuni, entropiya.
  • Kimyoviy kinetika: Kimyoviy reaksiya tezligi, reaksiyalarning turlari, katalizatorlar, aktivlanish energiyasi.
  • Elektrokimyo asoslari: Elektrokimyo va tibbiyot, elektrolitlar va noelektrolitlar, elektrolit eritmalarning elektrо‘tkazuvchanligi, elektrokimyoviy potensiallar, potensiyometrik titrlash.
  • Sirt hodisalari. Adsorbsiya. Xromatografiya: Sirt hodisalari, adsorbsiya, xromatografiya, kolloid eritmalar va ularning xossalari.
  • Dispers sistemalar. Kolloid eritmalar: Dispers sistemalar va ularning turlari, kolloid eritmalar olish usullari, ularning xossalari va tibbiyotda ahamiyati.
  • Kimyoviy muvozanat: Kimyoviy muvozanat, muvozanat doimiysi, kimyoviy muvozanat siljishiga ta’sir etuvchi omillar.