Dental implantologiya
Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Dental implantologiya" fanining asosiy bo'limlari nazariy va amaliy bilimlarini o'z ichiga oladi. Majmua o'quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etadi, talabalarga nazariy bilimlardan asosiy ko'nikmalarni qo'llashni o'rgatadi. Shuningdek, bemorlarni aniqlash va qabul qilishga imkon beradigan zamonaviy tibbiy texnologiyalar yordamida orttirilgan ko'nikmalarni klinik amaliyot bilan birlashtiradi. Fanning maqsad va vazifalariga erishish natijasida talaba umumiy stomatologga aylanadi. Dental implantologiya tibbiyot fanlari bilan bog'liq bo'lib, implantologiya tarixini, dental implantatsiyasiga ko'rsatma va qarshi ko'rsatmalar, ishlatiladigan vositalar va xom ashyolarni, bemorlarni jarrohlik amaliyotiga tayyorlashni, zamonaviy tekshiruv usullarini va yuqori va pastki jag'da dental implantatsiyasining xususiyatlarini o'rgatish uchun asos yaratadi. Ushbu fan biofizika, tibbiy kimyo, anatomiya, fiziologiya, gistologiya, mikrobiologiya, terapiya, klinik allergologiya, farmakologiya va xirurgiya bo'yicha o'quv dasturida olingan bilimlarga asoslanadi.
Asosiy mavzular
- Dental implantologiyaga kirish, implantatsiya tarixi. Implantatlar tasnifi, implantatlar tayyorlashda qo’llaniladigan materiallar.: Yuqori va pastki jag’da dental implantatsiya xususiyatlari. Yuqorigi jag’ alveolyar o’sig’i atrofiyalari klassifikatsiyasi, dental implantatsiyasi va suyak to’qimasi plastikasiga ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalar.
- Yuqori va pastki jag’lar alveolyar o’siqlari atrofiyasini bartaraf etish usullari.: Dental implantatlarga qo’yiladigan talablar. Dental implantatsiyani an’anaviy davolash usulidan afzalligi.
- Dental implantatsiyadan oldin bemorlarni zamonaviy tekshirish usullari.: Dental implantatsiyada zamonaviy tekshirish usullari. Sinuslifting operatsiyasiga ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalar.
- Alveolyar o’siq augmentatsiyasi operatsiyasiga ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalar.: Dental implantatlar bilan suyak to’qimasini o’zaro birikishi turlari.
- Yondosh kasalliklari bor bemorlarga dental implantatsiyani o’tkazishni rejalashtirish.: Dental implantatsiyani amalga oshirish va rejalashtirish.
- Dental implantatsiya vaqtida uchraydigan asoratlar: Dental implantatsiyadan so’ng uchraydigan erta va kechki asoratlar.Dental implantatsiyada uchraydigan asoratlarni bartaraf etish usullari.