Xaridorlar uchun namunaviy va ipoteka uylarini 3D modelini ifodalovchi interaktiv web sayt yaratish

Ushbu kitobda 3D modellashtirish, animatsiya va vizual effektlar yaratish uchun zamonaviy dasturlash tillari, texnologiyalar va uskunalar, jumladan, 3D modellashtirishning tarixi, qo'llanilish sohalari, zamonaviy dasturiy tizimlar (Autodesk 3ds Max, Maya, Cinema 4D, Houdini, Softimage, LightWave, Blender), vizualizator dasturlar (V-Ray, Cebas finalRender, Maxwell Render) hamda PHP dasturlash tili va MySQL ma'lumotlar bazasi bilan ishlash texnologiyalari batafsil yoritilgan. Kitob oxirida Bootstrap freymvorki yordamida veb sayt yaratish va uning asosiy komponentlari tushuntirilgan.

Asosiy mavzular

  • 3D modellashtirishning rivojlanish tarixi: 3D modellashtirishning qisqacha tavsifi, uning 2D modellashtirishdan farqi, asosiy tamoyillari va qo'llanilish sohalari, zamonaviy vizuallashtirish texnologiyalari haqida ma'lumot beradi.
  • 3D modellashtirish foydalaniladigan dasturiy tizimlar: 3D modellashtirish bilan shug'ullanuvchi mashhur dasturiy ta'minotlar (Autodesk 3ds Max, Maya, Cinema 4D, Houdini, Softimage, LightWave, Blender) hamda vizualizator dasturlari (V-Ray, Cebas finalRender, Maxwell Render) tahlil qilinadi. Ularning imkoniyatlari va qo'llanilish sohalari yoritiladi.
  • Ilovani loyihalash va ishlab chiqish: Bootstrap freymvorki yordamida sayt shablonini ishlab chiqish, PHP dasturlash tili va uning imkoniyatlari, MySQL ma'lumotlar bazasi bilan ishlash texnologiyalari va PHPda so'rovlar bilan ishlash bo'yicha batafsil ma'lumotlar beriladi.