Vokal (xor) jamoalari bilan ishlash uslubiyoti
Ushbu o'quv-uslubiy majmua O'zbekiston Davlat San'at va Madaniyat Instituti tomonidan tayyorlangan bo'lib, unda “Vokal (xor) jamoalari bilan ishlash uslubiyoti” fanini o'rganish jarayoni uchun zarur bo'lgan namunaviy va ishchi dasturlari, ma'ruzali va amaliy mashg'ulot mavzulari, fan bo'yicha glossariy, baholash mezonlari, ta'lim texnologiyalari, o'quv materiallari, qo'llanma va darsliklar ro'yxati hamda majmuaga taalluqli barcha materiallarning elektron shakllari jamlangan. Majmua Xalq ijodiyoti (turlar bo'yicha) bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Kitobda xor jamoalarini tashkil qilish, ularga repertuar tanlash, xor ijrochiligining nazariy va amaliy jihatlari, bolalar xori va o'smirlar xori bilan ishlash uslubiyotlari, shuningdek, O'zbekiston professional va havaskor vokal-xor jamoalari ijodi kabi mavzular chuqur yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Zamonaviy ta’lim Davlat standartiga asosan vokal-xor jamoalari uchun malakali rahbar tayyorlashda “Xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti” fani asosiy mutaxassislik nazariy fanlardan biri hisoblanadi. Ushbu fan orqali bakalavr vokal – xor ijodi boyicha malakali bilimlar haqida tasavvurga ega bo’ladi. Xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti fanining maqsadi talabalarga vokal-xor jamoalari bilan ishlash uslubiyotining eng yaxshi namunalariga moslangan bilimlar berish, dunyoqarashlarini kengaytirish, boyitish va olgan bilim va ko‘nikmalarini amalda qo‘llashdan iboratdir.
- Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar: Bakalavr vokal - xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr – professional va havaskorlik xor jamoalari, jamoalarda ijrochilik ko‘nikmalarining shakli, badiiy jamoalar ish jarayonida ijodiy va tarbiyaviy xususiyatlari, klassik va zamonaviy pedagogik uslublar, sahna madaniyatini egallashning muhim omillari, ijrochilikda janrlar tahlili haqida tasavvurga ega bo‘lishi; Xor va badiiy jamoalarini tashkil etishni, jamoa ishtirokchilari orasida tarbiyaviy ishlarni olib borishni, jamoalarning asosiy turlari, tarkiblarini, badiiy ijodkorlik jamoalari bilan ishlash shakli, usuli va uslubiyotini, namunaviy badiiy jamoalarning ijrochilik uslubini, professional va havaskorlik jamoalarning farqini, jamoalarda ijrochilik ko‘nikmalarining shakli, uslubi va uslubiyotini, tashkiliy ishlarni hal etishni, sahna madaniyatini egallashning muhim omillarini, badiiy jamoalar ijrochiligida musiqiy shakl va badiiy talqin uslublarini, ijrochilikda janrlar tahlilini bilishi va ulardan foydalana olishi; Xor jamoasida ovoz sozlash, xor jamoasida kuylash, jamoada tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, badiiy jamoalar uchun repertuar tanlash, asar mualliflari haqida ma’lumotlarni izlab, qidirib topish, namuna sifatida fonotekadagi yozuvlardan samarali foydalanish, xor rahbari sifatida jamoani boshqarish, konsert dasturlarini tayyorlash va o‘tkazish, havaskorlarni jamoaga jalb eta bilish, jamoa hujjatlarini yuritish, repertuarni boyitish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
- Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi: Xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti fani o‘quv rejada 6-8 semestrlarda o‘qitilishi mo‘ljallangan. Ushbu fan xor sinfi, dirijyorlik, dirijyorlik amaliyoti, xor partiturasini o‘qish, vokal, aranjirovka, vokal ansambli fanlari bilan uzviy bog‘liqdir.
- Fanning ilm fan va san’at sohasidagi o‘rni: Uslubiyot fani vokal-xor jamoalari rahbarlarini yetishtirishda juda muhim va mas’uliyatli fan hisoblanadi. Ilm fan va san’at sohasida nazariy va amaliy jixatdan uning o‘rni beqiyosdir. Bu fan o‘qitilish jarayonida bo‘lajak vokal jamoalari raxbarlari o‘zbek va jahon xor dirijyorlari ishlash uslubiyotlarini ham nazariy ham amaliy o‘rganadi. Bu fanda xor san’atining tuzilishi: ko‘rinishlari (bolalar, ayollar, aralash) va ovozlar klasifikatsiyasi (soprano, alt, tenor, bas va x.k.) haqida juda to‘liq ma’lumotlar beriladi va o‘rgatiladi.
- Fanning o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar: Xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti fanining o‘rganish jarayonida o‘qitishning quyidagi yangi texnologiyalaridan foydalanish samaralidir: kompyuterda nota terishga mo‘ljallangan dasturlardan foydalanilish, chet el va o‘zbek kompozitorlari hamda bastakorlarini yangi asarlarni tinglash, asarlarni tahlil etish.
- ASOSIY QISM: Fanga kirish: Asosiy qismda fanning mazmuni mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. «Xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti» fanida mavzuiy mazmun-mohiyati, asosiy tushunchalar va ish mazmuni ochib berilgan. Bunda talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti malakasi va ko‘nikmalari to‘la qamrab olingan.
- Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni: Badiiy havaskorlik jamoalarining tashkil etilishi tarixi va taraqqiyot jarayoni. Badiiy jamoalarda ijodiy va tarbiyaviy asoslari. Vokal-xor jamoasining asosiy turlari. Badiiy ijodkorlik jamoalari bilan ishlash shakli, usuli va uslubiyoti. Namunaviy badiiy havaskorlik jamoalarining ijodiy yо‘li. Professional va havaskorlik jamoalarning hamkorligi. ijrochilik kо‘nikmalarining shakli, uslubi va uslubiyoti. Vokal-xor jamoasining ish jarayonida ijodiy va tarbiyaviy xususiyatlari. Klassik va zamonaviy pedagogik uslublar. Vokal-xor jamoasida tashkiliy ishlarni hal etish asoslari. Vokal-xor jamoasini sahnaga chiqishini ta’minlashning muhim omillari. Havaskorlik ijrochiligida musiqiy shakl va lokal ijro uslublari. Vokal-xor jamoasi ijrosining tahlili. Vokal-xor san’ati ijrochiligining asosiy yo‘llari, tarixi, zamonaviy uslublari. Vokal-xor jamoasining maqsad va vazifalari. Vokal-xor rahbari - jamoa tashkilotchisi. Tashkiliy va ijodiy ishlar ustida olib boriladigan tadbirlar. Asarning o‘zlashtirilishi. Xor dasturini shakllantirish usullari. Dirijorlik ishora, auftaktlar, temp, dinamik uslublari ustida mashqlar qilish. Nafas olish yo‘llari. Tovush hosil qilish. Vokal va so‘z ustida ishlash, mashqlar majmuasi, kontsert va repertuar muammosi. Kichik, o‘rta va katta yoshdagi bolalar xorlari bilan ishlash uslubiyoti. Bolalar xor jamoalari, bolalar xorini tashkil qilish va ishlash usullari, xorda nafas olish, ovoz mashqlari, xorga musiqa savodini berish. Kuylashda ikki ovozlikka o‘tish. Ovozi xasta bo‘lgan o‘g‘il bolalar bilan alohida ishlash. O‘smir yoshlar vokal-xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti. O‘smirlar ovozini tarbiyalash. Ovoz xususiyatlari, so‘z bo‘yicha ishlash, nafas olish uslublari. Vokal-xor mashqlari. Ko‘p ovozlikka o‘tish. Xorda o‘quv-tarbiyaviy ish olib borish. Havaskorlik vokal-xor jamoalarini tashkil qilish, aralash xorlar bilan ishlash uslubiyoti. O‘zbekiston professional va havaskor vokal-xor jamoalarining faoliyati va taniqli xormeysterlar ijodiy faoliyati bilan tanishish.
- Fanning amaliy mashg‘ulotlari mazmuni: Bu fanning asosiy amaliy mashg‘ulotlar mazmuni talabalarga turli spetsifik xususiyatlarga ega bo‘lgan xor jamoalarining ishlash uslubini, o‘rgatish hamda ularning amaliy ish jarayonlarini ko‘rib, kuzatib borish kerakligini o‘rgatadi. Uslubiyot fanida asosan respublikadagi faoliyat ko‘rsatib kelayotgan jamoalar: Respublikada xizmat ko‘rsatgan xor jamoasi; O‘zbekiston davlat akademik xor kapellasi; “Bulbulcha” bolalar ashula va raqs jamoasi; A.Navoiy nomli davlat akademik opera va balet teatri xori hamda jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan xor jamoalari repertuari va konsert dasturlarini tinglash orqali amaliy darslar olib boriladi. Talaba amaliy mashg’ulotlarda bolalar, ayollar, erkaklar va aralash xor bilan ishlash uslubini o‘rganadi. Ushbu fanning mohiyatini anglatuvchi va mavzular orasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi amaliy mashg’ulotlarda xor bilan ovoz sozlash mashqlari, asar tanlash, asarni xor jamoasiga o‘rgatish, har bir ovoz partiyalari bilan alohida ishlash uslubi, melodik va garmonik ovozlarni farqlash va eshitish ko‘nikmalariga erishish kabi prinsplarga asoslanadi.
- Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari: 1. Bolalar xor jamoasini tashkil qilish va ishlash. 2. Kichik yoshdagi o’g’il bolalar xori bilan ishlash. 3. O’rta yoshdagi bolalar xor jamoasi va ishlash uslubiyoti. 4. Katta bolalar xori bilan ishlash. 5. Aralash xor jamoalari bilan ishlash usullari va uslublari. 6. Jahonda tanilgan bolalar xor jamoalari haqida. 7. Xor sozi ustida ishlash. Ansamblni shakllantirish. 8. O’zbekiston Davlat xor kapellasi tarixi va ijodiy faoliyati. 9. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan milly xor jamoasi tarixi va ijodiy faoliyati.
- Dasturning informatsion-metodik ta’minoti: Vokal xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti fanini o‘qitishda multemedia jihozlaridan foydalanib, mavzular bo‘yicha ishlab chiqilgan POWER POINT formatdagi jadvallardan, kompyuter, audio va video jihozlaridan foydalaniladi. Shuningdek, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda Vokal xor jamoalari bilan ishlash uslubiyotini tavsiflovchi tarqatma materialar, slaydlar hamda ko‘rgazmali qurollardan foydalaniladi. Bundan tashqari quyidagilar ham qo‘llaniladi: •didaktik materiallar tayyorlash; •musiqiy-badiiy taxlil metodi; •internet tarmog‘i saytlari; •taqqoslash-qiyoslash metodi.
- “Xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti» fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni.: “Mutaxassislikka kiris” fani bо‘yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bо‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi. Fan bо‘yicha talabalarning bilim saviyasi va о‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari о‘tkaziladi: • joriy nazorat (JN) - talabaning fan mavzulari bо‘yicha bilim va amaliy kо‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlarda og‘zaki sо‘rov, test о‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda о‘tkazilishi mumkin; • oraliq nazorat (ON) - semestr davomida о‘quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini о‘z ichiga olgan) bо‘limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy kо‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta о‘tkaziladi va shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) о‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi; • yakuniy nazorat (YAN) - semestr yakunida muayyan fan bо‘yicha nazariy bilim va amaliy kо‘nikmalarni talabalar tomonidan о‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida о‘tkaziladi.
- Tavsiya etilgan adabiyotlar rо‘yxati: 1.O‘zbekiston Respublikasining qonunlari 1. O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlsrini saqlash va ulardan foydalanish tо‘g‘risida”gi Qonuni (2001 y.) 2. O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tо‘g‘risida”gi Qonuniga о‘zgartishlar kiritish haqida»gi 2009 yil 9 oktabrdagi О‘RQ-228-son Qonuni 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va qarorlari 3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyun «Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yо‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlar tо‘hrisida»gi Farmoni. «Xalq sо‘zi» gazetasi, 2005 yil 15 iyun, 114 (3659). 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari 4. “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi qarori (2010 yil №222) 5. “Nomoddiy madaniy meros muhofazasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash tо‘g‘risida” gi qarori (2011 yil №47) 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari 6. I.A.Karimov. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishdir. - «О‘zbekiston», 2004.-32 b. 7. I.A.Karimov. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi. -T., «О‘zbekiston», 2005.-64 b. 8. I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” T. Ma’naviyat 2008-1760 b. 9. I.A.Karimov. “Eng asosiy mezon-xayot xaqiqatni aks ettirish I.A.Karimov Toshkent О‘zbekiston 2009-24 b. 10. I.A.Karimov. “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi О‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yо‘llari va choralari” T. О‘zbekiston 2009-56 b. 5. О‘zbekiston Respublikasi vazirliklari meyoriy -huquqiy xujjatlari 11. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining rо‘yxatini yuritish tо‘g‘risidagi nizom 12. Nomoddiy madaniy meros obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan о‘tkazish tartibi tо‘g‘risidagi nizom Asosiy adabiyotlar 1. Ye.A.Gudkova. O‘zbek xor adabiyoti . O’quv qo’llanma- T.,1975 y. 2. Sh.R.Ro‘ziyev. Xorshunoslik, O’quv qo’llanma -Toshkent 1987 y. 3. N.Sharafiyeva. Xorshunoslik ., O’quv qo’llanma -Toshkent, 1987 y. 4. Sh.R.Ro‘ziyev. Xavaskorlik xori bilan ishlash metodikasi , O’qituvchi nashriyoti, O’quv qo’llanma- Toshkent 1993 y. 5. Q.T.Mirzayev. Kichik bolalar xori bilan ishlash metodikasi. O’quv qo’llanma Toshkent, 2000 y. 6. N.A.Baxritdinova. O‘zbekiston bolalar xor madaniyati. O’quv qo’llanma Toshkent, 2002 y. 7. A.X.Jabbarov. O‘zbekiston bastakori va musiqashunoslari. O’quv qo’llanma Toshkent 2004 y. 8. N.Sharafiyeva. Xor sinfi. O`quv qo’llanma- Musiqa. 2005 y. 9. Q.T. Mirzayev. Xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti. Darslik- Toshkent. 2008 y. 10. Q.T. Mirzayev. Bolalar xori bilan ishlash uslubiyoti. O’quv qo’llanma Toshkent . 2010-2011 y. Qo‘shimcha adabiyotlar 1. B.Pekker. O‘zbek operasi. O’quv qo’llanma –Moskva, 1963 y. 2. L.X.Jumayeva, N.A.Baxritdinova. O‘zbek xor adabiyoti. O’quv qo’llanma Toshkent, 1987 y. Internet saytlari 1. www.artist.uz 2. www.ziyonet.uz 3. www.edu.uz 4. www.jazz.ru