Xalq og‘zaki ijodida epik formula va baxshining ijro mahorati
Ushbu tadqiqot oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida epik formula va baxshining ijro mahorati mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda epik formulalarning oʻziga xos jihatlari, ularning ishlatilishi, turli dostonlarda namoyon boʻlishi, baxshilarning ijro mahorati va uslubi atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda «Alpomish», «Malika ayyor», «Ravshan», «Kuntugʻmish» kabi dostonlardan olingan epik formulalar turlicha vaziyatlarda, turli shakllarda qoʻllanilishi oʻrganilgan. Shuningdek, epik formulalarning badiiy, estetik va hissiy jihatdan ahamiyati ham yoritilgan. Kitobda epik formulalarning shakllanishi, rivojlanishi va ularning dostonlar tuzilishidagi oʻrni haqida ham ma'lumot berilgan.
Asosiy mavzular
- Mavzuning dolzarbligi va oʻrganilganlik darajasi: Oʻzbek folklorining eng yirik janrlaridan biri dostonlar boʻlib, ularda barqaror epik formulalar muhim oʻrin tutadi. Ushbu mavzu maxsus ilk bor dissertatsion mavzu koʻlamida tadqiq etilmoqda.
- Ishning maqsadi va vazifalari: Oʻzbek xalq dostonlarining oʻziga xos xususiyatlari, uning oʻziga xosligini belgilab beruvchi va ijodkor salohiyatini koʻrsatuvchi barqaror epik formulani tadqiq etish. Epik ijroning hududiy oʻziga xosligini, baxshichilik maktabalarining rang-barangligini, dostonchilik san'atining rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganish.
- Epik formulalarning namoyon boʻlishi: Barqaror epik formulalar har bir janrda oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. Ayniqsa, epik formula ishqiy sarguzasht, ya'ni romanik dostonlarda oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. Klassik eposda esa, tadqiqotchilarning koʻrsatishlaricha, yagona elat yoki xalq ideallari aks etadi, xalqaro epik syujetlarga xos motivlar paydo boʻladi, jamoa qiziqishi hamda huquqiy normalari, xalq idealidagi adolat tuyg'usi tarannum etiladi, eposda geneologik, biografik, geografik va tarixiy turkumliklar yuzaga keladi va, nihoyat, tasvir hamda ifodada barqaror universal formulalar keng qoʻllaniladil.
- Epik formulalarning qiyosiy talqini: Xalq epik she'riyati izchil vazndoshlik xususiyatiga ega. Tadqiqotchilarning qayd etishlaricha, turkiy xalqlar, shu jumladan, oʻzbek xalq epik she'riyati vazn tuzilishi jihatidan qisqa va uzun she'r kabi tiplarga boʻlinadil. Dostonlardagi she'riy qismlarning bunday tiplarga boʻlinishi faqat shakliy hodisagina boʻlib qolmay, balki epik voqelikni tasvirlash hamda personajlar nutqini ifodali, ya'ni izchil vazndoshlik jihatidan ham xoslanganligini koʻrsatadi.
- Metaforalarning oʻrni: Epik formulalar tarkibida metaforik obrazlar hissiy taassurot uygʻotadilar va formulaga ramziy xarakter bagʻishlaydilar. Metaforalar shuningdek, epik bayonga oʻziga xos shaxsiy, hissiy, kontseptual ma'nolarni ham yuklaydi.
- Xulosa: Xalq og'zaki ijodi xalqning tabiati, badiiy tarixi, an'analari, milliy va ma'naviy qadryatlarining sarchashmasi bo'lib kelgan. Ma'naviy jihatdan barkamol yosh avlodni tarbiyalashda ajdodlarimizning asrlar davomida shakllangan badiiy an'analari g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Epik formula bu eposning yadrosidir. Ijodkor, baxshi oʻz «uyi»ni, ya'ni doston kuylar ekan u ana shu «suyak»ka, asosga suyanadi.