Aktyorlik mahorati
Ushbu qo'llanma O'zbekiston Davlat San'at va Madaniyat Institutining 1-kurs talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda aktyorlik mahoratining nazariy va amaliy jihatlari, jumladan diqqat, tasavvur, hissiyot, mantiq, izchillik, uyg'unlik kabi muhim elementlar va ularni rivojlantirish usullari atroflicha yoritilgan. Kitobda ijodiy jarayonlarning asosiy tamoyillari, mashqlar, etyudlar hamda aktyorlik etikasi va badiiy didni shakllantirish masalalari ham o'rin olgan. Qo'llanma shuningdek, milliy teatr san'ati, uning rivojlanish tarixi va Sharq hamda G'arb teatr san'ati an'analari haqida ham ma'lumot beradi. Kitob oxirida ijodiy jarayonlarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar va test savollari ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgach, milliy ma’naviyatimizni tiklash, ezgu qadriyatlarimizni asrab - avaylash, madaniyatimiz va san’atimizni istiqlol g‘oyalari singdirilgan yetuk asarlar bilan boyitish va shular asosida har tomonlama yetuk va barakamol avlodni tarbiyalash ustuvor vazifalardan biriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yil 6 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu vazifalarga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotganligining yana bir tasdig‘i bo‘ldi. Bu qaror bevosita ilm-fan, adabiyot, ommaviy axborot vositalari, san’at va madaniyat namoyandalari zimmasiga yanada sharafli mas’uliyatni yuklaydi. Barkamol insonni voyaga yetkazishda, uning ma’naviy madaniyatini shakllantirishda, vatanni sevish, unga daxldorlik tuyg‘usini uyg‘otishda san’atning o‘rni beqiyosdir. Chunki san’at har bir millatning madaniyati yuksalganligi va millatning balog‘atga yetganligini yaqqol ko‘rsatuvchi oynadir. Bunday g‘oyatda muhim va mas’uliyatli vazifani amalga oshirish san’atning barcha turlari qatori teatr san’atini ham muntazam rivojlantirib borishni taqozo etadi.
- 1-BOB. AKTYORLIK MAHORATI TEXNIKASINING MAQSADLARI: Har bir kasb ma’lum bir hajmdagi bilimni, ko‘nikma va malakani talab etadi. Bularsiz tanlangan sohada o‘zimizni mutaxassis deb atashimiz mumkin emas. Badiiy ijod sohasida, inchunun. San’atning tanlangan sohasi asoslarini o‘zlashtirmay turib uni egallashning iloji yo‘qligini hamma yaxshi biladi. Ammo aktyorlik san’ati haqida so‘z ketsa, shu zahoti turli fikrlar va qarashlar paydo bo‘ladi. Aytishlaricha, qobiliyatli aktyorga hech qanday maktabning keragi yo‘q, qobiliyatsiz aktyorga hech qanday maktab yordam berolmaydi. Bu fikrdan aktyorlik san’atiga o‘qish shart emas, aktyor bo‘lib tug‘ilish kerak, degan xulosa kelib chiqadi. Bo‘lajak aktyorda qobiliyat bo‘lishi kerakligi haqidagi fikrga nisbatan hech qanday e’tiroz bo‘lishi mumkin emas. Ammo iqtidorli musiqachilar, qo‘shiqchilar va balet raqqoslari tabiat bergan iqtidorlarini rivojlantirish, o‘z san’atlarining texnikasini egallash uchun yillab mehnat qilishlarini qanday baholash mumkin? Nega teatr aktyori uchun faqat tabiat bergan qobiliyatning o‘zi kifoya qilishi kerak? Haqiqiy san’at qobiliyat va mahoratning birlashuvidan paydo bo‘ladi. Mahorat esa yillar davomida to‘plangan tajriba va an’analar maktabi orqali shakllanadi. Maktab o‘quvchining tabiat bergan xislatlariga ishlov beradi va uni rivojlantiradi, unga kerakli bilim va ko‘nikmani beradi, uni egiluvchan va har qanday ijodiy vazifani bajara oluvchi ta’sirchan shaklga olib keladi.
- 2-BOB. AKTYORLIK MAHORATI TEXNIKASI: Diqqatni jamlash mashqida 13 nafar ishtirokchi band bo‘lib, 12 nafari “soat raqamlari” va bir kishi nazoratchi vazifasini o‘taydi. Soat ko‘rsatgichlarini ham aniqlab oling. Keng doira bo‘ylab turib olinglar, birdan o‘n ikkigacha chapdan o‘ngga raqamlar tartibi bo‘yicha sanab chiqinglar. Nazoratchi - o‘rtada. - Agarda umumiy doirani soat deb olsak, har biringiz bu katta soatning raqamlari bo‘lganingizda, bunday soatda vaqtni qanday belgilash mumkin? Hozir soat 11 raqamini ko‘rsatayapti. 11 raqamli talaba qarsak chaladi, so‘ngra 12 raqamli talaba “bom – mm” deb kuylaydi. Shu paytda soat ko‘rsatkichlari ham xuddi shunday joylashgan bo‘lishi kerak: biri o‘n birda, boshqasi o‘n ikkida. Birinchi bo‘lib katta (strelka) ko‘rsatkich o‘z joyini egallaydi. O‘n ikkidan o‘ttiz besh daqiqa o‘tdi. Katta soat ko‘rsatkichining holati qanday bo‘ladi? Bir. Qarsak chaling. Kichik ko‘rsatgich qaysi raqamda bo‘lishi kerak? Yettida. Yetti marotaba, “bom – mm” deb kuylang. Nazoratchi, vaqtni o‘zingiz e’lon qiling, raqam egalari esa – soat vaqtini o‘zingiz belgilang.
- Xulosa: Aktyorlik mahorati elementlari va aktyorning o‘z ustida ishlash imkoniyatlari qanchalar keng bo‘lsa, bu jabhaning inson tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan jihatlari ham shunchalik xilma - xildir. Ayni shu xilma - xillikning jozibasini ilg‘ab amalda qo‘llash orqali odamlarga zarur bo‘lgan fikrlarni yetkaza bilish va ularni teatr san’ati va san’atning boshqa turlariga oshno etish mas’uliyati aktyorlik mahorati elementlarini mukammal egallash nechog‘lik muhim ekanligini ko‘rsatadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aktyor shiddatli tarzda taraqqiy etib borayotgan dunyo bilan hamnafas bo‘lgani holda tevarak atrofdagi voqea-hodisalarni sinchkovlik bilan, mulohazalar asnosida kuzatib, chuqur o‘rganib, tahlil qila olishi kerak. O‘z ustida ishlayotgan aktyor tomoshabin oldidagi chiqishning nechog‘lik mas’uliyatli ekanini yaqqol tasavvur etib, mana shu tasavvurga mos faoliyatga kirishishi va bunga, avvalo, ruhan tayyor bo‘lishi, uning sahnaviy ijrosini tomosha qilayotgan auditoriyaning fikrini to‘g‘ri yo‘naltirish uchun o‘ta zarur bilimlarni puxta egallashi lozim.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat. 2008. 2. Mustaqil teleradiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.8.11.2005y.№pf-3678 3. Mirziyoуev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy Javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston nashriyot matbaa ijodiy uyi.Toshkent.2017. 4. Vazirlar Mahkamasining Respublika “Yosh suxandonlar” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori. 2017 yil 1-fevral. 5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Respublika “Yosh suxandonlar” tanlovi nizomi.2017 yil 7-fevral. 6. Stanislavskiy K.S. Asarlar.3 tom. 7. Navoiy.А. Hayratul abror. So‘z ta’rifida bobidan.Toshkent.G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti.1989y. 8. Sayfullaev B. Mamatqosimov J. Aktyorlik mahorati. T.: Fan va texnologiya. T.: 2012. 9. Abdullaeva M. Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati. Tafakkur qanoti nashriyoti. T.: 2014. 10. Yusupov Sh. Radioboshlovchilik mahorati. Navro‘z nashriyoti.2014. 11. Джорджо Стрелер.Театр для людей. Радуга. Москва. 1984. 12. Kацман A.И. Психология творчества. Сборник докладов. ЛГИТМиК. 1989. 13. Pirmatov Sh. Vokal texnikasi asoslari. Musiqa nashriyoti. T.: 2011y. 14. Lenard Petit. The Micael Chekhov Handbook-For the Actor, Routledge, 2010. 15. Захава Б.Е. Maстерство актёра и режиссёра. M., Просвещение. 1973. 16. Jean Benedetti , Konstantin Sianislavsky. An actor's work : a student's diary. Routledge, 2008. 17. Zufarov U. Sahna talqini va tahlil.O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.2005y. 18. Радиожурналистика. Под редакцией А.А. Шереля M:MГУ.2000. 19. Toshaliev I. Abdusattorov R. Ommaviy axborotning tili va uslubi. T.: ZAR QALAM. 2006. 20. Sayfddinov A. Adabiy asar va ijrochilik mahorati. T.:FAN nashriyoti. 1980. 21. Kнебель М.О. Слово в творчестве актера. M., 1964. 22. Furqat. Tanlangan asarlar. Ikki tomlik. 1-tom. Toshkent, 1959. 23. Xolmirzaev B. Rejissyorning spektakl ustida ishlashi. Musiqa Nashriyoti. T.: 2009. 24. Stanislavskiy K. S. Aktyorning o‘z ustida ishlashi. T.: Badiiy adabiyot. 2010. 25. Usmonov R. Rejissura. T.:1997. 26. Rahmonov M. R. To‘laxo‘jaeva M.T.S Muxtorov I. A. O‘zbek milliy Akademik drama teatri tarixi. T.: 2003. 27. To‘laxo‘jaeva M.T. Teatr tanqidchiligi. San’at jurnali nashriyoti. T:,2015. 28. Mahmudov J. Aktyorlik mahorati. Bilim nashriyoti. T.: 2005. 29. Mahmudov J. Mahmudova H. Rejissura asoslari. O‘zbekiston milliy Ensiklopediyasi nashriyoti. T:,2008. 30. Salimov O. Kasbim rejissyor. G‘afur G‘ulom nashriyoti. T:, 2009. 31. Azizov T. Mening rejissyorlik ishlarim. “Akademnashr” nashriyoti. 2010.