Landshaft rejalashtirish
Ushbu kitobda landshaft rejalashtirishning nazariy va amaliy jihatlari, tabiiy va antropogen omillarning roli, yashil o'simliklar va ularning landshaftni shakllantirishdagi ahamiyati, shaharsozlik va landshaft arxitekturasi tamoyillari, shahar ko'kalamzorlashtirish tizimi, parklar, saylgohlar, qirg'oq bo'yi va piyodalar yo'laklarini shaharsozlik talablari bo'yicha shakllantirish kabi masalalar atroflicha yoritilgan. Kitobda, shuningdek, turar-joy hududlari, sanoat binolari, jamoat binolari, maktablar, bolalar bog'chalari, oliy o'quv yurtlari va boshqa obyektlarning landshaft arxitekturasi va dizayni masalalari ham tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- I BOB. LANDSHAFT REJALASHTIRISHDA TABIIY SHAROITLAR VA ANTROPOGEN OMILLAR: Tabiiy sharoitlar va omillar, landshaft tashkillashtirishda iqlimni hisobga olish. Issiq iqlimiy sharoitlarda fazoviy landshaft hududini tashkillashtirishda antropogen omillar. Ko'kalamzorlar kompozitsiyalari masalalari, ularni shakllantirish uslublari bilan uzviy bog'liqligi. Daraxt va butalarni doimiy ravishda kuzash, gulli parterlarni yaxshilab parvarishlash o'simliklarning uzoq vaqt davomida muntazamligini ta'minlaydi.
- II BOB. MADANIY LANDSHAFLAR, REKRATSION MUHITLAR, SANOAT VA JAMOAT BINOLARI HUDUDLARI LANDSHAFTLARINING TIPOLOGIYASI: Madaniy landshaftlarning turlari, rekratsion muhitlar va ularning joylashishi, sanoat va jamoat binolari hududlari landshaftlari arxitekturasidagi uslublar, ijodiy yo'nalishlar va rivojlanish shakllari. Shahar hududida ishlab chiqarish va sanoat korxonalarining hududlarini ko'kalamzorlashtirishda korxona jamoasining samarali mehnat qilishi va tanaffus paytlari ochiq havoda dam olishlari uchun hamda atrofdagi hududlarni shovqin-suron va havoga zararli moddalarni chiqarishdan saqlash choralarini ko'rish zarur.
- III BOB. OCHIQ FAZOVIY LANDSHAFT MUHITINI SHAKLLANTIRISH, SHAHARNING TABIIY KARKASINI RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI, SHAHAR KO'KALAMZORLAR TIZIMINING TASNIFI: Landshaft arxitekturasi obyektlarini klassifikatsiyalash. Yashil ko'kalamzorlar tizimi, yashil ko'kalamzorlarni me'yorlash. Shahar va shaharchalarni rejalashtirish unsurlarini birlashtiruvchi ko'kalamzorlar tizimi. Aholi yashash joylarini tashkil qilishning landshaft-rejaviy tamoyillari va vazifalari. Ko'kalamzorlar tizimini shakllantirishga qo'yiladigan talablar. Ko'kalamzorlar tizimini tashkil qilishning asosiy tamoyillari.
- IV BOB. SHAHAR VA SHAHAR MARKAZLARINI LANDSHAFT- REKRATSION REJALASHTIRISH: Umumshahar va tuman markazlarini landshaft-rejaviy tashkil qilish. Landshaftni tashkil qilishning fazoviy tamoyillari va umumshahar markazini ko'kalamzorlashtirishga qo'yilgan talablar. Shahar jamoat markazi tushunchasi. Shahar, turar-joy tumanlari, shaharchalar jamoat markazlari – jamoat, ishlab-chiqarish, turar-joy va dam olish hududlarini mujassamlashtirgan murakkab shaharsozlik tuzilmasidir.
- V BOB. SHAHAR MARKAZINING BOG'-PARK TIZIMINI SHAKLLANTIRISH: Shahar markazining bog'-park tizimi, uni shakllantirishdagi tabiiy va funksional vositalar, bog„ park tizimini joylashtirish tamoyillari, bog„-parklar tizimini shakllantirishdagi xorijiy tajribalar. Madaniyat va istirohat bog„lari deganda, odatda ko„p funksiyali park tushunilib, u aholining dam olishiga mo„ljallangan madaniy oqartuv va ko„ngilochar, sport, bolalar zonasi, tinch dam olish va sayr-tomosha funksiyalari bilan ta‟minlangan hududi to„liq obodonlashtirilgan, maydoni 20 gektardan kam bo„lmagan, ko„kalamlashtirilgan hududi esa uning kamida 70 foizini egallagan landshaft arxitekturasi obyekti hisoblanadi.
- VI BOB. BOG„LAR, PARKLAR MAYDONLAR, SAYLGOHLAR, QIRG„OQ BO„YLARI VA PIYODALAR YO„LAKLARINI SHAHARSOZLIK TALABLARI BO„YICHA SHAKLLANTIRISH: Bog„lar, parklar, maydonlar, saylgohlar, qirg„oq bo„ylari va piyodalar yo„laklarini shaharsozlik talablari bo„yicha shakllantirishdagi asosiy omillar va landshaft vositalari. Dunyo shaharlarining markazlari transport harakatlari va shovqinidan holilashtirilib, piyodalar uchun alohida ko„chalar va piyodalar zonalariga aylantirilmoqda.