Янгиариқ тумани 16-сон умумий ўрта таълим мактабиниреконструкция қилиш

Mazmun

Asosiy mavzular

  • 1. Zinapoya yig'ma elementlarini hisoblash va konstruksiyalash: Zinapoyalar ishlatilish maqsadiga koʻra bosh va yordamchi, bir qavat balandligidagi marshi soniga qarab – ikki va uch marshli boʻladi. Eng kichik marsh eni а, м va eng katta marsh qiyaligi binolar turiga qarab quyidagicha bo'ladi: 2-3 qavatli turar joy binolari asosiy zinapoyasi uchun а = 1,2 м i = 1:1,5, 4 va undan ortiq qavatli binolarda а = 1,3 м i = 1 : 1,75, bino erto'lasiga tushuvchi zinapoya marshi uchun а = 0,9 м i = 1:1,5, bino tomiga chiquvchi zinapoya marshi uchun а = 0,9 м i = 1 : 1,25. Ishlab chiqarish binolarida zinapoya marshi а = 1,2 - 2,2 м i = 1 : 1,5. Bir marshdagi pogʻonalar soni 3 tadan kam va 16 tadan ko'p bo'lmasligi kerak. Faqat bino ertoʻlasi yoki tomiga qoʻyilgan marshlarda pogʻonalar sonini ko'p bo'lishiga ruxsat qilinadi. Zinapoya maydonchasi eni marsh eniga teng qilib olinadi. Zinapoyalar uchun normativ vaqtinchalik tekis taqsimlangan yuk binolar turiga qarab 3-5 kN/m² miqdorida bo'ladi. Bunda vaqtinchalik normativ yukning qisqa va uzoq muddatli qismi quyidagicha bo'ladi: qisqa muddatli 3 kN/m², shu jumladan uzoq muddatli qismi 1 kN/m²; qisqa muddatli 4 kN/m², shu jumladan uzoq muddatli qismi 1,4 kN/m²; qisqa muddatli 5 kN/m², shu jumladan uzoq muddatli qismi 1,8 kN/m²; Barcha qiymatlar uchun yuk buyicha ishonchlilik koeffitsienti 1,2 ga teng bo'ladi. Zinapoya marshi va katagi uchun beton sinfi V20 – V30, ishchi armatura sinfi A-II, A-III, sim toʻrlar uchun Bp-1 armatura sinfi ishlatiladi. Yig'ma temirbeton zinapoya elementlari orayopma panellar kabi mustahkamlikka (chegara holat birinchi guruhi) va deformatsiyaga (chegara holat ikkinchi guruhi) hisoblanadi.
  • 2. Zinapoya maydonchasini hisoblash: Maydoncha kengligi 1150 mm, qalinligi 60 mm. Vaqtinchalik normativ yuk miqdori 3 kN/m². YUk boʻyicha ishonchlilik koeffitsienti y = 1,2. Beton sinfi V20, armatura sinfi A-II, sim to'rlar Bp-I sinfidan tayyorlanadi. YUklarni yigʻish: Plita qalinligi h₁ = 6 см boʻlganda uning xususiy ogʻirligi g" =0,06*250001*1=1500H/м²
  • 3. Mehnatni muhofazasining rivojlanish tarixi: Insoniyatning uzoq o'tmish hayotiy tajribasi har qanday faoliyat potensial xavfga ega ekanligini tasdiqlaydi. Albatta, bu tasdiq aksio-maviy xususiyatga egadir. Vaholanki, ishlab chiqarish sharoitida xavf darajasini boshqarish hamda kamaytirish ham mumkin. Lekin qanday holatda bo'lmasin, absolyut xavfsizlikka erishib boʻlmaydi. Xavfsizlik – ma'lum darajada xavf tugʻilishi bartaraf etilgan faoliyat holati, ya'ni faoliyatni amalga oshirishdagi asosiy maqsadlardan biridir. Mehnatni muhofaza qilish ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan vositalar usullar majmuasidir. Demak, insonning mehnat xavfsizligini ta'minlash birinchi navbatda uning mehnat faoliyati jarayonini va uni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli faktorlarni oʻrganishni talab etadi. Shu sababli, inson mehnat faoliyatining xavfsizligini ta'minlash boʻyicha tadqiqot ishlari eramizdan oldingi 384-322-yillarda ijod qilgan Aristotel, eramizdan oldingi 460-377-yillarda yashagan Gippokrat asarlarida ham uchraydi. Tiklanish davrining buyuk, taniqli olimi Paratsels (1493–1541-y.) togʻ ishlarini bajarishda yuzaga keladigan xavfli faktorlarni o'rganib chiqqan. U oʻz asarlarida: <<Barcha moddalar zahardir va barchamoddalar dori-darmon hamdir. Faqat bir me'yorushbu moddani za-harga aylantirsa, ikkinchi me'yoresa uni dori- darmonga aylantiradi», deb yozadi. Nemis olimi Agrikol (1494–1555-y.) oʻzning <<Tog' ishlari haqida» потli asarida, shuningdek, italyan olimi Ramatstsin (1633- 1714-y.), rus olimi M. V. Lomonosov (1711–1765-y.) oʻz asarlarida mehnat muhofazasi masalalariga katta e'tibor qaratgan. XIX asrda sanoatni intensiv rivojlanishi natijasida mehnat muhofazasi muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan bir qancha olimlar yetishib chiqdi. Jumladan, V.L.Kirpichev (1845-1913-y.), A.A.Bess (1857–1930-y.), D.P.Nikolskiy (1855-1918-y.), V.A.Levitskiy (1867-1936-y.), A.A.Skochinslay (1874–1960-y.), S.1.Kaplun (1897–1943-y.) shular
  • 4. Yong'inlar va yong'in havfsizligi: Yong'in insonlar hayoti va sog'lig'iga tahdid soluvchi, moddiy va madaniy boyliklarni yo'q qiluvchi ofat, nazoratdan chiqib ketgan yonish jarayoni. Yong'in kelib chiqishi uchun quyidagi uch omilning bir vaqtning o'zida bir joyda bo'lishi yetarlidir. Ya'ni: - yonuvchi moda (kog'oz, yog'och-taxta, neft va uning mahsulotlari); - yonish manbai (gugurt, uchqun, alanga); oksidlovchi (kislorod, havo); Yong'inning oldini olish uni o'chirishdan ko'ra osonroqdir. Quyida yong'in havfi paydo bo'lganda va yuz berganda aholining harakatlari qanday bo'lishligi haqida fikr yuritamiz: Yongingacha bo'lgan harakat: 1. Yongin va gaz havfsizligi qoidalariga rioya kiling. 2. Yengil alanga oluvchi moddalar va buyumlarni issiqlik manbai yonida
  • 5.Mexnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati: Ishlab chiqarish vaqtida ishchilar va xodimlar salomatligini saqlash, ularning mehnatini toʻliq muhofaza etish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu respublikamizning «Mehnatni muhofaza qilish» toʻgʻrisidagi qonunida oʻz aksini topgan boʻlib, unda quyidagilar alohida ta'kidlangandir: -korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog'ligi ustuvorligi; -mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yoʻnalishlari bilan muvofiqlashtirib borish; -mulk va xoʻjalik yuritish shakllaridan qat'i nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qo'yish; -mehnatni ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlar yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta'minlash; -korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish; -mehnatni muhofaza qilishni mablag' bilan ta'minlashda davlatning ishtirok etishi; -oliy o'quv yurtlarida mehnat muhofazasi boʻyicha bakalavrlar va magistrlar tayyorlash; -xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi hamda joriy etilishini rag'batlantirish; -fan, texnika yutuqlarida hamda mehnatni muhofaza qilish bo'yicha vatanimiz va chet el ilgʻortajribasidan keng foydalanish;