Транспорт воситаларининг тузилиши вa назарияси фaнидaн лаборатория мaшғулoтлaри
Ushbu uslubiy qo'llanma Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti "Transport vositalari" kafedrasi tomonidan "Transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi" fanidan tayyorlangan bo'lib, unda transport vositalarining tuzilishi, ishlash jarayoni, texnik-foydalanish xususiyatlari, ekspluatatsiya sharoitida samarali ishlash imkoniyatini aniqlash va uning konstruksiyasini shu sharoitda qanday moslashtirish kerakligi kabi muhim ma'lumotlar batafsil yoritilgan. Qo'llanmada har bir laboratoriya mashg'uloti uchun maqsad, hajm, tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun savollar, bajarilish tartibi, hisobot mazmuni va nazorat savollari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Avtomobilning umumiy tuzilishi: Avtomobilning klassifikatsiyasi, asosiy qismlari va agregatlari, ularning vazifalari hamda texnik ko'rsatkichlari bilan tanishish.
- Dvigatelning umumiy tuzilishi: Ichki yonuv dvigatellarining umumiy tuzilishi, tasnifi, ishlash sikli, asosiy ko'rsatkichlari va ularning turlari haqida ma'lumot beriladi.
- Krivoship-shotun mexanizmi: Krivoship-shotun mexanizmining vazifasi, tuzilishi, asosiy qismlari va ularining dvigatel ish jarayonidagi roli bilan tanishish.
- Gaz taqsimlash mexanizmi: Gaz taqsimlash mexanizmining vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi, asosiy detallari va ularning konstruksiyalari bilan tanishish.
- Dvigatelning sovutish tizimi: Sovutish tizimining zaruriyati, vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi va asosiy detallari bilan tanishish.
- Dvigatelning moylash tizimi: Moylash tizimining zaruriyati, vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi va asosiy detallari bilan tanishish.
- Benzinli dvigatellarning ta'minlash tizimi: Ta'minlash tizimining vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi, yonuvchi aralashma tayyorlash usullari va asosiy elementlari bilan tanishish.
- Dizel dvigatellarining ta'minlash tizimi: Dizel dvigatellarining ta'minlash tizimining benzilidan farqi, tuzilishi, ishlash prinsipi va asosiy elementlari bilan tanishish.
- Ilashish muftasi: Ilashish muftasining zaruriyati, vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi va asosiy detallari bilan tanishish.
- Uzatmalalar va taqsimlash qutisi: Uzatmalalar va taqsimlash qutisining zaruriyati, vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi va konstruksiyalari bilan tanishish.
- Kardanli uzatma: Kardan uzatmaning zaruriyati, vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi va konstruksiyalari bilan tanishish.
- Asosiy uzatma: Asosiy uzatmaning zaruriyati, vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi va konstruksiyalari bilan tanishish.
- Diferensial va yarim o'qlar: Diferensial va yarim o'qlarning zaruriyati, vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi va konstruksiyalari bilan tanishish.
- Avtomobilning yurish qismi. Osma: Osmanning zaruriyati, vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi va konstruksiyalari bilan tanishish.
- Ramma. Kuzov, ko'prik, g'ildirak va shinalar: Rammaning, kuzovning, ko'prikning, g'ildirak va shinalarning zaruriyati, vazifasi, tuzilishi, ishlashi va konstruksiyalari bilan tanishish.
- Avtomobilning rul boshqarmasi: Rul boshqarmasining zaruriyati, vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi, mexanizmlari, yuritmalar va kuchaytirgichlari bilan tanishish.
- Tormoz boshqarmasi: Tormoz boshqarmasining zaruriyati, vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi va mexanizmlari, yuritmalar bilan tanishish.