Kon тurg’un mashinalari

Ushbu kitob "Kon Turg’un Mashinalari" o‘quv fanidan tayyorlangan uslubiy qo’llanma bo’lib, unda kon sanoatida keng qo’llaniladigan turg’un mashinalar, jumladan nasoslar, ventilyatorlar va kompressorlar turlari, konstruktiv tuzilishi, ishlash prinsiplari, asosiy qismlari, hisoblash usullari, texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari hamda ularga xizmat ko’rsatish masalalarini o’rganish uchun zarur bo’lgan nazariy va amaliy ma’lumotlar jamlangan. Kitobda har bir mavzu bo’yicha qo’yilgan savollar va keltirilgan adabiyotlar ham talabalarga qo’shimcha bilim berishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Turg’un mashinalar haqida umumiy ma’lumot: Kon sanoatida qo’llaniladigan turg’un mashinalarning asosiy turlari, ularning iqtisodiy samaradorligi va kon korxonalarida ularning ahamiyati, shuningdek ularni to’g’ri hisoblash, tanlash va rejimlarini o’zgartirish bo’yicha talablar keltirilgan.
  • Nasoslar: Nasoslar turiga ko’ra tasnifi, ishchi g’ildirakning tuzilishi, gidravlik sxemalari, suv quvurlarini hisoblash va tanlash, nasoslarni ishga tushirish tartibi va ularning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari, shuningdek foydalanishga oid ma’lumotlar berilgan.
  • Ventilatorlar: Ventilatorlar turlari, ularning tuzilishi, ishchi g’ildirakning oqim kinematikasi, nazariy va haqiqiy tavsiflari, asosiy ko’rsatkichlari hamda ularni loyihalash va ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.
  • Kompressorlar: Kompressorlar turlari, ularning sxemalari va asosiy qismlari, ishlash prinsiplari, havoni siqish jarayonlari (izotermik, politropik, adiabatik), ularning samaradorligi hamda texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari haqida ma’lumotlar berilgan.
  • Pnevmatik qurilmalar: Pnevmatik qurilmalar haqida umumiy ma’lumotlar, ularning turlari (markazdan qochma, turbomashinalar), konstruktiv tuzilishi, ish jarayoni va ularning aerodinamik xarakteristikalarini o’rganish.