O‘qituvchi nutqi mutolaa san’ati kursining maqsad va vazifalari. Nutq madaniyati tarixi
“Nutq madaniyati va mutolaa san'ati” fanidan o'qituvchi nutqining asosiy tamoyillari, nutq jarayonida qo'llaniladigan vositalar hamda ularning ahamiyati haqida ma'lumot beruvchi ushbu kitob nutq madaniyati va mutolaa san'ati bo'yicha O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2018-yil 6-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan davlat ta'lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu kitobda mumtoz yozma yodgorliklardagi nutq madaniyati va notiqlik masalalarining asosiy tamoyillari, nutqning kommunikativ sifatlari, nutqning badiiy tasvir vositalari, nutqdagi tipik xatolar ustida ishlash kabi mavzular chuqur yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Nutq madaniyati va mutolaa san'ati fanining 2018-2019 o'quv yili uchun mo'ljallangan SILLABUSI: Fanining qisqacha tavsifi, Fanning boshqa fanlar bilan bog'liqligi (prerekvizitlari), Fanning mazmuni, Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni, Nutq madaniyati va mutolaa san'ati, Nutq madaniyati va mutolaa san'ati fanidan mustaqil ish bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar.
- O'qituvchi nutqi madaniyati: Nutq madaniyati tushunchasi, tarixi. Nutq madaniyati va muomala odobi. Mumtoz adabiyot namunalari asosida nutq madaniyati masalalari.
- Nutqiy etiket va nutq texnikasi: Nutqiy etiket tushunchasi va shakllari. Nutq texnikasi. O'qituvchi nutqiga qo'yiladigan talablar: mazmundorlik, dilkashlik, ifodalilik va izchillik, g'oyaviy-siyosiy yetuklik va grammatik to'g'rilik.
- Nutq madaniyati va uning sifatlari: Nutqning to'g'riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ifodaliligi, jo'yaliligi, sofligi va boyligi.
- Nutq uslublari va ularga xos xususiyatlar: Nutq uslublari haqida tushuncha. Fonetik uslubiyat, Leksik uslubiyat, Grammatik uslubiyat.
- Nutqning badiiy tasvir vositalari: Nutq madaniyati va badiiy tasvir vositalari. Troplar va ularning turlari (metafora, o'xshatish, sinekdoxa, mubolag'a va kichraytirish, allegoriya, simvol, ironiya, antifraza, sarkazm, perifraza, jonlantirish), epitet, sifatlash, metonimiya.
- Nutqdagi tipik xatolar ustida ishlash: Nutqdagi tipik xatolar ustida ishlash. So'zlar va gaplar orasidagi semantik aloqa. Nutq sofligi tushunchasi. Nutq sofligini buzuvchi holatlar.
- Nutq jarayonida improvizatsiya: Nutq jarayonida improvizatsiya. Nutq jarayonida qo'l, bosh harakatlari; imo-ishoralar. Ularning me'yorlariga e'tibor berish.
- Nutqda badiiylik unsurlari va notiqning so'z qo'llash mahorati: Nutqda badiiylik unsurlari va notiqning so'z qo'llash mahorati. Nutq texnikasi.
- Ommaviy ma'ruzalarda nutq madaniyatiga e'tibor: Ommaviy ma'ruzalar. Ma'ruzalarda nutq madaniyati. Ma'ruzalarda nutq madaniyati me'yorlariga amal qilish.
- Mutolaa san'ati: Alpomish dostoni mutolaasi va tahlili. Go'ro'g'li dostoni mutolaasi va tahlili. “Qutadg'u bilig” asari mutolaasi va tahlil.