Metrologiya va standartlashtirish
Ushbu uslubiy ko'rsatma metrologiya va standartlashtirish fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish uchun mo'ljallangan. Uslubiy ko'rsatmada detallarning chiziqli va burchakli oʻlchamlarini universal oʻlchov vositalari bilan oʻlchash va tekis yuzalarni shakllaridan va oʻzaro joylashuvidan ogʻishlarini nazorat qilish, uzunlikni tekis parallel chekli oʻlchovlarining atalishi va shu oʻlchovlar yordamida mikrometr koʻrsatish xatoligini aniqlash, silliq chekli kalibrlar yordamida detallarning chiziqli va burchak oʻlchamlarini oʻlchash, belgilangan oʻtkazishlar uchun meyorlangan ogʻishlarni oʻrnatish usullari yoritilgan. Ushbu uslubiy koʻrsatma 5310600- Kasb ta'limi (5111000- Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi) ta'lim yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan.
Asosiy mavzular
- 1-LABORATORIYA ISHI: Detallarning chiziqli va burchakli oʻlchamlarini universal vositalar bilan oʻlchash bilan. Ishning maqsadi: Oʻlchash usullari va o'lchash vositalarining metrologik tavsiflari bilan tanishish, oʻlchov asboblarini rostlash va ishlatishda amaliy koʻnikmalar hosil qilish. Ishning mazmuni: Shtangen va mikroinstrumentlarning metrologik tavsiflarini aniqlash. Shtangen va mikroinstrument bilan detal oʻlchamlarini oʻlchash. Oʻlchov natijalari boʻyicha yuzalarning shakl xatoliklarini aniqlash.
- MIKROMETR BILAN OʻLCHASH: Umumiy ma'lumotlar. Mikrometrik asboblarga yalpoq mikrometrlar, mikrometrik chuquroʻlcha-gichlar va ichoʻlchagichlar, hamda tish oʻlchagich_mikrometrlar (jadval-1) kiradi. Bo'linish qiymati 0,01 mm ga ega boʻlgan mikrometrik asboblar tavsifnomasi.
- 2 - LABORATORIYA ISHI: Silindrsimon va tekis yuzalarni shakllaridan va oʻzaro joylashuvidan ogʻishlarini nazorat qilish. Ishning maqsadi va vazifasi: Talabalarning shu sabablarni keltirib chiqarish omillarini, (ishlov berish aniqligiga ta'sir etuvchi omillar) aynan silindrsimon shakldagi detallarni tayyorlashda sodir boʻlgan xatoliklarni, ularni bartaraf qilish va talab qilingan aniqlikka erishish uchun qoʻllaniladigan chora - tadbirlar bilan tanishtirish. Silindrsimon shaklli detallarning koʻndalang va boʻylama kesimlari boʻyicha yoʻl qoʻyilgan ogʻishlarni nazorat qilish usullari va vositalarini oʻzlashtirish.
- 3- laboratoriya ishi: Uzunlikni tekis parallel chekli oʻlchamlarining atalishi va shu oʻlchovlar yordamida mikrometr koʻrsatish xatoligini aniqlash. Ishdan maqsad: Uzunlikning yassi-parallel uch oʻlchovlari (UYAPUOʻ) bilan tanishib, ular bilan ishlashda amaliy koʻnikmalar xosil qilish, hamda mikrometrning koʻrsatish xatosini aniqlash.
- 4-laboratoriya ishi: Silliq chekli kalibrlar yordamida silliq siilindrsimon yuzalarning nazorati. Ishning maqsadi: Silliq silindrsimon yuzalar chekli o'lchamlarini nazorat qilish usullarini o'zlashtirish va chekli kalibrlar yordamida nazorat operatsiyalarini bajarish malakasini egallash.
- 5- LABARATORIYA ISHI: Berilgan o'tkazish uchun dopusklar va o'tkazishlar ma'lumotnomasidan teshik va valning meyorlangan og'ishlarini o'rnatish. Ishdan maqsad: Talabalarni berilgan o'tqazish uchun teshiklar va vallarning meyorlangan og'ishlar jadvallari, standart boʻyicha asosiy teshik tizimi va asosiy val tizimi boʻyicha ogʻishlarni meyorlanish prinsiplari bilan tanishtirish va ogʻishlarni jadvallardan tanlab olish koʻnikmasini hosil qilish.