“Quroq san’ati” tarixi va hozirgi kundagi talqini
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi Oʻzbekiston hududida keng tarqalgan quroq sanʼati tarixini, uning rivojlanish bosqichlarini, turlarini, sharq va gʻarb mamlakatlaridagi shu sanʼatning oʻziga xos jihatlarini, zamonaviy qoʻllanilishini va jahon moda sanoatidagi oʻrnini tadqiq etadi. Tadqiqotda quroq texnikasini qoʻllash uslublari, materiallar, dizayn tamoyillari, zamonaviy uslublar (Art Deco, Pop art, Loft, Hay-tek, Vintaj) bilan uygʻunlashuvi va ushbu sanʼatning milliy madaniyatimizdagi oʻrni, badiiy-estetik ahamiyati, buyuk kelajagimizni bunyod etishdagi oʻrni keng yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Quroqchilik san'ati tarixi, Yevropa va Osiyo mamlakatlari orasida.: Ushbu bobda O'zbek amaliy san'ati ko'p asrlik tarixga ega. Amaliy san'at durdonalaridan hisoblangan quroqchilikning qadimdan rivojlanib kelayotgan o'z an'analari va badiiy uslublari bor. Hozirda nafaqat xalqimizni, balki jahondagi ko'plab mamlakatlar xalqlarini o'zining go'zalligi, serjiloligi, milliyligi bilan hayratga solgan quroqchilik mahsulotlari o'zbek amaliy san'atining o'ziga xosligidan dalolat beradi. S.Sulaymanovaning "Quroq san'ati" tarixi va hozirgi kundagi talqini" mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi xalq amaliy san'atining qadimdan mavjud bo'lgan, tarixiy ravnaq topib hozirda yo'qolib ketayotgan san'at turning dolzarb masalalariga asoslangan.
- Quroqchilik san'ati namunalarining ishlab chiqarilish texnologiyasi.: Ikkinchi bobi "Quroqchilik san'ati namunalarining ishlab chiqarilish texnologiyasi" nomli bobda Quroq san'ati uchun kerakli matolarning tanlanishi, matolarni kompozitsion loyihalash hamda Quroq san'atida Tasviriy san'at oqimlarining qo'llanilishi haqida qiziqarli ma'lumotlar mavjud va ular tahlil qilingan. Xususan, mohir rassom chevar va hunarmandlar ijodiga to'xtalib o'tilgan.
- "Gullagan vodiy” mavzusida yaratilgan dekorativ kompozitsiya.: Dissertatsiyaning "Gullagan vodiy" mavzusida yaratilgan dekorativ kompozitsiya" nomli uchunchi bobida S.Sulaymanova o'zining Quroq san'atining o'tmishi va hozirgi kundagi an'analarini bir-biriga bog'lab amaliy bajargan ijodiy ishiga asoslangan, bu bobda kompozitsiyada uchraydigan stilizatsiya elementlari, ranglar garmoniyasi, kompozitsiya bo'laklarining ritmik harakati haqidagi ma'lumotlar berilgan.